Шанба, 20.04.2024, 4:56:36

Вы вошли как Mehmon | Группа "Mehmon"Приветствую Вас Mehmon | RSS
Бош сахифа | 46. "Axqof" - Форум | Мой профиль | Регистрация | Выход | Вход
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Форум » Islomiy Bo'lim / Исломий булим » Quroni Karim » 46. "Axqof"
46. "Axqof"
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:20:07 | Сообщение # 1
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
AXQOF SURASI
Ho, Mim» harflari bilan boshlanguvchi suralarning so‘nggi – yettinchisi bo‘lgan bu sura Makkada nozil qilingan bo‘lib, o‘ttiz besh oyatdir. U Qur’oni Karimning qudrat va hikmat sohibi bo‘lmish Alloh tomonidap tushirilgan Kitob ekanini ta’kidlash bilan boshlanib, so‘ngra mushriklarning sig‘inayotgan butlari biron narsa yaratishga ham, ularning duo-iltijolarini eshitishga ham qodir bo‘lmagan jonsiz toshlar ekanligini uqtiradi. Bu surada har bir inson ota-onasiga yaxshilik qilishga amr etilgani xususida xabar beriladi va farzandni tug‘ib, qatorga qo‘shguncha ona chekadigap mehnat-mashaqqatlar ayricha tasvirlanadi. Bu surada o‘tgan payg‘ambarlardan Hud alayhis-salomning Yaman yurtidagi qumtepalarni maskan tutgan Od qabilasini yolg‘iz Alloh taologagina ibodat qilishga da’vat etganlari, ular esa kuch-quvvatlariga ishonib, payg‘ambar da’vatini inkor qilishlari oqibatida, halokatga duchor bo‘lganlari haqida xabar beriladi. Suraning «Ahqof – Qumtepalar» deb nomlanishining boisi shudir. Sura payg‘ambar alayhis-salomni kofirlar tomonidan tortayotgan aziyatlarga sabr-toqat qilishga chaqirish bilan xotima topadi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Ho, Mim.

2. (Bu Qur’on) qudratli va hikmatli Alloh tomonidan nozil qilingan Kitobdir.

3. Biz osmonlar va yerni hamda ularning o‘rtasidagi narsalarni faqat haq (qonun) (Qiyomat kunigacha) belgalangan muddat bilan yaratdik. Kofir bo‘lgan kimsalar esa o‘zlari ogohlantirilgan narsadan (ya’ni Oxiratdagi azobdan) yuz o‘giruvchidirlar (uni inkor qilguvchidirlar).

4. (Ey Muhammad, mushriklarga) ayting: «Sizlar Allohni qo‘yib duo-iltijo qilayotgan (butlaringiz) haqida xabar beringiz – menga ko‘rsatinglar-chi, ular yerdan nimani yaratganlar?! Agar rostgo‘y bo‘lsangizlar, menga ushbu (Qur’on)dan ilgari (nozil bo‘lgan va sizlarning butlarga sig‘inishingizni tasdiqlaydigan) biron kitobni yoki biron ilmiy asarni (ya’ni avvalgi ulamolardan qolgan bironta aniq hujjatni) keltiringlar!»

5. Allohni qo‘yib, Qiyomat kunigacha ham (duoni) mustajob qila olmaydigan butlarga duo-iltijo qiladigan kimsadan ham yo‘ldan ozganroq kim bor?! Holbuki u (jonsiz but)lar o‘sha (mushrik)larning duolaridan g‘ofildirlar!

6. (Qiyomat kunida) insonlar (hisob-kitob uchun) to‘plangan vaqtida o‘sha (butlar) ularga (mushriklarga) dushman bo‘lurlar va ularning (Allohni qo‘yib, o‘zlariga) ibodat qilganlarini ham inkor eturlar!

7. Qachon ularga Bizning aniq-ravshan bo‘lgan oyatlarimiz tilovat qilinsa, kofir bo‘lgan kimsalar Haq (Qur’on) to‘g‘risida u o‘zlariga kelgan vaqtidayoq (tafakkur qilib ko‘rmasdanoq) «Bu ochiq sehrdir», derlar.

8. Yoki ular («Qur’onni Muhammadning) o‘zi to‘qib olgan», deydilarmi?! Ayting: «Agar uni o‘zim to‘qib olgan bo‘lsam, u holda, sizlar men uchun Alloh (azobi)dan biron narsa(ni daf’ qilish)ga ega bo‘la olmassizlar (ya’ni u holda Allohning O’zi Uning sha’niga yolg‘on to‘qiganim uchun meni hech kim qaytara olmaydigan azob bilan jazolagan bo‘lur edi. Bas, men sizlardan emas, balki Alloh taolodan qo‘rqqanim sababli sizlarga Haq vahiyni keltirmoqdaman)! U sizlar kirishayotgan narsani (ya’ni Qur’onni “bir sehr, bir uydirma” deyayotganlaringizni) juda yaxshi bilguvchidir. Uning O’zi men bilan sizlarning o‘rtangizda
yetarli guvohdir. U mag‘firatli, mehribon zotdir».


Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.


Сообщение отредактировал MoniKa - Якшанба, 10.05.2009, 0:21:00
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:21:21 | Сообщение # 2
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
9. (Ey Muhammad), ayting: «Men payg‘ambarlardan yangi — birinchisi emasman (ya’ni mendan avval ham Allohning payg‘ambarlari o‘tgan-ku, nega sizlar mening payg‘ambarligimga hayron bo‘lib, inkor qilmoqdasizlar?!) Men (kelajakda) na o‘zimga va na sizlarga nima qilinishini bilmasman (ya’ni g‘aybdan xabardor emasman). Men faqat o‘zimga vahiy qilinadigan narsaga ergashurman. Men faqat ochiq ogohlantirguvchidirman».

10. Ayting: («Ey mushriklar), xabar beringiz-chi, agar (ushbu Qur’on) Allohning huzuridan bo‘lsa-yu, sizlar unga kofir bo‘lsangizlar va Bani Isroildan bo‘lgan bir guvoh ham u (Qur’on)ning o‘xshashi (yolg‘iz Alloh tomonidangina nozil bo‘lishi)ga guvohlik berib, iymon keltirsa-yu, sizlar (unga iymon keltirishdan) kibr-havo qilsangizlar (ya’ni sizlar eng zolim odamlar bo‘lib qolmaysizlarmi?!) Albatta Alloh zolim qavmni hidoyat qilmas!»

I z o h. Mufassirlar aytishlaricha «Bani Isroil qavmidan bo‘lgan guvoh» — yahudiy Abdulloh ibn Salom bo‘lib, u kishi payg‘ambar alayhis-salomning oldilariga kelib, Qur’oni Karim oyatlarini eshitgach va bir necha savollariga rasulullohdan aniq javoblar olgach, darhol Qur’onning ilohiy Kitob ekaniga, Muhammad alayhis-salomning haq payg‘ambar ekanliklariga iymon keltirgan ekan.

11. Kofir bo‘lgan kimsalar iymon keltirgan zotlar xaqida «Agar (bu Qur’on) yaxshi bo‘lganida, (anavi yalangoyoqlar) unga bizlardan ilgari bormagan bo‘lur edilar», dedilar. Ular o‘zlari (Qur’on) bilan hidoyat topishmagach: «Bu eski uydirmadir», derlar.

I z o h. Ma’lumki, avval-boshda Islom dinini Ammor, Bilol Suhayb va Xabbob kabi kambag‘al-bechoralar qabul qilgan edilar. Shuning uchun zodagon mushriklar yuqoridagi so‘zlarni aytdilar.

12. U (Qur’on)dan ilgari Musoning peshvo va rahmat bo‘lgan Kitobi (Tavrot) bor edi. Bu (Qur’on) arabiy lisondagi, (o‘zidan avval nozil bo‘lgan barcha ilohiy kitoblarni) tasdiqlaguvchi bir Kitobdir. U zolim-kofir bo‘lgan kimsalarni (oxirat azobidan) ogohlantirish uchun va chiroyli amal qilguvchilarga (jannat haqida) xushxabar bo‘lish uchun (nozil qilingandir).

13. Albatta «Parvardigorimiz Allohdir», degan, so‘ngra (To‘g‘ri yo‘lda) ustivor bo‘lgan zotlar uchun xavf-xatar yo‘qdir va ular g‘amgin bo‘lmaslar.

14. Ana o‘shalar jannat egalari bo‘lib, u joyda mangu qolurlar. (Bu) ular qilib o‘tgan amallarining mukofotidir.

15. Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. Onasi unga qiynalib homilador bo‘lib, qiynalib tuqqandir. Unga homilador bo‘lish va uni (sutdan) ajratish (muddati) o‘ttiz oydir. Endi qachon u voyaga yetib, qirq yoshga to‘lganida: «Parvardigorim, meni Sen menga va ota-onamga in’om etgan ne’matingga shukr qilishga va O’zing rozi bo‘ladigan yaxshi amallarnigina qilishga muvaffaq etgin va O’zing men uchun zurriyotimga ham yaxshilik qilgin (ya’ni farzandlarimni ham ahli solih bandalaringdan qilgin). Albatta men Senga (qilgan barcha gunohlarimdan) tavba qildim va albatta men musulmonlardandirman», dedi.

I z o h. Ushbu oyati karimada yana har bir insonni ota-onaga yaxshilik qilishga buyurildi. Tabiiy bir savol tug‘ilishi mumkin: Nega Qur’onda ota-onaga mehr-muruvvat ko‘rsatish vojib ekanligi bot-bot uqtiriladi-yu, farzandlarga mehribonlik qilishga buyurilgan oyatlar deyarli uchramaydi? Kalomullohni sinchiklab o‘qib-o‘rgangan kishi undan yuqoridagi savolga javob topa oladi: Qur’onda biron behuda jumla yoki so‘z yo‘qdir. Alloh taolo mo‘min-musulmonlarni komil inson qilib tarbiyalash uchun qaysi farmonni necha marta takrorlash lozim bo‘lsa, uni shuncha marta nozil qilgan. Negaki, Yaratgan O’z bandalarining jismoniy jihatlaridan ham, ruhoniy xususiyatlaridan ham juda yaxshi ogohdir. Masalan, U zot ota-onaga, xususan onaga o‘z farzandlariga nisbatan shunday mehr ato etganki, ona uchun eng og‘ir, hatto tahlikali davr bo‘lgan homiladorlik va ko‘z yorish davri hamda chaqaloqni emizib, tarbiyalash yillari ota-ona hayotidagi eng baxtli damlardir. Binobarin, ota-onani (albatta ular agar ma’naviyatdan ajrab vahshiylik darajasiga tushib ketgan bo‘lsalar) farzandga yaxshilik qilishga buyuraverishning o‘zi ortiqcha bir ishdir. Ammo farzandlar esa yoshliklariga borib yoki o‘zlarining o‘g‘il-qizlari bilan ovora bo‘lishib, ortlaridagi ota-onalariga beparvo bo‘lib qolishlari mumkin. Shuning uchun Qur’on farzandlarni tez-tez ota-ona oldidagi burchlarini ado etishga da’vat qiladi. Yuqoridagi oyatning davomida kamolot yoshi bo‘lmish qirq yoshga yetgan musulmoni komil kishi uchun Alloh taolodan qanday tilak-istaklar so‘rash loyiq ekanligi bayon qilindi. Endi quyidagi oyatda ana shunday xislat egalari bo‘lgan mo‘min-musulmonlarning kelajak-oqibatlari haqida xabar beriladi.

16. Ana o‘shalar shunday zotlardirki, Biz ulardan qilgan eng chiroyli amallarni qabul qilurmiz va jannat egalari qatorida ularning yomonlik gunoxlaridan o‘tib yuborurmiz. (Bu) ularga va’da qilinguvchi haqqirost va’dadir.

17. Yana bir kimsa borki, ota-onasiga: «Suf sizlarga! Sizlar menga (o‘lganimdan keyin qayta tirilib, qabrdan) chiqarilishim haqida va’da beryapsizlar-mi?! Holbuki mendan ilgari ham asrlar-avlodlar o‘tgan-ku, (ulardan birontasi qayta tirilib keldimi)?!» der. U ikkisi Allohdan madad tilagan hollarida (o‘g‘illariga qarab): «Halok bo‘lgur, iymon keltirgin! Albatta Allohning (barcha bandalarni qayta tiriltirish haqidagi) va’dasi haqdir», (desalar), u: «Bu faqat avvalgilarning afsonalaridir», der.

18. Ana o‘shalar shunday kimsalardirki, ularning ustiga o‘zlaridan ilgari o‘tgan insu-jinsdan iborat (kofir) ummatlar qatorida (azob) So‘zi haq bo‘lgandir. Albatta ular ziyon ko‘rguvchi bo‘ldilar.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:21:39 | Сообщение # 3
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
19. (Mo‘minlar va kofirlardan) har biri uchun o‘zlari qilgan amallari sababli daraja-martabalar bordir. Chunki (Alloh) ularga qilgan amallarini(ng mukofot va jazolarini) komil qilib berur va ularga zulm qilinmas.

20. Kofir bo‘lgan kimsalar do‘zaxga ko‘ndalang qilinadigan Kunda (ularga deyilur): «Sizlar o‘z huzur-halovatlaringizni hayoti dunyolaringizdayoq ketkazdingiz va ulardan foydalanib bo‘ldingiz. Endi Bugun yerda nohaq kibru havo qilganlaringiz va itoatsiz bo‘lganlaringiz sababli xorlik azobi bilan jazolanursizlar».

21. (Ey Muhammad), Od (qabilasi)ning birodarini (ya’ni Hud payg‘ambarni) eslang! O’shanda u o‘zining qumtepalardagi qavmini: «Sizlar yolg‘iz Allohgagina ibodat qilinglar! Men haqiqatan sizlarning ustingizda ulug‘ Kunning azobidan qo‘rqurman», deb ogoxlantirgan edi, - darhaqiqat undan ilgari ham, undan keyin ham ogohlantirguvchi (payg‘ambar)lar o‘tgandir;

22. Ular: «Sen bizlarni xudolarimizdan burish (yuz o‘girtirish) uchun keldingmi?! U holda agar rostgo‘y kishilardan bo‘lsang, bizlarga va’da qilayotgan narsangni (ya’ni Allohning azobini) keltirgan-chi?» dedilar.

23. U aytdi: «(Azob kelar vaqtning) bilimi yolg‘iz Alloh huzuridadir. Men sizlarga o‘zim elchi qilib yuborilgan dinni yetkazurman. Lekin men sizlarni nodon qavm ekanligingazni ko‘rmoqdaman».

24. Bas, qachonki, ular o‘sha (azob)ni o‘z vodiylariga qarab kelayotgan bir qora bulut holida ko‘rishgach: «Bu bizlarga yomg‘ir keltirguvchi bulutdir», dedilar. «Yo‘q, u o‘zlaringiz shoshtirgan narsa — bir bo‘ronki, unda alamli azob bordir.

25. U Parvardigorining amri bilan barcha narsani vayron (halok) qilur. Bas, (u bo‘ron kelib, Od qabilasidagi kofirlarning o‘zlarini ham, mol-hollarini ham halok qildi. Barchalari qirilib bitib), tong otganida, faqat ularning uy-joylarigina ko‘zga tashlanar edi. Biz jinoyatchi-osiy qavmni mana shunday jazolaymiz.

26. Holbuki (ey Makka ahli), Biz ularni (mol-dunyo va kuch-quvvat jihatidan) sizlarni qodir qilmagan narsalarga qodir qilgan edik va ularga ham quloq, ko‘z va dillar (ato) qilgan edik. (Lekin) ular Allohning oyat-mo‘jizalarini inkor etganlari uchun ularga quloq-ko‘zlari ham, dillari ham biron foyda bermadi (ya’ni Haq yo‘lni ko‘rib-idrok qila olmadilar). Va ularni o‘zlari masxara qilib kulgan narsalari (Allohning azobi) o‘rab oldi.

27. (Ey Makka axli), aniqki, Biz sizlarning atrofingizdagi qishloq-shaharlarni halok qildik. Biz ularga shoyad (kufru isyonlaridan) qaytsalar, deb oyatmo‘ jizalarni batafsil bayon qilgan edik, (lekin ular qaytmay halokatga duchor bo‘ldilar).

28. Axir o‘zlari Allohni qo‘yib, (Allohga) yaqin qiladigan «xudo»lar, deb ushlab olgan – sig‘ingan butlari (halokatdan qutulishlari uchun) ularga yordam bersalar bo‘lmasmidi?! Yo‘q, u (butlar mushriklardan yordamga muhtoj bo‘lgan vaqtlarida) g‘oyib bo‘lib qolishdi. Bu (ya’ni butlar butparastlarni Allohga yaqin qiladi, degan aqida) ularning uydirmalaridir va (Alloh sha’niga) to‘qib olgan bo‘htonlaridir.

29. (Ey Muhammad), eslang, Biz sizning oldingizda bir guruh jinlarni Qur’on tinglasinlar, deb yuborgan edik. Bas, qachonki ular (Qur’on tilovatiga) hozir bo‘lishgach, (bir-birlariga): «Jim turinglar», dedilar. Endi qachonki (tilovat) tugatilgach, ular o‘z qavmlari oldiga ogohlantirguvchi bo‘lgan hollarida qaytib ketdilar.

I z o h. Rivoyat qilinishicha, payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga bir necha bor jin toifasining vakillari kelib, Qur’onni tinglab ketgan ekanlar. Mazkur oyatdagi voqea shulardan biri bo‘lib, uni keltirishdan murod Makka mushriklarini ogohlantirishdir. Go‘yo ularga: «Inson toifasidan bo‘lmagan jinlar Qur’onni bir bor eshitishlari bilanoq unga iymon keltirib, boshqa jinlarni ham iymonga da’vat qilish uchun ketsalar-u, sizlar o‘zlaringizning tilingizdagi Qur’onga va o‘z toifangizdan bo‘lgan payg‘ambarga iymon keltirmay kofirligingizcha qolsangizlar!» deyilmoqda. Quyidagi oyatlarda jinlarning o‘z qavmlari oldiga borib, Qur’on xabarini yetkazganlari bayon qilinadi.

30. Ular dedilar: «Ey qavmimiz, darhaqiqat bizlar Musodan keyin nozil qilingan, o‘zidan oldingi (ilohiy kitob)larni tasdiq qilguvchi bo‘lgan, Haq (din)ga va To‘g‘ri yo‘lga hidoyat qiladigan bir Kitobni – Qur’onni tingladik.

31. Ey qavmimiz, Allohga da’vat qilguvchi (Muhammad alayhis-salomning da’vati)ni qabul qilinglar va unga iymon keltiringlar, (shunda Alloh) sizlarning gunoxlaringizni mag‘firat qilur va sizlarga alamli azobdan panoh berur.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:21:53 | Сообщение # 4
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
32. Kim Allohga da’vat qilguvchi (da’vati)ni qabul qilmasa, bas, u yer yuzida (biron joyga) qochib qutulguvchi emasdir va uning uchun (Allohdan) o‘zga (Uning azobidan qutqarguvchi) «do‘stlar» ham yo‘qdir. Ana o‘shalar ochiq zalolatdadirlar».

33. Axir ular (oxiratda qayta tirilish haq ekanini inkor qilguvchi kimsalar) osmonlar va yerni yaratgan, ularni yaratishga ojizlik qilib qolmagan zot — Alloh o‘liklarni tiriltirishga ham qodir ekanligini (o‘ylab) ko‘rmadilarmi?! Yo‘q, albatta (Alloh o‘liklarni tiriltirishga ham qodirdir). Zero U zot barcha narsaga qodirdir.

34. Kofir bo‘lgan kimsalar do‘zaxga ko‘ndalang qilinadigan Kunda (ularga): «Ushbu (azob) haq emas ekanmi?!» (deyilganida), ular: «Yo‘q, Parvardigorimizga qasamki, (bizlarga va’da qilingan azob haq ekan)», derlar. (Shunda Alloh) aytar: «Bas, kofir bo‘lganlaringiz sababli mana shu azobni totinglar!»

35. Bas, (ey Muhammad), siz ham (o‘tgan) payg‘ambarlar orasidagi sabotmatonat egalari sabr qilganlaridek, (mushriklarning ozor-aziyatlariga) sabr qiling va ularga (tushadigan azob)ni shoshtirmang. Ular o‘zlariga va’da qilinayotgan azobni ko‘radigan Kunda go‘yo (bu dunyoda) faqat kunduzdan bir soatgina turgandek bo‘lib qolurlar! (Bu Alloh tomonidan nozil qilingan) bir bayonot-xabardir. Bas, faqat itoatsiz qavmgina halok qilinur.


Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
Форум » Islomiy Bo'lim / Исломий булим » Quroni Karim » 46. "Axqof"
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Copyright MyCorp © 2024