Чоршанба, 18.12.2024, 6:46:09

Вы вошли как Mehmon | Группа "Mehmon"Приветствую Вас Mehmon | RSS
Бош сахифа | 31. "Luqmon" - Форум | Мой профиль | Регистрация | Выход | Вход
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
31. "Luqmon"
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 11:47:38 | Сообщение # 1
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
LUQMON SURASI
O’ttiz to‘rt oyatdan iborat bu sura Makkada nozil bo‘lgandir. Sura Qur’oni Karimning ta’rifi bilan boshlanib, so‘ngra shu buyuk borliqda ham Alloh taoloning borligi va birligiga dalolat qiladigan turli oyat-alomatlar mavjud ekanligi haqida xabar beriladi va koinotdagi eng kichik zarradan tortib, eng katta sayyoralargacha, barcha mavjudot yagona Yaratgan tomonidan belgilangan tartib-intizomga bo‘yinsunishi uqtiriladi. Bu surada to‘rt kunlik dunyo mato’lariga aldanib qolgan mushriklar va ularning topajak oqibatlari to‘g‘risida ham, yolg‘iz Allohga iymon keltirib, hayotlarini yaxshi amallar bilan o‘tkazayotgan iymon egalari haqida ham misollar keltiriladi va sura nihoyasida barcha insonlarni bola-chaqa ham, mol-dunyo ham foyda bermaydigan hisob-kitob Kuni – Qiyomat haq ekanligi xususida ogohlantiriladi. Bu suradan Luqmoni hakim to‘g‘risidagi xabar va uning o‘z farzandiga qilgan o‘gitlari ham o‘rin olgani sababli u «Luqmon» surasi deb nomlangandir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Alif, Lom, Mim.

2. Ushbu (oyatlar) hikmatli Kitob oyatlaridir.

3-4. U namozni to‘kis ado etadigan, zakotni (haqdorlarga) ato etadigan va oxiratga aniq ishonadigan, chiroyli amal qilguvchi zotlar uchun rahbaryo‘ lboshchi va rahmat bo‘lgan (Kitob)dir.

5. Parvardigorlari tarafidan hidoyat topganlar ana o‘shalardir va najot topguvchilar ham ularning o‘zidir.

6. Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular bilimsizlik bilan (o‘zgalarni) Allohning yo‘lidan ozdirish uchun va u (yo‘lni) masxara qilish uchun behuda so‘z(lar)ni sotib olur. Ana o‘shalar uchun xor qilguvchi azob bordir.

7. Qachon unga Bizning oyatlarimiz tilovat qilinsa, go‘yo ularni eshitmagandek, go‘yo quloqlarida og‘irlik-karlik bordek kibru-havo bilan yuz o‘girib ketur. Bas unga alamli azob haqida «xushxabar» berib qo‘ying!

8. Albatta iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar uchun noz-ne’mat bog‘lari bordir.

9. Ular u joyda mangu qolurlar. (Bu) Allohning haq va’dasidir. U qudrat va hikmat egasidir.

10. U osmonlarni sizlar ko‘radigan ustunlarsiz yaratib, sizlarni tebratmasligi uchun yerda tog‘larni barpo qildi va unda har turli jondor(lar)ni tarqatib-yoyib yubordi. Yana Biz osmondan suv-yomg‘ir yog‘dirib, (erda) har turli foydali (o‘simliklarni) o‘stirib qo‘ydik.

11. Bular Alloh yaratgan narsalardir. Endi (ey mushriklar,) sizlar Menga Undan o‘zga «xudolar» nimalarni yaratganini ko‘rsatinglar-chi! Yo‘q, (ular biron narsani ko‘rsata olmaslar, demak) u zolim kimsalar ochiq zalolatdadirlar.

12. Aniqki, Biz Luqmonga hikmat ato etdik (va unga dedik): «Allohga shukr qilgin! Kim shukr qilsa, faqat o‘z foydasi uchun shukr qilur (ya’ni qilgan shukrining foydasi o‘ziga bo‘lur). Kim noshukurlik qilsa, bas albatta Alloh (uning va barcha olamlarning shukr qilishidan) behojat va hamdu sanoga loyiq zotdir».

I z o h. Naql qilishlaricha, Luqmoni hakim ming yil umr ko‘rgan bo‘lib, Tangri taolo u zotga narsa va voqea-hodisaning mohiyat-haqiqatiga bexato yetish va eng to‘g‘ri hukmini chiqara olish ne’matini — ya’ni hikmatni ato etgan ekan. Shu boisdan ham u kishidan inson shuurining qorong‘u yo‘laklarini yoritib yuboradigan minglab ibratli hikmatlar asar bo‘lib qolgandir.

13. Eslang, Luqmon o‘g‘liga pand-nasihat qilar ekan, degan edi: «Ey o‘g‘ilcham, Allohga shirk keltirmagin! Chunki shirk keltirish katta zulmdir».

14. Biz insonga ota-onasini (ya’ni ularga yaxshilik qilishni) amr etdik. Onasi unga ojizlik ustiga ojizlik bilan homilador bo‘ldi (ya’ni qornidagi homila kattargan sari onaning holi qurib, zaiflasha borur) uni (ko‘krakdan) ajratish (muddati) ikki yilda (kelur). (Biz insonga buyurdikki), «Sen Menga va otaonangga shukr qilgin! Yolg‘iz O’zimga qaytajaksan!»

15. Agar ular (ya’ni ota-onang) seni o‘zing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishga zo‘rlasalar u holda ularga itoat etma! Ularga (garchi kofir bo‘lsalarda), dunyoda yaxshi muomalada bo‘lgin va o‘zing menga ijobat-tavba qilgan kishilarning yo‘liga ergashgin! So‘ngra (ya’ni qiyomat kunida) O’zimga qaytursizlar, bas, men sizlarga qilib o‘tgan amallaringizning xabarini berurman».



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 11:47:58 | Сообщение # 2
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
16. (Luqmon dedi): «Ey o‘g‘ilcham, shak-shubha yo‘qki, agar xardal (o‘simligining) urug‘idek (bir zarra yaxshi yoki yomon amal qilinadigan) bo‘lsa, bas u (amal) biron xarsang tosh ichida yo osmonlarda yoki yer ostida bo‘lsa, o‘shani-da Alloh keltirur. Zero Alloh sergak va ogohdir.

17. Ey o‘g‘ilcham, namozni to‘kis ado et, yaxshilikka buyur va yomonliqdan qaytar hamda o‘zingga yetgan (balolarga) sabr-qil! Albatta mana shu ishlarning maqsadga muvofig‘idir.

18. Odamlardan (mutakabbirlik bilan) yuzingni o‘girmagin va yerda kibru-havo bilan yurmagin. Chunki Alloh barcha—kibr-havoli —maqtanchoq kimsalarni suymas.

19. Yurganingda o‘rtacha yurgin va ovozingni past qilgin. Chunki ovozlarning eng yomoni eshaklar ovozidir».

20. (Ey insonlar), Alloh osmonlar va yerdagi barcha narsalarni sizlarga bo‘ysundirib qo‘yganini va sizlarga barcha zohiriy va botiniy (ya’ni moddiyma’naviy) ne’matlarini komil qilib berganini ko‘rmadinglarmi?! Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular o‘zlari bilmagan, hidoyat topmagan va yorqin kitob-hujjatga ega bo‘lmagan hollarida Alloh xususida mujodala qilurlar.

21. Qachon ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga ergashinglar», deyilsa, ular: «Yo‘q, bizlar ota-bobolarimizni nimaning ustida topgan bo‘lsak (ana o‘shanga) ergashurmiz» deyishadi. Agar shayton ularni o‘t azobiga chaqirib turgan bo‘lsa ham-a?!

22. Kim chiroyli amal qilguvchi bo‘lgan holida o‘zini Allohga topshirsa, bas u mustahkam xalqani ushlabdi. Barcha ishlar oxir-oqibatda yolg‘iz Allohga borur.

23. Kim kofir bo‘lsa, bas sizni (ey Muxammad), uning kufri g‘amgin qilmasin. Ular O’zimizga qaytajaklar, bas Biz ularga qilgan amallarining xabarini berurmiz. Zero Alloh dillardagi sirlarni bilguvchidir.

24. Biz ularni (bu dunyoda) ozgina (muddat) foydalantirib, so‘ngra qattiq azobni (totishga) majbur qilurmiz!

25. Qasamki, agar ulardan «Osmonlar va yerni kim yaratgan?» deb so‘rasangiz albatta «Alloh» derlar. Siz «Allohga hamdu-sano bo‘lsin», deng. Yo‘q, ularning ko‘plari ana o‘sha Allohgagina ibodat qilish zarur ekanini bilmaslar.

26. Osmonlar va yerdagi bor narsalar Allohnikidir. Albatta Allohning O’zigina behojat va hamdu sanoga loyiq zotdir.

27. Agar yer yuzidagi bor dov-daraxt qalamlar bo‘lib, dengiz (siyoh bo‘lsa va) undan so‘ng yana yetti dengiz yordamga kelsa Allohning so‘zlari tugab-bitmas. Albatta Alloh qudrat va hikmat egasidir.

28. (Ey insonlar), sizlarni (barchangizni avval boshda) yaratish ham, (qiyomat kunida) qayta tiriltirish ham xuddi bir jonni (yaratish va qayta tiriltirishning) o‘zginasidir (ya’ni shu qadar osondir). Zero Alloh eshitguvchi, ko‘rguvchidir.

29. Alloh kechani kunduzga kiritishini, kunduzni kechaga kiritishini hamda quyosh va oyning har birini belgilangan muddatga joriy bo‘ladigan qilib bo‘ysundirib qo‘yganini va Alloh shak-shubhasiz qilayotgan amallaringizdan ogoh ekanini ko‘rmadingmizmi?!

30. Buning boisi Allohning O’zigina Haq (iloh) ekani, ular (ya’ni mushriklar Allohni) qo‘yib iltijo qilayotgan butlari esa botil narsa ekani va Allohning O’zigina eng yuksak va buyuk zot ekanligidir.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 11:48:10 | Сообщение # 3
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
31. Kemalar sizlarga Allohning oyat-mo‘‘jizalaridan ko‘rsatish uchun U zotning marhamati bilan dengizda (suzib) yurganini ko‘rmadingizmi?! Albatta bunda barcha (balolarga) sabr qilguvchi, (ne’matlarga) shukr qilguvchilar uchun oyatibratlar bordir.

32. Qachon (kofirlarni) tog‘lardek to‘lqin(lar) o‘rab olsa, ular chin ixlos bilan Allohga duo iltijo qilurlar. Endi qachonki, (Alloh) ularga najot berib, quruqlikka (chiqarsa), u holda ulardan (ayrimlarigina) to‘g‘ri yo‘l tutguvchidir. Bizning oyatlarimizni inkor qilmas, magar barcha xoin va noshukur kimsalargina (inkor qilurlar).

33. Ey insonlar, Parvardigoringizdan qo‘rqingiz va yana bir Kundan (ya’ni qiyomatdan) qo‘rqingizkim, (u kunda) biron ota o‘z bolasi tomonidan (biron narsa) o‘tay olmas va bola ham otasi tomonidan biron narsa o‘tay olguvchi bo‘lmas. Albatta Allohning (qayta tiriltirib, hisob-kitob qilish haqidagi) va’dasi haqdir. Bas hargiz sizlarni hayoti dunyo (o‘zining o‘tkinchi ne’matlari bilan) aldab qo‘ymasin va hargiz sizlarni g‘urur (ya’ni shayton) Alloh (har handay gunohni kechaveradi degan aldov) bilan aldab qo‘ymasin!

34. Darhaqiqat, yolg‘iz Allohning huzuridagina (qiyomat) soati (qachon bo‘lishi to‘g‘risidagi) bilim bordir. U (O’zi xoxlagan vaqtda, O’zi xoxlagan joyga yomg‘ir yog‘dirur va (onalarning) bachadonlaridagi homilalarini (o‘g‘ilmi-qizmi, rasomi-nuqsonlimi, baxtlimi-baxtsizmi ekanini) bilur. Biron jon ertaga nima ish qilishini bila olmas. Biron jon qay yerda o‘lishini ham bila olmas. Faqat Allohgina bilguvchi va ogohdir.


Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Copyright MyCorp © 2024