Чоршанба, 18.12.2024, 7:08:43

Вы вошли как Mehmon | Группа "Mehmon"Приветствую Вас Mehmon | RSS
Бош сахифа | 32. "Sajda" - Форум | Мой профиль | Регистрация | Выход | Вход
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
32. "Sajda"
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 11:48:48 | Сообщение # 1
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
SAJDA SURASI
Bu sura o‘ttiz oyatdan iborat bo‘lib, Makkada nozil qilingandir. U Qur’oni Karimning shak-shubhasiz Alloh taolo tomonidan Muhammad alayhis-salomga tushirilgan Kitob ekanini ta’kidlash bilan boshlanib, «Uni Muhammadning o‘zi to‘qib olgan», deydigan mushriklarning so‘zlari yolg‘on ekanligi uqtiriladi. So‘ngra «Mana shu hayotdan boshqa hayot yo‘q, hech qachon qayta tirilmaymiz», degan kimsalarning so‘zlari aniq hujjatlar bilan rad etilib, oxirat va qiyomat haq ekanligi hamda hayotlarini iymon va ezgu amallar qilish bilan o‘tkargan mo‘minlar uchun Allohning ajrumukofotlari borligi, hayoti dunyoda Allohni unutgan kimsalarni esa u kunda Alloh ham «unutib» qo‘yishi haqida xabar beriladi. Sura ana o‘sha hisob-kitob kuni kechadigan ahvolni tasvirlash bilan nihoyalanadi. Bu surada sajda oyati mavjud bo‘lgani sababli uni «Sajda» surasi deb nomlangandir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Alif, Lom, Mim.

2. Bu Kitobning (ya’ni Qur’onning) nozil qilinishi, hech shak-shubhasiz barcha olamlarning Parvardigori tomonidandir.

3. Balki «Uni (Muhammadning o‘zi) to‘qib olgan», derlar. Yo‘q, u (ya’ni Qur’on) sizdan ilgari biron ogoxlantirguvchi kelmagan qavmni (oxirat azobidan) ogohlantirishingiz uchun Parvardigoringiz tomonidan (nozil qilingan) Haqiqatdir. Shoyad ular hidoyat topsalar.

4. Alloh osmonlar va yerni hamda ularning o‘rtasidagi bor narsani olti kunda yaratib, so‘ngra arshni egallagan zotdir. Sizlar uchun Undan o‘zga biron do‘st va oqlovchi yo‘qdir. Axir eslatma-ibrat olmaysizlarmi?!

5. U osmondan yergacha bo‘lgan barcha ishni tadbir qilib – boshqarib turur, so‘ngra (bu ishlarning barchasi) sizlarning hisobingizga ming yilga teng bo‘ladigan bir kunda (ya’ni qiyomatda) Uning O’ziga ko‘tarilur.

I z o h. Islomiy aqidaga ko‘ra, qiyomat kuni — kofirlar uchun hisob-kitobning og‘ir kechganligi sababli ming yilga, yana boshqa bir oyati karimada xabar berilishicha, ellik ming yilga tengdek tuyular, mo‘minlar uchun esa, hadisi sharifda kelganidek, bir vaqt namoz o‘qigudek muddat kabi qisqa va oson o‘tar ekan. Ana o‘sha kunda hayoti dunyoda ro‘y bergan barcha ishlar Alloh taoloning dargohiga ko‘tarilib, U zot O’zining haq hukmini chiqaradi.

6. Mana shu (Alloh) g‘oyib va hozirni bilguvchi, qudratli va mehribondir.

7. U barcha narsani chiroyli qilib yaratgan zotdir.

I z o h. Ushbu oyatda Alloh taolo bandalar e’tiborini O’zi yaratgan maxluqotlarning har birini naqadar yetuk xikmat bilan yaratganiga qaratmoqda. Darhaqiqat, dunyodagi mavjudotning qay biriga diqqat e’tibor bilan nazar solinsa, undagi mutanosiblik va puxtalik aql egalari yodiga Yaratganning naqadar dono va bilguvchi ekanini keltiradi. Shunda o‘tgan ulamo va hukamolarning «Har bargda bir Xudo yashar», degan so‘zlarining hikmati ravshanroq anglashiladi. U insonni (ya’ni Odamni) dastavval loydan yaratdi.

8. So‘ngra uning nasli avlodini haqir bir suvdan iborat bo‘lgan nutfadan paydo qildi.

9. So‘ngra uni (inson qilib) rostlab, ichiga O’z (dargohidagi) jondan kiritdi. U zot sizlar uchun quloq, ko‘z, dillarni paydo qildi. Sizlar esa kamdan-kam shukr qilursizlar.

10. Ular (ya’ni kofirlar): «Bizlar yer (ostida) yo‘q bo‘lib ketgach, xaqiqatan ham yana yangi yaralish bilan yaralurmizmi?» dedilar. Yo‘q, ular Parvardigorga ro‘baro‘ bo‘lishni inkor qilguvchidirlar.

11. (Ey Muhammad), ayting: «Sizlarga vakil qilingan o‘lim farishtasi jonlaringizni olur, so‘ngra Parvardigoringizga qaytarilursizlar».



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 11:50:03 | Сообщение # 2
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
12. Agar siz u jinoyatchi kimsalarni (qiyomat kunida) Parvardigorlari huzurida boshlari egik holda turib: «Parvardigoro, (va’dang rost ekanligini) ko‘rdik va eshitdik, bas bizlarni (hayotga) qaytargin, bizlar yaxshi amal qilaylik. Endi bizlar (qiyomat haq ekanligiga) shak-shubhasiz ishonguvchidirmiz» (deyishlarini) ko‘rsangiz edi.

13. Agar Biz xohlasak, albatta har bir jonga o‘z hidoyatini ato etgan bo‘lur edik, lekin Men tomondan bu so‘z haq-sobit bo‘lgandir: «Men jahannamni (kofir) jin va (dinsiz) odamlarning barchasi bilan to‘ldirurman».

I z o h. Ushbu oyatda Tangri taolo hech kimni majburan hidoyatga boshlamasligi, balki insu jinni o‘z ixtiyorlariga qo‘yib qo‘yilib, so‘ngra Allohning diniga itoat etishdan bo‘yin tovlagan kimsalarni jahannamga duchor qilinishlari aniq ekanligi uqtiriladi.

14. Bas (ey kofirlar), ushbu kuningizdagi uchrashuvni unutib qo‘yganlaringiz sababli (alamli azobni) totingiz! Darvoqe, Biz Ham (bugun) sizlarni «unutdik». Qilib o‘tgan amallaringiz sababli mangu azobni totingiz!

15. Bizning oyatlarimizga faqat qachon u (oyatlar) zikr qilinsa, sajda qilgan hollarida yiqiladigan va kibr-havo qilmagan hollarida hamdu sano aytish bil Parvardigorlarini poklaydigan zotlargina iymon keltirurlar.

I z o h. Ushbu oyat ham sajda oyatidir.

16. Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur (ya’ni tunlarini ibodat bilan o‘tkazishib, oz uxlaydilar). Ular Parvardigorlariga qo‘rquv va umidvorlik bilan duo-iltijo qilurlar va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilurlar.

17. Bas ularning qilib o‘tgan amallariga mukofot qilib ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini (ya’ni oxirat ne’matlarini) biron jon bilmas.

18. Axir mo‘min bo‘lgan kishi bilan fosiq-itoatsiz bo‘lgan kimsa teng bo‘lurmi? (Yo‘q), barobar bo‘lmaslar!

19. Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar uchun qilib o‘tgan amallari sababli jannat ma’volari manzil bo‘lur.

20. Fosiq bo‘lgan kimsalarning ma’volari esa do‘zaxdir. Har qachon undan chiqmoqchi bo‘lsalar, yana unga qaytarilurlar va ularga: «O’zlaringiz yolg‘on degan do‘zax azobini totingiz», deyilur.

21. Albatta Biz ular ko‘z (kufru isyonlaridan) qaytishlari uchun ularga ulug‘ azobdan ilgari yaqin azobni (ya’ni dunyo azobini) totdirurmiz.

22. O’z Parvardigorining oyatlari bilan pand-nasixat qilinganidan so‘ng, ulardan yuz o‘girgan kimsadan ham zolimroq kim bor?! Albatta Biz unday jinoyatchi kimsalardan intiqom olguvchidirmiz.

23. Aniqki, Biz Musoga Kitob — Tavrot ato etdik. Bas (Ey Muhammad), siz uning (Tavrotga) ro‘baro‘ bo‘lganidan shubha-gumonda bo‘lmang. Biz (Tavrotni) Bani Isroil (qavmi) uchun rahbar-yo‘lboshchi qildik.

24. Ular (o‘z dinlari yo‘lidagi balo-kulfatlarga) sabr-toqat qilishgach, Biz ulardan (odamlarni) hidoyat qiladigan peshvolarni chiqardik. Ular Bizning oyatlarimizga aniq ishonar edilar.

25. (Ey Muhammad), albatta Parvardigoringizning O’zi qiyomat kunida (odamlar) o‘rtasida ular ixtilof qilib o‘tgan narsalar haqida O’z hukmini bayon qilur.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 11:50:17 | Сообщение # 3
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
26. Axir ularga (ya’ni mushriklarga) Biz ulardan ilgari qancha asr-avlodlarni halok qilganimiz va o‘zlari o‘shalarning maskanlarida yurganlari ma’lum emasmi?! Albatta bunda oyat-ibratlar bor-ku! Axir ular anglamaydilarmi?!

27. Axir ular Biz quruq yerga suv haydab, uning yordamida ularning chorvalari ham, o‘zlari ham yeydigan ekinlarni chiqarishimizni ko‘rmadilarmi?! Axir qaramaydilarmi?!

28. Ular (musulmonlarga): «Agar rostgo‘y bo‘lsangizlar qachon mana shu fath (ya’ni sizlarning g‘alabangiz) ro‘y berur», derlar.

29-30. (Ey Muhammad), ayting: «Fath kunida kofir bo‘lgan kimsalarga iymon keltirishlari foyda bermay qolur va ularga (tavba-tazarru’ qilish uchun muxlat ham berilmas. So‘ng siz ulardan yuz o‘giring va (ularga keladigan azobga) ko‘z tuting! Zero, ular ham ko‘z tutguvchidirlar.


Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Copyright MyCorp © 2024