Жума, 29.03.2024, 10:38:05

Вы вошли как Mehmon | Группа "Mehmon"Приветствую Вас Mehmon | RSS
Бош сахифа | 16. "Nahl" - Форум | Мой профиль | Регистрация | Выход | Вход
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Форум » Islomiy Bo'lim / Исломий булим » Quroni Karim » 16. "Nahl"
16. "Nahl"
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 9:49:56 | Сообщение # 1
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
NAHL SURASI
Bu sura Makkada nozil qilingan bo‘lib, bir yuz yigirma sakkiz oyatdir. U qiyomat soati yaqinlashib qolgani haqida xabar berish bilan boshlanadi. So‘ngra Tangri taolo o‘zining yakka-yolg‘iz ekani, yerdagi jonli-jonsiz butlar Unga sherik bo‘lolmasliklari xususida ogohlantiradi va yeru osmonlar, dengizlar, tog‘lar, vodiy va vohalar, osmondan tushib yerni ko‘kartirayotgan yomg‘ir, yerdan unib chiqib, osmonga intilayotgan nabotot, dengizlarda suzib borayotgan kemalar, kechalarda yo‘lovchi musofirlar uchun mayoq bo‘lgan yulduzlar va xususan bir tomchi suvdan yaralib butun borliqdan aziz va mukarram bo‘lgan inson — bularning barchasi bir dono va bilimdon Yaratguvchi Zot borligiga dalolat qilib turishi to‘g‘risida uqtiriladi. So‘ngra Alloh taolo ato etgan behisob ne’matlarning shukrini ado qilish lozimligi, kufroni ne’mat qilgan ko‘rnamak kimsalarning oqibati halokat ekanligini bayon qiluvchi oyatlar keltiriladi. Sura nihoyasida payg‘ambar alayhis-salom va u kishining ummatlariga Allohning diniga ilmu hikmat va chiroyli pandnasihat qilish bilan da’vat etish hamda bu da’vat yo‘lida chekiladigan jabru jafolarga sabr-toqat qilish amr etiladi. Tangri taoloning ojiz va mo‘‘jiz maxluqi bo‘lmish asalari xususida, uning ibratli hayot tarzi haqida hikoya qiladigan oyatlar o‘rin olgani uchun u «Nahl» — «Asalari» surasi deb atalgandir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Allohning farmoni (ya’ni qiyomat) kelib qoldi. Bas, sizlar (ey mushriklar), uni shoshtirmay qo‘ya qolinglar. (Alloh) ularning shirklaridan pok va yuksakdir.

I z o h . Mazkur oyat Makka mushriklari payg‘ambar alayhis-salomni masxara qilishib: «Ey Muhammad, sen bizlarni qo‘rqitayotgan qiyomat rost bo‘lsa, kelsin-chi, ko‘raylik», deganlarida nozil bo‘lgan.

2. (Alloh) O’z amri-irodasi bilan O’zi xohlagan bandalariga Farishtalarni (shunday) vahiy bilan tushirur: («Ey payg‘ambarlarim, insonlarni) ogohlantiringlarki, hech qanday iloh yo‘q, faqat Men O’zimgina bordirman. Bas, (barchalaringiz) Mendangina qo‘rqingiz!»

3. U osmonlar va yerni haq (qonun) bilan yaratdi. U (mushriklarning) shirklaridan yuksakdir.

4. U insonni nutfadan – bir tomchi suvdan yaratgan edi. Banogoh (inson) ochiqdan-ochiq raqibga aylanib oldi.

I z o h . Bu oyatda qayta tirilish haq ekanligi ochiq mantiq bilan isbotlanmoqda — ya’ni, bir tomchi suvdan shunday go‘zal xilqatli insonni yaratishga qodir bo‘lgan Alloh taolo uning jonsiz jasadiga qaytadan jon ato etishga qodir emasmi?! Inson esa o‘zining nimadan yaratilganini unutib Yaratganga qarshi xusumat qilib yuribdi.

5. U zot yana sizlar uchun issiq kiyim va (turli) manfaatlar bo‘lsin, deb chorva mollarini ham yaratdiki, sizlarning taom-ozuqalaringiz ulardan bo‘lur.

6. Yana sizlar uchun ular kechqurun o‘tloqdan qaytayotgan va tongda o‘tloqqa ketayotgan paytida bir chiroy - fayz bo‘lur.

7. Shuningdek, ular sizlar jonlaringizni qiynab, zo‘r-bazo‘r (mashaqqat bilan) yetadigan yurtlarga yuklaringizni eltib berur. Albatta, Parvardigoringiz mehribon va rahmlidir.

8. U zot yana sizlar minishingiz uchun ziynat qilib otlar, xachirlar va eshaklarni (yaratdi). Yana sizlar (hali) bilmaydigan narsalarni ham yaratur.

I z o h. Bizga zamondosh mufassirlar ushbu oyatdagi: «... sizlar bilmaydigap narsalarni ham yaratur» jumlasini Qur’on nozil bo‘lgan davrda mavjud bo‘lmay, keyin ilm-fan taraqqiy etishi bilan kashf qilingan sayyora — mashina, qator — poezd, tayyora – samolyot va boshqa bizlar ham bilmaydigan, bundan keyin kashf qilinadigan naqliyot — trasport vositalari, deb tafsir qiladilar.

9. To‘g‘ri yo‘lga (hidoyat qilish) yolg‘iz Alloh izmidadir, (Zotan, yo‘llar) orasida egrisi ham bordir. Agar (Alloh) xohlaganida sizlarning barchangizni (To‘g‘ri yo‘lga) hidoyat qilgan bo‘lur edi. (Lekin U zot sizlarga qaysi yo‘l to‘g‘ri va qaysi yo‘llar egri ekanini ko‘rsatib, qay bir yo‘lni tanlash ixtiyorini o‘zlaringizga qo‘yib berdi va aql-idrok bilan To‘g‘ri yo‘lni tanlab olgan baxtli bandalarini O’z xohish-irodasi bilan O’sha Haq yo‘lga hidoyat etishni va’da qildi, egri yo‘llarni tanlagan kimsalar esa har ikki dunyoda baxtsiz bo‘lib, o‘zlariga ziyon qilishlari to‘g‘risida xabar berdi).

10. U osmondan sizlar uchun ichimlik bo‘lgan suvni yog‘dirgan zotdir. Sizlar (hayvonlaringizni) boqadigan dov-daraxtlar (o‘t-o‘lanlar) ham o‘sha suvdan (ichar).

11. U zot sizlar uchun o‘sha (suv) yordamida (turli) ekinlarni, zaytun, xurmo, uzum va barcha mevalarni undirib-o‘stirur. Albatta, bu narsada (ya’ni, bir xil suv yordamida rangu ro‘yi, ta’mu lazzati boshqa-boshqa bo‘lgan mevaQur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi chevalarning unib-o‘sishida) tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibrat bordir.

12. U zot sizlar (bekamu ko‘st hayot kechirishingiz uchun) kecha va kunduzni, quyosh va oyni (bir tartibga solib) bo‘ysundirib qo‘ydi. (Barcha) yulduz — sayyoralar ham Uning amriga bo‘yinsundirilgandir. Albatta, bu narsada aql yurgizadigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir.

13. Yana U zot sizlar uchun yerda yaratib qo‘ygan rango-rang narsalarni (ya’ni, hayvonot va nabotot olamini, yer osti va yer usti boyliklarini ham sizlarga bo‘yinsundirdi). Albatta, bu narsada ibrat-eslatma oladigan qavm uchun oyatibrat bordir.

14. U sizlar yangi go‘sht (ya’ni, baliq go‘shti) yeyishlaringiz va taqadigan taqinchoqlar chiqarib olishlaringiz uchun (sizlarga) dengizni ham bo‘yinsundirib qo‘ygan zotdir, Siz unda (suvni) yorib ketayotgan kemalarni ko‘rursiz. U zotning fazlu marhamatidan (rizqu ro‘z) istashlaringiz va (bergan ne’matlariga) shukr qilishingiz uchun (sizlarga dengizlarni bo‘yinsundirib qo‘ydi).

15. U zot Yer sizlarni tebratmasligi uchun unda tog‘larni barpo qildi, (o‘zlaringiz uchun ichimlik bo‘lishi hamda ekin-tikinlaringizni sug‘orishingiz uchun) daryolarni (oqizib qo‘ydi) va (ko‘zlagan manzillaringizga borishda) adashmasliklaringiz uchun yo‘llarni paydo qildi.

16. Va (u yo‘llarga) belgilar (qilib qo‘ydi. Kechalarda esa kishilar) yulduzlar bilan yo‘l topurlar.

17. (Ey mushriklar), axir (barcha mavjudotni) yaratguvchi zot — Alloh bilan (hech narsa) yarata olmaydigan (butlaringiz) barobarmi?! O’ylamaysizlarmi?!

18. Agar Allohning ne’matlarini sanasangizlar, sanog‘iga yeta olmaysizlar. Albatta, Alloh mag‘firatli, mehribondir.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 9:50:15 | Сообщение # 2
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
19. Alloh yashirgan narsalaringizni ham, oshkor qilgan narsalaringizni ham bilur.

20. (Mushriklarning) Allohni qo‘yib, iltijo qilayotgan butlari biron narsani yaratguvchi emasdir, balki o‘zlari yaralguvchidirlar.

21. (Ular) jonsiz o‘liklardir. Va ular (o‘zlariga sig‘inayotgan mushriklarning) qachon qayta tirilishlarini ham seza olmaydilar.

22. Tangringiz yagona tangridir. Bas, oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalarning ko‘ngillari (Allohning yakka-yagona ekanligini) inkor qilur, (ularning) o‘zlari mutakabbir kimsalardir.

23. Shak-shubha yo‘qki, Alloh ularning yashirgan narsalarini ham, oshkor qilgan narsalarini ham bilur. Albatta, U zot mutakabbir kimsalarni sevmas.

24. Qachon ularga: «Parvardigoringiz Muhammad alayhis-salomga) qanday narsa nozil qildi?» — deyilsa, ular (masxara qilishib): «Avval o‘tganlarning afsonalarini», deydilar.

25. Ular (bu yolg‘on so‘zlarni, boshqa odamlarni yo‘ldan ozdirish uchun va oqibatda) qiyomat kunida, o‘zlarining barcha gunohlariga hamda o‘zlari jaholat bilan yo‘ldan ozdirgan kimsalarning gunohlaridan ham (bir qismiga) javobgar bo‘lish uchun (aytgandirlar). Ogoh bo‘lingiz, ular juda yomon yukni (ya’ni, gunohlarni) orqalib olibdilar.

26. Ulardan avvalgi (kofir) kimsalar ham (o‘z payg‘ambarlariga mana shunga o‘xshash) makr-hiylalar qilgan edilar. Shunda Alloh ular (qurgan makr-hiyla) binolarini tag-tugi bilan yemirib tashladi, bas, ular (to‘qib olgan yolg‘on binotuzumlari) ning tomi o‘zlarining ustiga quladi va ularga o‘zlari sezmagan — kutmagan tarafdan azob-halokat keldi.

27. Keyin — qiyomat kunida (Alloh) ularni yana rasvo qilur va aytur: «Mening «sherik»larim qaerda qolishdi?! (Axir) sizlar (Mening payg‘ambarlarim bilan o‘shalar to‘g‘risida) talashib-tortishar edinglar-ku?!» (Shunda) ilm berilgan zotlar (ya’ni payg‘ambarlar va ulamolar) derlar: «Darhaqiqat, bugun butun rasvolik va azob-uqubat qofirlar ustiga tushar».

28. Ular (kufr yo‘lini tanlashlari sababli) o‘z jonlariga jabr qilgan hollarida (o‘lim) farishtalari ularning jonlarini olurlar. Shunda ular (taqdirga) tan berishib — (bo‘yinlarini qisishib): «Bizlar biron yomonlik — gunoh qilgan emasmiz» (derlar). Yo‘q! Shak-shubhasiz, Alloh qilgan amallaringizni bilguvchidir.

29. Endi o‘zlaringiz mangu qoladigan jahannam darvozalaridan kiringiz! Mutakabbir kimsalarning borar joylari naqadar yomon!

30. Taqvodor bo‘lgan zotlarga: «Parvardigoringiz (O’z payg‘ambariga) qanday narsani nozil qildi?» deyilganida, ular: «Yaxshilikni», derlar. Chiroyli amal qilgan zotlar uchun bu dunyoda ham chiroyli mukofotlar bo‘lur. Lekin shakshubha yo‘qki, oxirat diyori yanada yaxshiroqdir. Taqvodor zotlarning turar joylari naqadar yaxshi!

31. Ular ostidan daryolar oqib turadigan mangu jannatlarga kirurlar. Ular uchun u joyda xohlagan narsalari bo‘lur. Alloh taqvodor zotlarni mana shunday mukofotlar.

32. Ular (shirk va isyondan) pok bo‘lgan hollarida, farishtalar ularning jonlarini olar ekanlar: «Sizlarga tinchlik-omonlik bo‘lgay. (Endi) qilib o‘tgan amallaringiz sababli jannatga kiringiz», derlar.

33. (Kofirlar esa) faqat o‘zlariga (o‘lim) farishtalari kelishini yoki Parvardigoringizning amri — azobi kelishini kutarlar. Ulardan avval o‘tgan (kofir) kimsalar ham mana shunday qilgan edilar (ya’ni, o‘zlariga kelgan payg‘ambarlarni yolg‘onchi qilishib, halokatga duchor bo‘lgan edilar). Ularga Alloh jabr qilgani yo‘q, balki ular (o‘zlari) o‘z jonlariga jabr qilguvchi bo‘ldilar.

34. Bas, qilgan yomonliklari (ularning) o‘zlariga yetdi va kulib-masxara qilgan narsalari o‘zlarini tutdi.

35. Mushrik bo‘lgan kimsalar: «Agar Alloh xohlaganida, biz (ham), otabobolarimiz (ham) undan o‘zga biron narsaga ibodat qilmagan, va Uning (hukmisiz) biron narsani harom qilmagan bo‘lur edik», dedilar. Ulardan avval o‘tgan (kofir) kimsalar ham mana shunday qilgan edilar (ya’ni, o‘z ixtiyorlari bilan kufr yo‘lini tanlab, so‘ngra: «Bizning kofirligimizga Allohning O’zi sabab», deb Alloh taolo sha’niga tuhmat qilgan edilar). Payg‘ambarlar zimmasida (odamlarni majburan dinga kirgizish emas, balki) faqat (Alloh nozil qilgan vahiyni) ochiq-oydin yetkazish bordir.

36. Aniqki, Biz har bir ummatga: «Allohga ibodat qilinglar va shaytondan yiroq bo‘linglar», (degan vahiy bilan) bir payg‘ambar yuborganmiz. Shunda ular (o‘sha ummatlar) orasida Alloh hidoyat qilgan zotlar ham shuningdek, cheklariga yo‘ldan ozishlik tushgan kimsalar ham bo‘lgan. Bas, Yer yuzida sayru sayohat qilib, (O’z payg‘ambarlarini) yolg‘onchi qilgan kimsalarning oqibatlari qanday bo‘lganini ko‘ringlar.

37. (Ey Muhammad), agar siz u (mushrik)larning xidoyat topishlariga tashna bo‘lsangiz-da bilingki, Alloh O’zi yo‘ldan ozdiradigan kimsalarni hargiz hidoyat qilmas va ular uchun biron madadkor ham bo‘lmas.

38. Ular jon-jahdlari bilan:«Alloh o‘lgan kishilarni qayta tiriltirmaydi», deb Alloh nomiga qasam ichdilar. Yo‘q! (Albatta tiriltirur!) Bu — U zotning haq va’dasidir. Lekin odamlarning ko‘plari (bu olam imtihon olami ekanini, aslabadiy hayot qayta tirilgandan keyin bo‘lishini) bilmaydilar.

39. Ularga o‘zlari ixtilof qilayotgan narsalarini bayon qilib (ko‘rsatib) berish uchun hamda kofir bo‘lgan kimsalar o‘zlarining yolg‘onchi ekanliklarini bilishlari uchun ham (albatta Alloh barcha xaloyiqni qayta tiriltirur).



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 9:50:31 | Сообщение # 3
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
40. Biz biron narsani iroda qilsak, unga aytadigan so‘zimiz «Bo‘l», demoqlikdir. Bas, o‘sha narsa bo‘lur.

41. Zulmu qiynoqlarga duchor bo‘lganlaridan so‘ng, Alloh yo‘lida hijrat qilgan zotlarni albatta bu dunyoda ham go‘zal (go‘shalarga) joylashtirurmiz. Endi oxirat ajri — mukofoti yanada kattaroq ekanini (odamlar) bilsalar edi!

42. Ular (mushriklar yetkazgan ozor-aziyatlarga) sabr-toqat qilgan va yolg‘iz Parvardigorgagina suyangan zotlardir.

43. (Ey Muhammad), Biz sizdan (ya’ni, sizni payg‘ambar qilib yuborishimizdan) ilgari ham (farishtalarni emas, balki) faqat (siz kabi kishilarni — insonlarnigina O’zimiz tushirgan vahiy bilan (payg‘ambar qilib) yuborganmiz. (Ey mushriklar), agar (bu haqda) bilmaydigan bo‘lsangizlar, ahli ilmlaridan (ya’ni, Tavrot va Injilni biladigan kishilardan) so‘ranglar!

I z o h . Bu oyat Makka mushriklari Muhammad alayhis-salomning payg‘ambar ekanliklarini inkor qilishib: «Alloh odamzodni O’zining elchisi qilib yubormaydi. Agar farishta kelib, Men Allohning elchisiman, deganida, iymon keltirgan bo‘lur edik», deganlarida nozil bo‘lgan.

44. (Biz avvalgi payg‘ambarlarni) ochiq hujjatlar va kitoblar bilan (yuborganmiz). Sizga esa odamlarga nozil qilgan narsalarni (ya’ni, shariat ahkomlarini) bayon qilib berishingiz uchun va shoyad tafakkur qilsalar, deb bu eslatmani — Qur’onni nozil qildik.

45. (Muhammad alayhis-salomni qatl etish uchun) eng yomon makru hiylalarni qilgan kimsalar o‘zlarini yer yutishidan yoki (ularga) sezmagan-kutmagan taraflaridan (Allohning) azobi kelib qolishidan xotirjam bo‘ldilarmi?!

46. Yoki safar-sayohatlarda yurgan chog‘larida ularni (balo-ofatlar) ushlab, hech qayoqqa qochib qutulolmay qolishlaridan (qo‘rqmadilarmi)?

47. Yoki (qilgan makr-hiylalarining oqibatidan o‘zlari) qo‘rqib-pusib yurgan paytlarida, ularni (Allohning balosi) ushlab qolishidan (qo‘rqmadilarmi)?! Darhaqiqat, Parvardigoringiz mehribon va rahmlidir.

48. Axir ular Alloh yaratgan barcha narsalarning soyalari o‘ngu so‘llariga, Allohga sajda qilgan holda egilayotganini - ular (barchasi Allohga) bo‘yinsunuvchi ekanliklarini ko‘rmadilarmi?!

49. Osmonlar va yerdagi barcha jonivorlar va farishtalar ham kibr-havo qilmagan hollarida yolg‘iz Allohga sajda qilurlar.

I z o h . Yuqoridagi ikki oyat sajda oyatlaridir. Bu Qur’ondagi sajda oyatlarining A’rof surasidagi 205-oyat va Ra’d surasidagi 15-oyatlaridan keyingi uchinchisidir.

50. Ular ustilaridagi (ularni kuzatib turgan) Parvardigorlaridan qo‘rqurlar va faqat o‘zlariga amr etilgan ishlarnigina qilurlar.

51. Alloh: «Ikki xudoga bandalik qilmanglar! Faqat birgina iloh bordir, xolos. Bas, Mendangina qo‘rqingiz!» dedi.

52. Osmonlardagi va yerdagi barcha narsalar Uning mulkidir. Toat-ibodat mudom yolg‘iz Unga (bo‘lmog‘i lozimdir). Allohdan o‘zgalardan (ya’ni, jonsiz butlardan yoki o‘zlaringizga o‘xshagan odamlardan) qo‘rqurmisizlar?!

53. Sizlarga berilgan barcha noz-ne’matlar yolg‘iz Allohdandir. Shuningdek, qachon sizlarga (biron) balo-musibat yetsa ham faqat Ungagina iltijo qilursizlar.

54-55. So‘ng, U zot sizlardan baloni aritganida esa, banogoh sizlarning orangizdan bir to‘da chiqib, Biz ularga ato etgan narsalarga kufroni ne’mat qilishib, Parvardigorlariga shirk keltirurlar. Bas, (ey mushriklar, to‘rt kunlik dunyoda Biz bergan ne’matlardan) foydalanib qolinglar. Yaqinda, (ya’ni, qiyomat kunida bu shirklaringizning oqibatini) bilursizlar.

56. Ular Biz rizq qilib bergan narsalardan o‘zlari bilmaydigan (ya’ni, johilliklari, bilimsizliklari sababli xudo deb o‘ylagan) butlari uchun nasiba ajraturlar. (Ey mushriklar), Alloh nomiga qasamki, albatta sizlar o‘zlaringiz to‘qib-bichib olgan butlaringiz to‘g‘risida (qiyomat kunida) mas’ul bo‘lursizlar.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 9:50:47 | Сообщение # 4
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
57. Ular: («Farishtalar Allohning qizlari», deyishib), u «qizlar»ni Allohniki qilishadi – U zot (bu bo‘htondan) pokdir — o‘zlarining ko‘ngillari tusagan narsani (ya’ni o‘g‘illarni) esa o‘zlariniki qilib olishdi).

58. Qachon birovlariga qiz (ko‘rgani haqida) xushxabar berilsa, g‘azabga to‘lib, yuzlari qorayib ketar.

59. Va u (qizni) xo‘rlagan holida olib qolish yoki (tiriklay) tuproqqa qorish (to‘g‘risida o‘y surib), o‘ziga xushxabar berilgan narsaning (ya’ni, qiz ko‘rishning) “yomon”ligidan (nomus qilib) odamlardan yashirinib olur. Ogoh bulingizkim, ular (bu qilmishlari bilan) eng yomon (ya’ni, nohaq) xukm chiqarurlar.

I z o h. Islom dini kelishidan ilgari arablarda vahshiy bir odat bor edi, ular qiz farzand ko‘rishni o‘zlari uchun or deb bilishar va ko‘plari qizlarini tiriklay yerga ko‘mib yuborar edilar. Bunga sabab dinsiz iymonsiz kimsalarning jaholat va kibr-havolari bo‘lib, ayrim tarixchi ulamolar bu razolatni bir voqeaga bog‘laydilar: uzoq o‘tmishda butun arab jazirasi No‘‘mon ismli podshoh qo‘l ostida bo‘lib, barcha qavm qabilalar unga boj to‘lar ekanlar. Bir yili qabilalardai biri zimmalardagi soliqni to‘lashdan bosh tortishganida, podshoh askarlari bostirib kelishib, u qabilaning hamma xotin-xalaj, o‘g‘il-qizlarini asir qilib olib ketishgan va ularni o‘z qabilalariga qaytarish uchun boj to‘lanishini shart qilishgan ekan. Bu talab bajarilguncha oradan o‘tgan fursat ichida qabila boshlig‘ining qizi bilan podshohning o‘g‘li bir-birlariga ko‘ngil qo‘yib qolishgan ekan. Shuning uchun qiz boshqalar safida o‘z yurtiga qaytib ketishdan bosh tortadi. Hech qanday do‘q-po‘pisa va yalinib-yolvorishlar kor qilmagach, qizning otasi — qabila boshlig‘i, dushmaniga ko‘ngil qo‘yib, o‘zini sharmanda qilgan qizidan nihoyat darajada g‘azablanib, bundan keyin qiz ko‘rsa, albatta tiriklay yerga ko‘mishga qasam ichadi. Shunday qilib, bu qabih odat avloddan-avlodga o‘tib, tarqab kelaveradi va qachonki Islom dini vujudga kelgach, Qur’on bu yaramas odatni man’ etadi.

60. Oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalar eng yomon sifat egalaridir. Alloh esa eng yuksak xislatlar sohibidir. U qudrat va hikmat egasi bo‘lgan zotdir.

61. Agar Alloh odamlarni (ular qilgan har qanday) zulm-zo‘ravonliklari bilan ushlaganida (azoblaganida) Yer yuzida biron jonivorni qo‘ymagan bo‘lur edi. Lekin U zot ularni ma’lum muddatgacha qo‘yib qo‘yar. Bas, qachon ularning ajallari yetib kelganida esa uni biron soat ketga ham sura olmaydilar, muqaddam ham qila olmaydilar.

62. Ular o‘zlari yomon ko‘radigan narsalarni (ya’ni, qiz bolalarni) Allohniki deyishib, yana (ularning) tillari o‘zlari uchun chiroyli mukofot — jannat bo‘lishi haqida yolg‘on so‘zlarni so‘zlaydi. Shak-shubha yo‘qki, ular do‘zax egalaridir va albatta ular (do‘zaxga) birinchilar (qatorida tashlanurlar).

63. (Ey Muhammad), Alloh nomiga qasamki, darhaqiqat, Biz sizdan ilgari o‘tgan ummatlarga ham payg‘ambarlar yuborganimizda, shayton ularga ham o‘zlarining (qabih) amallarini chiroyli qilib ko‘rsatgan edi. Chunki u bugun (bu dunyoda) ularning «do‘sti»dir. (Oxiratda esa) ular uchun alamli azob bordir.

64. Biz sizga iymon keltirgan qavm uchun hidoyat va rahmat bo‘lgan bu Kitob — Qur’onni faqat ularga o‘zlari ixtilof etayotgan narsalarni bayon qilib berishingiz uchungina nozil qildik.

65. Alloh osmondan suv (yomg‘ir) yog‘dirib, uning yordamida o‘lik yerni tiriltirdi. Albatta, bu ishda (va’z nasihatga) quloq tutadigan qavm uchun oyatibrat bordir.

66. Darvoqe, sizlar uchun chorva hayvonlarida ham bir ibrat bordir. Biz sizlarni ularning qorinlaridagi najosat va qon oralaridan ichuvchilar uchun o‘timli ta’mli bo‘lib chiqqan narsa – toza sut bilan sug‘orurmiz.

67. Sizlar mast qilguvchi (aroqni) ham, go‘zal — halol rizq(ning o‘zini) ham xurmo va uzumlarning mevalaridan olursizlar. Albatta, bunda ham aql yuritadigan qavm uchun oyat-ibrat bordir.

I z o h. Ushbu sura nozil qilingan paytda hali aroq harom qilinmagan edi. Chunki aroq Madinada nozil bo‘lgan «Moida» surasining 90-oyatida harom qilingan, bu sura esa hijratdan ilgari Makkada nozil bo‘lgan edi.

68. (Ey Muhammad), Parvardigoringiz asalariga vahiy — amr qildi: «Tog‘larga, daraxtlarga va (odamlar) quradigan inlarga uya solgin.

69. So‘ngra turli mevalardan yeb, Parvardigoring (sen uchun) oson-qulay qilib qo‘ygan yo‘llardan yurgin!» Uning qornidan odamlar uchun shifo bo‘lgan alvon rangli ichimlik – asal chiqur. Albatta, bu ishda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibrat bordir.

70. Sizlarni Alloh yaratgandir. So‘ngra joningizni ham Uning O’zi olur. Sizlarning orangizda (yoshlikdagi go‘zal-totli hayotdan keksalik paytidagi) eng tuban kun ko‘rishga (ya’ni, o‘z-o‘zini boshqara olmaydigan holatga) qaytarilib, ilgari bilgan narsalarining barchasini unutib yuboradigan kishilar ham bordir. Albatta, Alloh bilguvchi va qudratlidir.

71. Alloh ayrimlaringizdan ayrimlaringizni rizqda ustun qilib qo‘ydi. Bas, bu (rizqda) ustun qilingan kishilar o‘zlarining rizqlarini qo‘l ostidagi qullariga qaytarib (boy-kambag‘allikda) barchalari barobar bo‘lib olmaydilar-ku! (Shunday bo‘lgach, qandoq qilib barchaga rizqu ro‘z ato etguvchi Tangri taologa qo‘lidan hech ish kelmaydigan butlarni barobar qiladilar?!) Allohning ne’matini inkor qilurlarmi?! (Ya’ni, Yaratganning O’zi ato etgan rizqu ro‘zni inkor qilishib, bu ne’matlarni o‘sha jonsiz butlar bergan, deb o‘ylaydilarmi?!).

72. Alloh sizlar uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratib, juftlaringizdan sizlar uchun bolalar, nabiralar paydo qildi va sizlarni halol-pok rizqlardan bahramand etdi. Bas, ular botil butlarga iymon keltirib, Allohning ne’matiga kofir bo‘lurlarmi?!

73. Va Allohni qo‘yib, ular uchun osmonlar va yerdan biron narsani rizq qilib bera olmaydigan, hech narsaga qodir bo‘lmaydigan butlarga ibodat qilurlarmi?!

74. Bas, Allohning o‘xshashini qidirmanglar! (U zotning misli — o‘xshashi yo‘qdir.) Albatta Alloh (barcha narsani) bilur, sizlar (hech narsani) bilmassiz.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 9:51:01 | Сообщение # 5
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
75. Alloh bundoq bir misol keltirur: hech narsaga kuchi yetmaydlgan egalik (birovga qaram) qul bilan Biz O’z tarafimizdan chiroyli mo‘l rizq berib, o‘sha rizqdan yashirin yo oshkora infoq-ehson qilayotgan (erkin) bir kishi barobar bo‘lurmi? (Bas, nega mushriklar qulga o‘xshagan jonsiz butlarni butun koinotning egasi bo‘lgan va uni O’zi xohlaganidek tasarruf qiladigan Alloh taologa teng sherik deb biladilar?!) Hamdu sano Allohnikidir (ya’ni, O’sha zotgina hamdu sanoga va ma’budlikka loyiqdir). Lekin ularning ko‘plari (buni) bilmaydilar.

76. Alloh yana ikki kishi haqida misol keltirur: ulardan biri hech narsaga kuchi yetmaydigan gung – soqovdir. U egasiga ortiqcha yuk bo‘lib (egasi) qaerga jo‘natsa, biron yaxshilik-foyda keltirmaydi. O’sha kimsa bilan o‘zi To‘g‘ri yo‘lda bo‘lgan holda, (o‘zgalarni ham) adolat – haqiqatga buyuradigan kishi barobar bo‘lurmi?! (Hech qachon barobar bo‘lmas. U holda nega mushriklar gung-soqov butlarni butun olamni To‘g‘ri yo‘lga yurishga buyuradigan Alloh taologa teng — sherik deb biladilar?!)

77. Osmonlar va yerdagi g‘ayb — sirlarni (bilish) Allohga xosdir. Soat — qiyomat amri (ya’ni, qiyomatning qoyim bo‘lishi) ko‘z ochib yumguncha yo undan-da tezdir. Darhaqiqat, Alloh hamma narsaga qodirdir.

78. Alloh sizlarni onalaringiz qornidan biron narsa bilmagan holingizda chiqardi va shukr qilishingiz uchun sizlarga kuloq, ko‘zlar va dillarni berdi.

79. Osmoni falakda (uchish uchun) bo‘yinsundirilgan qushlarga boqmaydilarmi?! Ularni yolg‘iz Alloh ushlab turibdi-ku! Albatta, bu ishda iymon keltiradigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir.

80. Alloh sizlar uchun uylaringizni oromgoh qildi va sizlar uchun chorva hayvonlarining terilaridan ko‘chadigan kunlaringizda va qo‘nadigan kunlaringizda yengil ko‘tarib keta oladigan uy-o‘tovlar (bunyod) etdi hamda (qo‘ylarning) junlaridan, (tuyalarning) yunglaridan va (echkilarning) tivitlaridan ma’lum bir vaqtga qadar foydalaniladigan jihoz va matolar (yaratdi).

81. Alloh sizlar uchun O’zi yaratgan narsalardan soya-salqin joylar (bunyod) etdi va sizlar uchun tog‘lardan g‘or-boshpanalar qildi hamda sizlar uchun issiq (sovuq)dan asraydigan kiyimlar va sizlarni (dushmanning) ziyon yetkazishidan saqlaydigan sovutlar (yaratdi). U zot shoyad musulmon bo‘larsizlar, deb sizlarga O’z ne’matini mana shunday komil qilib berur.

82. (Ey Muhammad), agar endi ham ular (sizdan) yuz o‘girsalar, u holda sizning zimmangizda faqat (haqiqatni mana shunday) ochiq-oydin qilib yetkazish bor, xolos.

83. Ular Allohning ne’matini tanirlar va keyin uni inkor qilurlar. Ularning ko‘plari kofirlardir (ya’ni, Hech qachon Allohga iymon keltirmaydilar).

84. (Qiyomat) kuni har bir ummatdan bir guvohni (ya’ni, o‘sha ummatning payg‘ambarini) keltirib qo‘yurmiz. So‘ngra (endi) kofir bo‘lgan kimsalarga (tavba-tazarru qilish uchun) izn berilmas hamda ulardan (Alloh rozi bo‘ladigan amallarga) qaytish ham talab qilinmas.

85. Zolim (kofir) bo‘lgan kimsalar azobni ko‘rgan vaqtlarida (ya’ni, qiyomat kunida) ulardan (u azob) yengillatilmas va ularga muhlat ham berilmas (ya’ni, barcha yaxshi amallarni hayot vaqtlarida O’z ixtiyorlari bilan qilgan kishilargina savob olurlar).

86. (U kunda) mushrik bo‘lgan kimsalar o‘zlarining butlarini ko‘rgan vaqtlarida: «Parvardigoro, bizlar Seni qo‘yib, anavi butlarimizga iltijo qilar edik», deganlarida, u (butlar bunga javoban): «Sizlar, shak-shubhasiz, yolg‘onchidirsizlar», deb gap qotarlar.

87. Ular u Kunda yolg‘iz Allohga bo‘yinsunurlar, o‘zlari to‘qib olgan «xudo»lari esa ulardan g‘oyib bo‘lur.

88. Kofir bo‘lgan va (odamlarni) Alloh yo‘lidan to‘sgan kimsalarga buzg‘unchilik qilganliklari sababli azob ustiga azobni ziyoda qilurmiz.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 9:51:17 | Сообщение # 6
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
89. (Qiyomat kuni) har bir ummat orasidan o‘zlaridan bo‘lgan bir guvohni (ya’ni, payg‘ambarni) keltirurmiz. Sizni esa (ey Muhammad), ana u (o‘z ummatingizga) guvoh qilib keltirdik va sizga — hamma narsani bayon qilib beruvchi, hidoyat, rahmat va musulmonlar uchun xushxabar bo‘lgan Kitobni – Qur’onni nozil qildik.

90. Albatta, Alloh adolatga, chiroyli amallar qilishga va qavm-qarindoshga yaxshilik qilishga buyurur hamda buzuqlik, yomon ishlar va zo‘ravonliklardan qaytarur. U zot shoyad ibrat-eslatma olarsizlar, deb sizlarga pand-nasihat qilur.

91. Ahd-paymon bergan vaqtlaringizda, Allohga bergan ahdingizga vafo qilingiz! Allohni kafil qilib ichgan qasamlaringizni (Alloh nomini zikr etish bilan) mustahkam qilganingizdan keyin buzmangiz! Albatta, Alloh qilayotgan ishlaringizni bilur.

92. Va sizlar bir millat boshqa bir millatdan (son yo boylik jihatidan) ortiqroq bo‘lgani uchun qasamlaringizni (buzib) aldov vositasi qilishingiz bilan (ya’ni, boshqa boyroq va kuchliroq qavmni topsangiz, avvalgi qasamingizdan kechib ketaverishingiz bilan) xuddi o‘zi to‘qigan narsasini pishiq-puxta bo‘lganidan so‘ng parcha-parcha qilib buzib-chuvatib tashlagan xotinga o‘xshab qolmangiz! Albatta, Alloh bu (ahdga vafo qilishga buyurish) bilan sizlarni imtihon qilur va albatta qiyomat kunida sizlarga ixtilof qilib o‘tgan narsalaringizni bayon qilib berur.

I z o h. Makkada bir telba xotin bor bo‘lib, u kun bo‘yi turli narsalarni to‘qir, kechga borib esa to‘qigan narsalaripi buzib-chuvab tashlar ekan. Mazkur oyatda birov bilan ahdlashib, so‘ngra ahdlarini buzib qasamxo‘rlik qiladigan kimsalarni o‘sha telbaga tashbeh qilinmoqda.

93. Agar Alloh xohlaganida albatta sizlarni bir ummat qilgan bo‘lur edi. Lekin U zot O’zi xohlagan kimsalarni yo‘ldan ozdirur – O’zi xohlagan kishilarni (To‘g‘ri yo‘lga) hidoyat qilur. Va albatta qilib o‘tgan amallaringizga mas’ul bo‘lursizlar.

94. Qasamlaringizni aldov vositasi qilib olmangiz! U holda (islom yo‘lida) mahkam o‘rnashgan oyoq toyib ketur va Alloh yo‘lidan to‘sganlaringiz sababli (chunki sizlarning qasamxo‘rlik qilganingizni ko‘rib, ayrim kishilar Islomga intilish o‘rniga undan yiroqlashib keturlar va bunga sizlarning qilmishingaz sabab bo‘lur) yomonlik (balo va musibatlar)ni totib qolursizlar hamda (oxiratda) sizlar uchun ulug‘ azob bo‘lur.

95. Allohga berilgan ahd-paymonni ozgina qiymatga almashtirib yubormangiz! Agar bilsangizlar» albatta Alloh dargohidaga narsa (ya’ni, ajr-savob) sizlar uchun (dunyo matolaridan) yaxshiroqdir.

96. Sizlarning huzurlaringizdagi narsalar yo‘q bo‘lur. Alloh dargohidagi narsalar esa boqiydir. Biz albatta sabr-qanoat etgan zotlarni o‘zlari qilib o‘tgan amallaridan chiroyliroq ajr-savoblar bilan mukofotlaymiz.

97. Erkakmi yo ayolmi — kimda-kim mo‘min bo‘lgan holida biron yaxshi amal qilsa, bas, Biz unga pokiza hayot ato eturmiz va ularni o‘zlari qilib o‘tgan amallaridan chiroyliroq ajr-savoblar bilan mukofotlaymiz.

98. (Ey mo‘min bandam), har qachon Qur’on qiroat qilsang, albatta quvilgan — mal’un shayton (vasvasasi)dan Alloh panoh berishini so‘ragin!

99. Albatta, iymon keltirgan va yolg‘iz Parvardigorlariga tavakkul qiladigan zotlar ustida (shayton) uchun hech qanday saltanat –hukmronlik yo‘qdir.

100. Uning (shaytonning) hukmronligi faqat (uni) do‘st tutib, (Alloh)ga sherik qilib oladigan kimsalar ustidadir.

101. Qachon Biz bir oyat o‘rniga boshqa bir oyatni almashtirsak holbuki, Alloh O’zi nozil qiladigan oyatlarni juda yaxshi bilguvchidir – ular (payg‘ambarga): «Shak-shubhasiz, sen o‘zing to‘qib olursan», deydilar! Yo‘q! Ularning ko‘plari bilmaydilar!

102. (Ey Muhammad, ularga) uni (ya’ni, Qur’onni) Ruhul-Quds (ya’ni, Jabroil) Parvardigoringiz tarafidan iymon keltirgan zotlarni sobitqadam qilish uchun musulmonlarga hidoyat va xush xabar bulgan holida haqqi-rost nozil qilganini ayting.

103. Aniqki, Biz ularning «(Qur’onni Muhammadga) biron odam o‘rgatmoqda», deyayotganini bilurmiz. (Lekin ularning bu da’volari puchdir, chunki) ular ishora qilayotgan kimsaning tili ajamiy (ya’ni, arabiy emas), bu (Qur’on) esa ochiq-ravshan arabiydir.

I z o h . Sahobalardan biri ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: Makkada Quraysh qabilasiga mansub kishilardan birining ajam quli bor edi. Payg‘ambar alayhis-salom ba’zan u bilan gaplashib, unga islom ahkomlaridan ta’lim berar edilar. Buni ko‘rgan ayrim qurayshliklar: «Muhammadga Qur’onni mana shu qul o‘rgatsa kerak», deb gap tarqatganlarida yuqoridagi oyat nozil bo‘ldi.

104. Albatta, Alloh oyatlariga iymon keltirmaydigan kimsalarni Alloh hidoyat qilmas. Ular uchun alamli azob bordir.

105. Yolg‘on so‘zlarni ham faqat Alloh oyatlariga iymon keltirmaydigan kimsalargina to‘qurlar. Ana o‘shalarning o‘zlari yolg‘onchidirlar.

106. Kim Allohga iymon keltirganidan keyin (yana qaytib) kofir bo‘lsa (Allohning g‘azabiga duchor bo‘lur). Lekin kim qalbi iymon bilan orom olgani holda (kufr kalimasini aytishga) majbur qilinsa, (uning iymoniga ziyon yetmas). Ammo kimning ko‘ngli kufr bilan (ya’ni, dindan chiqib, kofir bo‘lish bilan) yoziladigan bo‘lsa, bas, unday kimsalarga Alloh tomonidan g‘azab va ulug‘ azob bordir.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 9:51:34 | Сообщение # 7
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
z o h . Mufassirlar aytishlaricha, bu oyat Ammor ibn Yosir roziyallohu anhu haqida nozil bo‘lgan. Mushriklar u zotni hibs qilishib, Islom dinidan chiqishni talab etadilar va dahshatli azoblar bilan qiynaydilar. Nochor-noiloj qolgach, majbur holda ularning butlaridan birini tilga olganlaridan keyingina u kishini qo‘yib yuboradilar. Odamlar orasida esa «Ammor dindan chiqdi», degan gap tarqab ketadi. U zot payg‘ambar alayhis-salom huzurlariga yig‘lab, aytgan so‘zlaridan iztirobga tushib kelganlarida, payg‘ambar: «Qalbing nima deydi?» deb so‘raydilar. U: «Qalbim faqat iymon bilan orom oladi», deb javob beradi. Shunda payg‘ambar alayhis-salom: «Senga necha marta majburlab kufr kalimasini aytdirsalar ham hargiz iymondan ajrab qolmaysan», deganlar. Demak, shariati islomiyaning hukmiga ko‘ra faqat o‘z ixtiyori bilan kufr yo‘lini tanlab olgan kimsalargina kofir bo‘lurlar va ular uchun oxiratda eng qattiq azob-uqubatlar bo‘lur.

107. Bunga (ya’ni, bunday azob-uqubatlarga duchor bo‘lishlariga) sabab ular hayoti dunyoni oxiratdan afzal bilganlaridir. Alloh esa kofir qavmni hidoyat qilmas. (Bas, ular kofir bo‘lganlari sababli haq yo‘lni topa olmay o‘lib keturlar).

108. Alloh unday kimsalarning dillarini, quloqlarini va ko‘zlarini muhrlab qo‘ygandir. Ular g‘ofil kimsalardir.

109. Shak-shubha yo‘qki, ular oxiratda ziyon ko‘rguvchilardir.

110. So‘ngra (ey Muhammad, bilingki) albatta Parvardigoringiz, fitnalarga duchor etilganlaridan keyin (Makkai mukarramadan Madinai munavvaraga) hijrat qilgan, so‘ng (Alloh yo‘lida) jihod etib, (bu jihod mashaqqatlariga sabrtoqat qilgan zotlar uchun) madadkor, yordamchidir. Albatta, Parvardigoringiz u (mehnat-mashaqqatlarni ko‘targanlaridan) keyin (ular uchun) mag‘firat qilguvchi, mehribondir.

111. Har bir jon faqat o‘zini o‘ylab — himoya qilib qoladigan va har bir jon qilgan amalining (mukofotini) to‘la oladigan hamda ularga zulm qilinmaydigan Kunni (eslang).

112. Alloh bir shaharni (ya’ni Makkani) misol keltirur: u tinch, sokin (shahar) edi, har tomondan rizqu ro‘zi bekamu-ko‘st kelib urar edi. Bas, (qachonki) u (ya’ni, uning aholisi) Allohning ne’matiga noshukrlik qilgach, Alloh u (shahar aholisiga) bu «xunarlari» (kufru isyonlari) sababli ocharchilik va notinchlik balosini totdirib qo‘ydi.

113. Darhaqiqat, ularga o‘zlaridan bo‘lgan bir payg‘ambar kelganida uni yolg‘onchi qilishgach, ularni zolim bo‘lgan hollarida (Allohning) azobi ushladi.

114. Bas, (ey mo‘minlar), Alloh sizlarga rizq qilib bergan halol-pok narsalardan yenglar va agar Allohga ibodat etguvchi bo‘lsangizlar, U zotning ne’matlariga shukr qilinglar!

115. U (Alloh) sizlarga faqatgina o‘laksani, qonni, to‘ng‘iz go‘shtini va Allohdan o‘zgaga atalib so‘yilgan narsalarnigina harom qildi. Endi kimki zolim va haddan oshuvchi bo‘lmagan holida nochor vaziyatda qolsa (va shu holda mazkur narsalardan o‘lmagudek miqdorda yesa, gunohkor bo‘lmaydi). Bas, albatta Alloh mag‘firat qilguvchi, rahmlidir.

116. Alloh sha’niga yolg‘on to‘qish uchun (ya’ni, Alloh buyurmagan hukmlarni Allohniki deyish uchun) tillaringizga kelgan yolgonni gapirib: «Bu halol, bu harom», deyavermanglar! Chunki Alloh sha’niga yolg‘on to‘qiydigan kimsalar hech najot topmaslar.

117. (Unday kimsalar uchun bu hayoti dunyoda) ozgina foyda bo‘lur. (Oxiratda esa) ular uchun alamli azob bordir.

118. (Ey Muhammad), yahudiy bo‘lgan kimsalarga ilgari (An’om surasida) sizga so‘zlab bergan narsalarni harom qildik. Biz ularga zulm qilmadik, balki ular o‘zlariga (o‘zlari) zulm qilguvchi bo‘ldilar.

119. So‘ngra (biling-ki), albatta Parvardigoringiz, bilmagan holda yomonlik — gunoh qilib qo‘yib, keyin tavba qilgan va o‘zlarini tuzatgan kishilar uchun, shak-shubhasiz, o‘sha (tavba-tazarrularidan) so‘ng Parvardigoringiz (ularni) mag‘firat qilguvchi, mehribondir.

120. Albatta, Ibrohim Allohga itoat qilguvchi, haq yo‘ldan toyilmagan bir peshvo-imom edi. U mushriklardan emas edi.

121. U (Allohning) ne’matlariga shukr qilguvchi edi. (Shu sababdan Alloh) uni (payg‘ambarlikka) tanlab, To‘g‘ri yo‘lga hidoyat qildi.

122. Biz unga bu dunyoda chiroyli (obro‘-e’tibor) ato etdik (zero, barcha dinlarning ahllari Ibrohim alayhis-salomning nomlarini hurmat bilan tilga oladilar). Albatta, u oxiratda ham solih — yaqinlarimizdandir.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 9:51:50 | Сообщение # 8
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
123. So‘ngra (Biz, ey Muhammad), sizga haq yo‘ldan toyilmagan Ibrohimning diniga ergashing, u mushriklardan emas edi, deb vahiy yubordik.

124. «Shanba» (u kunni ulug‘lash) faqatgina u kun haqida ixtilof qilgan kimsalarning (ya’ni, yahudiylarning) ustiga (farz) qilingandir. Albatta, Parvardigoringiz qiyomat kunida ularning o‘rtasida o‘zlari ixtilof qilib o‘tgan narsalar to‘g‘risida hukm qilur.

I z o h . Yahudiylar: «Muhammad Ibrohimning diniga qarshi chiqdi, Ibrohim shanba kunini ulug‘lar edi, Muhammad esa juma ulug‘ kun deydi», dedilar. Shunda shanba kunini ulug‘lash Ibrohim alayhis-salomning dinlarida bo‘lmaganini ta’kidlab, ushbu oyat nozil bo‘ldi.

125. (Ey Muhammad), Parvardigoringizning yo‘li — diniga donolik, hikmat va chiroyli pand-nasihat bilan da’vat qiling! Ular (siz bilan talashib-tortishadigan kimsalar) bilan eng go‘zal yo‘lda mujodala — munozara qiling! Albatta, Parvardigoringizning O’zi Uning yo‘lidan ozgan kimsalarni juda yaxshi bilur va U zot hidoyat topguvchi kishilarni ham juda yaxshi bilur.

126 (Ey mo‘minlar), agar sizlar (o‘zingizga yetgan biron ziyon-zahmat uchun) intiqom olmoqchi bo‘lsangizlar, u holda faqat sizlarga yetkazilgan ziyon barobarida intiqom olingiz. (Ammo) agar (intiqom olmay) sabr-toqat qilsangizlar, albatta sabr qilguvchi kishilar uchun (bu intiqom olmoqdan) yaxshiroqdir.

127. (Ey Muhammad, bu da’vat yo‘lida sizga yetgan ozor-aziyatlarga) sabrtoqat qiling. Yolg‘iz Alloh yordami bilangina sabr qilishga qodir bo‘lursiz. Ularning (ya’ni, mushriklarning dinga kirmaganliklari) ustida mahzun bo‘lmang. Ularning makru hiylalaridan siqilmang ham!

128. Zotan, Alloh taqvodor bo‘lgan va chiroyli amallar qilguvchi zotlar bilan birgadir.


Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
Форум » Islomiy Bo'lim / Исломий булим » Quroni Karim » 16. "Nahl"
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Copyright MyCorp © 2024