|
25. "Furqon"
| |
MoniKa | Дата: Шанба, 09.05.2009, 11:23:31 | Сообщение # 1 |
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
| FURQON SURASI Makkada nozil qilingan bu sura yetmish yetti oyatdan iboratdir. Sura ushbu Furqonni — haq bilan botilni ajratib berguvchi Kitobni Muhammad alayhissalomga Buyuk Tangri nozil qilganini ta’kidlash bilan boshlanadi. So‘ngra: «Nega payg‘ambar farishta emas, balki oddiy odamlarga o‘xshab taom yeb, bozorlarda yuradigan insondan bo‘lar ekan», deydigan sarkash mushriklarning da’volari qat’iy hujjatlar bilan rad etiladi. Yana bu surada dohiy «do‘st»larning vasvasalariga uchib, o‘z iymon-e’tiqod va dinudiyonatlaridan voz kechgan kimsalar oxiratda bu qilmishlaridan afsus-nadomat chekib, barmoqlarini tishlab qolishlari haqida ogohlantirib o‘tiladi. Sura nihoyasida esa Rahmon bandalari — haqiqiy mo‘min-musulmonlarning sifatlari va ularni jannat ne’matlariga erishishlariga sabab bo‘ladigan xulq-atvorlari tasvirlanadi. Qur’oni Karimda, Alloh taolo tomonidan nozil qilingan barcha ilohiy kitoblar Furqon — haq bilan nohaqni ajratib berguvchi Kitob, deb atalaveradi. Bu suraga nom bo‘lgan Furqondan murod esa Qur’ondir. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 1. Barcha olamlarni (oxirat azobidan) qo‘rqitguvchi bo‘lsin deb O’z bandasi (Muhammad)ga Furqon — Qur’on nozil qilgan zot — Alloh barakotli - Buyukdir. 2. U — osmonlar va yerning podshohligi O’ziniki bo‘lgan, bola-chaqa qilmagan, podshohlikda biron sherigi bo‘lmagan va barcha narsani yaratib (aniq) o‘lchov bilan o‘lchab qo‘ygan zotdir. 3. (Mushriklar) esa U zotni qo‘yib, biron narsa yarata olmaydigan, (balki) o‘zlari yaralguvchi bo‘lgan, (o‘zgalar u yoqda tursin, hatto) o‘zlariga ham biron ziyon yo foyda ega bo‘lmaydigan va na (birovlarga) o‘lim berishga, na hayot berishga va na qayta tiriltirishga ega bo‘lmaydigan «xudolar»ni ushladilar (ya’ni o‘shalarga sig‘indilar). 4. Kofir bo‘lgan kimsalar: «Bu (Qur’on) faqat (Muhammad) o‘zi to‘qib olgan bir yolg‘ondir. Unga bu (yolg‘onni to‘qishda) boshqa bir qavm (ahli kitoblar) yordam qilgan» deb kufr keltirdilar va bo‘hton qildilar. 5. Yana ular: «(Bu) avvalgilardan qolgan afsonalardir (Muhammad) ularni ko‘chirib olgan. Bas (bu afsonalar birovlar tomonidan) unga ertayu kech o‘qib berilur», dedilar. 6. (Ey Muhammad, siz ularga) ayting: «Uni osmonlar va yerdagi barcha sirasrorni biladigan zot nozil qilgandir. Albatta u mag‘firatli mehribon bo‘lgan zotdir». 7-8. Yana ular (masxara qilishib): «Nega bu payg‘ambar (oddiy odamlardek) taom yer va bozorlarda yurar?! Unga (payg‘ambarligini tasdiqlaydigan) biron farishta tushirilib, u bilan birga qo‘rqitguvchi bo‘lsa edi. Yoki unga (osmondan) xazina tashlansa (va u bozorlarda savdo-sotiq bilan tirikchilik o‘tkazmay, o‘sha xazinadan sarf qilib yursa) edi, yoxud uning uchun bir bog‘u-bo‘ston bo‘lib, u (faqat o‘sha bog‘dan) yeb-ichsa edi», dedilar. Bu zolim kimsalar (mo‘minlarga): «Sizlar faqat bir sehrlangan — aqldan ozgan kishiga ergashmoqdasiz», dedilar. 9. (Ey Muhammad), qarang, ular siz uchun qanday misollar keltirdilar-a?! Bas, ular (haq) yo‘ldan ozdilar. Endi ular yo‘l topishga qodir emaslar. 10. Agar xoxlasa, siz uchun (shu dunyodayoq) o‘shandan (ya’ni ular aytgan bog‘u-xazinadan) yaxshiroq narsani – ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarni qilib bera oladigan va siz uchun qasr-saroylarni qilib bera oladigan zot – Alloh barakotli - buyukdir. 11. Yo‘q, ular (Qur’on oyatlariga boqmaydilar, chunki ular qiyomat) soatini yolg‘on deganlar. Biz esa u soatni yolg‘on degan kimsalar uchun do‘zax o‘tini tayyorlab qo‘ygandirmiz. 12. (Do‘zax) ularni uzoq joydan ko‘rgan vaqtidayoq uning xayqiriq va bo‘kirigini eshiturlar. 13. Qachon ular kishanlangan hollarida (do‘zaxdan) tor bir joyga tashlanganlarida o‘sha joyda (o‘zlariga) o‘lim tilab qolurlar. 14. (Shunda ularga): «Sizlar bugun bir o‘limni emas, ko‘p o‘limlarni tilanglar (chunki sizlar butun umrlaringizni kufru isyonda o‘tkazganlaringiz uchun ko‘pdan-ko‘p o‘lim-halokatlarga duchor bo‘lursiz», deyilur). 15. (Ey Muhammad, ularga) ayting: «Shu (do‘zax) yaxshiroqmi yoki taqvodor zotlarga va’da qilingan mangu jannatmi?!» U (ya’ni jannat taqvodorlar) uchun mukofot va oqibat - borar joy bo‘ldi.
Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa U bandaga janozayu, kafan hayf.
|
|
| |
MoniKa | Дата: Шанба, 09.05.2009, 11:23:46 | Сообщение # 2 |
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
| 16. Ular uchun o‘sha joyda mangu qolguvchi bo‘lgan hollarida barcha xohlagan narsalari muhayyo bo‘lur. Bu Parvardigoringiz zimmasidagi so‘ralguvchi va’da bo‘ldi. 17. (Alloh) ularni (ya’ni mushriklarni) ham, ular Allohni qo‘yib ibodat qilayotgan butlarin ham to‘plab (u butlarga): «Mening anavi bandalarimni sizlar yo‘ldan ozdirdingizlarmi yoki ularning o‘zlari yo‘ldan ozdilarmi?» - deydigan Kunda, 18. Ular derlar: «Ey pok Parvardigor, bizlar uchun Sendan o‘zga biron do‘st tutish joiz bo‘lgan emasdir (bas qanday qilib o‘zgalarni bizga bandalik qilib sig‘inishga majburlab yo‘ldan ozdiraylik)?! Lekin Sen ularni va ota-bobolarini (uzoq umr va mo‘l-ko‘l rizqu-ro‘z bilan shunday) foydalantirdingki, hatto ular (Sening O’zingni) eslashni ham unutdilar va halok bo‘lguvchi qavm bo‘lib qoldilar». 19. (Ey mushriklar) mana, ular («xudo»lar deb sig‘ingan butlar) sizlarni aytayotgan so‘zlaringizda aniq yolg‘onchi qildilar. Endi (azobdan) qutulishga ham, (o‘zlaringga) biron yordam qilishga ham qodir emassizlar. Sizlardan kim zolim - mushrik bo‘lsa, Biz unga katta azobni totdirurmiz. 20. (Ey Muhammad), Biz sizdan ilgari yuborgan barcha payg‘ambarlar ham, shak-shubhasiz, taom yer va bozorlarda yurar edilar. Biz sizlarning ba’zilaringizni ba’zilaringiz uchun fitna-sinov qilib qo‘ydik (ya’ni sizning oddiy odamlar kabi faqirona kun kechirishingiz boshqalar uchun bir sinovdir. Chunki agar Biz sizni boy-badavlat qilib kuyganimizda, ular sizga mol-dunyongiz uchun itoat qilgan bulur edilar). Sizlar (Bizning bu sinovimizga) sabr qila olurmisizlar? Parvardigoringiz ko‘rib turguvchi bo‘lgan zotdir. O’N TO’QQIZINCHI JUZ’ 21. Bizga ro‘baro‘ bo‘lishni umid qilmaydigan kimsalar: «Bizlarga (payg‘ambarlik uchun odam emas, balki) farishtalar tushirilsa edi yoki bizlar Parvardigorimizni (o‘z ko‘zimiz bilan) ko‘rsak (va U bizlarga Muhammadning haqiqiy payg‘ambar ekanligini bildirsa) edi», dedilar. Darhaqiqat, ular o‘zlariga bino qo‘ydilar va juda katta ketdilar. 22. Ular farishtalarni ko‘radigan kunni (ya’ni qiyomat kunini eslang.) U kunda jinoyatchi kimsalar uchun biron xushxabar bo‘lmas. Va (farishtalar ularga) derlar: «(Har qanday xushxabar sizlar uchun) butunlay haromdir». 23. (Zotan) Biz ular qilgan har bir (yaxshi) amalga kelib, uni sochilgan to‘zon (kabi) qilib qo‘ygandirmiz. I z o h. Islomiy aqidaga ko‘ra, yolg‘iz Allohga iymon keltirmasdan turib qilingan yoki yagona Allohni ko‘zlamasdan xujako‘rsinga qilingan har qanday yaxshi amal ham xuddi havoda uchib yurgan chang-to‘zon kabi foydasizdir. Shu boisdan but-sanamlar yo‘lida qilingan yoki yaxshi nom chiqarish uchun riyokorlik bilan qilingan «savob ish»larning egalari uchun qiyomat kunida biron ajru-mukofot bo‘lmas. 24. Jannat egalari esa u kunda eng yaxshi maskan va eng go‘zal zirohatgohlarda bo‘lurlar. 25. Bulutli osmon yorilib, (barcha) farishtalar (er yuziga) tushirilgan (qiyomat) kunini (eslang)! 26. O’sha kunda xaq-sobit podshoxlik (yolg‘iz) Rahmon uchun bo‘lur (Chunki boshqa barcha muvaqqat podshoxliklar yo‘q bo‘lib bitur! U (kun) kofirlarga ko‘p qiyin kun bo‘lur.
Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa U bandaga janozayu, kafan hayf.
|
|
| |
MoniKa | Дата: Шанба, 09.05.2009, 11:23:59 | Сообщение # 3 |
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
| 27. U kunda bu zolim qo‘llarini (barmoqlarini tishlab nadomatlar qilib) der: «E, qaniydi men ham payg‘ambar bilan bir yo‘lni tutganimda edi, 28. O’lim bo‘lsin menga, qaniydi men falonchini do‘st tutmaganimda edi, 29. Aniqki, menga eslatma — Qur’on kelganidan so‘ng, o‘sha (falonchi) meni yo‘ldan ozdirdi». (U kunda) shayton (hayoti dunyoda o‘ziga ergashgan barcha) insonni yordamsiz qo‘yguvchidir. I z o h. Bu oyatlardagi «zolim» Aqaba ibn Abu Mu’ayt, falonchi esa Ubay ibn Xalafdir. Aqaba payg‘ambar alayhis-salomning da’vatlarini qabul qilib, Islomga kirganidan so‘ng o‘sha do‘sti Ubay uni yo‘ldan ozdirib, vasvasaga solishi oqibatida murtad bo‘lib, dindan chiqadi. Mazkur oyatlarda Alloh taolo ana shunday shaytonlarning vasvasalariga uchib, o‘z dinlaridan voz kechadigan zolimlarning qiyomat kunidagi ahvolini tasvirlaydi va shaytonlar unga oxiratda biron yordam bermasligini ta’kidlaydi. 30. Payg‘ambar aytdi: «Ey Parvardigorim, darhaqiqat mening qavmim (Quraysh qabilasi) ushbu Qur’onni tark qilib (undan yuz o‘girdilar)» 31. Biz (sizdan ilgari o‘tgan) har bir payg‘ambar uchun (ham) jinoyatchi kimsalardan mana shunday dushman(lar) qilganmiz. Parvardigoringizning O’zi yetarli yetakchi va yordamchidir. 32. Kofir bo‘lgan kimsalar: « (Nega) bu Qur’on unga (payg‘ambar alayhissalomga) bitta to‘plam bo‘lgan holida nozil qilinmadi?» dedilar. (Ey Muhammad), Biz u — Qur’on bilan sizning dilingizni ustivor qilish uchun mana shunday (parcha-parcha holda nozil qildik) va uni bo‘lib-bo‘lib bayon qildik. 33. Ular sizga (Qur’onni ayblash uchun yuqoridagi kabi) biron misol-savol keltirsalar, albatta Biz sizga haq (javobni) va eng go‘zal sharhni keltirib qo‘ydik. 34. Yuztuban hollarida jahannam tomonga sudraladigan kimsalar — ana o‘shalar eng ahvoli yomon va butunlay yo‘ldan ozgan kimsalardir. 35-36. Qasamki, Biz Musoga Kitob – Tavrot ato etdik va birodari Horunni u bilan birga bo‘lguvchi vaziri qilib, dedik: «Bizning oyatlarimizni yolg‘on degan qavm (Fir’avn va uning qavmi) oldiga boringlar!» Bas (ikkovlari borib, Allohning diniga da’vat qilgan vaqtlarida, ular o‘z kufrlaridan qaytishmagach) Biz ularni (dengizga g‘arq qilish bilan) qirib tashladik. 37. Nuh qavmini (eslang)! Qachonki, ular payg‘ambarlarini yolg‘onchi qilishgach, Biz ularni g‘arq qildik va ularni odamlar uchun oyat-ibrat qilib qo‘ydik. Yana Biz zolim-kofir kimsalar uchun (oxiratda ham) alamli azob tayyorlab qo‘ygandirmiz. 38. Od, Samud (qabilalarini) va quduq egalarini (ya’ni Shuayb payg‘ambarni yolg‘onchi qilganlari sababli quduqqa qulab halok bo‘lgan kimsalarni) hamda shu oradagi ko‘pdan-ko‘p asrlarni (eslang)! 39. Barchalariga misollar — dalillar keltirdik va (Bizning pand-nasihatlarimiz kor qilmagach) barchalarini butunlay yo‘q qilib yubordik. Aniqki, ular (ya’ni Makka mushriklari o‘zlarining safar-sayohatlarida) eng yomon yomg‘ir (ya’ni tosh) yog‘dirilgan shahardan o‘tgandirlar. (Axir ular uni ko‘rib ibrat olmadilarmi)?! Yo‘q, ular qayta tirilishdan umidsiz bo‘lgan kimsalardir. 41-42. (Ey Muhammad) qachon ular sizni ko‘rsalar, faqat: «Alloh mana shuni payg‘ambar qilib yubordimi?! Agar sabr qilib (mahkam turmaganimizda) haqiqatan u bizlarni xudolarimizdan ozdirayozdi-ya», deb sizni masxara qilurlar. Yaqinda — azobni ko‘rgan vaqtlarida kim yo‘ldan ozganroq ekanini bilib olurlar. 43. Xabar bering-chi, kim havoi nafslarini iloh kilib olgan bo‘lsa, siz uning ustida vakil-qo‘riqchi bo‘lurmisiz?! (Yo‘q, sizning vazifangiz havoi nafsiga qullik qiladigan kimsalarni bu qilmishlaridan saqlash — qo‘riqlash emas, balki faqat Biz sizga yuborgan vahiyni bandalarimizga yetkazmoqdir).
Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa U bandaga janozayu, kafan hayf.
|
|
| |
MoniKa | Дата: Шанба, 09.05.2009, 11:24:14 | Сообщение # 4 |
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
| 44. Yoki siz ularning ko‘plariga (haq so‘zni) tinglay oladilar yo anglay oladilar deb o‘ylaysizmi?! (Undoq emas, zero) ular hech narsa emaslar, magar chorva hayvonlari kabidirlar. Yo‘q, ular yanada yo‘ldan ozganroq kimsalardir! 45. Parvardigoringizning (qudratini) — soyani qanday yoyib qo‘yganini ko‘rmadingizmi?! Agar xohlasa uni sokin — jilmas qilib qo‘ygan bo‘lur edi. So‘ngra quyoshni unga (ya’ni soyaning borligiga) dalil qildik. 46. So‘ngra uni asta-sekin O’zimizga tortib oldik. I z o h. Yuqoridagi ikki oyatni mufassirlar quyidagicha tafsir qiladilar. Subhi sodiqdan to quyosh chiqqunicha ufqda yoyilgan qorong‘ulik bilan yorug‘lik o‘rtasidagi holat — Alloh yer yuzi uzra yeyib qo‘ygan bir soyadir. U zot agar xohlasa uni ketmaydigan qilib qo‘yar edi, lekin Tangri taolo chiqayotgan quyoshni soya borligiga dalil qildi — zero Nur bo‘lmasa soyaning borligi bilinmas — va U soya — pardani yer yuzidan asta tortib oldi. 47. (Alloh) sizlar uchun kechani libos, uyquni orom qilib qo‘ygan, kunduzni esa (sizlar uchun) qayta tirilish qilgan zotdir. 48-49. U o‘z rahmatining (ya’ni yomg‘irning) oldidan xushxabar qilib shamollarni yuborgan zotdir. Biz o‘lik shahar-maskanlarni tiriltirish va O’zimiz yaratgan ko‘plab chorva hayvonlari hamda insonlarni sug‘orish uchun osmondan pok suv yog‘dirdik. 50. Va u (suvni) eslatma olishlari uchun (odamlar) orasida taqsimlab qo‘ydik, (ammo) odamlarning ko‘plari faqat kufroni ne’mat qilishnigina istadilar. 51. Agar Biz xoxlasak, har qishloq-shaharga bir (oxirat azobidan) qo‘rqitguvchi - payg‘ambar yuborgan bo‘lur edik. (Lekin Biz barcha qishloq-shahardan oxirat azobidan ogoh qilish burchini sizning zimmangizga yukladik). 52.Bas siz kofir kimsalarga bo‘yinsunmang va (Qur’on) yordamida ularga qarshi qattiq kurashing! 53. (Alloh) ikki dengiz – daryoni bunisi chuchuk – shirin, unisi sho‘r — achchiq qilib oqizib qo‘ygan va ularning o‘rtasida to‘siq-to‘g‘on va ko‘rinmas parda qilib qo‘ygan zotdir. 54. U suvdan – nutfadan insonni yaratib, so‘ng uni nasl-nasab (egasi) va qudaanda qilib qo‘ygan zotdir. Darhaqiqat Parvardigoringiz (har ishga) qodirdir. 55. (Kofirlar) Allohni qo‘yib, o‘zlariga foyda ham, ziyon ham yetkaza olmaydigan narsalarga ibodat qiladilar. Kofir o‘z Parvardigoriga qarshi (shaytonga) yordamchi bo‘lgan kimsadir. 56. (Ey Muhammad,) Biz sizni faqat (mo‘minlarga jannat) xushxabarini yetkazguvchi, (kofirlarni esa oxirat azobidan) qo‘rqitguvchi qilib yubordik. 57. Ayting: «Men sizlardan buning uchun hech qanday haq so‘ramayman, faqat Parvardigor tomonga yo‘l tutishni xoxlagan kishilar (o‘sha yo‘lni tutishlarini so‘rayman»). 58. Va o‘lmaydigan tirik Zotga tavakkul qiling, xamda U zotga hamdu sano aytish bilan poklang! U O’z bandalarining gunoxlaridan yetarli ogohdir. 59. U osmonlar va yerni hamda ularning orasidagi barcha narsalarni olti kunda yaratib, so‘ngra O’z arshiga o‘rnashgan zotdir. U Rahmondir. Bas, U zot haqidagi ogoh — bilimdon (kishilar) dan so‘rang! 60. Qachon (mushriklarga): «Rahmonga sajda qilinglar», deyilsa, ular: «Nima u Rahmon? Sen buyurgan narsaga sajda qilaveramizmi?» — deyishar va (bu so‘z) ularni yanada yiroqlashtirar. I z o h. Ushbu oyat navbatdagi sajda oyatidir.
Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa U bandaga janozayu, kafan hayf.
|
|
| |
MoniKa | Дата: Шанба, 09.05.2009, 11:24:29 | Сообщение # 5 |
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
| 61. Osmonda burjlarni barpo qilgan va unda chiroq – quyosh va oyni paydo qilgan zot barakotli — buyukdir. 62. U eslatma-ibrat olmoqchi bo‘lgan, yoki shukr qilmoqchi bo‘lgan kishilar uchun kecha va kunduzni (bir-birining) o‘rnini bosuvchi qilib qo‘ygan zotdir. 63. Rahmonning (suyukli) bandalari yerda tavozu’ bilan yuradigan, johil kimsalar (bema’ni) xitoblar qilgan vaqtida ham «Omon bo‘linglar», deb javob qiladigan kishilardir, 64. Ular kechalarni Parvardigorga sajda qilib va (joynamoz ustida) tik turib — bedor o‘tkazadigan kishilardir. 65. Ular: «Parvardigoro, O’zing bizlardan jahannam azobini daf’ qilgin. Darhaqiqat uning azobi ketmas — mangu (azobdir). 66. Darhaqiqat u eng yomon qarorgoh va eng yomon joydir», deydigan kishilardir. 67. Ular infoq-ehson qilgan vaqtlarida isrof ham, xasislik ham qilmaslar (balki ehsonlari) ana o‘sha (xasislik bilan isrofning) o‘rtasida — mo‘‘tadil bo‘lur. 68. Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunoxlardan birontasini) qilsa uqubatga duchor bo‘lur. 69. Qiyomat kunida uning uchun azob bir necha barobar qilinur va u joyda xorlangan holida mangu qolur. 70. Magar kim tavba qilsa va iymon keltirib yaxshi amallar qilsa, bas Alloh ana o‘shalarning yomonlik-gunohlarini yaxshilik-savoblarga aylantirib qo‘yur. Alloh mag‘firatli, mehribon bo‘lgan zotdir. 71. Kim tavba qilib, yaxshi (amallar) qilsa, bas albatta u Allohning (rizomag‘ firatiga) qaytgan bo‘lur. 72. Ular (ya’ni Rahmonning suyukli bandalari) yolg‘on guvohlik bermaslar va lag‘v (behuda so‘z yo amal) oldidan o‘tgan vaqtlarida, olijanoblik bilan (ya’ni undan yuz o‘girgan hollarida) o‘turlar. 73. Ularga Parvardigorlarining oyatlari eslatilgan vaqtida u (oyatlarga) gung va ko‘r hollarida tashlanmaydilar, (balki ularni anglab-bilib amal qilurlar). 74. Ular: «Parvardigoro, O’zing bizlarga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan shod-xurramlik hadya etgin va bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin», deydigan kishilardir. 75. Ana o‘shalar sabr-qanoat qilganlari sababli (jannatdagi) yuksak darajalar bilan mukofotlanurlar va u joyda (farishtalar tomonidan) salom va omonlik bilan qarshi olinurlar. 76. Ular o‘sha joyda mangu qolurlar. U eng go‘zal qarorgoh, eng go‘zal manzildir. 77. (Ey Muhammad, mushriklarga) ayting: «Agar duo-iltijo qilmas ekansizlar, Parvardigorim sizlarga parvo qilmas. Bas, sizlar (U zot yuborgan payg‘ambarni) yolg‘onchi qildingiz. Endi albatta (azob-uqubat) sizlarga lozim bo‘lur».
Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa U bandaga janozayu, kafan hayf.
|
|
| |
Copyright MyCorp © 2024 |
|
| |
|