Чоршанба, 18.12.2024, 1:41:04

Вы вошли как Mehmon | Группа "Mehmon"Приветствую Вас Mehmon | RSS
Бош сахифа | 37. "Soffat" - Форум | Мой профиль | Регистрация | Выход | Вход
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
37. "Soffat"
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 11:59:47 | Сообщение # 1
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
SOFFAT SURASI
Makkada nozil bo‘lgan bu sura bir yuz sakson ikki oyatdir. Iymon-e’tiqod va undan yetadigan foydalar, kufru-isyon va uning ziyonlari haqida so‘zlovchi bu sura Alloh taoloning amru-farmoniga mudom muntazir bo‘lib turadigan zotlar haqida zikr qilinishi bilan boshlanadi. So‘ngra jinlar to‘g‘risida so‘z yuritilib, ayrim nodon kimsalarning «Jinlarning Allohga yaqinligi bor», degan afsonalari keskin rad etiladi. Bu surada oxirat hayoti — jannat ahli musharraf bo‘lgan baxt-saodat, do‘zaxilar duchor etilgan azob-uqubat haqidagi juda jonli lavhalar mazkurdir. Shuningdek, bu surada ham Tangri taoloning bir necha payg‘ambarlarining qissalari bayon qilinadi va ularning barchalari «chiroyli amal qilguvchi» bandalar bo‘lganliklari uqtiriladi. Xususan Ibrohim alayhis-salom Alloh taolo tomonidan o‘z o‘g‘illari Ismoilni qurbon qilishga buyurilishlari va ularning har ikkisi Yaratganning amriga quloq qoqmay itoat etgach chog‘larida Tangri taolo jannatdan bir qo‘chqor tushirib, Ismoil alayhissalomning o‘rnilariga o‘shani so‘yishga buyurgani xususidagi xabar bilan iymon va imtihon haqida ibratli misol keltiriladi. Qur’oni Karimdagi bir necha suralarni Alloh O’zi yaratgan ayrim mahluqoti nomiga qasam bilan boshlaydi. Bu sura ham Yaratganning barcha buyruqlarini darhol ijro etish uchun saf tortib turadigan haqiqiy iymon-e’tiqod egalari nomiga qasam ichish bilan boshlangani sababli u «Va-s-Soffat — Saf tortib turguvchilarga qasam», deb atalgandir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1-2-3-4. (Alloh yo‘lida) saf tortib turadigan, (Allohning bandalarini gunoh yo‘llaridan) mudom to‘sadigan, (Allohning kalomini) doimo tilovat qiladigan (insonlar va farishtalardan iborat barcha) zotlarga qasamki, shak-shubhasiz sizlarning ilohingiz yagonadir.

5. (U zot) osmonlar, yer va ularning o‘rtasidagi bor narsalarning Parvardigoridir. (U zot) bor kunchiqar joylarning (va bor kunbotar joylarning) Parvardigoridir.

6. Darhaqiqat Biz eng yaqin osmonni yulduzlar bilan ziynatladik.

7. Va (uni) har bir itoatsiz shaytondan — jindan saqladik.

8-9. U (jin)lar eng yuksak mavjudotlarni (ya’ni farishtalarning so‘zlarini) hargiz eshita olmaslar va (ularni) haydash uchun ularga har tomondan (yulduzlar) otilur. Ular uchun (oxiratda) doimiy azob bordir.

10. Magar biron marta (biron so‘zni) ilib olgan kimsa (ya’ni jin) bo‘lsa, uni ham uchar yulduz quvib yetar (va halok etar)

11. Bas (ey Muhammad, Makka kofirlaridan) so‘rang-chi, ular(ni) yaratish qiyinroqmikan yoki Biz yaratgan zotlarnimi?! (ya’ni, farishtalar va yeru osmondagi barcha mavjudotni yaratish odamzotni yaratishdan og‘irroq emasmi?!) Zotan Biz (insonlarning asli-avvali bo‘lmish Odam alayhis-salomni) yopishqoq bir loydan yaratgandirmiz.

12. Balki siz (ularning qayta tirilishini inkor qilayotganlaridan) taajjubdadirsiz, (ammo) ular (sizning oxirat hayoti haqidagi so‘zlaringizni) masxara qilurlar.

13. Ularga (Qur’on bilan) pand-nasihat qilinsa, pand-nasihatni olmaslar.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:00:16 | Сообщение # 2
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
14. (Sizning haq payg‘ambar ekanligingizga dalolat qiladigan) biron oyatmo‘‘ jizani ko‘rsalar, (darhol iymon keltirish o‘rniga) yanada ziyodaroq masxara qilurlar.

15. Va derlar: «Bu faqat ochiq-ravshan sehrdir.

16. Bizlar o‘lib tuproq va suyaklarga aylanib ketgan chog‘imizda rostdan ham yana qayta tirilguvchi ekanmizmi?!

17. Avval o‘tib ketgan ota-bobolarimiz ham-a?! »

18. (Ey Muhammad, siz ularga) ayting: «Ha! Sizlar xor-zor bo‘lgan holingizda (albatta qayta tirilursizlar)».

19. U (ya’ni qayta tirilish) faqatgina farishta Isrofilning suri bilan chalingan bir qichqiriqdir xolos, bas banogoh ular (qayta tirilib, «kunlarini») ko‘rurlar.

20. Va «Ey, o‘lim bo‘lsin bizlarga! Bu jazo-qiyomat kuni-ku!» deb qolurlar.

21. Mana shu sizlar yolg‘on deb o‘tgan (haq bilan botil) ajratiladigan Kundir.

22-23. (Ey farishtalar, sizlar) zolim-kofir bo‘lgan kimsalar va ularning hamtovoqlarini hamda ular Allohni qo‘yib ibodat qilib o‘tgan narsalarini to‘plab, do‘zax yo‘liga boshlanglar.

24. (Ammo to Mening farmonim bo‘lmaguncha) ularni to‘xtatib (do‘zaxga tashlamay) turinglar! Chunki ular (avval hayoti dunyoda qilib o‘tgan kufru isyonlari to‘g‘risida) so‘ralguvchidirlar.

25. (U Kunda kofirlarga deyilar): «Nega bir-birlaringizga yordam bermayapsizlar?!»

26. Yo‘q, ular bu Kunda (hech narsa qila olmaslar, (balki faqat Bizning hukmimizga) bo‘yinsunguvchidirlar.

27. Ularning birovlari birovlariga qarab savol-javob qilurlar:

28. (Ergashuvchilar o‘zlarini yo‘ldan urgan peshvolariga): «Haqiqatan sizlar bizlarga o‘ng tomondan (ya’ni bizlar ishonib yaxshilik kutadigan tomondan) kelar edinglar», deganlarida.

29. (Peshvolar) ayturlar: «Yo‘q, sizlar o‘zlaringiz mo‘min bo‘lmagan edinglar.

30. Axir bizlar uchun sizlarning ustingizda biron saltanat – hukmronlik – yo‘q edi-ku! Yo‘q, sizlar o‘zlaringiz haddan oshguvchi qavm edinglar.

31. Bas endi (bizlarga ham, sizlarga ham) Parvardigorimizning So‘zi — azobi haq bo‘ldi. Shak-shubhasiz, bizlar (uni) totguvchidirmiz.

32. Chunki bizlar yo‘ldan ozguvchi bo‘lganimiz sababli sizlarni ham yo‘ldan urdik».

33. Bas albatta ular (ya’ni Alloh yo‘lidan ozgan kimsalar va ularni yo‘ldan urgan peshvolari) o‘sha Kunda azobda sherik bo‘lguvchidirlar.

34. Darhaqiqat Biz jinoyatchi kimsalarni (mana shunday) azobga duchor qilurmiz.

35. Chunki ular o‘zlaricha: «Hech qanday iloh yo‘q, magar yolg‘iz Allohgina bordir», deyilgan vaqtda kibr-havo qilgan edilar.

36. Va ular «Hali bizlar bir majnun shoirni deb xudolarimizni tark qilar ekanmizmi?» der edilar.

37. Yo‘q, (Muhammad alayhis-salom aslo shoiri majnun emasdir, balki) u Haq (din)ni olib keldi va (o‘zidan avval o‘tgan) barcha payg‘ambarlarni tasdiq etdi.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:00:39 | Сообщение # 3
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
38. (Ey jinoyatchi kimsalar), sizlar shak-shubhasiz alamli azobni totguvchidirsizlar.

39. Sizlar faqat qilib o‘tgan jinoyatlaringiz sababli jazolanursizlar.

40. Magar Allohning pokiza bandalari bordirki;

41. Ana o‘shalar uchun ma’lum rizq;

42-43-44.— (har turli) mevalar bo‘lur. Va ular noz-ne’mat bog‘larida so‘rilar ustida bir-birlariga ro‘baro‘ o‘tirgan hollarida hurmat-izzat ko‘rguvchidirlar.

45-46. Ularga oqar chashmadan ichguvchilar uchun lazzat bo‘lgan oppoq (sharob) kosalari aylantirib turilurki,

47. U (sharob)da mast qilguvchi – aqldan ozdirguvchi narsa bo‘lmas va ular undan mast bo‘lmaslar.

48-49. Yana ularning oldilarida ko‘zlarini (begonalarga qarashdan) tiyguvchi, go‘yo yashirib qo‘yilgan (oppoq) tuxumdek (zahalanmagan) ohu ko‘zlar bo‘lur.

50. Bas ular (ya’ni ahli jannat) bir-birlariga qarab savol-javob qilurlar.

51. (Shunday suhbatlarning birida) ulardan biri dsdi: «Mening bir do‘stim bor edi.

52-53. U (menga) «Rostdan ham sen (o‘lganimizdan so‘ng yana qayta tirilishimizni) tasdiq etguvchilardanmisan? Bizlar o‘lib, tuproq va suyaklarga aylanib ketgan vaqtimizda haqiqatan ham (qayta tiriltirilib) jazolanguchimizmi?» der edi.

54. (So‘zlaguvchi hayoti dunyoda oxiratni inkor qilgan do‘sti haqidagi hikoyani tugatgach, jannatdagi birodarlariga): Sizlar (ham men bilan birga o‘sha do‘stimning do‘zaxdagi holi nima bo‘lganiga) qaraguvchimisizlar?» dedi.

55. So‘ng o‘zi qarab uni do‘zaxning o‘rtasida ko‘rgach;

56. Dedi: «Alloh nomiga qasamki, darhaqiqat sen meni ham halok qilayozgan eding.

57. Agar Parvardigorimning ne’mati (ya’ni hidoyati) bo‘lmasa edi, albatta men (sen bilan birga do‘zaxga) hozir qilinguvchilardan bo‘lur edim.

58-59. (Qani menga aytgin-chi) bizlar faqat birinchi o‘limimizdan boshqa o‘lguvchi emas ekanmizmi?! (Bir marta o‘lganimizdan so‘ng tirilib) azoblanguvchi emas ekanmizmi?

60. Albatta mana shu (ahli jannat yetadigan ne’matlar) ulug‘ baxtning o‘zidir.

61. Bas, amal qilguvchilar mana shunday (mangu baxt saodat) uchun amal qilsinlar!

62. Mana shu yaxshiroq ziyofatmi yoki zaqqum daraxtimi?

63. Haqiqatan Biz uni (ya’ni Zaqqum daraxtini) zolim kimsalar uchun fitnaaldov qilib qo‘ydik.


Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:00:52 | Сообщение # 4
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
I z o h. Do‘zaxda Zaqqum daraxti bo‘lishi haqida so‘zlanganida kofirlar «Do‘zaxda qanday qilib daraxt o‘ssin, axir do‘zaxning o‘ti uni kuydirib yubormaydimi?» deganlar. Shuning uchun yuqoridagi oyatda kofirlar Alloh taoloning qudratiga shak keltirganlari uchun u daraxt to‘g‘risida zikr qilinganida, aqllari bovar qilmay fitna-aldovga duchor bo‘lishlari uqtirildi.

64. Darhaqiqat u do‘zax qa’rida o‘sadigan bir daraxtdir.

65. Uning butoqlari(dagi mevalari xunuklikda) xuddi shaytonlarning boshlariga o‘xshar.

66. Bas ular (ya’ni do‘zaxilar) albatta undan yeb, qorinlarini to‘ldirguvchidirlar.

67. So‘ngra albatta ular uchun uning (Zaqqum mevalarining) ustiga qaynoq suvdan aralashtirilur (ya’ni ularga majburan qaynayotgan suv ichirilur).

68. So‘ngra ularning qaytadigan joylari yana albatta do‘zaxda bo‘lur (ya’ni qaynoq suv ularning butun ichki a’zolarini kuydirib bitganidan so‘ng, endi do‘zax o‘ti ularning badanlarini kuydirur).

69. Albatta ular (ya’ni Makka mushriklari) o‘zlarining ota-bobolarini yo‘ldan ozgan holda topdilar.

70. Endi o‘zlari ham ularning izlaridan chopmoqdalar.

71. Aniqki, ulardan avval o‘tganlarning ko‘plari ham yo‘ldan ozgan edilar.

72. Holbuki Biz ularning (ya’ni avval o‘tganlarning) orasiga ogoxlantirguvchi (payg‘ambar)larni yuborgan edik.

73. Bas (ey Muhammad), ogohlantirilgan kimsalarning oqibatlari qanday bo‘lganini ko‘ring!

74. Magar Allohning pokiza bandalarigina (halokatga duchor bo‘lmadilar).

I z o h . Mazkur oyatlarda Makka mushriklarining iymon-islomga kelmaganidan benihoyat g‘amgin bo‘lib kelgan Muhammad alayhis-salomga taskin-tasalli bo‘lsin uchun ulardan ilgari ham o‘zlariga yuborilgan payg‘ambarlarni yolg‘onchi qilib halokatga duchor bo‘lgan qavmlar o‘tgani haqida xabar berildi. Quyidagi oyatlarda esa Alloh taolo O’zining so‘nggi payg‘ambariga avvalgi payg‘ambarlardan yetti kishining qissalarini mo‘jaz (qisqacha) bayon qiladi.

75-76. Qasamki, Nuh (qavmi uni yolg‘onchi qilgan vaqtda) Bizga iltijo qildi. Bas (Biz) naqadar yaxshi ijobat qilguvchidirmiz – Biz unga va uning ahli-tobe’lariga ulug‘ g‘amdan (ya’ni g‘arq bo‘lishdan) najot berdik.

77. Va uning zurriyotini (to qiyomat) boqiy qolguvchi kishilar qilib qo‘ydik.

78. Va keyingi (avlod)lar orasida (Nuh) haqida (go‘zal maqtovlar-olqishlar) qoldirdik.

79. Barcha olamlarda Nuhga salom bo‘lgay.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:01:05 | Сообщение # 5
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
80. Albatta Biz chiroyli amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.

81. Darhaqiqat u Bizning mo‘min bandalarimizdandir.

82. So‘ngra boshqalarni (ya’ni Nuhni yolg‘onchi qilgan kimsalarni) g‘arq qilib yubordik.

83. Shak-shubhasiz Ibrohim ham (Nuh)ning guruhidandir.

84. Eslang, u Parvardigoriga toza dil bilan keldi.

85. O’shanda u otasi va qavmiga degan edi: «Nimaga ibodat qilmoqdasizlar?!

86. Allohni qo‘yib, soxta «xudolar»ga (sig‘inishni) istaysizlarmi?!

87. U holda barcha olamlarning Parvardigori haqida (ya’ni U zot sizlarning mushrikligingiz uchun beradigan jazosi haqida) ne gumoningiz bor?!»

88-89. So‘ng u yulduzlarga tikilib turib: «Albatta men (vabo) kasaliga yo‘liquvchidirman», dedi.

I z o h . Naql qilinishicha, o‘sha davrda kishilar o‘rtasida yulduzlarga qarab fol ochish – munajjimlik juda keng yoyilgan ekan. Shuning uchun Ibrohim alayhis-salom mushriklarning bayramini nishonlash uchun hayitgohga chiqib ketayotgan qavmidan ajralib qolish maqsadida Ibrohim alayhis-salom go‘yo yulduzlarga qarab bilib olgandek, ularga «Men vaboga yo‘liqar ekanman» dedilar. Bu so‘zni eshitgach vabo yuqishidan qo‘rqqan qavm:

90. Darhol undan yuz o‘girgan hollarida ketdilar.

91-92. Bas (Ibrohim) asta ularning butlari oldiga kelib: «(Oldilaringizdagi) taomlarni yemaysizlarmi? Nega so‘zlamayapsizlar?!» dedi.

93. So‘ng ularga yaqin kelib, o‘ng qo‘li(dagi bolta) bilan urdi.

94-95-96. Bas (qavmi) uning oldiga shosha-pisha kelishgach, dedi: «O’zlaringiz yo‘nib-yasab olgan narsalarga ibodat qilurmisizlar?! Holbuki sizlarni ham, qilib olgan butlaringizni ham Alloh yaratgan-ku?!»

97. Ular (bir-birlariga) dedilar: Ibrohim uchun (olov yoqiladigan) binolar qurib uni o‘sha olovga tashlanglar».

98. Bas ular (Ibrohimga) makr qilmoqchi bo‘lgan edilar. Biz ularni tubanmag‘ lub qildik.

99. (U o‘t ichidan eson-omon chiqdi) va dedi: «Albatta men Parvardigorim (buyurgan taraf)ga ketguvchidirman. Uning O’zi meni (To‘g‘ri yo‘lga) hidoyat qilur.

100. (Parvardigorim,) O’zing menga solih (farzand)lardan hadya etgin».

101. Bas Biz unga bir halim o‘g‘ilning hushxabarini berdik.

102. Endi qachonki u (bola Ibrohim) bilan birga yuradigan bo‘lgach, (Ibrohim): «Ey o‘g‘ilcham, men (hadeb) tushimda seni (qurbonlik uchun) so‘yayotganimni ko‘rmoqdaman. Endi sen o‘zing nima ra’y-fikr qilishingni bir o‘ylab ko‘rgin», degan edi. U aytdi: «Ey otajon, senga (tushingda Parvardigor tomonidan) buyurilgan ishni qilgin. Insho Alloh meni sabr qilguvchilardan topursan».



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:01:23 | Сообщение # 6
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
I z o h. Sahobalardan Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu aytishlaricha, Alloh taoloning barcha payg‘ambarlarining tushlari vahiydir. Shuning uchun ham Ibrohim alayhis-salom tushlarida berilgan farmonning o‘zi bilanoq o‘g‘illari Ismoil alayhis-salomni qurbon qilishga chog‘landilar va o‘g‘illari ham (o‘shanda u kishi endigina o‘n uch yoshga qadam qo‘ygan ekanlar) to‘la rozilik bilan Allohning amriga bo‘yinsundilar.

103. Bas, qachonki ikkisi ham (Allohning vahiysiga) bo‘yinsunib, (endi Ibrohim o‘z o‘g‘li Ismoilni qurbon qilish uchun) peshonasi bilan (erga) yotqizgan ediki,

104—105. Biz unga nido qildik: «Ey Ibrohim, darhaqiqat sen (ko‘rgan) tushingni rost-bajo qilding». Albatta Biz chiroyli amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.

106. Albatta bu (ya’ni Ibrohimning o‘z o‘g‘lini qurbon qilishga buyurilishi) ochiq-ravshan imtihondir xolos.

107. Biz (Ismoilning) o‘rniga (Ibrohimga) katta bir (ko‘chqor) so‘yishni — qurbonliqni evaz qilib berdik (ya’ni katta bir qo‘chqorni jannatdan tushirdik).

108. Va keyingi (avlod)lar orasida (Ibrohim) haqida (go‘zal maqtovlarolqishlar) qoldirdik.

109. Ibrohimga salom bo‘lgay.

110. Biz chiroyli amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.

111. Darhaqiqat, u Bizning mo‘min bandalarimizdandir.

112. Yana Biz unga payg‘ambar (va) yaxshilardan (bo‘lg‘usi) Ishoqning xushxabarini berdik.

113. Va (Ibrohimga) ham, Ishoqqa ham (dinu-dunyolarida) barakot berdik. Ularning zurriyotidan chiroyli amal qilguvchi ham, o‘z joniga ochiq jabr qilguvchi ham bo‘lur.

114. Qasamki Biz Muso va Horunga (payg‘ambarlik) in’om qildik.

115. Biz ikkisiga va ularning qavmiga ulug‘ g‘amdan najot berdik.

116. Va ularni O’zimiz qo‘lladik, bas ular (Fir’avn va uning odamlari ustidan) g‘olib bo‘ldilar.

117. Biz ularga ravshan Kitob — Tavrot ato etdik.

118. Hamda ularni To‘g‘ri yo‘lga hidoyat qildik.

119. Va keyingi (avlod)lar orasida (Muso va Horun) haqida (go‘zal maqtovlar – olqishlar) qoldirdik.

120. Muso va Horunga salom bo‘lgay.

121. Albatta Biz chiroyli amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.

122. Darhaqiqat ikkisi ham Bizning mo‘min bandalarimizdandir.

123. Ilyos ham shak-shubhasiz payg‘ambarlardandir.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:01:40 | Сообщение # 7
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
124. Eslang, u o‘z qavmiga degan edi: «(Allohdan) qo‘rqmaysizlarmi?!»

125-126. Sizlar Ba’l (nomli oltindan yasalgan but)ga sig‘inib, sizlarning ham, avvalgi ota bobolaringizning ham Parvardigorini — eng go‘zal-afzal Yaratguvchi Allohni tark qilurmisizlar?!»

127. Bas (qavmi Ilyosni) yolg‘onchi qildilar. Endi albatta ular (do‘zax azobiga) hozir qilinguvchidirlar.

128. Magar Allohning pokiza bandalarigina (azobga duchor bo‘lmaslar).

129. Biz keyingi (avlod)lar orasida (Ilyos) haqida (go‘zal maqtovlar-olqishlar) qoldirdik.

130. Ilyosga salom bo‘lgay.

131. Albatta, chiroyli amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.

132. Albatta, u Bizning mo‘min bandalarimizdandir.

133. Lut ham, shak-shubhasiz, payg‘ambarlardandir.

134. Eslang, Biz unga v uning barcha ahli-tobe’lariga najot bergan edik.

135. Faqat (azobda) qolguvchilardan bo‘lgan bir kampirga (ya’ni Lutning xotiniga najot bermadik).

136. So‘ngra boshqalarni (ya’ni Lutni yolg‘onchi qilganlarni) halok qildik.

137-138. (Ey Makka axli,) aniqki, sizlar ertayu kech ularning ustidan o‘tib turursizlar. Axir aql yurgizmaysizlarmi (ya’ni Lutning qavmi boshiga tushgan halokat sizlarning ham boshingizga tushib qolishidan qo‘rqmaysizlarmi)?!

139. Yunus ham, shak-shubhasiz, payg‘ambarlardandir.

140. Eslang, u (o‘z qavmidan g‘azablanib, Parvardigorining iznisiz qishlog‘idan chiqib, (odamlar bilan) to‘la bo‘lgan kemaga qarab qochgan edi.

141. Bas (kemadagilar bilan) qur’a tashlashib mag‘lub bo‘lgach, (uni dengizga uloqtirdilar).

I z o h. Rivoyat qilinishicha, Yunus alayhis-salom o‘zlarini yolg‘onchi qilgan qavmlaridan g‘azablanib, ularning ustiga yaqin-orada qattiq balo tushishi haqida ogohlantiradilar va o‘zlari Alloh taoloning izni-farmonisiz o‘z qishloqlaridan chiqib ketib, bir dengiz sohiliga borib qoladilar va o‘sha vaqtda jo‘nashga shay turgan, odamlar bilan to‘la bir kemaga minib yo‘lga tushadilar. Ammo u kema dengizning o‘rtasida to‘xtab qoladi. Shunda kemadagilar «Oramizda o‘z hojasidan qochib kelayotgan bir qul bor, agar uni kemadan tushirib yubormasak, hammamiz g‘arq bo‘lishimiz tayin», deyishib o‘rtalarida qur’a tashlaganlarida, qur’a Yunus alayhis-salomga chiqadi va kemadagilar uni dengizga uloqtiradilar.

142. Bas uni (Parvardigorining iznisiz o‘z qavmini tashlab chiqib ketgani sababli) malomatga loyiq bo‘lgan holida bir nahang baliq yutib yubordi.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:01:56 | Сообщение # 8
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
143-144. Endi agar u (Allohga doimo) tasbeh aytguvchilardan bo‘lmasa edi, albatta u (baliq) qornida to qayta tiriladigan kunlarigacha (ya’ni qiyomatgacha) qolib ketgan (ya’ni halok bo‘lgan) bo‘lur edi.

145. Bas Biz uni xasta holida quruqlikka otdik.

146. Va uning ustida (soya tashlab turishi uchun) qovoq daraxtini o‘stirib qo‘ydik.

147. Biz uni yuz ming, balki undan-da ko‘proq (odamga) payg‘ambar qildik.

148. Bas ular (Yunusga) iymon keltirdilar. So‘ng Biz ularni (ma’lum) bir muddatgacha (ya’ni ajallari bitguncha hayot ne’matidan) bahramand etdik.

149. Endi (ey Muhammad, Makka kofirlaridan) so‘rang-chi, qizlar (ya’ni, ularning gumonicha, farishtalar Allohning qizlari emish) Parvardigoringiznikiyu, o‘g‘illar ularnikimikan.

150. Yoki Biz farishtalarni ular guvoh bo‘lgan hollarida qiz qilib yaratdikmikan?!

151-152. Ogoh bo‘lingizkim, ular yolg‘onchiliklari tufayli «Allohning bolasi (ya’ni qizlari) bor» derlar. Ular shak-shubhasiz yolg‘onchidirlar.

153. (Alloh) o‘g‘illarni qo‘yib, qizlarni tanlab olgan emishmi?!

154. (Ey Makka ahli), sizlarga nima bo‘ldi?! Qanday (nohaq-noravo) hukm chiqarmoqdasizlar-a?!

155. Axir es-hushingizni yig‘maysizlarmi?!

156. Yoki sizlar uchun (Alloh bola ko‘rgani haqida) biron ochiq-ravshan hujjat bormi?!

157. Bas agar rostgo‘y bo‘lsangizlar (mana shu da’volaringizni quvvatlovchi) kitobingizni keltiringlar-chi?!

158. (Mushriklar, Alloh) bilan jinlar (ya’ni farishtalar) o‘rtasida nasab (ya’ni ota-bolalik bor, deb gumon) qildilar. Holbuki jinlar-farishtalar esa, (mushriklarning Alloh azobiga) hozir qilinguvchi ekanliklarini aniq bildilar.

159. Alloh ularning («Allohning bolasi bor», deb) sifatlashlaridan pokdir.

160. Magar Allohning pokiza bandalarigina (mudom Allohni U zotga noloyiq bo‘lgan sifatlardan pok tutarlar).

161-162. (Ey Makka ahli), shak-shubha yo‘qki, sizlar ham, sig‘inayotgan butlaringiz ham (barchalari biron kishini, Alloh)ga qarshi fitnaga solguvchi — alday olguvchi emasdirsizlar.

163. Magar (Allohning taqdiri azaliysida) do‘zaxga kirguvchi bo‘lgan kimsalarnigina (alday olursizlar).



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:02:13 | Сообщение # 9
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
164. (Farishtalar dedilar): «Bizlarning har birimiz uchun (osmonlarda) aniq ma’lum bir o‘rin bordir(ki, bizlar ana o‘sha o‘rnimizda Allohning amrini ado eturmiz).

165. Darhaqiqat bizlar (Allohning yo‘lida) saf tortib turguvchilardirmiz.

166. Darhaqiqat bizlar (Allohni har qanday aybu nuqsondan poklab) — tasbeh aytguvchilardirmiz».

167-168-169. Darvoqe’ (Makka ahli Qur’on nozil bo‘lishidan ilgari): «Agar bizning oldimizda ham avvalgilar(ning kitoblari)dan biron eslatma — Kitob bo‘lsa edi, albatta bizlar ham Allohning pokiza bandalari bo‘lur edik», der zdilar.

170. Endi (Qur’on nozil bo‘lgach), esa unga kofir bo‘ldilar. Bas yaqinda (bu kufrlarining oqibati nima bo‘lishini) bilib olurlar.

171-172-173. Aniqki, Bizning payg‘ambar bo‘lgan bandalarimiz haqida: «Shakshubhasiz ular qo‘llab-quvvatlanguvchilardir va shak-shubhasiz Bizning qo‘shinimiz (ya’ni payg‘ambarlar va ularga iymon keltirgan kishilar) g‘olib bo‘lguvchidirlar», degan So‘zimiz o‘tgan — sobit bo‘lgandir.

174. Bas (ey Muhammad), siz ulardan (ya’ni Makka kofirlaridan ma’lum) bir vaqtgacha yuz o‘giring!

175. Va ularni (yaqinda mag‘lub bo‘lganlarida) ko‘ring! Bas yaqinda ular (kufrlarining oqibatini) ko‘rajaklar!

176. Hali ular Bizning azobimizni shoshirmoqdamilar?!

177. Bas qachon (Bizning azobimiz) ularning hovlilariga (ya’ni ustlariga) tushganida, o‘sha ogohlantirilgan kimsalarning kunlari juda yomon bo‘lur.

178. Siz ulardan (ma’lum) bir vaqtgacha yuz o‘giring!

179. Va ularni (yaqinda mag‘lub bo‘lganlarida) ko‘ring! Bas yaqinda ular (kufrlarining oqibatini) ko‘rajaklar!

180. Qudrat egasi bo‘lmish Parvardigoringiz ularning sifatlaridan (ya’ni har qanday aybu nuqsondan) pokdir.

181. (Barcha) payg‘ambarlarga Alloh tomonidan salom bo‘lgay!

182. Hamdu sano barcha olamlarning Parvardigori — Alloh uchundir!


Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Copyright MyCorp © 2024