Чоршанба, 18.12.2024, 2:06:04

Вы вошли как Mehmon | Группа "Mehmon"Приветствую Вас Mehmon | RSS
Бош сахифа | 43. "Zuhruf" - Форум | Мой профиль | Регистрация | Выход | Вход
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
43. "Zuhruf"
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:15:07 | Сообщение # 1
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
ZUHRUF SURASI
Makkada nozil qilingan bu sura sakson to‘qqiz oyatdan tashkil topgan. U Qur’oni Karim ta’rifi bilan boshlanib, so‘ngra Alloh taolo O’z bandalariga ato etgan behisob ne’matlardan ayrimlari sanab o‘tiladi. Bu surada barcha narsani Alloh yaratganiga o‘zlari iqror bo‘lib turib, yana Tangri taologa o‘zgalarni «sherik» qiladigan va xususan «Uning bolasi bor» deydigan mushriklarning da’volari aniq-ravshan hujjatlar bilan keskin rad etiladi. Bu surada ham Muhammad alayhis-salomning salaflaridan hazrati Ibrohim va Muso payg‘ambarlarning da’vatlari va chekkan aziyatlaridan ayrim lavhalar tasvirlanadi. Suraning «Zuxruf – Zeb-ziynat» deb nomlanishiga sabab, unda bu dunyo oltin-kumush va zeb-ziynatlari Alloh taolo nazdida qanday martabada ekanligi batafsil bayon qilinadi. Sura payg‘ambar alayhis-salomni mushriklardan yuz o‘girishga buyurib, ularning yaqinda qilmishlariga yarasha jazo olishlari aniq ekani haqida xabar berish bilan nihoyasiga yetadi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Ho, Mim.

2-3. Ochiq-ravshan Kitobga — Qur’onga qasamki, albatta Biz uni sizlar aql yurgizishingiz (ma’no-mazmunini fahmlashingiz) uchun arabiy Qur’on qildik.

4. Darhaqiqat u Bizning dargohimizdagi Asl Kitobda (Lavhul — Mahfuzda) yuksak (martabali) va hikmatli (Kitobdir).

5. Bas (kufru isyonda) haddan oshuvchi qavm bo‘lganlaringiz uchun Biz sizlardan bu Eslatmani burib (sizlarni o‘z hollaringizga tashlab) qo‘yurmizmi?!

6. Biz avvalgilarga ham qancha payg‘ambar yuborganmiz.

7. Ular ham o‘zlariga kelgan har bir payg‘ambarni masxara qilib kulgan edilar.

8. Bas, Biz ulardan (Makka kofirlaridan) kuchli-quvvatliroqlarni ham halok qilganmiz. (Ushbu Qur’onda) avvalgilarnsh masal-qissalari o‘tdi-ku!

9. (Ey Muhammad), qasamki, agar siz ulardan: «Osmonlar va yerni kim yaratgan?» deb so‘rasangiz, albatta: «Ularni qudratli va dono (Alloh) yaratgan», derlar. (Ammo o‘zlari hech narsa yarata olmaydigan but va sanamlarni U zotga sherik qilib, ularga sig‘inurlar).

10. O’sha zot sizlar uchun yerni beshik-qarorgoh qilib qo‘ydi va (safarlaringizda ko‘zlagan manzillaringizga) yo‘l topishlaringiz uchun unda (erda turli) yo‘llarni (paydo) qildi.

11. O’sha zot osmondan (aniq) o‘lchov bilan suv-yomg‘ir yog‘dirdi. Bas, Biz u (suv) bilan «o‘lik» shahar-qishloqlarni) tiriltirdik (ya’ni quruq yerdan turlituman giyohlarni chiqardik). Sizlar ham (Qiyomat kunida qabrlaringizdan) mana shunday chiqarilursizlar.

12. O’sha zot barcha juftlarni (ya’ni bor maxluqotni) yaratdi va sizlar uchun kemalar va chorva hayvonlaridan — sizlar minadigan narsalar (paydo) qildi.

13-14. Toki sizlar ularning ustiga o‘rnashgaysizlar, so‘ngra, unga o‘rnashib olgach, Parvardigoringizning ne’matini eslab: «Bizlarga bu (kema yoki otulov) ni bo‘ysundirib qo‘ygan zot (ya’ni Alloh barcha aybu-nuqsondan) pokdir. Bizlar o‘zimiz bunga qodir emas edik. Shak-shubhasiz bizlar (barchamiz) «Parvardigorimizga qaytguvchidirmiz», degaysizlar.

I z o h. Yuqoridagi oyatlarda Alloh taolo bandalariga ato etgan ne’matlari qatorida ular shukr qilib, ibrat olishlari uchun o‘zlaridan necha barobar katta va kuchli kema va tuya kabi, insonlar minib va boshqarib yuradigan narsalarni ham yaratib qo‘yganini va shunday qudratli, bahaydat narsalarni insonga bo‘yinsundirib qo‘yganini bayon qildi. Endi quyidagi oyatlarda «farishtalar — Allohning qizlari» degan botil aqida egalari bo‘lgan mushriklar haqida hikoya qilinib, ularning bu puch da’volari ilohiy mantiq bilan rad etiladi.

15. Ular (mushriklar, Alloh) uchun O’z bandalaridan (ayrimlarini, ya’ni farishtalarni) juz’-bo‘lak qildilar! (Allohning bandalari bo‘lgan farishtalarni «U zotning qizlari, ya’ni Uning bir juz’i dedilar. Chunki farzand otaning juz’idir). Darhaqiqat inson ochiq-oydin ko‘rnamak-noshukurdir!

16. Balki, (Alloh) O’zi yaratadigan narsalardan qizlarni olib qolib, sizlarga o‘g‘illarni tanlab bergandir?!

17. Qachon ularning birontasiga, o‘zi Rahmon uchun misol qilgan narsa (ya’ni qiz ko‘rgani) haqida xushxabar berilsa, g‘azabga to‘lgan holda yuzi qorayib ketar.

18. «Hali zeb-ziynat ichida o‘stiriladigan, (hech qanday) janjal-munozarada (o‘z maqsadini) ochiq-ravshan bayon qilib bera olmaydigan (ojiz notavon qiz bolami)?!»

19. (Holbuki) o‘zlari Rahmonning bandalari bo‘lmish farishtalarni «Qizlar» dedilar! Yo ular (Alloh farishtalarni) yaratishiga guvoh bo‘lganmidilar?! Ularning bu «guvoh»liklari albatta (nomai a’mollariga) yozilur va ular (qiyomat kunida) so‘roqqa tutilurlar!

20. Ular: «Agar Rahmon xohlaganida, bizlar ularga (ya’ni farishtalarga «ular Allohning qizlari», degan e’tiqod bilan) ibodat qilmagan bo‘lur edik», dedilar. Ular uchun bu haqda hech qanday bilim-asos yo‘qdir. Ular faqat yolg‘on so‘zlamoqdalar!

21. Yoki Biz ularga (Qur’ondan) ilgari biron kitob ato etganmiz-u, ular o‘shani ushlaguvchimilar?! (Yo‘q, aslo undoq bo‘lgan emas)!



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:15:24 | Сообщение # 2
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
22. Balki ular (shunday) dedilar: Albatta bizlar ota-bobolarimizni bir millat – din ustida topganmiz va albatta bizlar ularning izlaridan borib hidoyat topguvchidirmiz».

23. (Ey Muhammad), shuningdek Biz sizdan ilgari biron qishloq-shaharga biron ogoxlantirguvchi-payg‘ambar yubormadik, magar (yuborganimizda) u joyning boyonlari: «Albatta bizlar ularning izlaridan ergashguvchidirmiz», deganlar.

24. (Shunda payg‘ambarlari ularga) «Agar men sizlarga sizlar otabobolaringizni (e’tiqod qilgan hollarida) topgan dindan to‘g‘riroq dinni keltirgan bo‘lsam ham-a?» deganida, ular: «Albatta bizlar sizlar elchi qilib yuborilgan dinga kofirdirmiz», dedilar.

25. Bas Biz ulardan intiqom oldik. Endi u (o‘z payg‘ambarlarini) yolg‘onchi qilguvchilarning oqibatlari qanday bo‘lganini ko‘ring!

26. Eslang, Ibrohim otasiga va qavmiga degan edi: «Albatta men sizlar ibodat kilayotgan butlardan pokdirman.

27. Magar meni yaratgan zotgagina (ibodat qilurman). Bas, albatta U meni (Haq dinga) hidoyat qilajak».

28. U (Ibrohim) o‘shani (ya’ni o‘zining yolg‘iz Allohga ibodat qilishi haqidagi so‘zni o‘zidan keyin keladigan zurriyot-avlodlari ham unga) qaytishlari uchun o‘z ortida qolguvchi so‘z qildi.

29. Men esa (Ibrohim avlodlaridan bo‘lgan, ammo u qoldirgan So‘zga itoat etmagan) ana u (Makka aholisi)ni ham, ularning ota-bobolarini ham to ularga Haq-Qur’on va ochiq-ravshan payg‘ambar (Muhammad alayhis-salom) kelgunicha (uzun umr va farovon hayot bilan) foydalantirdim.

30. (Ammo) qachonki ularga Haq-Qur’on kelgach, ular: «Bu sehrdir, albatta bizlar unga kofirdirmiz», dedilar.

31. Yana ular: «Bu Qur’on ikki qishloq(ning biri)dan bo‘lgan ulug‘ odamga nozil qilinganida edi», dedilar.

I z o h. Ikki qishloqdan murod Makka va Toif shaharlaridir. Mushriklar nazarida Makkaning ulug‘i o‘sha joylik boyonlardan Valid ibn Mug‘iyra bo‘lsa, Toifning ulug‘i Urva ibn Mas’ud as-Saqafiy nomli bir boy edi. U mushriklar ham barcha zamonlardagi dunyoga qul bo‘lgan kimsalar kabi ulug‘likni mol-davlat va saltanat bilan o‘lchar edilar. Shuning uchun ular: «Agar bu Qur’on haq kitob bo‘lganida Muhammadga o‘xshagan bir yetim va kambag‘alga emas, balki Valid va Urva kabi ulug‘ zotlarga tushgan bo‘lar edi», dedilar.

32. (Ey Muhammad), Parvardigoringizning rahmati (bo‘lmish payg‘ambarlik)ni o‘shalar taqsimlaydilarmi?! (Yo‘q, aslo undoq emas!) Ularning hayoti dunyodagi maishat-tirikchiliklarini ham ularning o‘rtalarida Biz O’zimiz taqsimlaganmiz va ba’zilari ba’zilarini qo‘l ostiga olib (ishlatish) uchun ayrimlarini ayrimlaridan baland daraja-martabalarga ko‘tarib qo‘yganmiz. Parvardigoringizning rahmati-payg‘ambarlik esa ular to‘playdigan narsa (moldunyo) laridan yaxshiroqdir. (Bas, Biz bu ulug‘ ne’matni faqat O’zimiz tanlagan kishilargagina ato eturmiz).

33. Agar (iymonsiz kimsalarning boy-badavlat, to‘kin-sochinlikda yashayotganlarini ko‘rishib, barcha) odamlar bir millat (ya’ni kofir) bo‘lib olishlari bo‘lmaganida edi, albatta Biz Rahmonga (ya’ni Bizga) kofir bo‘ladigan kimsalar uchun uylarining shiftlarini ham, unga chiqadigan narvonlarni ham kumushdan qilib qo‘ygan bo‘lur edik.

34. Yana ularning uylarining eshiklarini ham, o‘zlari ustida suyanib-yastanib o‘tiradigan so‘rilarni ham (kumushdan qilib qo‘ygan bo‘lur edik).

35. Yana (barcha) zeb-ziynat, naqsh-nigorlarni ham (o‘sha kofirlar uchun qilib qo‘ygan bo‘lur edik. Zero bularning) barchasi faqat hayoti dunyo matolaridir. Oxirat esa Parvardigoringiz nazdida taqvodor zotlar uchundir.

I z o h. Ushbu oyatlardan Alloh taolo nazdida bu dunyo o‘zining bor zebu-ziynat va hoyu-havasi bilan naqadar haqir bir narsa ekani ma’lum bo‘ldi. Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qilingan bir hadisi sharif mazkur oyatlarning munosib tafsiri bo‘lsa kerak: «Agar Alloh taoloning huzurida dunyo uchun pashshaning qanoticha vazn-qimmat bo‘lganida, Alloh kofirga undan bir qultumini ham ravo ko‘rmagan bo‘lur edi». Qur’oni Karim bu oyatlar vositasida bizlarni tarki dunyochilikka targ‘ib qilmaydi, balki bu dunyo unga qul bo‘lishga arziydigan matoh emasligini uqtiradi.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:15:41 | Сообщение # 3
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
36. Kim Rahmon eslatmasidan (ya’ni Qur’on pand-nasihatlaridan) ko‘r bo‘lib olsa — yuz o‘girsa, Biz unga shaytonni yaqin qilib qo‘yurmiz, bas u o‘sha (kofirga doimiy) hamroh bo‘lur.

37. Shak-shubhasiz (shaytonlar, kofirlarni To‘g‘ri) yo‘ldan to‘surlar, (ammo kofirlar) o‘zlarini hidoyat topguvchilar, deb hisoblaydilar.

38. To qachon Bizning huzurimizga kelgach, (o‘zini To‘g‘ri yo‘ldan ozdirgan shaytonga qarab): «Orzu edi, men bilan sening o‘rtang Sharqu G’arbning o‘rtasidagi masofa (kabi yiroq) bo‘lsa. Bas (sen), naqadar yomon hamrohdirsan», der.

39. (Ey kofirlar va ularni To‘g‘ri yo‘ldan ozdirgan peshvolari, hayoti dunyoda kufr yo‘lini tanlash bilan o‘zlaringizga) zulm qilganlaringiz sababli bu Kun sizlarga azobda sherik ekanliklaringiz hargiz foyda bermas (ya’ni azobni qattiqligidan har biringiz o‘zingiz bilan ovora bo‘lib, sheriklaringizga hamdardlik bildirib, azoblarini yengillata olmassizlar)!

40. Bas, (Ey Muhammad), siz karlarga eshittira olurmisiz, yo ko‘rlar va ochik zalolatda bo‘lgan kimsalarni hidoyat qila olurmisiz?

41. Bas, agar Biz (kofirlarni mag‘lub etishdan ilgari) sizni ketkazsak (ya’ni vafot qildirsak ham) albatta biz ulardan (oxiratda) intiqom olguvchidirmiz.

42. Yoki, albatta Biz ularga va’da qilgan narsani (ya’ni boshlariga tushajak azobni hayotlik chog‘ingizdayok) sizga ko‘rsaturmiz. Zero Biz ularga (azob berishga) qodirdirmiz.

43. Bas, siz o‘zingizga vahiy qilingan narsani Qur’onni mahkam ushlang! Albatta, siz To‘g‘ri yo‘ldadirsiz.

44. Albatta u (Qur’on) siz uchun ham, qavmingiz-ummatingiz uchun ham bir sharafdir va yaqinda (Qiyomat kunida bu ne’mati ilohiyya xususida) so‘ralursizlar.

45. (Ey Muhammad), Biz sizdan ilgari yuborgan payg‘ambarlardan so‘rab (ya’ni ular keltirgan diniy ta’limotlarni o‘rganib) boqing-chi, Biz Rahmondan (ya’ni O’zimizdan) o‘zga ibodat qilinadigan «iloh»lar qilganmikanmiz?! (Yo‘q, barcha payg‘ambarlar yolg‘iz Allohga ibodat qilishga da’vat etgandirlar)!

46. Aniqki, Biz Musoni O’z oyat-mo‘jizalarimiz bilan Fir’avn va uning odamlariga yubordik. Bas, u: «Albatta men barcha olamlar Parvardigorining payg‘ambaridirman», dedi.

47. Endi qachonki u Bizning oyat-mo‘jizalarimizni ularga keltirgach, banogoh ular u (mo‘jizalar ustidan) kula boshladilar.

48. Biz ularga (to‘fon, chigirtka balolari kabi azob oyatlaridan) biron oyat ko‘rsatsak, albatta u (o‘zidan avvalgi) sherigidan ulug‘roq-dahshatliroq oyat bo‘lur edi. Shoyad (kufrdan iymonga) qaytsalar, deb Biz ularni (turli) azob bilan ushladik.

49. Ular (Bizning oyatlarimizni ko‘rishgach, Musoga): «Ey sehrgar, senga bergan (duoyingni mustajob qilishi xususidagi) va’dasi haqqi-hurmati Parvardigoringga bizlar uchun duo qil. (Agar U sening duoying sababli bizlardan bu azoblarni aritsa) albatta bizlar hidoyat topguvchidirmiz (ya’ni o‘sha Allohga iymon keltirguvchidirmiz)», dedilar.

50. Endi qachonki Biz (Musoning duosi sharofati bilan) ulardan azobni aritsak, banogoh ular (o‘z ahdlarini) buza boshladilar.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:16:04 | Сообщение # 4
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
51. Va Fir’avn o‘z qavmiga jar solib, dedi: «Ey qavmim, Misr podshoxligi va mana bu ostimdan oqib turgan daryolar mening (mulkim) emasmi?! Axir ko‘rmayapsizlarmi?!

52. Balki men mana bu xor bo‘lgan va (o‘z maqsadini) ochiq bayon qila olmaydigan kimsadan (ya’ni Musodan) yaxshiroqdirman?!

53. Bas unga (Musoga osmondan xuddi podshoxlarning bo‘yniga gulchambar tashlanganidek) oltindan bo‘lgan bilaguzuklar tashlanganida edi yoki u bilan birga farishtalar hamroh bo‘lib kelganida edi (uning payg‘ambarligiga ishonsanglar bo‘lar edi. Undoq bo‘lmagach nega unga iymon keltirasizlar)?!»

54. Bas, u o‘z qavmini tezlatgan edi, ular unga itoat etdilar. Darhaqiqat ular fosiq qavm edilar.

55. Endi qachonki ular Bizni darg‘azab qilishgach, Biz ulardan intiqom oldik – ularning barchalarini (dengizga) g‘arq qilib yubordik.

56. Bas, ularni keyingilar uchun o‘tmish-ibrat va misol qilib qo‘ydik.

57. (Ey Muxammad), kachonki (Iyso) binni Maryam misol keltirilsa, banogoh qavmingiz (bu misoldan shodlanib) qichqira boshlaydilar.

58. Ular: «Bizlarning ilohlarimiz yaxshiroqmi yoki umi (ya’ni Iysomi?!) dedilar. Ular (bu misolni) sizga faqat talashib-tortishish uchungina keltirdilar. Axir ular xusumatchi-urushqok qavmdirlar!

I z o h . Bu oyatlar mushriklar Iyso binni Maryamni misol qilib, Muhammad alayhissalomni mulzam etmoqchi bo‘lishgani xususidadir. Payg‘ambar alayhis-salom qurayshliklarga «(Ey mushriklar), sizlar ham, Allohni qo‘yib sig‘inayotgan butlaringiz ham jahannam o‘tinlaridir», oyatini (Anbiyo surasi, 98-oyat) tilovat qilganlarida, mushriklar g‘azabga minishib: «Ey Muhammad, bu faqat bizlarga tegishlimi yoki barcha millatlargami?» dsb so‘rashadi, Hazrat ularga «Bu oyat barcha zamonlardagi mushriklar va ular sig‘inadigan narsalarga tegishlidir», deb javob bergach, ulardan biri turib: «Axir sen Iysoni Allohning payg‘ambari deb eding-ku! Holbuki nasroniylar uni xudo deb sig‘inadilar. Bas, agar Iyso nasroniylar uni xudo qilib olganlari sababli do‘zaxga tushadigan bo‘lsa, bizlar ham o‘z xudolarimiz bilan do‘zaxga tushishga rozimiz. Endi bizlarga aytgin-chi, bizlarning xudolarimiz yaxshiroqmi yoki Iysomi?!» dedi. Shunda yuqoridagi oyatlar nozil bo‘lib, Iyso payg‘ambar vafot topib ketgandan keyin nasroniylar u zotni xudo qilib olishganlari uchun u kishi aybdor emasliklari, bu mushriklar esa faqat talashib-tortishish uchungina bunday bexuda misollarni keltirishlari bayon etiladi, Quyidagi oyatlarda Iyso binni Maryam kim bo‘lganliklari xususida yana bir bor uqtiriladi.

59. U faqatgina Biz (payg‘ambarlik) in’om etgan bir bandadir. Biz uni (otasiz dunyoga keltirish bilan) Bani Isroil uchun (Bizning qudratimizni namoyish qiladigan) bir misol-ibrat qildik.

60. Agar xohlaganimizda, albatta sizlarning o‘rningizga yerda xalifa bo‘ladigan farishtalarni (paydo) qilgan bo‘lar edik.

I z o h . Bu oyatda Alloh taolo uchun nafaqat Iysoni otasiz yaratish, balki yer yuzidagi barcha odamlarni yo‘q qilib, ularning O’rniga farishtalarni qo‘yib qo‘yish ham juda oson ish ekanligi ta’kidlanadi.

61. Albatta (Iyso Qiyomat) soati haqidagi bilim-alomatdir. Bas, sizlar u (soat) haqida hargiz shak-shubha qilmangiz!

I z o h . Sahobai kiromlardan Ibn Abbos va Qatodaning aytishlaricha (Alloh ulardan rozi bo‘lsin), qiyomat qoyim bo‘lishi oldida Alloh taolo Iyso alayhis-salomni dunyoga tushirib, u kishi butun yer yuzida Islom hukmini yurgizar ekanlar. Shuning uchun ushbu oyati karimada Iyso – qiyomat alomatidir deyildi. Oyatning davomida endi payg‘ambar alayhis-salomga buyuriladi: (Ey Muhammad, Makka ahliga ayting): «Menga ergashinglar! Mana shu To‘g‘ri yo‘ldir».

62. Sizlarni hargiz shayton (Allohning dinidan) to‘smasin. Albatta u sizlar uchun ochiq dushmandir.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:16:40 | Сообщение # 5
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
63. Qachonki Iyso aniq-ravshan hujjat-mo‘jizalarni keltirgach, dedi: «Mana men sizlarga Hikmat – Injil bilan, sizlarga o‘zlaringiz ixtilof qilayotgan ayrim narsalarni bayon qilib berish uchun keldim. Bas Allohdan qo‘rqingiz va menga itoat etingiz!

64. Albatta Allohning O’zi Parvardigorim va Parvardigoringizdir, bas (yolg‘iz), Unga ibodat qilingiz! Mana shu To‘g‘ri yo‘ldir».

65. So‘ng (Nasroniylarning ichidan chiqqan) firqalar (Iyso xususida, ayrimlari uni «xudo», deb, ayrimlari «Xudoning o‘g‘li, deb) o‘zaro ixtilof qildilar. Bas, u zolim kimsalarga alamli Kun – qiyomatning azobi — halokat bo‘lgay!

66. Ular faqat o‘zlari ham sezmagan hollarida (Qiyomat) soati to‘satdan kelib qolishini kutadilar xolos.

67. U Kunda do‘stlar bir-birlariga dushmandir, magar (Alloh yo‘lida do‘stlashgan) taqvodor zotlargina (mangu do‘stdirlar).

68-69. (U Kunda ularga aytilur): «Ey, Bizning oyatlarimizga iymon keltirgan va musulmon bo‘lib o‘tgan bandalarim, bu Kun sizlar uchun hech xavfu-xatar yo‘qdir va sizlar aslo g‘amgin bo‘lmaysizlar.

70. Sizlar jufti halollaringiz bilan birga shod-xurram bo‘lgan hollaringizda jannatga kiringiz!»

71. Ularga oltindan bo‘lgan laganlar(da taomlar) va qadaxlar(da sharoblar) aylantirilur. U joyda ko‘ngillar tilaydigan va ko‘zlar lazzatlanadigan (barcha) narsa bordir. Sizlar u joyda mangu qolursizlar.

72. Qilib o‘tgan amallaringiz sababli sizlarga meros qilib berilgan jannat mana shudir.

73. Sizlar uchun u joyda ko‘plab meva-chevalar bo‘lib, sizlar ulardan yersizlar.

I z o h. Mazkur oyatlarda besh kunlik dunyoda taqvo bilan yashab o‘tgan mo‘minmusulmonlarga meros qilib beriladigan jannatdagi noz-ne’matlar beadad va mangu boqiy, bog‘-mevalari esa xazon bilmas ekanligi bayon etildi. Endi dinsiz osiylarning oqibatlari qanday bo‘lishi haqida xabar beriladi.

74. Albatta jinoyatchi kimsalar (ya’ni kofirlar) jahannam azobida mangu qolguvchidirlar.

75. Ulardan (azob biron lahza ham) yengillatilmas va ular (o‘sha azobda qolib) butunlay nomurod bo‘lguvchidirlar!

76. Ularga Biz zulm qilmadik, lekin ular (o‘zlariga) zulm qilguvchi bo‘ldilar.

77. Ular (do‘zax xodimi bo‘lgan farishtaga) «Ey Molik, Parvardigoring bizlarga hukmini qilsin (ya’ni tezroq jonimizni olsin, bizlar bu azobdan qutulaylik», deb) nido qilganlarida, u «Albatta sizlar (mana shu azobda mangu) turguvchidirsizlar», dedi.

78. Aniqki Biz sizlarga Haq-Qur’onni keltirganmiz, lekin sizlarning ko‘plaringiz Haqni yomon ko‘rguvchidirsizlar.

79. Balki ular (ya’ni Makka mushriklari payg‘ambar alayhis-salomga suiqasd qilish uchun) biron ishga qaror qilgandirlar?! Bas, albatta Biz ham (O’z payg‘ambarimizga ularning makrlaridan najot berib, u suiqasd qilguvchilarning o‘zlarini halok etishga) qaror qilguvchidirmiz.

80. Balki ularning gumonlaricha, Biz ularning sirlarini (bilmasmiz) va shivirshivirlarini eshitmasmiz?! Undoq emas! Bizning elchilarimiz (farishtalar) ularning oldilarida (har bir qilgan ishlarini) yozib tururlar!



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:16:57 | Сообщение # 6
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
81. (Ey Muhammad, «Allohning bolasi bor», deydigan mushriklarga) ayting: «Agar Rahmonning bolasi bo‘lganida men (u bolaga) ibodat qilguvchilarning birinchisi bo‘lur edim, (lekin U zotning bolasi ham, oilasi ham yo‘qdir)!»

81. Osmonlar va yerning Parvardigori, Arsh Egasi (bo‘lgan Alloh) ular sifatlayotgan va’da qilingan Kunga ro‘baro‘ bo‘lgunlaricha (nohaq yo‘llariga) sho‘ng‘ishib, (o‘z dunyolarida) o‘ynab-kulib yuraversinlar!

84. U (Alloh) osmonda ham iloh, yerda ham iloh bo‘lgan zotdir. U hikmat egasi va bilguvchidir.

85. Osmonlar va yer hamda ularning o‘rtasidagi bor narsalar podshohligi O’ziniki bo‘lgan zot barakotli — buyukdir. (Qiyomat) soati haqidagi bilim ham yolg‘iz Uning huzuridadir. Yolg‘iz Ungagina qaytarilursizlar.

86. (Mushriklar Allohni) qo‘yib duo iltijo qilayotgan butlari (Qiyomat kunida biron kishini) shafoat qilishga ega bo‘la olmas, magar o‘zlari bilgan hollarida Haq guvohlik bergan (ya’ni, «Hech qanday iloh yo‘q, magar yolg‘iz Allohgina bor ekanligiga guvoxlik beraman» degan) kishilargina (Allohning izni irodasi bilan shafoat qilishga qodir bo‘lurlar).

87. (Ey Muhammad), qasamki, agar siz ulardan o‘zlarini kim yaratgani haqida so‘rasangiz, albatta ular: «Alloh», derlar. Bas, (Usha yaratguvchiga ibodat qilish o‘rniga) qayoqqa burilib ketmoqdalar?!

88. (Alloh taolo Muhammad alayhis-salomning): «Parvardigorim, darhaqiqat ana ular iymon keltirmaydigan qavmdir», degan (so‘zlarini ham bilur).

89. Bas, (ey Muhammad), siz ulardan yuz o‘giring va «Tinchlik-omonlik bo‘lsin», deng! Bas, ular yaqinda (kufru isyonlarining oqibati qanday bo‘lishini) bilib olajaklar


Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Copyright MyCorp © 2024