Чоршанба, 18.12.2024, 1:59:07

Вы вошли как Mehmon | Группа "Mehmon"Приветствую Вас Mehmon | RSS
Бош сахифа | 09. "Tavba" - Форум | Мой профиль | Регистрация | Выход | Вход
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
09. "Tavba"
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 8:16:22 | Сообщение # 1
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
TAVBA SURASI
Madinada nozil qilingan bu sura bir yuz yigirma to‘qqiz oyatdan iboratdir. U payg‘ambar alayhis-salom sahobalar bilan «Tabuk» jangidan qaytayotganlarida nozil bo‘la boshlagan. (Tabuk — Madina bilan Damashq orasidagi haj yo‘li ustida joylashgan vohadir. Hijriy to‘qqizinchi yilda u yerda musulmonlar bilan mushriklar o‘rtasida jang bo‘lgan edi). Bu surada shariati islomiyyaning ko‘pgina qonun-qoidalarini bayon qilish bilan birga, asosan, ikki maqsad ko‘zda tutiladi: ulardan birinchisi: Islomning mushriklar va ahli kitoblar bilan qanday munosabatda bo‘lish lozimligi xususidagi qat’iy hukmini bildirish bo‘lsa, ikkinchisi: Payg‘ambar alayhis-salom g‘azotga chiqishga chaqirgan paytlarida kishilar ruhiyatidagi holatlarni ko‘rsatishdir. Bu suraning ayricha xususiyatlaridan biri shuki, Qur’ondagi mavjud bir yuz o‘n to‘rt suraning ichida yolg‘iz mana shu sura avvalida «Bismilloh» aytilmasdan boshlanadi. Bu holni ayrim sahobalar «Tavba» mazmun-mohiyati jihatidan o‘zidan avvalgi «Anfol» surasining davomi bo‘lgani uchun ikkisining o‘rtasini ajratish zarurati bo‘lmagan, deb sharhlasalar, boshqa bir guruh sahobalar: «Bismilloh Allohning rahmatidir. Bu surada esa, asosan, jangu jadallar va Allohning la’natiga giriftor bo‘lgan munofiqlarning xilmaxil toifalari haqida so‘z yuritiladi. Shu boisdan, uning avvalidagi “Bismilloh” aytilmasligi lozim bo‘lgan», deganlar. Bu suraning bir necha nomi bo‘lib, ulardan eng mashhuri «Tavba»dir. So‘ra nihoyasida Alloh mo‘minlarning tavbalarini qabul etishi e’lon qilingani uchun ham bu sura «Tavba» nomi bilan atalgandir.

1. (Ey mo‘minlar, ushbu) Alloh va Uning payg‘ambari tomonidan sizlar (o‘zaro urushmaslik haqida) ahd-paymon qilgan mushrik kimsalarga ora ochiqlik (e’lonidir).

2. (Ey mushriklar, urush harom qilingan) to‘rt oy ichida yerda sayru sayohat qilib yuraveringlar va bilinglarki, sizlar Allohni ojiz qiluvchi emassizlar — albatta Alloh kofirlarni rasvo qilguvchidir.

I z o h . Yuqoridagi oyatlarda payg‘ambar alayhis-salom va sahobalarning mushriklar bilan tuzgan har qanday shartnomalari o‘sha mushriklarning xiyonatkorligi sababli bekor qilingani e’lon etildi va bu qaror oradan to‘rt oy o‘tgach, kuchga kirishi bildirildi.

3. Va (ushbu) Alloh va Uning payg‘ambari tomonidan odamlarga katta haj kunida (ya’ni qurbon hayiti kunida) Alloh va uning payg‘ambari mushriklardan bezor ekanligini bildirishdir. Bas (ey mushriklar), agar tavba qilsangizlar, bu o‘zingiz uchun yaxshiroqdir. Agar yuz o‘girsangizlar, u holda bilingizki, sizlar Allohni ojiz qiluvchi emassiz. (Ey Muhammad), kofir bo‘lgan kimsalarga alamli azob «xushxabar»ini yetkazing!

4. Magar (Ey mo‘minlar), sizlar ahd-paymon qilgan mushrik kimsalar keyin (ahdlaridan) biron narsani buzmasalar va sizlarning ziyoningizga birov bilan hamkorlik qilmasalar, u holda ularning ahdlarini belgilangan muddatgacha to‘la-to‘kis yetkazinglar! Albatta, Alloh taqvo qilguvchi zotlarni sevar.

5. Bas, qachon urush harom qilingan oylar chiqsa, mushriklarni topgan joyingizda o‘ldiringiz, (asir) olingiz, qamal qilingiz va barcha yo‘llarda ularni kuzatib turingiz! Endi agar tavba qilsalar va namozni to‘kis ado qilishib, zakotni bersalar, ularning yo‘llarini to‘smangiz! (Ya’ni ular bilan urushishni bas qilingiz). Albatta, Alloh mag‘firatli, mehribondir.

6. (Ey Muhammad), agar mushriklardan birontasi sizdan himoya so‘rasa, bas, uni himoya qiling, toki u Allohning kalomini eshitsin. So‘ng uni o‘zi uchun tinch bo‘lgan joyga yetkazib qo‘ying. Bu (hukm) ularning bilmaydigan qavm bo‘lganlari uchundir.

7. Alloh nazdida va uning payg‘ambari nazdida mushriklar uchun qanday ahdQur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi paymon bo‘lsin?! (Ya’ni, hech qanday ahd bo‘lishi mumkin emas, chunki ular Allohga ham, Uning payg‘ambariga ham iymon keltirmaydilar, demak, bergan va’dalarini buzaveradilar), magar sizlar Masjid-al-Harom oldida (ya’ni, Makkada) ahdlashgan kimsalar borki, ular modomiki ahdlarida barqaror turar ekanlar, sizlar ham ahdlaringizda turingiz! Albatta, Alloh taqvo qilguvchi zotlarni sevar.

8. (Ular uchun) qanday (ahd-paymon) bo‘lsin? Holbuki, ular agar ustingizda g‘olib bo‘lsalar, sizlarning xususingizda na ahdga va na burchga boqadilar. Og‘izlarida sizlarni rozi qilishadi-yu, ko‘ngillari (ahdga vafo qilishga) ibo-or qiladi. Ularning ko‘plari itoatsizdir.

9. Ular Allohning oyatlarini ozgina qiymatga almashtirib, (insonlarni) Uning yo‘lidan (ya’ni dinidan) to‘sdilar. Darhaqiqat, ular eng yomon ishni qilguvchi bo‘ldilar.

10. Ular biron mo‘min xususida na ahdga va na burchga boqadilar. Ular tajovuzkor kimsalardir.

11. Endi agar tavba qilsalar va namozni to‘kis ado etishib, zakotni (haqdorlarga) ato qilsalar, u holda diniy birodaringizdirlar. Biz oyatlarimizni biladigan qavm uchun mufassal bayon qilurmiz.

12. Agar ahdlashganlaridan keyin qasamlarini buzsalar va sizlarning diningizga tosh otsalar, u holda (bu kirdikorlaridan) to‘xtashlari uchun kufr yetakchilariga qarshi jang qilingiz! Zero, ular uchun hech qanday qasam yo‘qdir. (Ya’ni, ular mudom o‘zlari ichgan qasamlarni buzaveradilar).

13. (Ey mo‘minlar), qasamlarini buzgan va payg‘ambarni (Makkadan) chiqarib yuborishga qasd qilgan hamda o‘zlari avval-boshda sizlarga qarshi (jang qilishni) boshlagan kimsalar bilan jang qilmaysizlarmi?! Ulardan qo‘rqasizlarmi?! Agar (haqiqiy) mo‘min bo‘lsangizlar, qo‘rqishingizga loyiqroq zot Alloh-ku, axir?!

14-15. Ular bilan jang qilinglar, (shunda) Alloh ularni sizlarning qo‘lingiz bilan azoblaydi, rasvo qiladi va sizlarni ularning ustiga g‘olib qiladi hamda mo‘min qavm dillarini qondirib, ko‘ngillaridagi g‘am-anduhni ketkazadi. Alloh O’zi xohlagan kishilarning tavbalarini qabul qilur. Alloh bilim va hikmat sohibidir.

16. (Ey mo‘minlar), balki sizlarning orangizda (haq yo‘lda) kurashgan va Allohdan, Uning payg‘ambaridan va mo‘minlardan o‘zga biron kimsani do‘st tutmagan zotlarni, Alloh bilmasdan (ya’ni, imtihon qilmasdan o‘z holiga) qo‘yib qo‘yishini o‘ylagandirsizlar?! Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.

17. Mushriklar o‘zlarining kofir ekanliklariga guvoh bo‘lgan hollarida Allohning masjidlarini obod qilishlari joiz emas. Ularning qilgan amallari behuda ketar, o‘zlari esa do‘zaxda abadiy qolguvchidirlar.

I z o h. Mushriklar Ka’ba atrofiga xilma-xil butlarini qo‘yib olishib, har safar Ka’bani tavof etganlaridan keyin haligi butlarga sajda qilar edilar, Yuqoridagi oyat, mushriklar modomiki o‘zlari yasab olgan butlarni yagona Allohga sherik deb bilar ekanlar, ularning qilgan ibodat-tavoflari bexuda, deb ta’kidlaydi.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 8:17:44 | Сообщение # 2
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
18. Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan, namozni to‘kis ado etgan, zakotni (haqdorlarga) ato qilgan va yolg‘iz Allohdangina qo‘rqadigan zotlargina obod qilurlar. Ana o‘shalar hidoyat topguvchi zotlar bo‘lsalar, ajabmas.

19. (Ey mushriklar), sizlar hojilarga suv berishni va Masjid-al-Haromni obod qilishni — Allohga va Oxirat kuniga iymon keltirgan hamda Alloh yo‘lida kurashgan zotlar (ning amallariga) teng, deb bildingizmi?! Ular (ya’ni, mo‘minlar bilan mushriklar) Alloh nazdida teng emaslar, Alloh zolim qavmni hidoyat qilmas.

I z o h . Mushriklar musulmonlarga qarab: «Sizlar Allohga musulmonchilik bilan bandalik qilayotgan bo‘lsangizlar, biz ham hajga borganlarning xizmatlarini bajarib va Ka’bani obod qilib, Allohga bandalik etmoqdamiz», deb da’vo qilganlarida mazkur oyat nozil bo‘ldi.

20. Iymon keltirgan, hijrat qilgan va Alloh yo‘lida molu jonlari bilan kurashgan zotlarning Alloh nazdidagi darajalari juda ulug‘dir va o‘shalar (baxt-saodatga) erishuvchidirlar.

21. Parvardigorlari ularga O’z tarafidan rahmat va rizolik hamda ular uchun bo‘ladigan jannatlar xushxabarini berurki, u jannatlarda doimiy ne’matlar bordir.

22. Ular o‘sha joylarda abadiy qolurlar. Darhaqiqat, faqat Allohning huzuridagina ulug‘ ajr bordir.

23. Ey mo‘minlar, agar iymondan kufrni afzal bilsalar, ota-onalaringiz va akaukalaringizni (ham) do‘st tutmangiz! Sizlarning ichingizda kimda-kim ularni do‘st tutsa, (ya’ni, ularni deb iymondan kufrga qaytsa) bas, ular zolimlardir.

24. (Ey Muxammad), ayting: «Agar ota-onalaringiz, bolalaringiz, akaukalaringiz, juftlaringiz, qarindosh-urug‘laringiz va kasb qilib topgan moldunyolaringiz, kasod bo‘lib qolishidan qo‘rqadigan tijoratlaringiz hamda yaxshi ko‘radigan uy-joylaringiz sizlarga Allohdan, Uning payg‘ambaridan va Uning yo‘lida jihod qilishdan suyukliroq bo‘lsa, u holda to Alloh o‘z amrini (ya’ni, azobini) keltirganicha kutib turaveringlar. Alloh itoatsiz qavmni hidoyat qilmas.

25. Alloh sizlarni ko‘p o‘rinlarda g‘olib qildi. Hunayn (Makka bilan Toif o‘rtasidagi bir vodiy) kunini (eslanglar)! O’shanda sizlarni ko‘p ekanligingiz mag‘rur qilib qo‘ygan edi, ammo u (ya’ni, sanog‘ingizning ko‘pligi) sizlarni hech narsadan behojat qila olmadi (qutqarib olmadi) va sizlarga keng yer torlik qilib qoldi, so‘ng yuz o‘girgan holingizda chekindingiz!

26, Keyin Alloh payg‘ambariga va mo‘minlarga O’z tomonidan xotirjamlik nozil qildi hamda sizlar ko‘rmagan bir lashkarni (ya’ni, farishtalarni) tushirdi va kofir bo‘lgan kimsalarni azobga duchor hildi. Kofirlarning jazosi shudir.

I z o h . Bu oyatlarda Qur’on jangda g‘alabaga erishishning sababi lashkar sanog‘ining ko‘pligi emas, balki Allohning madadi ekanligini ta’kidlaydi. O’sha Hunayn jangida (hijriy sakkizinchi yil) musulmonlarning lashkari o‘n ikki ming bo‘lib, kofirlar faqat to‘rt ming kishi edilar. Shuning uchun ayrim musulmonlar: «Shu bir hovuch odamdan yengilamizmi?» deb g‘ururlandilar va g‘alaba Alloh tomonidan bo‘lishini unutib qo‘ydilar. Natijada kofirlar ulardan ustun kelib, ular chekina boshladilar. Faqat payg‘ambar alayhissalom Tangriga iltijo qilib duo qilganlaridan keyin mo‘minlarning dillariga bir xotirjamlik inib, jangga qaytdilar va Allohning madadi bilan kofirlardan g‘olib keldilar.

27. Keyin — o‘sha (jangdan) so‘ng Alloh O’zi xoxlagan kishilarning tavbalarini qabul qilur. Alloh mag‘firatli, mehribondir.

I z o h . Darhaqiqat, Hunaynda musulmonlarga qarshi jang qilgan Havozin qabilasidan juda ko‘p kishilar o‘sha jangdan keyin Allohga tavba-tazarru qilib, islomga kirdilar.

28. Ey mo‘minlar, hech shak-shubhasiz, mushriklar nopok kimsalardir, bas, (ular) bu yildan so‘ng Masjid-al-Haromga yaqin kelmasinlar! Agar sizlar (mushriklar haj mavsumida Makkaga keltiradigan oziq-ovqatlar va boshqa narsalar to‘xtab qolishi sababli) kambag‘allikdan qo‘rqsangizlar, (bilingki) yaqinda (Alloh) xohlasa, O’z fazlu karami bilan sizlarni boy-badavlat qilajak. Albatta, Alloh bilim va hikmat sohibidir.

29. Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan, Alloh va Uning payg‘ambari harom degan narsani harom deb bilmaydigan, Haq (ya’ni islom) diniga e’tiqod qilmaydigan axli kitoblardan iborat bo‘lgan kimsalarga qarshi to ular xorlangan (mag‘lub) hollarida o‘z qo‘llari bilan (zimmalaridagi) soliqni to‘lamagunlaricha, jang qilingiz!

30. Yahudiylar: «Uzayr Allohning o‘g‘li», dedilar. Nasroniylar: «(Iyso) Masih Allohning o‘g‘li», dedilar. Bu ularning og‘izlaridagi (hujjat-dalilsiz) gaplaridir. Ularning bu gaplari xuddi avvalgi kofir bo‘lgan kimsalarning gapiga o‘xshaydi. Ularni Alloh la’natlagay! Qanday adashmoqdalar-a!

31. Ular Allohni qo‘yib o‘zlarining donishmandlarini va rohiblarini hamda Masih binni Maryamni Parvardigor deb bildilar. Holbuki, faqat yagona Allohga bandalik kilishga ma’mur (buyurilgan) edilar. Hech iloh yo‘q, faqat Uning O’zi bordir. U zot ularning shirklaridan pokdir.

32. Ular Allohning nurini (ya’ni, islomni) og‘izlari (ya’ni, behuda gaplari) bilan o‘chirmoqchi bo‘ladilar. Alloh esa, garchi (kofirlar) xoxlamaslar-da, faqat O’z nurini to‘la (ya’ni, har tarafga) yoyishni istaydi.

33. U (Alloh) O’z payg‘ambarini hidoyat va haq din bilan — garchi mushriklar xoxlamasalar-da — barcha dinlarga g‘olib qilish uchun yuborgan zotdir.

34. Ey mo‘minlar, o‘sha donishmandlar, rohiblardan ko‘pchiligi odamlarning mollarini nohaq (yo‘l) bilan yeydilar va Allohning yo‘lidan to‘sadilar. Oltinkumushni bosib, uni Alloh yo‘lida infoq-ehson qilmaydigan kimsalarga alamli azob «xushxabarini» yetkazing!

I z o h . Bu oyatlarda odamlarning pul-mollarini talon-toroj qiladigan yahudiy donishmandlari va nasroniy rohiblari bilan birgalikda musulmonlarning orasidagi ayrim boylikka mukkasidan ketgan va to‘plagan mol-dunyolarining zakotini bermaydigan kimsalar ham ashaddiy azobga duchor bo‘lishlari bayon qilingandir.

35. U kunda (qiyomatda) o‘sha (oltin-kumushni) jahannam o‘tida qizitilib, o‘sha bilan ularning peshonalari, yonlari va ketlariga tamg‘a bosilib: «Mana bu o‘zlaringiz uchun to‘plagan narsalaringizdir. Endi to‘plab-bosgan narsalaringizning mazasini totib ko‘ringlar» (deyilur).

36. Albatta, Allohning nazdida, oylarning sanog‘i Alloh osmonlar va yerni yaratgan kunida belgilab qo‘yganidek, o‘n ikki oydir. Ulardan to‘rti urush harom qilingan (oylar)dir. Mana shu haq dindir (ya’ni, haq hukmdir). Bas, u oylarda (urushni halol deb jangga kirib) o‘zlaringizga zulm qilmangiz! Barcha mushriklar (bu hukmga qaramay) sizlarga qarshi jang qilgani kabi (birinchi bo‘lib jang boshlasalar), sizlar ham barchangiz ularga qarshi jang qilingiz! Va bilingizki, Alloh taqvodorlar bilan birgadir.

I z o h. Urush harom qilingan oylar: Zul-qa’da, Zul-hijja, Muharram va Rajab oylaridir. Ulardan avvalgi uchtasi ketma-ket kelsa, Rajab oyi oradan besh oy o‘tgandan keyin chiqadi. Bu tartib Hazrati Ibrohim payg‘ambar zamonlaridan beri amal qilib kelinayotgan haq hukm edi. Lekin keyinchalik ayrim arablar bu qonunni buzib, o‘zlari jang qilib turgan paytlarida mazkur oylar kelib qolsa, ularda urush qilishni halol qilib olishar va keyin o‘zlari uchun qulay bo‘lgan boshqa oylarni harom oy deb e’lon qilar edilar. Navbatdagi oyatda mana shu odat haqida so‘z yuritilib, uning diyonatsizlik ekani ta’kidlanadi.

37. Shak-shubhasiz (harom oylarni) ketga surish ortiq darajadagi kofirlikdirki, u sababli kofirlar butunlay yo‘ldan toyilurlar. Ular Alloh harom qilgan oylarning sanog‘ini (to‘rt oyga) to‘g‘rilab, Alloh harom qilgan narsani halol qilib olish uchun uni (ya’ni, urush harom qilingan oylarni) bir yil halol desalar, yana bir yil harom deydilar. Ularga bu xunuk ishlari chiroyli (ma’qul) ko‘rindi. (Chunki) Alloh kofir qavmni hidoyat qilmas.

38. Ey mo‘minlar, sizlarga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida (jihodga) chiqinglar, deyilsa, o‘z yeringizga (ya’ni, yurtingizga) yopishib oldingiz?! Oxirat (ne’matlari)dan yuz o‘girib, hayoti dunyo (lazzatlari)ga rozi bo‘lurmisiz?! Oxirat oldida bu dunyo matosi juda oz narsa-ku?!

39. Agar (jihodga) chiqmasangizlar, (Alloh) sizlarni alamli azob bilan azoblar va o‘rningizga boshqa bir qavmni keltirur. Sizlar esa U zotga biron ziyon yetkaza olmaysiz. Alloh hamma narsaga qodirdir.

40. Agar sizlar unga (ya’ni, payg‘ambarga) yordam qilmasangiz (Allohning O’zi unga yordam qilur). Uni kofirlar ikki kishining biri bo‘lgan holida (ya’ni, bir hamrohi bilan Makkadan) haydab chiqarganlarida, unga Alloh yordam berdi-ku. O’shanda ikkovlon g‘orda bo‘lgan paytlarida hamrohiga: «G’amgin bo‘lma, shubhasiz, Alloh biz bilan birgadir», der ekan, Alloh uning ustiga xotirjamlik tushirdi va uni sizlar ko‘rmagan lashkarlar (ya’ni, farishtalar) bilan qo‘llabquvvatladi hamda kofir bo‘lgan kimsalarning so‘zlarini tuban qilib qo‘ydi, Allohning so‘zigina yuksak so‘zdir. Alloh qudratli, hikmatlidir.


Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 8:18:22 | Сообщение # 3
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
41. (Ey mo‘minlar), xoh yengil, xoh og‘ir holingizda (ya’ni, istasangiz, istamasangiz jihodga) chiqingiz va molu jonlaringiz bilan Alloh yo‘lida kurashingiz! Agar bilsangizlar, mana shu o‘zlaringiz uchun yaxshiroqdir.

42. (Ey Muhammad), agar (siz da’vat qilayotgan jihod) oson foyda va yaqin safar bo‘lgaiida, ular (ya’ni, munofiqlar) albatta sizga ergashgan bo‘lur edilar. Lekin ularga masofa uzoq bo‘lib ko‘rindi (shuning uchun chiqmadilar). Hali ular (yolg‘on qasam bilan) o‘zlarini halok qilib: «Agar qodir bo‘lganimizda sizlar bilan birga chiqqan bo‘lur edik», deb qasam ham ichadilar. Alloh esa ularning hech shak-shubhasiz yolg‘onchi ekanliklarini bilur.

43. (Ey Muhammad), Alloh sizni afv qildi. (Lekin) nima uchun to sizga rostgo‘y kishilar aniq bo‘lib, yolg‘onchilarni ham aniq bilguningizcha, (ya’ni, ularning yolg‘on qasamlariga ishonib) ularga (jihodga chiqmaslik uchun) izn berdingiz?!

44. Allohga va oxirat kuniga ishongan zotlar sizdan molu jonlari bilan jihod qilishdan (qolish uchun) izn so‘ramaydilar. Alloh taqvodorlarni bilguvchidir.

45. Balki faqat Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan va ko‘ngillarida shakshubha bo‘lgan kimsalargina sizdan (qolish uchun) izn so‘raydilar. Chunki ular o‘z shubhalarida ikkilanib yuradilar.

46. Agar ular (jihodga) chiqishni istaganlarida uning uchun tayyorgarlik ko‘rib qo‘ygan bo‘lur edilar. Lekin Alloh chiqishlarini istamay, ularni dangasa qilib ko‘ydi va ularga (o‘zlaridan bo‘lgan kimsalar tarafidan): «Qolganlar (ya’ni, ayollar, yosh bolalar va ojiz-notavon kishilar) bilan birga o‘tiraveringlar», deyildi.

47. Agar ular sizlarning orangizdan chiqqanlarida ham, sizlarga faqat ortiqcha ziyon bo‘lgan va o‘rtalaringizda sizlarni fitnaga solish uchun yugurib-elib yurgan bo‘lur edilar hamda oralaringizda ularga quloq soluvchilar ham (topilgan) bo‘lur edi. Alloh zolim kimsalarni bilguvchidir.

48. Ular ilgari — hanuz haqiqat ro‘yobga chiqib, Allohning dini g‘olib bo‘lmay turib ham (buni) yomon ko‘rgan hollarida fitna qilmoqchi bo‘lgan va sizning ishlaringizni ortga ketkizmoqchi bo‘lgan edilar-ku.

49. Ularning orasida: «Menga (jangdan qolish uchun) izn bergin, meni fitnaga solmagin», deydigan kimsalar ham bordir. Ogoh bo‘lingizkim, ular (jangdan qolishlari sababli) fitnaning o‘ziga tushdilar. Shak-shubha yo‘qki, jahannam kofirlarii o‘rab olguvchidir.

50. Agar sizga biron yaxshilik (g‘alaba yoki o‘lja) yetsa, bu ularni xafa qilur. Agar sizga (Uhud jangida bo‘lganidek) biron musibat yetsa: «Ishning oldini olibmiz», deyishib, xursand bo‘lgan hollarida yuz o‘girib keturlar.

51. Ayting: «Bizga faqat Alloh biz uchun yozib qo‘ygan narsagina yetur. U bizning hojamizdir. Bas, iymonli kishilar faqat Allohgagina suyansinlar!»

52. (Ey Muhammad), ayting: «Sizlar biz uchun faqat ikki yaxshilik (ya’ni, yo shahid bo‘lishimiz yoki g‘alaba qilishimiz)dan birini kutmoqdasiz. Biz esa sizlar uchun Alloh sizlarga O’z dargohidan yoki bizning qo‘limiz bilan bir azob yetkazishini kutmoqdamiz. Bas, sizlar ham kutaveringlar, biz ham sizlar bilan birga kutguvchimiz».

53. Ayting: « (Ey munofiqlar), xoh o‘z xohishingiz bilan, xoh majburan infoqehson qilinglar, sizlardan hargiz qabul qilinmas. Chunki sizlar itoatsiz qavm bo‘ldingiz».

54. Qilgan infoq-ehsonlari (Alloh dargohida) qabul qilinishidan to‘sgan narsa faqat ularning Alloh va uning payg‘ambariga iymon keltirmaganlari, namozga faqat eringan hollaridagina kelishlari va o‘zlari istamagan hollaridagana infoqehson qilganliklaridir.

55. Bas, sizni ularning molu dunyolari va bola-chaqalari qiziqtirmasin! Chunki Alloh o‘sha narsalar sababli hayoti dunyoda ularni azob-uqubatga solishni va kofir bo‘lgan hollarida, jonlari chiqishini istaydi, xolos.

56. Ular o‘zlarining sizlar bilan birga ekanliklariga Alloh nomiga qasam ichadilar. Holbuki, ular sizlardan emasdirlar. Faqat ular qo‘rqoq qavmdirlar (ya’ni, munofiqliklari ma’lum bo‘lib qolsa, boshlariga boshqa kofirlarning kuni tushib qolishidan qo‘rqadilar).

57. Agar ular biron boshpanami, g‘ormi yoki kiradigan biron teshikmi topsalar edi, chopganlaricha o‘shanga qarab jo‘nab qolgan bo‘lur edilar.

58. Ularning orasida sadaqotlar to‘g‘risida sizga ta’na qilguvchi kimsalar ham bordir. Bas, agar o‘sha sadaqalardan ularga ham berilsa, rozi bo‘ladilar, agar berilmasa, birdan norozi bo‘lib qoladilar.

59. Agar ular Alloh va Uning payg‘ambari ularga bergan narsaga rozi bo‘lishib: «Alloh biz uchun kifoya qilur. Yaqinda Alloh va Uning payg‘ambari bizga O’z fazlu karamidan (mol-dunyo ham, baxt saodat ham) berur, Biz Allohning O’ziga intilguvchi kishilarmiz», desalar edi (o‘zlari uchun yaxshi bo‘lur edi).

60. Albatta, sadaqalar (ya’ni, zakotlar) Alloh tomonidan farz bo‘lgan holda, faqat faqirlarga, miskinlarga, sadaqa yig‘uvchilarga, ko‘ngillari (islomga) oshna qilinuvchi kishilarga, bo‘yinlarni (qullarni) ozod qilishga, qarzdor kishilarga va Alloh yo‘lida (ya’ni, jihodga yoki hajga ketayotganlarga) hamda yo‘lovchi musofirlarga berilur. Alloh bilim va hikmat sohibidir.

I z o h . Zakot Islom dinidagi farz amallaridan biridir. Ma’lum miqdorda boylikka ega bo‘lgan kishi shu puldan qirqdan birini zakot qilib berishi farzdir. Yuqoridagi oyatda mana shu zakotni kimlarga berish lozimligi aniq belgilab berilgan. Demak, mazkur kishilardan boshqa birovga berilgan zakot Islom nazarida maqbul emas.

61. Ularning orasida payg‘ambarga ozor beradigan va «u (ya’ni, payg‘ambar) quloq tutguvchi (ya’ni, eshitgan narsasiga ishonaveradigan kishi)» deydigan kimsalar bordir. Ayting: («Ha, u) sizlar uchun yaxshilik bo‘lgan narsaga quloq tutguvchi, Allohga iymon keltiruvchi, mo‘minlarga ishonadigan va sizlarning orangizdagi iymon keltirgan zotlar uchun rahmat-marhamati bo‘lgan zotdir. Allohning payg‘ambariga ozor beruvchi kimsalar uchun esa alamli azob bordir».

62. (Ey, mo‘minlar), ular sizlarni rozi qilish uchun (payg‘ambarga ozor bermadik, deb) Alloh nomiga qasam ichadilar. Holbuki, agar mo‘min bo‘lganlarida, Alloh va Uning payg‘ambarini rozi qilmoqlari loyiqroq ish edi.

63: Ular kimda-kim Alloh va Uning payg‘ambari chizgan chiziqdan chiqsa, uning uchun o‘zi abadiy qoladigan jahannam otashi bo‘lishini va bu ulug‘-katta rasvolik ekanini bilmadilarmi?!

64. Bu munofiqlar o‘zlari haqida dillaridagi narsadan (ya’ni, munofiqliklaridan) ogohlantiradigan biron sura nozil bo‘lib qolishidan qo‘rqadilar-u (yana payg‘ambar va mo‘minlarni) masxara qilib kuladilar. Ayting: «Kulaveringlar, Alloh sizlar (fosh bo‘lib qolishidan) qo‘rqayotgan narsani albatta (yuzaga) chiqarguvchidir».

65. Qasamki, agar ulardan (nega sizning ustingizdan kulganlari haqida) so‘rasangiz, albatta ular: «Biz faqat bahslashib, hazillashib kelyapmiz, xolos», deydilar. Ayting: «Allohdan, Uning oyatlaridan, Uning payg‘ambaridan kuluvchi bo‘ldingizmi?»

I z o h. Payg‘ambar alayhis-salom sahobalar bilan Tabuk jangiga ketib borayotganlarida askarlar orasidagi bir guruh munofiqlar bir-birlariga: «Mana bu odamni ko‘ringlar. O’zicha Shom qasrlarini va qal’alarini fath qilmoqchi bo‘lib yuribdi-ya» deb masxara qilardilar. Alloh payg‘ambarini ularning so‘zlaridan xabardor qilgach, payg‘ambar ulardan: «Nega kulyapsizlar?» deb so‘raganida, ular: «Ey Allohning payg‘ambari, biz faqat yo‘lni qisqartirish uchun hazil-huzul qilib kelmoqdamiz, xolos», deb aldamoqchi bo‘lgan edilar.

66. Uzr aytmanglar! Sizlar iymon keltirganingizdan so‘ng yana kufrga qaytdingiz. Agar sizlardan bir toifani (chin ixlos bilan tavba qilganlari uchun) afv qilsak, boshqa bir toifani jinoyatchi bo‘lganliklari sababli azoblaymiz.

67. Munofiq erkaklar va munofih ayollar bir-birlaridandirlar (ya’ni, kofirlikda bir-birlariga o‘xshaydilar). Ular yomonlikka buyuradilar, yaxshilikdan to‘xtatadilar va (Alloh yo‘lida infoq-ehson qilishdan) qo‘llarini (o‘zlarini) tiyadilar. Ular Allohni unutishgach, Alloh ham ularni unutdi. Albatta, munofiqlar haqiqiy fosiq-itoatsizdirlar.

68. Alloh munofiq va munofiqalarga hamda kofirlarga ular abadiy qoladigan jahannam otashini va’da qildiki, o‘sha ular uchun yetarlidir. Alloh ularni la’natladi. Ular uchun doimiy azob bordir.

69. (Ey munofiqlar), sizlar ham xuddi sizlardan ilgari o‘tgan (munofiqlar)ga o‘xshaysizlar. Ular sizlardan ko‘ra quvvatliroq va mol-mulk, bola-chaqalari ham ko‘proq edi. Bas, (bu dunyodagi) o‘z nasibalarini ko‘rdilar. Sizlar ham, ilgari o‘tganlar nasibalarini ko‘rganlaridek, o‘z nasibangizni ko‘rdingiz va ular sho‘ng‘igan narsaga (ya’ni, nohaq yo‘lga) sho‘ng‘idingiz. Ularning (ya’ni, barcha munofiqlarning) qilgan amallari dunyoyu oxiratda behuda ketdi. Ana o‘shalar haqiqiy ziyon o‘rguvchilardir.

70. Ularga o‘zlaridan ilgari o‘tgan kishilar bo‘lmish Nuh, Od, Samud qavmlarining va Ibrohim qavmining, Madyan aholisining (ya’ni, Shuayb qavmining) hamda zeru zabar bo‘lgan qishloqlarning (ya’ni, Lut qavmi qishloqlarining) holi-xabari kelmadimi?! Ularga payg‘ambarlari ochiq dalilhujjatlar keltirgan edilar (shunda ular payg‘ambarlarini yolg‘onchi qilishgach, bu qavmlar ustiga Allohning balolari yog‘ilgan edi). Bas, Alloh ularga zulm qilguvchi bo‘lmadi, balki o‘zlari o‘zlariga zulm qilgan edilar.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 8:18:44 | Сообщение # 4
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
71. Mo‘min va mo‘minalar bir-birlariga do‘stdirlar. Ular yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan to‘xtatadilar, namozni to‘kis ado etadilar, zakotni (haqdorlarga) ato etadilar, Alloh va Uning payg‘ambariga itoat qiladilar. Ana o‘shalarga Alloh rahm qilur. Shak-shubhasiz, Alloh qudratli, hikmatlidir.

72. Alloh mo‘min, mo‘minalarga ostidan daryolar oqib turadigan, ular abadiy qoladigan jannatlar va jannat bog‘laridagi pokiza maskanlarni va’da qildi. Allohning roziligi esa hamma narsadan ulug‘roqdir. Mana shu Haqiqiy buyuk baxtdir.

73. Ey payg‘ambar, kofir va munofiqlarga qarshi kurashing va ularga qattiqqo‘l bo‘ling. Ularning joylari jaxannamdir. Naqadar yomon oqibat bu!

74. Ular (ya’ni, munofiqlar sizga yetib kelgan haqorat so‘zlarini) aytmaganliklariga qasam ichadilar. Holbuki, kufr so‘zini aniq aytgan edilar va islomga kirganlaridan so‘ng yana kufrga qaytgan edilar hamda o‘zlari yetolmagan narsa (ya’ni payg‘ambar joniga suiqasd qilishga) qasd qilgan edilar. Alloh ular (munofiqlar) faqat va Uning payg‘ambari ularni O’z fazlu karamidan boy-badavlat qilib qo‘ygani uchungina (Alloh va Uning payg‘ambarini) yomon ko‘rdilar, xolos. Bas, endi agar tavba qilsalar, o‘zlari uchun yaxshi bo‘lur. Agar yuz o‘girsalar, Alloh ularni dunyoyu oxiratda alamli azob bilan azoblar va ular uchun yer yuzida biron do‘st va yordamchi bo‘lmas!

75.Ularning orasida: «Qasamki, agar (Alloh) bizga O’z fazlu karamidan (moldavlat) ato qilsa, albatta biz kambag‘allarga sadaqotlar qilurmiz va solih bandalardan bo‘lurmiz», deb Allohga ahd-paymon beradigan kimsalar ham bordir.

76. Endi qachonki (Alloh) ularga O’z fazlu karamidan (mol-davlat) ato qilsa, unga baxillik qilurlar va yuz o‘girgan hollarida keturlar.

77. Bas, (sadaqotlar berurmiz), deb Allohga bergan va’dalariga xilof qilganlari va (iymon keltirganmiz) deb yolg‘on gapiruvchi bo‘lganlari sababli (Alloh) ularga to Uning O’ziga ro‘baro‘ bo‘ladigan Kungacha dillarida nifoq bo‘lishini oqibat qilib qo‘ydi.

78. Ular Alloh ularning yashirgan sirlarini ham, o‘zaro shivir-shivirlarini ham bilishini va Alloh ko‘rinmas narsalarni ham aniq biluvchi ekanini bilmadilarmi?!

79. Mo‘minlar orasidan o‘z xohishi bilan sadaqotlar qiluvchi kishilarni va (infoqehon qilish uchun) kuchlari yetgan narsani topib kelgan kishilarni ayblab, masxara qiladigan kimsalarni Alloh masxara qilur va ular uchun alamli azob bordir.

80. (Ey Muhammad), xoh ular uchun mag‘firat so‘rang, xoh mag‘firat so‘ramang — agar yetmish martalab ular uchun mag‘firat so‘rasangiz ham, Alloh ularni aslo mag‘firat qilmas. Bunga sabab ularning Alloh va Uning payg‘ambariga kofir bo‘lganlaridir. Alloh esa itoatsiz qavmni hidoyat qilmas.

81. (Jihodga chiqishdan) qolgan munofiqlar Allohning payg‘ambariga xilof qilib qolganlaridan xursand bo‘ldilar va molu jonlari bilan Alloh yo‘lida jihod qilishni istamadilar hamda (bir-birlariga): «Bu issiqda urushga chiqmanglar», dedilar. Ayting (ey Muhammad): «Agar ular anglay olsalar, jahannam otashi yanada issiqroqir».

82. Bas, o‘zlarining kasb qilgan narsalari (ya’ni, kofirlikni tanlaganlari) jazosiga (bu dunyoda) ozgina kulsinlar, (so‘ngra oxiratda) ko‘p — abadiy yig‘lasinlar!

83. Endi agar Alloh sizni (Tabuk jangidan) qaytarib, ulardan biron toifaga (ro‘baro‘ qilsa) bas, ular sizdan (bundan buyon bo‘ladigan g‘azotlarga) chiqish uchun izn so‘rasalar, aytingki: «Men bilan xargiz chiqmaysizlar va men bilan birga biror dushmanga qarshi jang xam qilmaysizlar. Chunki sizlar avvalboshda chiqmay o‘tirishga rozi bo‘ldingiz, bas, yana qolguvchi kimsalar bilan birga o‘tiraveringlar».

84. Ulardan birontasi o‘lsa, zinhor uning (janoza) namozini o‘qimang va qabri ustiga ham borib turmang! Chunki ular Alloh va uning payg‘ambariga kofir bo‘ldilar va itoatsiz hollarida o‘ldilar.

85. Sizni ularning molu dunyolari va bola-chaqalari qiziqtirmasin! Chunki Alloh o‘sha narsalar sababli bu dunyoda ularni azob-uqubatga solishni va kofir bo‘lgan hollarida, jonlari chiqishini istaydi, xolos.

86. Qachon: «Allohga iymon keltiringiz va Uning payg‘ambari bilan birga jihod qilingiz», degan biron sura nozil qilinsa, ulardan boy-badavlat bo‘lgan kimsalar sizdan (qolish uchun) izn so‘raydilar va «Bizni qo‘ygin, anavi qolguvchi (ma’zur, uzrli kishilar) bilan birga bo‘laylik», deydilar.

O'N BIRINCHI JUZ’

87. Ular xotin-xalaj bilan qolishga rozi bo‘ldilar. Dillari muhrlab qo‘yildi. Bas, endi ular (jihodga chiqishda bo‘ladigan yaxshilikni) anglamaydilar.

88. Lekin payg‘ambar va u bilan birga bo‘lgan, iymon keltirgan zotlar molu jonlari bilan kurashdilar. Barcha yaxshiliklar ana o‘shalar uchundir. Najot topguvchilar ham ularning o‘zidir.

89. Alloh ular uchun ostidan daryolar oqib turadigan, ular abadiy qoladigan jannatlarni tayyorlab qo‘ygandir. Mana shu buyuk baxtdir.

90. A’robiylardan (ya’ni tog‘lik arablardan) ham o‘zlari uchun izn berilishini so‘rab uzr aytguvchilar keldi va (iymon keltirdik, deb) Alloh va Uning payg‘ambarini aldagan kimsalar urushdan qoldilar. Albatta, ularning orasidagi kofir kimsalarga alamli azob yetajak!



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 8:19:16 | Сообщение # 5
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
91. Ojiz-notavonlarga, xastalarga va (jihod uchun) bergani hech narsa topa olmayotgan kishilarga — agar ular Alloh va Uning payg‘ambari uchun xolis bo‘lsalar, biron xaraj — gunoh yo‘qdir. Chiroyli amal qiluvchi — muhsinlarni ayblashga hech handay yo‘l yo‘q. Alloh mag‘firatli, mehribondir.

92. Yana sizga (jangga minib borish uchun) ot-ulov so‘rab kelgan vaqtlarida, ularga: «Sizlarni mindirib yuboradigan ulov yo‘q-ku», deganingizda (jihod uchun) ishlatiladigan biron narsa topa olmaganlari uchun g‘amgin bo‘lishib, ko‘zlaridan yosh to‘kib, qaytib ketgan kishilarny ham ayblashga hech qanday yo‘l yo‘qdir.

I z o h. Darhaqiqat, ansoriylardan (ya’ni madinalik sahobalardan) olti-etti kishi kelib payg‘ambar alayhis-salomdan jihodga borish uchun ot-ulov so‘rashganida, u kishi ularga beradigan ot-ulov yo‘qligini aytib uzr so‘raganlar. Shunda ular jihodga chiqishga ojizlik qilganlariga xafa bo‘lishib, yig‘lab qaytib ketganlar. Yuqoridagi oyat ularning uzrli kishilar ekani, binobarin, jihodga chiqa olmaganlari uchun gunohkor bo‘lmasliklarini bayon qildi.

93. Faqat o‘zlari boy-badavlat bo‘lgan hollarida sizdan izn so‘raydigan kimsalarnigina ayblashga yo‘l bordir. Ular xotin-xalaj bilan qolishga rozi bo‘ldilar. Alloh ularning dillarini muhrlab qo‘ydi. Bas, endi (ular jihodga chiqishda bo‘ladigan yaxshilikni) bilmaydilar.

94. Ularning oldiga qaytgan vaqtingizda (g‘azotga bora olmaganliklari uchun) sizlardan uzr so‘raydilar. Ayting: «Uzr so‘ramanglar, sizlarga hargiz ishonmaymiz. Alloh bizni sizlarning holi-xabaringizdan ogoh qildi. Shubhasiz, amallaringizni Alloh va uning payg‘ambari ko‘rib turadi. So‘ngra g‘aybu shahodatni (ya’ni yashirin va oshkor ishlarning hammasini) bilguvchi zotga qaytarilursizlar. Bas, U sizlarga qilib o‘tgan amallaringizning xabarini berur».

95. Ularning oldiga qaytib borgan vaqtlaringizda ulardan yuz o‘girishlaringiz (ya’ni, ayblamasliklaringiz uchun sizlarga ularning rostdan ham uzrli ekanliklariga) Alloh nomi bilan qasam ichadilar. Bas, ulardan yuz o‘giringlar! Chunki ular nopokdirlar va qilib o‘tgan narsalarini (ya’ni, munofiqliklari) jazosiga joylari jahannamdir.

96. Ulardan rozi bo‘lishlaringiz uchun sizlarga qasam ichadilar. Agar sizlar ulardan rozi bo‘lsangizlar ham, Alloh bu itoatsiz qavmdan hech rozi bo‘lmaydi.

97. A’robiylar kufru nifoqda qattiqroq va Alloh O’z payg‘ambariga nozil qilgan narsalarning chegaralarini bilmaslikka loyiqroqdirlar. Alloh bilim va Hikmat sohibidir.

98. A’robiylar orasida shunday kimsalar ham borki, qilgan sadaqasini (o‘zi uchun) ziyon deb biladi va sizlarga (mo‘minlarga) balolar kelishiga ko‘z tutib turadi. (Barcha) yomon balo(lar) o‘zlariga bo‘lsin! Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.

99. A’robiylar orasida Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradigan va qiladigan infoq-ehsonini Alloh dargohida qurbat (yaqinlik) hosil qilish va payg‘ambar duosiga (musharraf bo‘lish) deb biladigan zotlar ham bor. Ogoh bo‘lsinlarkim, o‘sha infoq-ehsonlari o‘zlari uchun qurbatdir. Alloh ularni O’z rahmatiga dohil qilajak. Albatta Alloh mag‘firatli, mehribondir.

100. Muhojir va ansorlarning birinchi peshqadamlari va ularga chiroyli amallar bilan ergashgan zotlar — Alloh ulardan rozi bo‘ldi va ular ham Undan rozi bo‘ldilar. Yana (Alloh) ular uchun ostidan daryolar oqib turadigan, ular abadiy qoladigan jannatlarni tayyorlab qo‘ydi. Mana shu buyuk baxtdir.

101. Atrofingizdagi a’robiylar va Madina aholisi orasida nifoqda doimiy bo‘lgan shunday munofiqlar borki, ularni siz bilmaysiz. Biz bilurmiz. Ularni qayta-qayta (ya’ni, hayotlik paytlarida qatl qilish, asir olish bilan, o‘lganlaridan keyin qabr azobi bilan) azoblaymiz. So‘ngra (qiyomat hayotlik paytlarida qatl qilish, asir olish bilan, o‘lganlaridan keyin qabr azobi bilan) azoblaymiz. So‘ngra (qiyomat kunida) ulug‘ azobga qaytarilurlar.

102. Yana boshqa bir kishilar borki, gunohlarini e’tirof qilurlar. Ular yaxshi amalni boshqa — yomoniga aralashtirib yuborganlar. Alloh ularning tavbalarini qabul qilsa ajabmas. Albatta, Alloh mag‘firatli, mehribondir.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 8:19:31 | Сообщение # 6
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
103. (Ey Muhammad), siz ularning mollaridan bir qismini o‘zlarini poklab tozalaydigan sadaqa sifatida oling va ularning haqlariga duo qiling. Albatta, sizning duoingiz ular uchun orom-osoyishtalik bo‘lur. Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.
104. Ular (gunohkorlar) Allohning O’zi bandalari tomonidan bo‘lgan tavbani qabul etishini, sadaqalarni ham (O’z dargohida) qabul qilishini va haqiqiy tavbalarni qabul etguvchi va mehribon zot Allohning O’zi ekanini bilmadilarmi?!

105. Ayting: «(Xohlagan) amalni qilinglar. Bas, Alloh, Uning payg‘ambari va mo‘minlar qilgan amallaringizni ko‘rib turar va yaqinda g‘aybu shahodatni (ya’ni, yashirin va oshkor narsalarning barchasini) bilguvchi zotga qaytarilursizlar. Bas, U zot sizlarga qilib o‘tgan amallaringizning xabarini berur».

106. Yana boshqa bir (guruh, g‘azotga chiqmagan)lar borki, Ular Allohning amriga qoldirilurlar — U zot O’zi ularni yo azobga giriftor qilar, yoki tavbalarini qabul qilur. Alloh bilim va hikmat sohibidir.

I z o h. Ular uch nafar kishi bo‘lib, munofiq bo‘lganliklari uchun emas, balki dangasaliklari, tanparvarliklari sababli g‘azotga chiqmaganlar va boshqa munofiqlar kabi yolg‘on uzrlar ham aytmaganlar. Shundan keyin ularning tavbalarini qabul bo‘lishi yo qabul bo‘lmasligi Allohning amriga mavquf bo‘lib qolgan va boshqa musulmonlar ma’lum muddatgacha ular bilan aloqalarini uzganlarki, bu haqda keyin keladigan oyatlarda yana zikr qilinadi.

107. Yana shunday kimsalar ham borki, ular (mo‘minlarga) ziyon yetkazish, kufrni kuchaytirib va mo‘minlar o‘rtasiga tafriqa solish hamda ilgari Alloh va Uning payg‘ambariga qarshi urushgan (bir) kimsaga ko‘z tutish uchun (fitna yuzasidan) masjid qurib oldilar. Yana: «Biz faqat yaxshiliknigina istagan edik», deb qasam ham ichadilar. Alloh guvohlik berurki, ular shak-shubhasiz yolg‘onchidirlar.

I z o h. Munofiqlardan o‘n ikki kishi Abu Omir degan bir kofir kimsaning buyrug‘i bilan mo‘minlar orasini buzish niyatida masjid quradilar va musulmonlarga qarshi urushish uchun boshqa davlatlardan lashkar olib kelishga ketgan Abu Omirning yo‘liga ko‘z tutadilar. Ularning bu maqsadlari musulmonlarga ma’lum bo‘lib qolganidan keyin esa o‘z qilmishlaridan tonib, qasam ichadilar. Quyidagi oyatda Alloh payg‘ambariga bunday amr qiladi:

108. (Ey Muhammad), hech qachon u masjidda namozga turmang! Birinchi kundan taqvo asosiga qurilgan masjid borki, siz o‘shanda turishingiz loyiqroq. Unda poklikni sevadigan kishilar bordir. Alloh esa o‘zlarini mudom pok tutguvchi zotlarni sevar.

109. Bas, bu binolarini Allohdan qo‘rqish va Uning rizoligi asosiga qurgan kishi yaxshiroqmi yoki binolariga yemirilayotgan jar yoqasini asos qilib olib, shu sababli o‘zi ham jahannam o‘tiga qulagan kimsami?! Alloh bunday zolim qavmni hidoyat qilmas.

110. Qurgan binolarining (buzib tashlanishi) ularning ko‘ngillarida shakshubha bo‘lib qolur. Magar yuraklari yorilib — jonlari chiqib ketsagina (shakshubha ham yo‘q bo‘lur). Alloh bilim va hikmat sohibidir.

I z o h . Payg‘ambar alayhis-salomning farmonlari bilan ular qurgan masjid buzib tashlanadi. Shundan keyin uni qurgan munofiqlar to o‘lgunlaricha musulmonlarga nisbatan g‘araz bilan o‘tadilar.

111. Albatta, Alloh mo‘minlarning jonlarini va mollarini ulardan jannat barobariga sotib oldi — ular Alloh yo‘lida jang qilishib (kofirlarni) o‘ldiradilar va (o‘zlari ham Alloh uchun shahid bo‘lib) o‘ldiriladilar, (Bunday mo‘minlarga jannat berilishiga) Alloh Tavrot, Injil va Qur’onda O’zining haq va’dasini bergandir. Allohdan ham ahdiga vafodorroq kim bor? Bas, (ey mo‘minlar), qilgan bu savdolaringizdan shod bo‘lingiz. Mana shu haqikiy buyuk baxtdir.

112. (Ular — tavba qilguvchilar Allohning O’zigagina) ibodat qilguvchilar, shukr qilguvchilar, ro‘za tutguvchilar, ruku’-sajda qilguvchilar, yaxshilikka buyurguvchilar, yomonlikdan to‘xtatguvchilar va Alloh belgilab qo‘ygan qonunqoidalarga doimiy rioya qilguvchi (mo‘minlar)dir. (Ey Muhammad), bu mo‘minlarga jannat xushxabarini yetkazing!

113. Na payg‘ambar va na bu mo‘minlar — agar mushriklar qarindoshlari bo‘lsa ham — ularning do‘zax egalari ekanliklari aniq ma’lum bo‘lganidan keyin, u mushriklar uchun mag‘firat so‘rashlari joiz emasdir.

114. Ibrohimning o‘z otasi uchun mag‘firat so‘rashi faqat unga bergan va’dasi sababli edi. Endi qachonki unga otasi Allohning dushmani ekanligi aniq ma’lum bo‘lgach, undan butunlay tondi. Albatta, Ibrohim ko‘ngilchan va haliymdir.

115. Alloh biron qavmni hidoyat qilganidan keyin to ularga saqlanishlari lozim bo‘lgan narsalarni aniq bayon qilib bermagunicha, ularni yo‘ldan ozdirguvchi bo‘lmadi (ya’ni, hamma narsani bilib turib o‘zlarini saqlamagan kimsalarnigina yo‘ldan ozdirdi). Albatta, Alloh hamma narsani bilguvchidir.

116. Albatta, osmonlar va yerning podshohligi Allohning o‘ziga tegishlidir. U hayot va o‘lim berur. Sizlar uchun Allohdan o‘zga na bir do‘st va na bir yordamchi bordir.

117. Haqiqatan Alloh payg‘ambarning, muhojirlar va ansorlarning tavbalarini qabul qildi. Ulardan bir guruhning dillari (g‘azotdagi mashaqqat va tashnalik sababli) toyilayozganidan keyin og‘ir soatda unga (ya’ni, payg‘ambarga) ergashgan edilar. So‘ng ularning tavbalarini (Alloh) qabul qildi. Albatta, U zot mo‘minlarga marhamatli, mehribondir.

118. Yana o‘sha uch kishining (tavbalarini ham qabul qildiki), to ularga keng yer torlik kilib qolguncha va dillari siqilib, Allohning (g‘azabidan) faqat O’ziga tavba qilish bilangina qutulish mumkin ekanini bilgunlaricha (tavbalari) qoldirilgan edi (ya’ni tavba qilishga muvaffaq bo‘lmagan edilar). So‘ngra (Alloh) tavba qilishlari uchun ularga tavba yo‘lini ochdi. Albatta, Alloh tavbalarni qabul qilguvchi, mehribondir.

119. Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqingiz va iymonlarida rostgo‘y bo‘lgan zotlar bilan birga bo‘lingiz!

120. Madina aholisi va ularning atroflaridagi a’robiylar uchun (jihodga chiqmay) Allohning payg‘ambaridan qolishlari va Undan yuz o‘girib o‘zlari bilan ovora bo‘lishlari joiz emas edi. Zero, Alloh yo‘lida ularga biron tashnalik, mashaqqat, ochlik yetsa va kofirlarni g‘azablantiradigan biron qadam bossalar, dushmanga biron ziyon yetkazsalar, albatta ular uchun bu ishlari sababli, yaxshi amal yozilur. Zotan, Alloh yaxshilik qilguvchilarning amallarini zoe qilmas.

121. Ular kichikmi, kattami biron infoq-ehson qilsalar va (g‘azot yo‘lida) biron vodiydan o‘tsalar, albatta qilgan eng chiroyli amallariga yarasha Alloh mukofotlashi uchun (bularning hammasi) ular foydasiga yozilur.

122. Barcha mo‘minlar (jangga) chiqishlari loyiq emas. Axir ulardan har bir guruhdan bir toifa odamlar (jang uchun) chiqmaydilarmi?! (Qolganlari esa Madinada) dinni o‘rganib, (jangga ketgan) qavmlari ularning oldilariga qaytgan vaqtlarida, u qavmlar Allohning azobidan saqlanishlari uchun ularni ogohlantirgani (qolmaydilarmi)?!

I z o h. Bu oyat payg‘ambar alayhis-salom va sahobalar Tabuk jangidan qaytganlaridan so‘ng payg‘ambar bir guruh askarlarni dushman tomoniga yubormoqchi bo‘lib chorlaganlarida, urushdan qoluvchi kimsalar azoblanishi haqidagi yuqoridagi oyatlardan qo‘rqib qolgan barcha sahobalar “jangga chiqamiz”, deb kelganlarida nozil bo‘lgandir. Bu oyatda bunday kichik yurishlarga hamma musulmonlar ketib qolishi to‘g‘ri emasligi, balki ulardan bir guruhining borishi kifoya qilishi, qolganlari esa payg‘ambar alayhis-salom huzurlarida qolishib, u kishidan diniy ta’limotlarni o‘rganib, jangga ketganlar qaytishgach, ularga o‘zlari o‘rgangan narsalarini ta’lim berishlari lozim ekanligi ifodalanadi.

123. Ey mo‘minlar, yonlaringizdagi kofirlarga qarshi jang qilinglar va ular sizlardagi kuch-quvvatni ko‘rsinlar! Bilinglarki, albatta Alloh taqvodorlar bilan birgadir.

124. Qachon biron sura nozil qilinsa, ulardan (ya’ni, munofiqlardan) bo‘lgan kimsalar (masxara qilishib): «Qani, bu sura qaysi birlaringizning iymonlaringizni ziyoda qildi?» deyishadi. Bas, u (sura) iymon keltirgan zotlarning iymonlarini albatta ziyoda qilur va ular shod-xurram bo‘lurlar.

125. Ammo dillarida maraz bo‘lgan kimsalarni esa dinsizliklariga yana dinsizlik qo‘shur va ular kofir hollarida o‘lurlar.

126. Ko‘rmaydilarmiki, ular har yili bir-ikki marta baloga – fitnalarga yo‘liqmoqdalar. Shundan keyin ham na tavba qiladilar va na pand-nasihat oladilar.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 8:19:47 | Сообщение # 7
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
127. Qachonki biron sura nozil qilinsa, (u munofiqlar) «Sizlarni bironta (musulmon) ko‘rib qolmadimi?» deb bir-birlariga qarab oladilar-da, so‘ngra (uylariga) jo‘nab qoladilar. Ular (haqni) anglamaydigan qavm bo‘lganlari sababli, Alloh dillarini (Qur’onni fahmlashdan) burib qo‘ygandir.

128. (Ey insonlar), axir sizlarga o‘zlaringizdan bo‘lgan, sizlarning kulfatmashaqqat chekishingizdan qiynaluvchi, sizlarning (to‘g‘ri yo‘l — haq dinga kelishingizga) haris – tashna bo‘lgan va barcha mo‘minlarga marhamatli, mehribon bo‘lgan bir payg‘ambar keldi-ku!

129. Ana endi ham yuz o‘girsalar, u holda ayting: «Menga Allohning O’zi yetarlidir! Hech qanday iloh yo‘q, faqat Uning O’zi bordir! (Men Uning) O’ziga suyandim. U zot ulug‘ arsh sohibidir».


Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Copyright MyCorp © 2024