Чоршанба, 18.12.2024, 8:23:07

Вы вошли как Mehmon | Группа "Mehmon"Приветствую Вас Mehmon | RSS
Бош сахифа | 22. "Haj" - Форум | Мой профиль | Регистрация | Выход | Вход
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
22. "Haj"
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 10:13:27 | Сообщение # 1
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
HAJ SURASI
Bu sura Madinada nozil qilingan bo‘lib, yetmish sakkiz oyatdir. Sura dillar dahshatga tushib, aqllar adashadigan, ona emizayotgan go‘dagini unutib, homilador ayol homilasini tashlab yuboradigan Qiyomat oldi dahshatlarini tasvirlash bilan boshlanadi va o‘z hayotlarini Tangri taolo buyurgan dini Islom ahkomlariga amal qilish bilan o‘tkazgan kishilar uchun o‘sha Kunda ham hech qanday xavf-xatar bo‘lmasligi, dinu iymonsiz tirikchilik qilib o‘tgan kimsalar esa U Kunda xoru rasvo bo‘lishlari ta’kidlanadi. Ma’lumki, agar Makkada nozil qilingan suralarda so‘z asosan iymon, e’tiqod haqida ketsa, Madinada ingan suralarda g‘oliban shariati Islomiyyadagi qonun-qoidalar zikr qilinadi. Inchunun ushbu sura ham bundan mustasno emas. Bu surada Islom dinining besh asosiy ruknidan biri bo‘lmish Haj ibodati va Odam alayhis-salomdan qolgan «Eski Uy — Baytulloh» xususida ancha batafsil bayon qilinadiki, suraning «Haj» deb nomlanishiga ham sabab shudir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Ey insonlar, Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Zero (qiyomat) soati (oldidagi) zilzila ulug‘-dahshatli narsadir.

2. Uni ko‘rar kuningizda emizayotgan (onalar) emizib turgan (bolasini) unutar va barcha homilador (ayollar) o‘z homilasini tashlab yuborar, odamlarni mastalast holda ko‘rursiz, holbuki ular o‘zlari mast emaslar, lekin Allohning azobi qattiqdir.

3. Odamlar orasida o‘zi bilmagan holida Alloh xususida mujodala qiladigan va har bir itoatsiz shaytonga ergashib ketaveradigan kimsalar ham bordir.

4. U (shaytonga esa) o‘zini do‘st tutgan kimsani albatta yo‘ldan ozdirish va do‘zax azobiga yo‘llash yozib qo‘yilgandir — hukm qilingandir.

5. Ey insonlar, agar sizlar qayta tirilishdan shubhada bo‘lsangizlar, u holda (qaranglar), Biz sizlarga (Allohning qudratini) bayon qilish uchun sizlar (ya’ni otangiz Odamni) tuproqdan, so‘ngra (barcha jonzotni avvalo) nutfa-maniydan, so‘ngra laxta qondan, so‘ngra yaralib bitgan-bitmagan (ya’ni inson suratida shakllanib bitgan yoki bitmagan) parcha go‘shtdan yaratdik. Biz (sizlarni) O’zimiz xohlaganimizcha - muayyan muddatgacha (onalaringiz) qornida qoldirib, so‘ngra chaqaloq holingizda (yorug‘ olamga) chiqarurmiz, so‘ngra voyaga yetgunlaringizgacha (ham O’zimiz tarbiya qilurmiz). Sizlardan (go‘daklik, yoshlik yillaridayoq) vafot topadigan kishilar xam bo‘lur, yana sizlardan (ko‘p narsa-bilimlarni o‘rganib) bilganidan so‘ng hech narsani bilmay qolishi uchun eng tuban umrga (ya’ni qarib munkillab qolishga) qaytariladigan kishilar ham bo‘lur. (Qayta tirilish haq ekanligining yana bir dalili ushbudir) — siz(lar) bu yerni quruq-o‘lik holida ko‘rursiz. Endi qachonki Biz uning ustidan suv-yomg‘ir yog‘dirsak, u harakatga kelib ko‘pchir va turli-tuman go‘zal (nabotot) juftlarini undirur.

6. Bunga sabab Alloh Haq ekani va Uning O’zi o‘liklarga hayot berishi hamda U hamma narsaga qodir ekanligidir.

7. Yana aniqki, (qiyomat) soati shak-shubhasiz kelguvchidir va albatta Alloh qabrlardagi bor jonzotni tiriltirur.

8-9. Odamlar orasida o‘zi bilmagan va (Haq yo‘liga) hidoyat topmagan holida, biron nurli Kitobsiz (ya’ni aniq hujjatsiz, To‘g‘ri yo‘ldan) bo‘yin burib, (o‘zgalarni ham) Alloh yo‘lidan ozdirish uchun Alloh xususida mujodala qiladigan kimsalar ham bordir. U (kimsalar) uchun bu dunyoda rasvoliksharmandalik bo‘lur, qiyomat kunida esa unga o‘t azobini totdirurmiz.

10. (Va unga dermiz): «Bu (azob) o‘z qo‘llaring (bilan) qilgan gunohing sabablidir. Zero Alloh hargiz bandalariga zulm qilguvchi emasdir».

11. Odamlar orasida Allohga bir chetda (ya’ni sidqidildan emas, balki til uchida) ibodat qiladigan kimsalar ham bordir. Bas, agar unga (dindor bo‘lgani sharofatidan) yaxshilik yetsa, o‘sha sababli xotirjam bo‘lur, agar biron fitnabaxtsizlik yetsa (dindan) yuz o‘girib ketur. U dunyoyu oxiratda ziyon ko‘rur. Bu esa ochiq-aniq ziyondir.

12. U Allohni qo‘yib o‘ziga ziyon ham, foyda ham bera olmaydigan butlarga iltijo qilur. Bu — yo‘ldan qattiq ozishning o‘zidir.

13. U shak-shubhasiz ziyoni foydasidan yaqinroq bo‘lgan butlarga iltijo qilur. (Lekin u butlar) naqadar yomon «hoja»dir va naqadar yomon «oshno»dir!

14. Albatta Alloh iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga doxil qilur. Albatta Alloh yolg‘iz O’zi xohlagan ishni qilur.

15. (Albatta Alloh O’z payg‘ambariga yordam berur, endi) kimda-kim: «Alloh hargiz unga yordam qilmas», deb gumon qilguvchi bo‘lsa, u holda bir arqon bilan osmonga-shiftga osilib, (o‘zini yerdan) uzsin (ya’ni o‘zi uchun dor yasab, unga osilsin), so‘ng qarasin – bu nayrangi g‘azabini ketkazarmikan.

I z o h. Ushbu oyatni shunday tushunmoq lozim: Alloh taolo o‘z payg‘ambari Muhammad alayhis-salomga va Islom diniga yordam-g‘alaba bermaydi, deb o‘ylab yuradigan kimsalar yaxshisi bir dor yasab o‘zlarini osganlari ma’qul. Aks holda Tangri taoloning musulmonlarga bergan g‘alabasini ko‘rib u kimsalarning boshlari xafachilikdan chiqmay qolur.

16. Biz uni (ya’ni Qur’onni) mana shunday aniq-ravshan oyatlar(dan iborat) bo‘lgan holida nozil qildik. Albatta Alloh O’zi istagan kishilarni hidoyat qilur.

17. Darhaqiqat iymon keltirgan zotlar, yahudiy bo‘lgan kimsalar, sobiylar (farishtalarga sig‘inuvchilar), nasroniylar, majusiylar (otashparastlar) va mushrik bo‘lgan kimsalar — aniqki Alloh qiyomat kunida ularning o‘rtasini ajrim qilur (ya’ni mo‘minlarni jannatga doxil qilur, kofirlarni do‘zaxga giriftor qilur). Albatta Alloh barcha narsaga guvohdir.

18. (Ey Muhammad), siz osmonlardagi va yerdagi bor jonzot, quyosh, oy, yulduzlar, tog‘lar, dov-daraxtlar va (barcha) jonivorlar hamda ko‘pdan-ko‘p insonlar (yolg‘iz) Allohga sajda qilishini ko‘rmadingizmi? Ko‘p (odamlarga esa kofir bo‘lganlari sababli) azob haq bo‘lgandir. Kimni Alloh xor qilib qo‘ysa, bas, uni (hech kim) aziz qilguvchi bo‘lmas. Albatta Alloh O’zi xohlagan narsani qilur.

I z o h . Ushbu oyat navbatdagi sajda oyatidir.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 10:14:39 | Сообщение # 2
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
19. Mana shu ikki g‘anim (ya’ni mo‘minlar bilan kofirlar) Parvardigorlari(ning haq dini) xususida talashdilar (ya’ni mo‘minlar Allohning haq dini bo‘lmish Islomning g‘olib bo‘lishini istadilar, kofirlar esa bu dinni yo‘q qilmoqchi bo‘ldilar). Bas, kofir bo‘lgan kimsalar uchun o‘tdan bo‘lgan kiyimlar bichildi, (endi) ularning boshlaridan qaynoq suv quyulib,

20. U (suv) bilan ularning ichlaridagi narsalar ham, terilari ham eritib yuborilur.

21. Ular uchun temir gurzilar bordir.

22. Har qachon ular (do‘zax) g‘am-azobidan (qochib) chiqmoqchi bo‘lsalar (gurzilar bilan) yana unga qaytarilurlar va (ularga): «O’t azobini totib ko‘ringiz», (deyilur).

23. Albatta Alloh iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga doxil qilur. Ular u joyda oltindan bo‘lgan bilakuzuklar va marvarid-marjonlar bilan bezanurlar, liboslari esa harir-ipak bo‘lur;

24. Ular (bu dunyoda) xush-haq so‘zga (ya’ni «Alloh yakka-yagonadir», degan so‘zga) hidoyat qilinurlar va hamdu-sano egasi — Allohning yo‘liga yo‘llanurlar.

25. Albatta o‘zlari kofir bo‘lgan va (o‘zgalarni) Alloh yo‘lidan to‘sadigan, hamda Biz (Makkada) turguvchilar uchun ham, (boshqa yurtlardan) kelguvchilar uchun ham barobar qilib qo‘ygan, Masjid-al-Haromdan (to‘sadigan) kimsalar va kimki u joyda zulm-zo‘ravonlik bilan yo‘ldan chiqmoqchi bo‘lsa (bularning har biriga) alamli azobdan totdirib qo‘yurmiz

26. (Ey Muhammad), eslang, Biz Ibrohimga Baytullohning o‘rnini (o‘sha uyga qarab ibodat qilishi va uni obod qilishi uchun) belgilab berib, (unga shunday degan edik): «Sen Menga biron narsani sherik qilmagin va Mening Baytim — Uyimni tavof qilguvchilar qiyom, ya’ni namozda tik g‘oz turish, ruku’, sajda qilguvchilar (ya’ni o‘sha joyda namoz o‘qiguvchilar) uchun pok tutgin!

I z o h. Ushbu oyatdagi «Baytullohning o‘rnini» shunday tushunmoq lozim: Odam alayhis-salom jannatdan yerga tushganlarida Tangri taoloning amri bilan birinchi bino qilgan uylari Baytulloh bo‘lgan ekan. (Shuning uchun ham quyidagi oyatlarda uni «Eski Uy», deb ham ataladi). Lekin Nuh payg‘ambar zamonlarida bo‘lgan to‘fon balosida Alloh taoloning farmoni bilan farishtalar u uyni yettinchi osmonga olib chiqib ketgan ekan. Hadisi sharifda aytilishicha o‘sha davrdan buyon samodagi Baytullohni har kuni yetmish ming farishta tavof qilar, ammo Allohning lashkari bo‘lmish farishtalarning sanog‘i shu qadar beadad ekanki, hanuzgacha bir farishta ikki marta tavof qilishga ulgurmagan ekan. Ana o‘sha samoga olib chiqib ketilgan Baytullohning o‘rnini Tangri taolo Ibrohim alayhis-salomga bildirib, o‘sha joyga barcha musulmonlar uchun qibla bo‘lgan Baytulloh bino qilishni buyurgan.

27. Va odamlar orasida (yurib ularni) hajga chaqirgin, ular senga (ya’ni sening da’vatingga javoban) yayov hollarida va yiroq yo‘llardan keladigan oriq-holdan toygan tuyalar ustida kelurlar.

28. Ular o‘zlari uchun bo‘lgan (diniy va dunyoviy) manfaatlarga shohid bo‘lish uchun va ma’lum kunlarda (ya’ni Qurbon hayiti kunlarida Alloh) ularga rizq qilib bergan chorva hayvonlarini (qurbonlik uchun so‘yish) ustida Alloh nomini zikr qilish uchun (kelurlar). Bas, undan o‘zlaringiz ham yeyaveringlar, bechora kambag‘allarga ham yediringlar.

29. So‘ngra (qurbonlik qilganlaridan keyin) ular kirlarini ketkazsinlar (ya’ni ehromdan chiqib, sochlarini oldirib, toza liboslarini kiysinlar), nazrlarini (ya’ni zimmalaridagi haj majburiyatlarini) to‘la ado qilsinlar va «Eski Uy»ni tavof qilsinlar!



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 10:15:06 | Сообщение # 3
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
30—31. (Ish) shudir. Kim Alloh harom qilgan narsalarni hurmat (rioya) qilsa, bas bu Parvardigori nazdida o‘zi uchun yaxshidir. Sizlar uchun (harom ekanligi) tilovat qilinadigan narsalardan boshqa (barcha) chorva mollari halol qilinadi. Bas sizlar Alloh uchun haqiqiy (yo‘ldan og‘magan musulmon) bo‘lgan va U zotga shirk keltirguvchi bo‘lmagan holingizda butlardan iborat najosatdan yiroq bo‘lingiz va yolg‘on so‘zdan yiroq bo‘lingiz! Kim Allohga shirk keltirsa bas, u osmondan qulaganu, uni (biron vahshiy) qush (o‘lja qilib) olib ketgan yoki (qattiq) shamol yiroq joylarga uchirib ketgan kabidir.

32. (Ish) shudir. Kim Alloh qonunlarini hurmat qilsa, bas, albatta (bu hurmat) dillarning taqvodorligi sababli bo‘lur.

33. Sizlar uchun ularda (ya’ni Baytullohda qurbon qilish uchun olib ketayotgan qo‘y, mol, tuyalaringizda) ma’lum muddatgacha foyda-manfaatlar bordir (ya’ni yo‘lda ularni qo‘zilatib, sog‘ib, minib foydalanib ketishlaringiz joizdir. So‘ngra Eski Uyga (etgach) ularni so‘yish (vojibdir).

34. Biz (sizlardan avvalgi mo‘min millatlardan ham) barcha millatga (Alloh) ularni rizqlantirgan chorva hayvonlarini (so‘yish-qurbon qilish) ustida Allohning nomini zikr qilishlari uchun qurbonlik qilishni buyurganmiz. Bas, (barchalaringizning) ilohingiz bir Ilohdir. Bas, Ungagina bo‘yinsuningiz! Itoat qilguvchi zotlarga xushxabar bering!

35. Ular Allohni zikr qilinganida, dillari qo‘rquvga tushadigan, o‘zlariga yetgan balolarga sabr-toqat qiladigan, namozni to‘kis ado etadigan va Biz rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qiladigan zotlardir.

36. (Baytullohda qurbon qilinadigan) tuya-mollarni Biz sizlar uchun Alloh qonunlaridan qildik. Sizlar uchun ularni (qurbon qilishda) yaxshilik bordir. Bas ular (so‘yish uchun) tizib qo‘yilgan hollarida Alloh nomini zikr qilingiz. Endi qachon yonboshlari bilan tushganlarida (ya’ni jon taslim qilganlarida), ulardan (o‘zlaringiz ham) yeyaveringlar, (birovdan bir narsa so‘ramaydigan) qanoatli kishiga va (muhtoj) tilanchiga ham yediringlar. Shukr qilishlaringiz uchun Biz ularni (ya’ni tuya-mollarni) sizlarga bo‘ysundirdik.

37. Allohga (qilgan qurbonliklaringizning) go‘shtlari ham, qonlari ham yetmas. Lekin u zotga sizlarning taqvo-ixlosingiz yetar. Alloh sizlarni hidoyat qilgani sababli U zotni ulug‘lashlaringiz uchun (ya’ni qurbonliklaringizni so‘yayotgan paytingizda Allohning ismini zikr qilishingiz uchun) ularni sizlarga bo‘ysundirib qo‘ydi. Yaxshilik qilguvchilarga xushxabar bering.

38. Albatta Alloh iymon keltirgan zotlarni mudofaa qilur. Albatta Alloh barcha xoin va kufroni ne’mat qilguvchilarni suymas.

39. Hujumga uchrayotgan zotlarga mazlum bo‘lganlari sababli (jang qilish) izni berildi. Albatta Alloh ularni g‘olib qilishga qodirdir.

I z o h . Mufassirlar aytishlaricha, ushbu oyat musulmonlarga jihod qilish uchun berilgan birinchi ruxsatdir. Payg‘ambar alayhis-salom Makkada turgan paytlarida ham sahobalar u kishining huzurlariga ko‘p marta mushriklarning qilayotgan hujumlaridan shikoyat qilib kelar edilar. Lekin u zot: «Sabr qilinglar, menga hali Parvardigorim tomonidan jang qilishga ruxsat berilgani yo‘q», deb qaytarardilar. Darhaqiqat Qur’oni karimdagi yetmishdan ortiq oyatda musulmonlar kofirlarga qarshi jihoddan qaytarilgandir. Madinaga hijrat qilinganidan keyin Islom davlati barpo bo‘lgach, mazlum musulmonlarga zolim kofirlarga qarshi jihod qilish izni berildi va bu jangda albatta Alloh yo‘lida kurashgan zotlar g‘olib bo‘lishi bashorat qilindi.

40. Ular o‘z diyorlaridan faqatgina «Bizning Parvardigorimiz (yagona) Allohdir», deganlari uchun quvilgan zotlardir. Agar Alloh odamlarning ayrimlarini ayrimlari bilan daf’ qilib turmas ekan, shubhasiz Alloh nomi ko‘p zikr qilinadigan (rohiblarning) uzlatgohlari, (nasroniylarning) butxonalari, (yahudiylarning) ibodatxonalari va (musulmonlarning) masjidlari vayron qilingan bo‘lur edi. Albatta Alloh O’ziga (ya’ni diniga) yordam beradigan zotlarni g‘olib qilur. Shubhasiz Alloh kuchli, qudratlidir.

I z o h. Bu oyatdagi bir nukta ayricha e’tiborga loyiqdir. Musulmonlarning muqaddas kitobi bo‘lmish Qur’onda masjidlar o‘zga dindagi kishilarning ibodatxonlaridan keyin — to‘rtinchi o‘rinda zikr qilindi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, Islom davlatida o‘zga din ahllari ham musulmonlar bilan bab-barobar huquqqa ega bo‘lar ekanlar.

41. Ularni (ya’ni musulmonlarni) agar Biz yer yuziga g‘olib qilsak – ular namozni to‘kis ado etadilar, zakotni (haqdorlarga) ato etadilar, yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar. (Barcha) ishlarning oqibati Allohning (izmidadir).

42. (Ey Muhammad), agar ular (ya’ni Makka mushriklari) sizni yolg‘onchi qilsalar, (bilingki) ulardan ilgari Nuh qavmi, Od, Samud (qabilalari) ham (o‘zlariga yuborilgan payg‘ambarlarni) yolg‘onchi qilgandirlar.

43-44. Ibrohimning qavmi (Ibrohimni), Lut qavmi (Lutni), Madyan (shahrining) aholisi (Shuaybni yolg‘onchi qilgandirlar). Muso ham yolg‘onchi qilindi. Men esa kofir bo‘lgan kimsalarga muxlat berib qo‘yib, so‘ngra ularni (O’z azobim bilan) ushladim. Bas, Mening inkorim qanday bo‘ldi?!

45. Zotan qanchadan-qancha zolim-kofir bo‘lgan hollarida Biz halok qilgan, bas tomlari (yiqilib) huvillab qolgan qishloq-shaharlar, (qancha) tashlandiq quduqlar va yuksak (lekin kimsasiz) qasrlar bordir.

46. Axir ular (ya’ni Makka mushriklari) yer yuzida sayr qilib-aylanmaydilarmi, (ana o‘shanda) ular uchun dono dillar, tinglaydigan quloqlar bo‘lur edi. Zero, ko‘zlar ko‘r bo‘lmas, balki ko‘kraklaridagi ko‘ngillar ko‘r bo‘lur.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 10:15:20 | Сообщение # 4
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
47. Ular sizdan (istehzo bilan Alloh va’da etgan) naqd azobni talab qiladilar. Holbuki Alloh O’z va’dasiga hargiz xilof qilmas. Darvoqe’, Parvardigoringiz nazdidagi bir kun(lik azob) sizlarning hisob-kitobingizdagi ming yilga barobardir.

48. Qanchadan-qancha zolim-kofir bo‘lgan hollarida Men (halok qilmay) muxlat berib qo‘yib, so‘ng (azobim bilan) ushlagan qishloq-shaharlar bo‘lgandir. Yolg‘iz Mengagina qaytish(ingiz) bordir.

49. Ayting: «Ey insonlar, men sizlar uchun faqat bir ochiq ogohlantirguvchiman, xolos».

50. Bas iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar uchun mag‘firat va ulug‘ rizq bo‘lur.

51. Bizning oyatlarimiz bilan olishishga uringan kimsalar – ular do‘zax egalaridir.

52. (Ey Muhammad), Biz sizdan ilgari yuborgan har bir elchi va payg‘ambar borki, kachon (ulardan birontasi o‘ziga nozil bo‘lgan oyatlarni) qiroat qilsa, shayton uning qiroatiga (oyatda bo‘lmagan narsalarni) tashlagandir. Bas Alloh shayton tashlaydigan narsani bekor qilur, so‘ngra Alloh O’z oyatlarini mustahkam qilur. Alloh ilm va hikmat egasidir.

53. (Alloh) shayton tashlaydigan narsani dillarida maraz bo‘lgan (munofiqlar), tosh dil kimsalar (ya’ni kofirlar) uchun fitna-sinov qilish uchun (paydo qilur). Darhaqiqat, zolim-kofirlar mangu ixtilofdadirlar.

54. Va ilm ato etilgan kishilar u (Qur’on) Parvardigoringiz tomonidan kelgan Haqiqat ekanini bilib, unga iymon keltirishlari, bas dillari u sababli taskin topishi uchun (Alloh shunday qilur). Darhaqiqat Alloh iymon keltirgan zotlarni To‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilguvchidir.

I z o h . Ayrim rivoyatlarga qaraganda, yuqoridagi uch oyatning nozil bo‘lishiga bir voqea sabab bo‘lgan ekan: Bir kuni payg‘ambar alayhis-salom Qur’on suralaridan «Vannajmi »ni qiroat qilayotganlarida shayton vasvasasi bilan adashib, Qur’onda bo‘lmagan so‘zlarni ham qo‘shib yuboradilar. Bundan shu yerda hozir bo‘lgan munofiq va kofirlar shodlanib xursand bo‘lishadi. Lekin Alloh taolo darhol O’z payg‘ambarini bu xatodan ogoh qiladi va mazkur oyatlarni nozil qilib, bu ish behuda bo‘lmaganini, balki munofiq va kofirlarni yana bir bor sinash hamda mo‘minlarning iymonlarini yanada ziyoda qilish uchun bo‘lganini uqtiradi.

55. Kofir bo‘lgan kimsalar to ularga to‘satdan (qiyomat) soati kelgunicha yoki tug‘mas (ya’ni ertasi bo‘lmagan) Kunning azobi kelgunicha (Qur’on)dan shakshubhadadirlar


Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 10:15:37 | Сообщение # 5
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
56. U kunda podshohlik (yolg‘iz) Allohnikidir. U zotning O’zi ular o‘rtasida hukm qilur. Bas iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar nozne’matlarga (to‘la) jannatlardadirlar.

57. Kofir bo‘lgan va Bizning oyatlarimizni yolg‘on degan kimsalar – ular uchun xor qilguvchi azob bordir.

58. Alloh yo‘lida hijrat qilgan, so‘ngra qatl qilingan yoki vafot topgan zotlarni albatta Alloh go‘zal rizq (ya’ni mangu jannat) bilan rizqlantirur. Darhaqiqat Allohning O’zigina eng yaxshi rizq berguvchidir.

59. Albatta (Alloh) ularni O’zlari rozi bo‘ladigan joyga – jannatga doxil qilur. Darhaqiqat Alloh bilguvchi va halimdir.

60. (Ish) shudir. Kim o‘ziga berilgan azob-uqubat barobarida o‘ch olsa, so‘ngra yana unga zulm-zo‘ravonlik qilinsa, albatta Alloh unga (mazlumga) yordam qilur. Darhaqiqat Alloh afv qilguvchi, kechirguvchidir.

61. Bunga (ya’ni Alloh mazlumga yordam qila olishiga) sabab Alloh kechani kunduzga kiritishi (ya’ni kechani qisqartirib, kunduzni uzaytirishi) va (askincha) kunduzni esa kechaga kiritishi (ya’ni u O’zi xohlagan narsaga qodir ekani) va shak-shubhasiz Alloh eshitguvchi, ko‘rguvchi ekanligidir.

62. Bunga sabab Allohning O’zigina haqiqiy Iloh ekani va sizlar Uni qo‘yib iltijo qilayotganlar esa botilning o‘zi ekani, hamda, shak-shubhasiz, Alloh O’zigina eng yuksak va buyuk zot ekanligidir.

63. Alloh osmondan suv-yomg‘ir yog‘dirib, (butun) yer ko‘m-ko‘k bo‘lishini ko‘rmadingizmi?! Darhaqiqat Alloh mehribon va ogoh zotdir.

64. Osmonlardagi va yerdagi bor narsa Unikidir. Darhaqiqat Allohning O’zigina behojat va hamdu sano sohibidir.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 10:15:49 | Сообщение # 6
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
65. Alloh sizlarga yerdagi narsalarni va dengizda Uning amri bilan suzib ketayotgan kemalarni bo‘ysundirib qo‘yganini, hamda O’zi osmonni yerga qulab tushishdan tutib turishini, magar (osmon) Uning izni-irodasi bilangina (qulashi mumkinligini) ko‘rmadingizmi?! Darhaqihat, Alloh odamlarga mehribon va rahmlidir.

66. U sizlarga hayot bergan, so‘ngra (ajallaringiz yetganida) o‘lim beradigan, so‘ngra (qiyomat qoyim bo‘lganida yana) hayot beradigan zotdir. Darhaqiqat inson kufroni ne’mat qilguvchidir.

67. Biz barcha millatga qurbonlik qilish (qonunini) buyurganmiz – ular o‘sha (qonunga) amal qilguvchidirlar. Bas (ey Muhammad), ular siz bilan (qurbonlik) ishi xususida hargiz talashmasinlar! Siz (odamlarni) Parvardigoringizga da’vat qiling! Albatta siz To‘g‘ri yo‘l ustidadirsiz. Agar ular siz bilan mujodala qilsalar, u holda ayting: «Alloh sizlar qilayotgan (yomon) ishlarni juda yaxshi bilguvchidir».

69. Alloh qiyomat kunida sizlar ixtilof qilib o‘tgan narsalar haqida o‘rtangizda hukm qilur.

70. (Ey Muhammad), siz Alloh osmon va yerdagi bor narsani bilishini bilmadingizmi?! Albatta, bu Kitobda (ya’ni Lavhul-maxfuzda yozib qo‘yilgandir). Albatta, bu Allohga osondir.

71. Ular (ya’ni Quraysh kofirlari) Allohni qo‘yib, U zot (iloh ekaniga) biron hujjat tushirmagan va o‘zlari ham bilmagan narsalarga ibodat qilarlar. Bu zolimlar uchun biron yordamchi yo‘qdir.

72. Qachonki ularga Bizning ochiq-ravshan bo‘lgan oyatlarimiz tilovat qilinsa, kofir bo‘lgan kimsalarning yuzlarida inkor (alomatini) sezursiz. Ular, o‘zlariga Bizning oyatlarimizni tilovat qilayotgan zotlarga chang solishga yaqin bo‘lurlar. (Siz ularga) ayting: «Endi men sizlarga bundan yomonroq narsaning xabarini beraymi? (U) Alloh kofir bo‘ kimsalarga va’da qilgan do‘zaxdir. Naqadar yomon oqibat u!»

73. Ey insonlar, bir masal aytilgandir, bas unga quloq tuting: Aniqki, sizlar Allohni qo‘yib iltijo qilayotgan butlar agar barchalari birlashganlarida ham bir chivin yarata olmaslar, agar chivin ulardan biron narsani tortib olsa, uni (o‘sha chivindan ham) qutqarib ola bilmaslar. (Demak o‘sha butlardan hojatini (ravo qilishni so‘raguvchi (mushrik) ham, so‘ralguvchi (butlar) ham nochornotavondir.

74. Ular Allohning haqiqiy qadri — ulug‘ligini bilmadilar. Darhaqiqat Alloh kuchli, qudratlidir.

75. Alloh farishtalardan ham elchilar tanlar, insonlardan ham. Darhaqiqat Alloh eshitguvchi, ko‘rguvchidir.

76. U zot ularning oldilaridagi va ortlaridagi narsalarni bilur. Va (barcha) ishlar yolg‘iz Allohga qaytarilur.

77. Ey mo‘minlar, ruku’ qilingiz, sajda qilingiz va Parvardigoringizga ibodat qilib, yaxshilik qilingiz, shoyadki najot topsangizlar.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 10:16:14 | Сообщение # 7
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
I z o h . Ushbu oyat navbatdagi sajda oyatidir.

78. Va Alloh (yo‘lida) haqiqiy jihod qilingiz! Uning O’zi sizlarni (shu muqaddas din uchun) sayladi va bu dinda sizlarga biron xaraj-tanglik qilmadi. Otalaringiz Ibrohimning dinini (ya’ni Islomni ushlangiz. Toki (qiyomat kunida) payg‘ambar sizlarning ustingizda guvoh bo‘lishi uchun, sizlar esa (barcha dinlardagi) odamlar ustida guvoh bo‘lishingiz uchun (Allohning) O’zi sizlarni ilgari(gi mukaddas kitoblarida) ham mana shu (Qur’onda) ham musulmonlar (ya’ni O’zining diniga bo‘yinsunuvchilar) deb atadi. Bas, namozni to‘kis ado etingiz, zakotni (haqdorlarga) ato etingiz va Allohga bog‘laningiz! U sizlarning hojangizdir. Bas, U zot naqadar yaxshi hoja va naqadar yaxshi madadkordir.


Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Copyright MyCorp © 2024