Чоршанба, 18.12.2024, 2:13:48

Вы вошли как Mehmon | Группа "Mehmon"Приветствую Вас Mehmon | RSS
Бош сахифа | 08. "Anfol" - Форум | Мой профиль | Регистрация | Выход | Вход
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
08. "Anfol"
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 8:13:42 | Сообщение # 1
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
ANFOL SURASI
Bu sura Madinada nozil qilingan bo‘lib, yetmish besh oyatdan iboratdir. Unda so‘z, asosan, g‘azot — jang haqida borib, harbiy qonun-qoidalar, urush va tinchlik xolatlari hamda asir va o‘lja olish xususidagi Shariati islomiyyada bo‘lgan hukmlar bayon qilinadi. Bu suraning «Anfol» — «O’ljalar» deb nomlanishining sababi ham shudir. U islom tarixidagi ilk jang — Badr jangidagi voqealarni batafsil hikoya qilgani uchun ayrim sahobalar uni «Badr» surasi, deb ham ataganlar. Islomiy g‘azotlar solnomasidan Badr jangi hijriy ikkinchi yilning Ramazon oyida Madinaning janubi-g‘arbida joylashgan Badr qishlog‘ida bo‘lib o‘tgani ma’lum. Bu jangda musulmonlar adadlari oz bo‘lishiga qaramasdan, askarlar sonida ham, harbiy qurol-anjomlarda ham o‘zlaridan bir necha barobar ortiq bo‘lgan mushriklar ustidan g‘alaba qozonib, dushmanning yetmish askarini halok qiladilar va yetmish kishini asir oladilar, katta o‘ljalarga ega bo‘ladilar. Jang tugaganidan so‘ng o‘ljalar taqsimotida ayrim musulmonlar o‘rtasida ixtilof chiqqanda, ularga pand-nasihat qilish va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish bilan sura boshlanadi. Sura nihoyasida esa mo‘minlar vatan va millatlari bir-biridan qanchalar yiroq va xilma-xil bo‘lishidan qat’iy nazar bir ummat ekanliklari, binobarin, kofir kimsalarning fitnalariga aldanmay, o‘zaro do‘st-birodar bo‘lib yashab o‘tishlari lozimligi uqtiriladi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Ey Muhammad), Sizdan o‘ljalar haqida so‘raydilar. Ayting: «O’ljalar Alloh va payg‘ambarnikidir. Bas, Allohdan qo‘rqingiz va o‘z oralaringizni o‘nglangiz! Agar mo‘min bo‘lsangizlar, Alloh va Uning payg‘ambariga bo‘ysuningiz!

I z o h. Badr jangidan so‘ng qo‘lga kiritilgan o‘ljalarni taqsimlashda yosh askarlar bilan keksalari o‘rtasida kelishmovchilik paydo bo‘ladi. Yoshlar: «G’alaba bizning kuchimiz bilan bo‘ldi, binobarin, o‘ljalar ham o‘zimizniki bo‘lishi kerak», deyishsa, keksalar: «Biz sizlarga jang yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatib turganmiz, demak, bu o‘ljalarda bizning ham ulushimiz bor», deyishdi. Shunda yuqoridagi oyat nozil bo‘ldi va payg‘ambar alayhissalom tushgan o‘ljani yoshu qariga barobar qilib ulashib berdilar.

2. Faqat Alloh (nomi) zikr qilinganida qalblariga qo‘rqinch tushadigan, Uning oyatlari tilovat qilinganda iymonlari ziyoda bo‘ladigan va Parvardigorlarigagina suyanadigan kishilar (haqiqiy) mo‘mindirlar.

3. Ular namozni to‘kis ado etadilar va Biz ularni bahramand qilgan narsalardan infoq-ehson qiladilar.

4. Ana o‘shalar haqiqiy mo‘minlar bo‘lib, ular uchun Parvardigorlari huzurida (ya’ni, jannatda, yuksak) darajalar, mag‘firat va ulug‘ rizq bordir.

5. (Bu o‘lja taqsimotida chiqqan mojaro) xuddi mo‘minlardan bir guruhi (urushni) aniq yomon ko‘rib turgan hollarida, Parvardigoringiz haq hukm bilan sizni uyingizdan (janggohga) chiqarganga o‘xshaydi.

6. (O’shanda) ular go‘yo ko‘rib turgan hollarida o‘limga haydab ketilayotgandek, Siz bilan aniq-ravshan bo‘lgan haqiqat (ya’ni, urushga chiqish) to‘g‘risida bahslashgan edilar.

I z o h . Madinada Islom davlati barpo bo‘lgach, musulmonlar bilan Makka mushriklari o‘rtasidagi nizo yanada avj oldi. Mushriklar Makkadagi uy-joylarini tashlab, muhojir bo‘lib ketgan musulmonlarning o‘z diyorlarida qolgan mol-mulklarini talon-toroj qilishar, musulmonlar esa o‘z navbatida Makkadan tijorat uchun chiqqan karvonlarga xujum qilishar edi. Kunlarning birida payg‘ambar alayhis-salomga Makka mushriklari katta karvon bilan Shomdan qaytayotganlari ma’lum bo‘ladi va o‘zlari bilan bir guruh sahobalarini olib, karvonni qo‘lga kiritish uchun yo‘l oladilar. Bundan xabar topgan makkaliklar katta lashkar bilan musulmonlarga qarshi jang qilish uchun Madina tarafga qo‘shin tortib kela boshlaydilar. Shunda Tangri taolo tomonidan payg‘ambar alayxissalomga karvonni qo‘yib, mushriklar lashkari bilan jang qilish amr qilinadi. Bu xabarni eshitgan ayrim musulmonlar: «Tayyor karvon o‘lja bo‘lib turganida, bunday katta qo‘shinga qarshi urushamizmi, o‘zimiz ozchilik bo‘lsak, buning ustiga tayyorgarligimiz ham yo‘q-ku!» — deyishib, payg‘ambar bilan bahslasha boshlaydilar, Lekin ko‘pchilik sahobalar Allohning amriga bo‘yinsunishib, kofirlarga qarshi jang qilishga tayyor ekanliklarini bildiradilar. Mazkur oyatlar o‘sha tarixiy ibratli voqea haqida hikoya qiladi. Quyidagi oyatlarda ham bu hikoya davom etadi.

7. O’shanda (ey mo‘minlar), Alloh ikki toifadan (ya’ni, karvon va qo‘shindan) birini sizlar uchun (o‘lja) qilishga va’da bergan edi. Sizlar qurol-yarog‘siz toifa (ya’ni, karvon) o‘zingiz uchun bo‘lishini istagan edingiz. Alloh esa O’z so‘zlari bilan xaqiqatni muqarrar etishni va kofirlarning dumini qirqishni iroda qilgan edi.

8. U, garchi jinoyatchi — osiylar yomon ko‘rsalar-da, haqni haq, botilni botil qilish uchun (shunday iroda qilgan edi).

9. O’shanda Parvardigoringizdan madad tilaganingizda, U sizlarga ijobat qilib: «Men sizlarga ketma-ket keladigan minglab farishtalar bilan madad berurman», dedi,

10. Alloh faqat xushxabar bo‘lsin, deb va ko‘ngillaringiz xotirjam bo‘lishi uchun shunday qildi. G’alaba faqat Allohning dargohidan bo‘lur. Haqiqatan, Alloh g‘olib va xikmatlidir,

11. O’shanda xotirjam bo‘lishingiz uchun sizlarni O’z tarafidan uyquga cho‘mdirgan va poklab, sizlardan shayton vasvasasini ketkazish uchun dillaringizni bir va qadamlaringizni mahkam hilish uchun ustingizga samodan suv — yomg‘ir yog‘dirgan edi.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 8:14:10 | Сообщение # 2
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
12. (Ey Muhammad), o‘shanda Parvardigoringiz farishtalarga: «Albatta, Men sizlar bilan birgaman, bas, sizlar iymon keltirgan zotlarning (g‘alaba qozonishlariga bo‘lgan ishonchlarini) mahkamlanglar! Men kofir bo‘lgan kimsalarning dillariga qo‘rquv solajakman. Bas, ularning bo‘yinlarini uzinglar, butun-hamma barmoqlarini chopinglar», deb vahiy qilgan edi.

13. Bunga sabab, ularning Alloh va Uning payg‘ambariga qarshi turganlaridir. Kimki, Alloh va Uning payg‘ambariga qarshi tursa, bas, albatta Allohning jazosi qattiqdir.

14. (Ey kofirlar), mana shu sizlarning (jazoingizdir) bas, tortaveringlar. Kofirlar uchun yana do‘zax azobi ham bordir.

15. Ey mo‘minlar, kofirlarning hujumiga duch kelganingizda, ularga orqa o‘girmanglar (ya’ni qochmanglar).

16. Kimki o‘sha (urush) kunida jang yo‘sinini o‘zgartirish yoki boshqa bir guruh (musulmonlarga) qo‘shilishdan tashqari holatda, ularga (kofirlarga) orqa o‘girib qochsa, bas, u Alloh tarafidan g‘azab bilan ketibdi va uning joyi jahannamdir. Naqadar yomon oqibat-a!

17. Bas, (ey musulmonlar), ularni sizlar o‘ldirmadingiz, balki Alloh o‘ldirdi. (Ey Muhammad, ularning yuziga qo‘lingizdagi bir siqim tuproqni) otgan paytingizda, siz otmadingiz, balki Alloh otdi, va (bu g‘alabani Alloh) O’z tomonidan mo‘minlarga chiroyli in’om bo‘lsin, deb qildi. Albatta Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.

I z o h . Rivoyat qilishlaricha, payg‘ambar alayhis-salom Badr jangida qo‘llariga bir siqim tuproq olib: «Yuzlari qaro bo‘lgay!» — deb dushman tarafga otganlarida, ko‘ziga g‘ubor kirmagan biror mushrik qolmagan ekan.

18. (Ey mo‘minlar), mana shu (sizlarning mukofotingizdir). Albatta, Alloh kofirlarning hiylasini zaif qilguvchi zotdir.

19. (Ey ahli Makka), agar g‘alabani istagan bo‘lsangizlar, mana, sizlarning (ziyoningizga) g‘alaba keldi, Agar (payg‘ambarga qarshi urushishdan) to‘xtasangizlar, bas, bu o‘zingiz uchun yaxshidir. Agar (yana urushga) qaytsangizlar, Biz ham qaytamiz va guruhingiz qancha ko‘p bo‘lmasin, sizlarni hech narsadan behojat qila olmaydi. Albatta, Alloh mo‘minlar bilan birgadir.

20. Ey mo‘minlar, Allohga va Uning payg‘ambariga itoat qilingiz va (Qur’onni) eshitib turib, undan yuz o‘girib ketmangiz!

21. Va o‘zlari eshitmagan (ya’ni, anglab, iymon keltirmagan) hollarida, «eshitdik», degan kimsalar kabi bo‘lmangiz!

22. Albatta, kar va soqov bo‘lib olgan aqlsiz kimsalar Allohning nazdida eng yomon hayvonlardir.

23. Agar Alloh ularda biron yaxshilikni bilganida edi, albatta ularning quloqlarini ochib qo‘ygan bo‘lur edi, va agar (Alloh ularning) quloqlarini ochib qo‘yganida ham ular yuz o‘girgan hollarida ketgan bo‘lur edilar.

24. Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o‘rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to‘planursizlar.

25. Hamda sizlardan faqat zolim kimsalarning o‘zigagina yetmay (balki barchaga yetadigan) balodan saqlaningiz! Va bilingizki, albatta Allohning azobi qattiqdir.

26. Va sizlar yerda (ya’ni, Makkada) ozchilik va nochor bo‘lgan holingizda, odamlar (ya’ni, Makka mushriklari) talab ketishlaridan qo‘rqib turgan paytingizda sizlarga joy berib (ya’ni, Madinaga ko‘chirib) O’z yordami bilan qo‘llab-quvvatlaganini va shukr qilishingiz uchun pokiza rizqlar bilan bahramand qilganini eslangiz!

27. Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambariga xiyonat qilmangiz va bilgan holingizda sizlarga ishonib berilan narsalarga (ya’ni, dinga va boshqa har qanday omonatlarga) xiyonat qilmangiz!

28. Bilingizki, albatta mol-dunyolaringiz va bola-chaqangiz faqat bir fitnaaldovdir, xolos. Yolg‘iz Allohning huzuridagina (ya’ni uning amru farmoniga itoat etishdagina) ulug‘ ajr-savob bordir.

29. Ey mo‘minlar, agar Allohdan qo‘rqsangizlar, sizlar uchun haq bilan nohaqni ajratadigan hidoyat ato qilur va yomonlik-gunoxlaringizni o‘chirib, sizlarni mag‘firat qilur. Alloh ulug‘ fazlu marhamat sohibidir.

30. (Ey Muhammad), kofirlar sizni hibs qilish yo o‘ldirish, yoki (Makkadan) chiqarib yuborish uchun sizga makr qilgan paytlarini eslang! Ular makr qilurlar, Alloh ham «makr» qilur. Alloh «makkor»roqdir.

31. Qachon ularga (kofirlarga) Bizning oyatlarimiz tilovat qilinsa: «Eshitganmiz, agar xoxlasak, bunga o‘xshagan gapni o‘zimiz aytgan bo‘lur edik. Bu faqat avvalgilardan qolgan afsonalar, xolos», deydilar.

32. Ularning: «Ey Xudo, agar mana shu (Qur’on) Sening dargohingdan kelgan haqiqat bo‘lsa, ustimizga samodan tosh yog‘dirgin yoki bizlarga alamli azob keltirgin», deganlarini eslang!

I z o h. Ya’ni: «Agar mana shu Qur’on haqiqatan Sening huzuringdan kelgan bo‘lsa, bizlarni Ham uning yo‘liga hidoyat qilgin», demasdan: «Shu haq bo‘ladigan bo‘lsa, ustimizdan tosh yog‘dirgin», deyishlaridan ularning kim ekanliklari ma’lumdir.

33. Modomiki, siz ularning oralarida ekansiz, Alloh ularni hargiz azoblamas va ular mag‘firat so‘rab turgan hollarida ham Alloh ularni azoblaguvchi emasdir!

34. (Lekin agar) ular (iymonga kelmasdan kishilarni) Masjid-al-Haromdan to‘sar ekanlar, Alloh ularni nega azoblamasin?! (Ya’ni, Siz va mo‘minlar Makkadan chiqib ketganingizdan so‘ng ularni albatta azobga giriftor qilur). Ular uning (Masjid-al-Haromning) egalari emaslar. Uning egalari faqat Allohdan qo‘rquvchi zotlardir. Lekin ularning ko‘plari bilmaydilar.

35. Ularning Baytulloh oldida qilgan «ibodat»lari faqat hushtak va chapak chalish bo‘ldi. Bas, (ey mushriklar, bugun — Badrda) kofir bo‘lganinglar sababli azobimizni totib ko‘ringlar.

I z o h . Makka mushriklari Baytullohni yalang‘och hollarida chapak chalib, hushtak chalib tavof qilar edilar. Musulmonlar namoz o‘qiyotgan paytlarda ham hushtak, chapak chalib ularni adashtirmoqchi bo‘lar edilar.

36-37. Albatta, kofir bo‘lgan kimsalar mol-dunyolarini Allohning yo‘lidan to‘sish uchun ishlaturlar. Bas, uni sarflaydilar-u, so‘ngra o‘sha (mollari) o‘zlariga hasrat bo‘lur, so‘ngra mag‘lub bo‘lurlar. Kofir bo‘lgan kimsalar Alloh nopokni pokdan (kofirni mo‘mindan) ajratishi va nopok kimsalarning hammalarini ustma-ust taxlab, jahannamga solishi uchun to‘planurlar. Ana o‘shalar ziyon ko‘rguvchilardir.

38. (Ey Muhammad), kofir bo‘lgan kimsalarga aytingki, agar (kofirliklaridan) to‘xtasalar, o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinur. Agar yana (kofirlikka) qaytsalar, u holda avvalgilarining sunnatlari (ya’ni, ko‘rguliklari) o‘tgan-ku, (ya’ni ularning ham boshlariga avvalgi kofirlarning kuni tushar).

39. To (dunyoda) biron fitna-aldov qolmay, butun din faqat Alloh uchun bo‘lgunga qadar ular bilan jang qilinglar! Endi agar (kofirlikdan) to‘xtasalar, bas, albatta Alloh qilayotgan amallarini ko‘rguvchidir.

40. Agar (kofirlar iymondan) yuz o‘girsalar, bas, (ey mo‘minlar), bilingizki, shubhasiz, Alloh hojangizdir. U zot naqadar yaxshi hoja va naqadar yaxshi yordamchidir.

O'NINCHI JUZ’

41. Agar Allohga va (haq bilan nohaqning) ajralish-kunida — ikki jamoa to‘qnashgan kunda, bandamiz (Muhammadga) nozil qilganimiz (oyatlar va farishtalardan iborat) narsaga iymon keltirguvchi bo‘lsangizlar, bilingizki, o‘lja qilib olgan narsangizning beshdan biri Alloh uchun, payg‘ambar uchun va u zotning qarindosh-urug‘i, yetimlar, miskinlar va musofirlar uchundir. Alloh hamma narsaga qodirdir.

I z o h. Shariat hukmiga ko‘ra, urushda qo‘lga kiritilgan o‘ljaning beshdan to‘rt qismi jangchining haqqi bo‘lib, beshdan biri yukoridagi oyatda mazkur bo‘lgan jihatlarga sarflanadi.


Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 8:15:40 | Сообщение # 3
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
42. O’shanda sizlar (Madinaga) yaqinroq tarafda, ular (ya’ni, mushriklarning qo‘shinlari) yiroqroq tarafda, otliqlar (ya’ni, sizlar o‘lja qilib olmoqchi bo‘lgan karvon) esa sizlardan quyiroqda (dengiz sohili bo‘ylab ketmoqda) edilar. Agar mushriklar bilan jang qilish uchun (avvaldan) va’dalashganlaringizda, biron muayyan vaqtga kelisha olmagan bo‘lur edingiz. Lekin Alloh halok bo‘lguvchilar (ya’ni, kofirlik yo‘lini tutguvchilar) ochiq hujjat bilan (ya’ni, Allohning mo‘‘jizasiga guvoh bo‘lgan hollarida) halok bo‘lsinlar, tirik qolguvchilar (ya’ni, iymoniga keluvchilar) ham ochiq hujjat bilan tirik qolsinlar, deb qilinuvchi bo‘lgan ishni (ya’ni, musulmonlarning g‘alaba qozonishlari, kofirlarning mag‘lub bo‘lishlarini) amalga oshirish uchun (Sizlarni to‘qnashtirib qo‘ydi). Shak-shubhasiz, Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.

43. (Ey Muhammad), sizga tushingizda Alloh ularni oz ko‘rsatganini eslang! Agar sizga ularni ko‘p ko‘rsatganda edi, albatta sizlar sustlashib qolgan va bu ish (ya’ni kofirlarga qarshi jangga chiqish) xususida tortishib qolgan bo‘lur edingizlar. Lekin Alloh sizlarni bundan saqladi. Albatta, u dillarni egallab olgan sirlarni bilguvchidir.

44. (Ey mo‘minlar), Alloh qilinadigan ishni amalga oshirish uchun to‘qnashgan paytingizda sizlarning ko‘zingizga ularni kam qilib ko‘rsatganini, ularning ko‘zlariga esa sizlarni oz qilib qo‘yganini eslangiz! Barcha ishlar Allohga qaytarilur.

45. Ey mo‘minlar, (kofir) jamoatga ro‘baro‘ bo‘lganingizda, sabotli bo‘lingiz va doimo Allohni yod etingiz, shoyad najot topursizlar.

46. Va Alloh hamda Uning payg‘ambariga itoat qilingiz va (o‘zaro) talashibtortishmangizki, u holda sustlashib, kuch-quvvatingiz ketur. Sabr-toqat qilingiz! Albatta, Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir.

47. O’z diyorlaridan (ya’ni, Makkadan) kibru havo bilan o‘zlarini odamlarga ko‘z-ko‘zlab chiqqan va Allohning yo‘lidan to‘sadigan kimsalar kabi bo‘lmangizlar! Alloh ularning qilayotgan ishlarini ihota qilguvchidir (o‘rab olguvchidir).

I z o h . Mushriklar Makkadan dabdabayu as’asa bilan: «O’sha Badrda g‘alaba bazmi va sharobxo‘rlik qilmagunimizcha qaytmaymiz» deb qasam ichishib chiqqan edilar.

48. O’shanda, shayton ularga qilayotgan ishlarini chiroyli ko‘rsatib: «Bu kun sizlardan g‘olib bo‘ladigan biron odam yo‘q, o‘zim sizlarning homiyingizman», dedi. Endi qachonki ikki jamoat uchrashganida esa, ketiga qaytib ketdi va: «Albatta, men sizlardan bezorman. Men (musulmonlar orasida) sizdar ko‘rmayotgani (ya’ni, farishtalar borligini) ko‘rmoqdaman. Men Allohdan qo‘rqaman. Allohning azobi qattiqdir»,— dedi.

49. O’shanda munofiqlar va dillarida maraz bo‘lgan kimsalar: «Ularni (ya’ni, musulmonlarni) dinlari mag‘rur qilib yubordi (ya’ni, ozgina odam bilan shunday katta qo‘shinga qarshi jang qilmoqchi bo‘lyaptilar»), deyishar edi. (Munofiqlarning bu so‘zlari noto‘g‘ridir) kim Allohga suyansa, bas, albatta Alloh g‘olib va hikmatlidir.

50-51. Agar farishtalar kofir kimsalarning yuz va ketlariga urib, jonlarini olayotgan va: «Do‘zax azobini totingiz! Bunga sabab o‘zlaringiz qilgan amallaringizdir, zero Alloh hargiz bandalariga zulm qilguvchi emasdir»,— deyayotgan paytini ko‘rsangiz edi.

52. (Ularning qilmishlari) xuddi Fir’avn odamlarining va ulardan oldingi kimsalarning qilmishlariga o‘xshaydi: ular Alloh oyatlariga kofir bo‘lishgach, Alloh ularni gunoxlari sababli (azob bilan) ushlagan edi. Albatta, Alloh quvvat egasi va azobi qattiqdir.

53. Bunga (ya’ni, ularning azobga giriftor bo‘lishlariga) sabab — Alloh bir qavmga in’om qilgan ne’matini to ular o‘zlarini o‘zgartirmagunlaricha o‘zgartiruvchi emasligi va Alloh eshitguvchi, bilguvchi ekanligidir.

I z o h . Bu oyatda Makka mushriklari o‘zlariga in’om qilingan ne’mat — payg‘ambar alayhis-salomning qadriga yetmasdan, u zotga qarshilik qilganlari sababli, shunday azobga giriftor bo‘ldilar, deyilmoqchi.

54. (Ularning qilmishlari) xuddi Fir’avn odamlari va ulardan oldingi kimsalarning qilmishlariga o‘xshaydi. Ular (Fir’avn odamlari) Parvardigorlarining oyatlarini yolg‘on deyishgach, Biz ularning gunoxlari sababli halok qildik va (dengizga) g‘arq etdik. (Chunki) hammalari zolim kimsalar edilar.

55. Allohning nazdida eng yomon jonzotlar kofir bo‘lgan kimsalardir. Chunki, ular iymonsizdirlar.

56. Ularning orasida siz bilan ahdlashib, so‘ngra (Allohdan) qo‘rqmasdan har safar o‘z ahd-paymonlarini buzaveradigan kimsalar bordir.

57. Bas, agar ularni jangda topsangiz, ularni halok qilish bilan ortlaridagi kimsalarni qo‘rqitib qo‘ying! Shoyad eslatma olsalar.

58. Agar (o‘rtalaringizda ahd-paymon bo‘lgan) biron qavm tarafidan xiyonatni sezsangiz, ularga (qilgan ahd-paymonlarini) bab-barobar qilib tashlang (ya’ni, o‘rtalaringizdagi ahd-paymon tugaganini har ikki taraf ham bilsin). Albatta, Alloh xiyonatkor kimsalarni sevmas.

59. Kofir bo‘lgan kimsalar ustun keldik, deb hisoblamasinlar, ular Allohni ojiz qila olmaydilar. (Albatta, ular Allohdan qilmishlariga yarasha jazo olurlar).

60. (Ey mo‘minlar), ular uchun imkoningiz boricha kuch va egarlangan otlarni tayyorlab qo‘yingizki, bu bilan Allohning va o‘zlaringizning dushmanlaringizni hamda ulardan tashqari sizlar bilmaydigan — Alloh biladigan boshqa birovlarni ham qo‘rquvga solursizlar. Alloh yo‘lida nimani sarf qilsangiz, sizlarga zulm qilinmagan holda komil qilib qaytarilur.

61. Agar ular sulhga mayl qilsalar, siz ham unga moyil bo‘ling va Allohga tavakkul qiling! Albatta, Uning O’zi eshitguvchi, bilguvchidir.

62-63. Agar ular sizni aldamoqchi bo‘lsalar, bas, albatta sizga Allohning o‘zi kifoyadir. U sizni O’z yordami va mo‘minlar bilan quvvatlantirgan va ularning (mo‘minlarning) dillarini birlashtirgan zotdir. Agar (siz) yerdagi bor narsani sarflasangiz ham, ularning dillarini birlashtira olmagan bo‘lur edingiz. Lekin Alloh ularni birlashtirdi. Albatta, U qudratli, hikmatlidir.

64. Ey payg‘ambar, sizga va sizga ergashgan mo‘minlarga Allohning O’zi kifoyadir.

65. Ey payg‘ambar, mo‘minlarni jangga chorlang! Agar sizlardan yigirmata sabr-toqatli kishi bo‘lsa, ikki yuzta (dushmanni) yengar! Agar sizlardan yuz kishi bo‘lsa, kofirlardan mingini yengar! Bunga sabab, ularning ongsiz qavm ekanligidir.

66. Endi Alloh sizlarning (yukingizni) yengil qildi, sizlarda ojizlik borligini bildi. Bas, sizlardan yuzta sabr-toqatli kishi bo‘lsa, ikki yuzta (kofirni) yengar. Agar sizlardan ming kishi bo‘lsa, Allohning izni bilan ikki ming (kofir)ni yengar. Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir.

67. Biron payg‘ambar uchun to yerda g‘olib bo‘lmagunicha, asir olish joiz emas edi. (Ey mo‘minlar), sizlar dunyo narsalarini istamoqdasiz. Alloh esa oxirat (ne’matlari sizlarniki bo‘lishi)ni istaydi. Alloh qudratli, hikmatlidir.

I z o h . Bu oyat payg‘ambar alayhis-salom va sahobalarga berilgan tanbehdir. Ular mushriklarning yetmish askarini asir olib, so‘ng ma’lum tovon-to‘lov evaziga bo‘shatib yuborganlarida mana shu oyat nozil bo‘ldi.

68. Agar Allohning hukmi azaliysida (bilmasdan qilgan xatoni kechirishligi) yozib qo‘yilmaganida edi, albatta sizlarga tovon olganinglar sababli ulug‘ azob yetgan bo‘lur edi.

69. Endi o‘lja qilib olgan narsalaringizni halol-pok holda yeyaveringlar va Allohdan qo‘rqinglar! Albatta, Alloh mag‘firatli, mehribondir.

70. Ey payg‘ambar, sizlarning qo‘lingizda asir bo‘lgan kishilarga ayting: «Agar Alloh dillaringizda yaxshilik (ya’ni iymon, ixlos) borligini bilsa, sizlarga o‘zingizdan olingan narsadan (ya’ni to‘lagan tovoningizdan) yaxshiroq narsa berur va sizlarni mag‘firat qilur». Alloh mag‘firatli, mehribondir.

71. Agar ular sizga xiyonat qilmoqchi bo‘lsalar — bas, (bilingizki) ular ilgari Allohga ham xiyonat qilgan edilar. Shunda Alloh (sizni) ularga g‘olib qildi. Alloh bilim, hikmat sohibidir.

72. Albatta, iymon keltirgan, hijrat qilgan va molu jonlari bilan Alloh yo‘lida kurashgan zotlar va (Makkadan hijrat qilib kelgan muhojirlarga) uy-joy berib, yordam qilgan zotlar — ana o‘shalar, bir-birlariga do‘stdirlar. (Ya’ni, tiriklari bir-biriga xamkor, o‘rtalarida o‘lim bo‘lsa, bir-birlariga merosxo‘rdirlar). Iymon keltirgan, ammo hijrat qilmagan (ya’ni hali-hanuz Makkada yashab turgan) kishilar esa to hijrat qilmagunlaricha sizlar ularga do‘stlik qila olmaysizlar (ya’ni, bir-birlaringizga hamkor, merosxo‘r bo‘la olmaysizlar). Agar ular din yo‘lida sizlardan yordam so‘rasalar, yordam qilish zimmangizdadir. Magar ularga, o‘rtalaringizda (urushmaslik haqida) ahd-paymon bo‘lgan qavmga zarar yetkazish bilan yordam qilmaysizlar. Alloh qilayotgan amallaringizni ko‘rguvchidir.

73. Kofir bo‘lgan kimsalar bir-birlariga hamkordirlar. (Bas, ey mo‘minlar, sizlar ularni o‘zlaringizga dushman tutingiz). Agar shunday qilmasanglar (ya’ni mo‘minga do‘st, kofirga dushman bo‘lmasanglar), yerda fitna va katta fasod bo‘lur.

74. Iymon keltirgan, hijrat qilgan va Alloh yo‘lida kurashgan zotlar va (muxojirlarga) uy-joy berib, yordam qilgan zotlar — ana o‘shalar xaqiqiy mo‘minlar bo‘lib, ular uchun mag‘firat va ulug‘ rizq bordir.

75. (Sizlardan) keyin iymon keltirib hijrat qilgan va sizlar bilan birga kurashgan zotlar – ana o‘shalar sizlardandir. Allohning Kitobida qon-qarindoshlar birbirlariga (merosxo‘r bo‘lishga) haqdorroqdirlar. Albatta, Alloh hamma narsani bilguvchidir.


Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Copyright MyCorp © 2024