MoniKa | Дата: Якшанба, 10.05.2009, 0:36:36 | Сообщение # 1 |
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
| Hotini bozorda be ibo so`zlar, Singlisi Dubayda jazmanin ko`zlar, Kelini shim kiygan qalbingiz muzlar, Qizg`anish neligin bilmas be yuzlar, Qiyomatga beor qalbi ma`yuslar, Ahli Ayolini sotgan dayuslar.... Namoz o`qimaydi hatto Momosi, Massifda qo`shmachi katta holasi, Yarim yalong`ochdir kichik bolasi, Faqat dunyoga hos dardi nolasi, Past qiymatli bozor qalbi ma`yuslar, O`zin jahannamga otgan dayuslar... Hotini yomon yursa parvosi yo`qdir, Lug`atida faxsh va zinosi yo`qdir, Iffat dep atalmish ziyosi yo`qdir, Ahli mo`minlardek hayosi yo`qdir, Sarg`aygan bir mozor qalbi ma`yuslar, Do`zah sharpasini totgan dayuslar.... Nomi er atalgan bilan er emas, Haqiqiy erkaklar ani er demas, Amirlikga qatnar qizi basma bas, Unga choyhonayu dollar bo`lsa bas, Ko`z yoshi shoshqator qalbi ma`yuslar, G`aflat komida dong qotgan dayuslar... Yana choyxonada gapni dondirar, Emish xotinchasi yo`qni yo`ndirar, Xatto nalogchini gapga ko`ndirar, Gah desa erini qo`lga qo`ndirar, Asli yo`q zohir bor qalbi mayuslar, Goxo erlikdan so`z qotgan dayuslar... Qizi to`yda raqsga tushsa buralib, Hatto kampirlar ham ketar uyalib, U esa qistirar pulni suykalib, Nigohlar hayvoniy qarashlar jolib, Ahliga tikilsa begona ko`zlar, Boshqa honimga gap otgan dayuslar... Kelini engashib hovli supurar, U esa so`rida nosin tupurar, Mol dunyo, uyu-joy desa gupurar, Ibodat mahali uyqun ep ko`rar, Hijobdan qilar or qalbi ma`yuslar, G`aflat dunyosiga botgan dayuslar.... Singil bog`da yursa yigitlar ila, Ko`rib ko`rmaganga olar bir yo`la, Tugab bitganida dahshat voqea, Uyalmay qechqurun so`rar kim deya?.. Izlang arqon va dor qalbi ma`yuslar, Ey voh pochchasirab? ketgan dayuslar... Hotinni nexia eldek uchirar, Ochiq elka uzra sochlar hilpirar, Militciya tohtatsa tushar honimi, Orqa o`rindiqda o`zi o`tirar, Ish bitgach qosh qoqib, suziblar ko`zlar, Bopladin hotin dep aytgan dayuslar... Iymonsiz ishlarni yozib falak, Ayollar ko`chada sochi chambarak, Pul topish dardida jonlari halak, Erkakmisan o`zi yoki hezalak, Asli u bekadir sizchi raislar, Hotinlar pulini eb yotgan dayuslar... Hali qiyomat bor kelgaydur elib, Bag`ringiz o`yibon, qalbingiz tilib, Jannat darvozasi oldiga kelib, Asli nomingizni olasiz bilib, Eg`lagaysiz zor-zor qalbi ma`yuslar, Jannatiy nomini sotgan DAYUSLAR!
Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa U bandaga janozayu, kafan hayf.
Сообщение отредактировал MoniKa - Якшанба, 10.05.2009, 0:38:58 |
|
| |