Чоршанба, 18.12.2024, 1:36:31

Вы вошли как Mehmon | Группа "Mehmon"Приветствую Вас Mehmon | RSS
Бош сахифа | 40. "G'ofir" - Форум | Мой профиль | Регистрация | Выход | Вход
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
40. "G'ofir"
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:08:40 | Сообщение # 1
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
G'OFIR SURASI
Qur’oni Karimdagi suralar tartibida paydar-pay joylashib, «Ho, Mim» harflari bilan boshlanadigan yetti suraning avvalgisi bo‘lgan bu sura Makkada nozil qilingan. U sakson besh oyatdir. Suraning avvalida ushbu Qur’onni nozil qilgan zot — Alloh taoloning ulug‘ sifatlaridan bir nechasi sanab o‘tiladi. Ulardan biri «G’ofir — Mag‘firat qilguvchi» sifati bo‘lib, sura mana shu ulug‘ sifat bilan nomlangandir. Bu surada ham so‘z boshqa Makka suralarida bo‘lgani kabi Islomiy aqida atrofida borib, haq bilan botil, iymon bilan tug‘yon o‘rtasidagi Odam Ato davridan buyon davom etib kelayotgan kurash ilohiy qalam bilan chizib beriladi. Bu surada farishtalar tunu kun duoyu tasbehlarida Yaratgandan mo‘minlarning gunohlarini mag‘firat qilishini so‘rab duo-iltijo qilishlari haqida xabar beriladi, Shuningdek bu surada ham Muso payg‘ambar bilan Fir’avn o‘rtasida bo‘lib o‘tgan mojarolar bayon qilinib, boshqa suralarda zikr qilinmagan bir lavha ancha batafsil tasvirlanadiki, u ham bo‘lsa Fir’avn xonadonidan bo‘lgan va o‘zining Alloh taologa iymon keltirganini sir tutib yurgan bir mo‘min kishining qissasidir. Shuning uchun bu surani «Mo‘min» surasi deb ham ataydilar.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Ho, Mim.

2-3. (Ushbu Qur’on) qudratli va bilguvchi, gunohni mag‘firat qilguvchi, tavbatazarru’ni qabul qilguvchi, azobi qattiq va in’om-ehson egasi bo‘lmish Alloh tomonidan nozil qilingan Kitobdir. Hech qanday iloh yo‘q, magar Uning O’zigina bordir. Faqat Uning O’ziga qaytilur.

4. Allohning oyatlari haqida faqat kofir bo‘lgan kimsalargina talashibtortishurlar. Bas sizni ularning shaharlarida kezishlari aldab qo‘ymasin!

I z o h. Ushbu oyatda payg‘ambar alayhis-salom va barcha mo‘minlarga xitob qilinib, Allohning oyatlariga iymon keltirmagan kimsalarning Tangri taoloning azobiga duchor bo‘lmay sog‘-salomat shaharma-shahar kezib yurishlari va savdo-sotiqlari ham rivoj topayotganini ko‘rib, aldanib qolmasliklari lozimligi uqtirilmoqda. Hamda unday kimsalar garchi bu foniy dunyoda ayshu-ishrat bilan o‘tsalar-da, oxiratda mangu azobga giriftor bo‘lishlari shubhasiz ekanligiga ishora qilinmoqda.

5. Ulardan (ya’ni Makka kofirlaridan) ilgari Nuh qavmi va u (qavmdan) keyingi (Od, Samud qabilalari kabi turli) firqalar xam (o‘z payg‘ambarlarini) yolg‘onchi qilganlar. (O’sha millatlardan) har bir millat o‘zlarining payg‘ambarlarini tutishga-o‘ldirishga qasd qilgan va botil (hujjatlar) bilan talashib-tortishib, uning yordamida Haqni yengmoqchi bo‘lgan edilar. Shunda men ularni (O’z azobim bilan) ushladim. Bas Mening azobim qanday bo‘ldi?!

6. (Ey Muhammad, sizning qavmingiz orasidagi) kofir bo‘lgan kimsalarning ustiga ham Parvardigoringizning so‘zi – azobi mana shunday haq bo‘lgandir, albatta ular do‘zax egalaridir.

7. Arshni ko‘tarib turadigan va uning atrofidagi (farishtalar) Parvardigorlariga hamdu-sano aytish bilan (U zotni barcha aybu nuqsonlardan) poklab-tasbeh ayturlar va U zotga iymon keltirurlar, hamda iymon keltirgan kishilarni mag‘firat qilishini so‘rarlar: «Parvardigoro, O’zing rahmat-mehribonlik va ilm jihatidan barcha narsadan kengdirsan. Bas tavba-tazarru’ qilgan va Sening yo‘lingga ergashgan kishilarni O’zing mag‘firat qilgin va ularni do‘zax azobidan saqlagin.

8. Parvardigoro, ularni ham, ularning ota-bobolari, jufti halollari va zurriyotlari orasidagi solih-mo‘min bo‘lgan kishilarni ham O’zing ularga va’da qilgan mangu jannatlarga dohil qilgin. Albatta Sening O’zinggina qudrat va hikmat sohibidirsan.

9. O’zing ularni barcha yomonliklardan asragin. Kimni o‘sha Kundagi (qiyomatdagi) yomonliklardan asrasang, bas haqiqatan unga rahm-shafqat qilibsan. Mana shu buyuk baxtdir».

10. Shubha yo‘qki, kofir bo‘lgan kimsalarga (qiyomat Kunida, do‘zaxga tashlanib, shunday azobga duchor qilgan nafslarini la’natlab turgan vaqtlarida): «Sizlar (hayoti dunyoda) iymonga chorlanib (iymon keltirish o‘rniga) kofir bo‘lgan chog‘laringizdagi Allohning g‘azabi-yomon ko‘rishi sizlarning (bu Kundagi) o‘z nafslaringizni yomon ko‘rishingizdan qattaroqdir», deb nido qilinur.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:09:04 | Сообщение # 2
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
11. Ular dedilar: «Parvardigoro, Sen bizlarni ikki bor o‘ldirding va ikki bor tiriltirding (ya’ni avval ona qornida o‘lik-jonsiz holda yaratib, so‘ngra O’zing bizlarga jon-hayot ato etding. Keyin, ajalimiz yetganda, O’zing jonimizni olibo‘ ldirib, qiyomat Kunida yana tiriltirding). Bas bizlar (hayot dunyoda qilib o‘tgan barcha) gunohlarimizni e’tirof etdik. Endi (bu do‘zax azobidan) chiqishning biron yo‘li bormi?»

12. (Yo‘q, sizlar mana shu azobda mangu qolursizlar). Bunga sabab, qachon (sizlarni) yolg‘iz Allohgagina (ibodat qilishga) da’vat qilinganida, kofir bo‘libbo‘ yinsunmay, agar U zotga shirk keltirilsa (ya’ni turli but-sanamlarga sig‘inishga chorlaganda), iymon keltirishlaringizdir. Bas barcha hukm yuksak va ulug‘ Allohnikidir.

13. U zot sizlarga O’z oyatlarini (ya’ni O’zining borligi va birligiga dalolat qiladigan alomatlarni) ko‘rgizur va sizlarga osmondan rizqu-ro‘z yog‘dirur. (Lekin bu oyat-alomatlardan) faqat (Allohga) inobat-iltijo qiladigan kishigina eslatma-ibrat olur.

14. Bas (ey mo‘minlar), garchi kofirlar yomon ko‘rsalar-da, Allohga — U zot uchun dinni xolis qilgan holingizda duo-iltijo qilingiz!

15. U yuksak martabalidir, arsh sohibidir, U O’z amri bilan bandalaridan O’zi xoxlagan kishilarga — toki u (insonlarni) muloqot Kunidan (ya’ni qiyomatdan) ogohlantirish uchun — vahiy tushirar.

16. Ular (qabrlaridan) chiqadigan Kunda Allohga ular(ning qilib o‘tgan amallari)dan biron narsa maxfiy bo‘lib qolmas. Bu Kunda podshohlik kimnikidir? Yakkayu yagona g‘olib zot Allohnikidir!

17. Bu Kunda har bir jon o‘zi qilgan ish-amali bilan jazolanur. Bu Kunda (hech kimga) zulm qilinmas. Albatta Alloh tez hisob-kitob qilguvchi zotdir.

18. (Ey Muhammad), siz ularni yaqin Kundan (ya’ni qiyomatdan) ogohlantiring! O’shanda ular yuraklari halqumlariga tiqilib, (o‘zlari) g‘am-hasratga to‘lib tururlar. Zolim kofir kimsalar uchun (u Kunda) na bir do‘st va na itoat qilinadigan (ya’ni shafoati qabul qilinadigan) oqlovchi bo‘lmas.

19. (Alloh) ko‘zlarning xiyonatini (ya’ni qarash harom qilingan narsaga o‘g‘rincha ko‘z tashlashni) ham, dillar yashiradigan narsalarni ham bilur.

20. Alloh haq (hukm) bilan hukm kilur. Ular (Allohni), qo‘yib duo iltijo qilayotgan butlari esa biron narsaga hukm chiqara olmaslar. Albatta Allohning O’zigina eshitguvchi va ko‘rib turguvchi zotdir.

21. Axir ular yer yuzida sayru-sayohat qilishib, o‘zlaridan avval o‘tgan, (o‘z payg‘ambarlarini yolg‘onchi qilib, iymonsiz ketgan) kimsalarning oqibatlari qanday bo‘lganini (ular qanday qismatga yo‘liqishganini) ko‘rsalar bo‘lmaydimi?! Ular (Makka mushriklaridan) ko‘ra kuch-quvvat va yerdagi osori atiqalari jihatidan zo‘rroq edilar. Bas Alloh Ularni gunohlari sababli ushladi – halok qildi va ular uchun Allohdan o‘zga biron saqlovchi bo‘lmadi.

22. Bunga sabab — ularga payg‘ambarlari aniq hujjatlar keltirganlarida, ular kofir bo‘ldilar. Bas Alloh ularni ushladi – halok qildi. Zero, U quvvat egasi va azobi qattiqdir.

23-24. Aniqki, Biz Musoni O’z oyat-mo‘‘jizalarimiz va ochiq hujjat bilan Fir’avn, Homon va Qorunga yuborganimizda, ular «(Bu Muso) yolg‘onchi sehrgardir», dedilar.

25. Endi qachonki (Muso) ularga Bizning huzurimizdan Haq (payg‘ambarlik) bilan kelganida, ular «u bilan birga mo‘min bo‘lganlarning o‘g‘illarini o‘ldirib, ayollarini tirik qoldiringiz!» dedilar. (Lekin) kofirlarning makr-hiylalari albatta zalolatdir (ya’ni zoe bo‘lguvchidir


Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:09:14 | Сообщение # 3
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
I z o h: Fir’avn Bani Isroil qavmidan bo‘lgan o‘g‘il bolalarni qatli om qilgani haqida boshqa suralarda jumladan «Toha» surasidagi 37-40 oyatlar va ularga berilgan izohda) batafsil aytilgan edi. Endi yuqoridagi oyatda Fir’avn Muso alayxis-salomga iymon keltirgan kishilarni yana qatli om qilishga buyurgani, lekin uning bu makru hiylasi ham befoyda ketgani haqida xabar berildi. Shunda u Muso payg‘ambarning hayotlariga suiqasd qilmoqchi bo‘lgani va bu urinishi ham behuda ketgani to‘g‘risida quyidagi oyatlarda bayon qilinadi.

26. Fir’avn dedi: «Meni qo‘yinglar, Musoni o‘ldiray. (Qani) u Parvardigoriga duo-iltijo qilsin-chi, unga najot berarmikan. Darhaqiqat men (Muso) sizlarning diningizni o‘zgartirib yuborishdan yoki yer yuzida buzg‘unchilik avj oldirishdan qo‘rqmoqdaman».

27. Muso aytdi: «Albatta men, Parvardigorim va Parvardigoringiz (bo‘lmish Alloh)dan hisob-kitob kuniga iymon keltirmaydigan barcha mutakabbir (kimsalarning yomonligi)dan panoh berishini so‘raganman.

28. (Shunda) Fir’avn xonadonidan bo‘lgan, o‘zining iymonini yashirib yuradigan bir mo‘min kishi dedi: «Bir kishini, «Mening Parvardigorim Allohdir», degani uchun o‘ldirurmisizlar?! Holbuki, u sizlarga Parvardigoringiz tomonidan aniq hujjatlar keltirgandir. Agar u yolg‘onchi bo‘lsa, yolg‘oni o‘z bo‘yniga. (Ammo) agar rostgo‘y bo‘lsa (u holda) sizlarga u (kofirlar uchun) va’da qilayotgan (azoblardan) ayrimlari yetib qoladi-ku! Albatta Alloh haddan oshguvchi, yolg‘onchi kimsalarni hidoyat qilmas.

29. Ey qavmim, bugun-ku mulku davlat sizlarniki, mana shu yerda g‘olibsizlar. Endi agar bizlarga Allohning azobi kelar bo‘lsa, kim bizlarga (undan najot topishimiz uchun) yordam berur?!» Fir’avn aytdi: «Men sizlarga faqat o‘zim ra’y qilayotgan narsani (ya’ni Musoni o‘ldirishning maslahatinigina ko‘rsaturman va men sizlarni faqat to‘g‘ri yo‘lga yetaklarman».

30-31. Iymon keltirgan kishi dedi: «Ey qavmim, haqiqatan men sizlarning ustingizga ham xuddi Nuh qavmi, Od, Samud (qabilalari) va ulardan keyingi (kufr yo‘lini tutgan) kimsalarning ishi – o‘sha firqalarning kuni tushib qolishidan qo‘rqurman. Holbuki, Alloh o‘z bandalariga zulm qilishni istamas (ya’ni Alloh o‘sha firqalarni halok qilish bilan ularga zulm qilgani yo‘q, balki ular o‘zlarining kufru tug‘yonlari sababli halokatga mustahiq bo‘ldilar).

32. Ey qavmim, haqiqatan men sizlar haqingizda (kishilar bir-birlariga) nido qilib qoladigan Kundan (ya’ni Qiyomat Kunida do‘zax azobiga duchor bo‘lib, dod-voy qilib qolishlaringizdan) qo‘rqurman.

33. U Kunda sizlar (jahannam dahshatlaridan) yuz o‘girib qochursizlar, (ammo) sizlar uchun Alloh(ning azobidan) saqlaguvchi – to‘sguvchi bo‘lmas. Kimni Alloh yo‘ldan ozdirsa, bas, uning uchun biron hidoyat qilguvchi bo‘lmas.

34. Darvoqe’, ilgari Yusuf sizlarga (o‘zining payg‘ambar ekanligini isbotlaydigan) aniq hujjatlar keltirganida ham, u sizlarga keltirgan narsalardan shubha-gumon qilib turib olgan edinglar. To qachon u halok bo‘lganida: «(Endi Yusufdan) so‘ng Alloh hargiz payg‘ambar yubormas» dedinglar. Haddan oshuvchi, shak keltiruvchi bo‘lgan kimsalarni Alloh mana shunday yo‘ldan ozdirib qo‘yar.

35. Allohning oyatlari haqida o‘zlariga kelgan biron hujjat-dalilsiz talashibtortishadigan kimsalar Alloh nazdida xam, iymon keltirgan zotlar nazdida xam katta nafratga duchor bo‘lurlar. Alloh har bir mutakabbir va zo‘ravonning qalbini mana shunday muhrlab qo‘yar.

36-37 Fir’avn (mo‘min kishidan yuqorida zikr qilingan so‘zlarni eshitgan odamlar Haq yo‘liga yurib ketishlaridan ko‘rqib, ularni chalg‘itish uchun) aytdi: «Ey Homon, men uchun bir (baland) kasr qurgin, shoyadki, men (u qasrning ustiga chiqib) yo‘llarga osmonlarning yo‘llariga yetib, Musoning ilohini ko‘rsam, darhaqiqat men uni yolg‘onchi deb gumon qilmoqdaman», Fir’avnga o‘zining yomon amali mana shunday chiroyli ko‘rindi va u (To‘g‘ri) yo‘ldan to‘sildi. Fir’avnning barcha makru-hiylasi albatta nochor-befoydadir.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:09:31 | Сообщение # 4
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
38. Iymon keltirgan kishi dedi: «Ey qavmim, sizlar menga ergashinglar, men sizlarni To‘g‘ri yo‘lga yetaklayman.

39. Ey qavmim, bu hayoti dunyo faqat bir (arzimas) mato’dir. Albatta oxiratgina (mangu) qarorgoh bo‘lgan diyordir.

40. Kim biron yomonlik qilsa, unga (oxiratda o‘sha yomonligi) barobarida jazo berilishi aniqdir. Va erkakmi, ayolmi kim mo‘min bo‘lgan holida biron yaxshilik qilsa, ana o‘shalar jannatga doxil bo‘lurlar (va) u joyda ularga behisob rizq berilur.

41. Ey qavmim, nega men sizlarni najotga — jannatga chorlasam, sizlar meni do‘zaxga chaqirmoqdasizlar-a?

42. Sizlar meni Allohga kofir bo‘lishga va (o‘zim) (iloh ekanligini) bilmaydigan narsalarni U zotga sherik qilishga chaqirmoqdasizlar. Men sizlarni qudratli, benihoya mag‘firatli zotga chorlamoqdaman.

43. Shak-shubha yo‘qki, albatta sizlar meni (ibodat qilishga) chaqirayotgan butlaringiz (jonsiz narsalar bo‘lgani sababli) na dunyoda va na oxiratda (biron kimsani o‘zlariga ibodat qilish uchun) da’vat qila olmas. Va albatta (barchalarimizning Allohga qaytishimiz bordir. Darhaqiqat haddan oshuvchi kimsalargina do‘zax egalaridir.

44. Hali (boshlaringizga azob tushganida albatta hozir) men sizlarga aytayotgan so‘zlarni eslaysizlar. Men o‘z ishimni Allohga topshirurman. Zero, Alloh bandalarini ko‘rib turguvchidir».

45. Bas, Alloh u (iymon keltirgan kishi)ni ularning yomon makr-hiylalaridan saqladi va Fir’avn xonadonini yomon azob o‘rab oldi.

46. (U azob bir) olovdorki, ular ertayu-kech o‘shanga ko‘ndalang qilinib (kuydirilurlar). (Qiyomat) soati qoyim bo‘ladigan Kunda esa (do‘zax farishtalariga): «Fir’avn xonadonini eng qattiq azobga kiritinglar», (deyilur).

47. O’shanda ular do‘zaxda o‘zaro tortishib, bechora (ergashuvchi)lar mutakabbir kimsalarga (ya’ni o‘zlarining sobiq yo‘lboshchilarga): «Bizlar sizlarga ergashgan edik, endi sizlar bizlardan do‘zax (azobi)dan biron bo‘lagini daf’ qila olurmisizlar?», der ekanlar;

48. Mutakabbir kimsalar aytdilar: «Bizlarning barchamiz shak-shubhasiz (do‘zaxdadirmiz). Darhaqiqat Alloh bandalari o‘rtasida O’z hukmini chiqardi».

49. (Shunda) do‘zaxdagi kimsalar jahannam qo‘riqchilariga: «Parvardigoringlarga duo qilinglar, bizlardan biron kunlik azobni yengillatsin», deb yolvorganlarida;

50. Ular aytdilar: «Axir sizlarga payg‘ambarlaringiz aniq hujjatlar keltirmaganmidilar?!» «Ha, (keltirgan edilar, lekin bizlar ularni yolg‘onchi qilgan edik)», dedi ular. (Shunda farishtalar ularga) aytdilar: «U holda o‘zlaringiz duo-iltijo qilaveringlar. Kofirlarning duo-iltijolari albatta zalolatdadir (ya’ni befoydadir)».

51. Albatta Biz payg‘ambarlarimizga va iymon keltirgan zotlarga hayoti dunyoda ham, guvohlar (hozir bo‘lib) turadigan Kunda (qiyomatda) ham yordam berurmiz.

52. U Kunda zolim-kofir kimsalarga uzr-bahonalari foyda bermas va ularga la’nat bo‘lur, ularga eng yomon joy – do‘zax bo‘lur.

53-54. Aniqki, Biz Musoga hidoyat ato etgan va Bani Isroilni aql egalari uchun hidoyat va eslatma-ibrat bo‘lgan Kitob-Tavrotga voris qilgan edik.

55. Bas (ey Muhammad, sizga mushriklar tomonidan yetayotgan ozoraziyyatlarga) sabr qiling – zero, Allohning (O’z payg‘ambarlari va mo‘minlarga yordam berish haqidagi) va’dasi haqdir va gunohingizga mag‘firat so‘rang hamda tunu kun Parvardigoringizga hamdu sano aytish bilan (U zotni) poklang!



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:09:44 | Сообщение # 5
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
56. Albatta Allohning oyatlari haqida o‘zlariga kelgan biron hujjat – dalilsiz talashib-tortishadigan kimsalar, aniqki ularning dillarida bir kibr (ya’ni o‘zlarini sizdan katta olish) bordirki, ular o‘shanga (ya’ni o‘zlari orzu qilgan kattalikka) yetuvchi emasdirlar. Bas siz Allohdan panoh so‘rang. Albatta Uning O’zigina eshitguvchi, ko‘rib turguvchidir.

57. Shak-shubhasiz, osmonlar va yerni yaratish insonlarni yaratishdan kattaroq (ish)dir. Lekin ko‘p odamlar bilmaydilar.

I z o h. Kofirlarga: «Osmonlar va yerni kim yaratgan?» deyilsa, «Alloh» deydilar-u, ammo «Alloh taolo qiyomat kunida barcha insonni qayta tiriltiradi», deyilsa ishonmaydilar. Mazkur oyati karima ana o‘shalarga berilgan tanbehdir.

58. Ko‘r kimsa bilan ko‘rguvchi zot, iymon keltirib, yaxshiliklar qilgan zotlar bilan yomonlik qilguvchi kimsa barobar bo‘lmas. Kamdan-kam eslatma-ibrat olursizlar.

59. Albatta (Qiyomat) soati kelguvchidir. U haqida shak-shubha yo‘qdir. Lekin ko‘p odamlar (uning kelishiga) iymon keltirmaslar.

60. Parvardigorlaringiz: «Menga duo-iltijo qilinglar, Men sizlarga (qilgan duolaringizni) mustajob qilurman», dedi. Albatta Menga ibodat qilishdan kibrhavo qilgan kimsalar yaqinda bo‘yinlarini eggan hollarida jahannamga kirurlar.

61. Alloh sizlar orom olishingiz uchun kechani va (kasbu kor, sayru sayohat qilishingiz uchun) ochiq-yorug‘ kunduzni yaratib qo‘ygan zotdir. Albatta Alloh odamlarga fazlu marhamat sohibidir. Lekin odamlarning ko‘plari shukr qilmaydilar.

62. Mana shu Alloh Parvardigorlaringizdir, U barcha narsaning yaratguvchisidir. Hech qanday iloh yo‘q, magar Uning O’zigina bordir. Bas qayoqqa burilib ketmoqdasizlar?!

63. Allohning oyat-mo‘‘jizalarini inkor qilguvchi bo‘lgan kimsalar mana shunday burilib keturlar.

64. Alloh sizlar uchun Yerni qarorgoh, osmonni tom qilib qo‘ygan va sizlarga surat-shakl berib suratlaringizni go‘zal qilgan hamda sizlarni halol-pok narsalardan rizqlantirgan zotdir. Mana shu Alloh Parvardigoringizdir. Bas, barcha odamlarning Parvardigori bo‘lmish Alloh barakotli – buyukdir.

65. U tirik zotdir. Hech qanday iloh yo‘q, magar Uning O’zigina bordir. Bas (ey mo‘minlar), sizlar (Allohga) U zot uchun dinni xolis qilgan holingizda duo-iltijo qilingiz! Hamdu sano barcha olamlarning Parvardigori Alloh uchundir.

66. (Ey Muhammad), ayting: «Shak-shubhasiz, men o‘zimga Parvardigorim tomonidan aniq hujjatlar kelgan paytida, sizlar Allohni qo‘yib, duo-iltijo qilayotgan butlarga ibodat qilishdan qaytarildim va barcha olamlarning Parvardigoriga bo‘yinsunishga buyurildim».

67. U sizlarni(ng otangiz Odamni) tuproqdan, so‘ngra (uning barcha avlodlarini) nutfadan, so‘ngra laxta qondan yaratgan zotdir. So‘ngra U sizlarning (onalaringiz qornidan) chaqaloq holingizda, (yorug‘ dunyoga) chiqarur, so‘ngra (U zot) sizlarni voyaga yetishlaringizga, so‘ngra qaribqartayishingizga (qo‘yib berur). Sizlarning orangizda (voyaga yetishdan, yoki keksalik yoshidan) ilgari vafot topadigan kishilar ham bo‘lur. (U zot) sizlarni belgilangan ajalga yetishlaringizga (qo‘yib berur). Shoyadki, aql yurgizsangizlar.

68. U tiriltiradigan va o‘ldiradigan zotdir. Bas qachon biron ishni hukm qilsa, Unga faqat «Bo‘l», der xolos. Bas u (ish) bo‘lur.

69. Allohning oyatlari haqida talashib-tortishadigan kimsalarni ko‘rmadingizmi? Qayoqqa burilib ketmoqdalar-a?!



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:10:00 | Сообщение # 6
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
70. Kitob – Biz payg‘ambarlarimiz bilan yuborgan narsalarni yolg‘on degan kimsalar yaqinda (qiyomat Kunida dinsizliklarining oqibatini) bilajaklar.

71-72. O’shanda (ya’ni do‘zaxga tashlanganlarida) ular bo‘yinlarida kishan va zanjirlar bilan qaynoq suv tomonga sudralurlar, so‘ngra olovda yondirilurlar.

73-74. So‘ngra ularga: «Sizlar Allohni qo‘yib shirk keltirib o‘tgan butlaringiz qani?» deyilganida, ular: «U (butlar) bizning ko‘zimiz)dan g‘oyib bo‘lib qolishdi. Yo‘q-yo‘q, bizlar ilgari hayoti dunyoda) hech narsaga duo-iltijo qilgan emasmiz» dedilar. Alloh kofirlarni mana shunday yo‘ldan ozdirur.

75. Mana shu (jahannam azobiga yo‘liqishlaringiz)ga sabab sizlar yerda (o‘zlaringiz qilgan ayshu ishrat va gunoh-ma’siyatlar bilan)nohaq shoduhurram bo‘lganlaringiz va kibru havo qilganlaringiz va kibru-havo qilganlaringiz.

76. Jahannam darvozalaridan u joyda mangu qolguvchi bo‘lgan hollaringizda kiringiz! Bas mutakabbir kimsalarning joyi naqadar yomon bo‘ldi!

77. Bas, (Ey Muhammad, sizga mushriklar tomonidan yetayotgan ozoraziyyatlarga) sabr qiling – zero Allohning (O’z payg‘ambari va mo‘minlarga yordam berish va kofirlarni azoblash haqidagi) va’dasi haqdir! Endi agar Biz sizga o‘sha (kofirlar)ga va’da qilayotganimiz (azob)dan ayrimlarini ko‘rsatsak (ya’ni siz hayotlik paytingizda ularni ayrim azob-uqubatlarga duchor qilsak, ko‘rarsiz yoki sizni (ularga azob tushirshimizdan ilgari) vafot topdirsak, u holda ham yolg‘iz O’zimizga qaytarilurlar.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:10:14 | Сообщение # 7
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
78. Aniqki, Biz sizdan ilgari (ko‘p) payg‘ambar yuborgandirmiz. Ulardan Biz sizga hikoya qilib bergan kishilar ham bor, yana ulardan Biz sizga hikoya qilmagan kishilar ham bordir. Biron payg‘ambar uchun – Allohning iznuirodasidan tashqari biron oyat-mo‘‘jiza keltirish joiz bo‘lgan emas (ya’ni har bir payg‘ambar faqat Alloh unga amr qilgan mo‘‘jizalarnigina keltirgandir). Bas qachon Allohning (kofirlarga azob tushishi to‘g‘risidagi) amri kelgach, (payg‘ambarlar va ularni yolg‘onchi qilgan kofirlar o‘rtasida) haq (hukm) bilan hukm qilinur va o‘shanda buzg‘unchi kimsalar ziyonkor bo‘lurlar.

79. Alloh sizlar uchun chorva hayvonlarini (toki) sizlar o‘sha (hayvon)lardan (ayrimlarini) minishlaringiz uchun (paydo) qildi. O’sha (hayvon)lardan yeysizlar ham.

80. Sizlar uchun ulardan (ko‘p) foydalar bordir. (U hayvonlar) sizlar ularning ustida dillaringizdagi hojatlaringizga yetishlariigiz uchun ham (yaratilgandirlar). Sizlarni (quruqlikda) o‘sha (hayvonlar) ustida va daryodengizlarda esa (kemalarda) (ko‘zlagan manzillaringizga) eltib qo‘yilur.

81. (Alloh) sizlarga O’z oyat-alomatlarini ko‘rsatur. Bas sizlar Allohning qaysi oyatlarini inkor qilursizlar?!

82. Axir ular yer yuzida sayru-sayohat qilishib, o‘zlaridan avvalgi (o‘z payg‘ambarlarini yolg‘onchi qilib iymonsiz ketgan) kimsalarning oqibatlari qanday bo‘lganini (ular qanday qismatga yo‘liqishganini ko‘rsalar bo‘lmaydimi?! Ular (Makka mushriklaridan) ko‘ra ko‘proq hamda quch-kuvvat va yerdagi osori atiqalari jihatidan zo‘rroq edilar. (Ammo) ularga topgan (molu-dunyolari ham, kuch-quvvatlari ham) asqotgani yo‘q.

83. Chunki ularga payg‘ambarlari (Allohga iymon keltirish va U zotga bo‘yinsunish zarur ekanligi haqida) aniq hujjatlar keltirgan vaqtlarida ular o‘zlarining oldilaridagi (faqat dunyoviy bo‘lgan) bilimlari bilan shodlanibmaqtandilar (va payg‘ambarlari ogohlantirgan azobni masxara qilib kuldilar). Va ularni o‘zlari masxara qilguvchi bo‘lgan (azob) o‘rab oldi.

84. Endi qachonki ular Bizning azobimizni ko‘rishgach «Yakka-yu yagona Allohga iymon keltirdik va (ilgari Allohga) sherik qilib olganimiz butlarga kofir bo‘ldik», dedilar.

85. (Lekin) Bizning azobimizni ko‘rgan vaqtdagi iymonlari ularga foyda berguvchi bo‘lmadi - (Bu) Allohning (barcha) bandalari haqidagi o‘tgan yo‘li – qonunidir (ya’ni azob tushgan vaqtida keltirilgan iymonning foydasi bo‘lmas). Va o‘shanda kofirlar ziyonkor bo‘ldilar.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Copyright MyCorp © 2024