Чоршанба, 18.12.2024, 6:56:48

Вы вошли как Mehmon | Группа "Mehmon"Приветствую Вас Mehmon | RSS
Бош сахифа | 30. "Rum" - Форум | Мой профиль | Регистрация | Выход | Вход
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
30. "Rum"
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 11:44:56 | Сообщение # 1
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
RUM SURASI
Bu sura ham Makkada nozil qilingan bo‘lib, oltmish oyatdan iboratdir. Sura ikki katta davlat — Rum va Fors davlatlari o‘rtasida bo‘lgan urushda forslarning qo‘li ustun kelgani haqida xabar berish bilan boshlanib, yaqin yillar ichida rumliklar g‘alaba qilishi to‘g‘risida bashorat qiladi. Oradan yetti yil o‘tgach, bu Ilohiy bashorat haq ekanligi ma’lum bo‘ladi - Rum davlati forslar ustidan g‘alaba qozonadi. Suraning «Rum» deb atalishining boisi shudir. Bu surada ham boshqa Makka suralaridagi kabi mo‘minlarni yolg‘iz Allohga ibodat qilishga chorlanadi va uzoq-yaqin o‘tmishdagi Allohni inkor etib, Uning payg‘ambarlarini yolg‘onchi qilgan kimsalarning oqibatlari qanday bo‘lgani haqida xabarlar beriladi. Yana bu surada Alloh taoloning qudrati ilohiyyasiga dalolat qiladigan bir qancha ibratli misollar sanab o‘tilib, so‘ngra sura payg‘ambar alayhis-salomni va u zotning ummatlarini o‘z iymon-e’tiqodlarida sabr-toqat bilan ustivor bo‘lishga buyurish bilan nihoyalanadi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Alif, Lom, Mim.

2-3-4-5. Juda yaqin joyda Rum mag‘lub bo‘ldi. (Lekin) ular (ya’ni rumliklar) bu mag‘lubiyatlaridan so‘ng bir necha yil ichida albatta g‘alaba qilajaklar. Avvaluoxir barcha ish Allohning (izmida)dir. O’sha kunda mo‘minlar Alloh (rumliklarni) g‘olib qilgani sababli shodlanurlar. (Alloh) O’zi xoxlagan kishini g‘olib qilur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir.

I z o h . Rum mamlakati arablarga yaqin bo‘lib, rumliklar nasroniy diniga mansub, forslar esa majusiy edilar. Shuning uchun ham forslar g‘olib bo‘lgani haqidagi xabar Makkaga yetib kelganida, Makka mushriklari quvonishib mo‘min-musulmonlarga «Senlar Qur’onga ishonganlariig kabi rumliklar Injilga ishonishadi, forslar esa xuddi bizlarga o‘xshab hech qanday ilohiy kitobga iymon keltirishmagan. Mana bugun forslar rumliklarni yengishganidek, yaqinda bizlar ham senlarni yengamiz», der edilar. Shunda yuqoridagi oyatlar nozil bo‘lib, mo‘minlarga taskini dil baxsh etdi va darhaqiqat u oyatlarning bergan bashorati rost bo‘lib chiqdi. Barcha islom ulamolarining nazdida, ushbu oyatlar g‘ayb-kelajak haqidagi bu haq xabarni berganligi Muhammad alayhissalom Allohning payg‘ambari ekanliklariga, Qur’on esa Allohning kalomi ekanligiga yana bir dalildir.

6. (Bu) Allohning va’dasidir. Alloh O’z va’dasiga xilof qilmas. Lekin ko‘p odamlar bilmaslar.

7. Ular oxiratdan g‘ofil-bexabar bo‘lgan hollarida faqat hayoti dunyoning zohirinigina bilurlar.

8. Axir ular o‘zlaricha Alloh osmonlar va yerni hamda ular orasidagi bor narsani faqat haq (qonun) va belgilangan muddat bilan yaratganini (demak o‘sha muddat bitgach, dunyo tugab, oxirat boshlanishini) tafakkur qilib ko‘rmadilarmi?! Darhaqiqat bu odamlardan ko‘pchilik qayta tirilib, Parvardigorlariga ro‘baro‘ bo‘lishni inkor qilguvchidirlar.

9. Axir ular yer yuzida sayru sayohat etishib, o‘zlaridan avvalgi payg‘ambarlarni yolg‘onchi qilib iymonsiz (ketgan) kimsalarning oqibatlari qanday bo‘lganini ko‘rsalar bo‘lmaydimi?! O’sha (halok bo‘lgan kimsalar) bulardan (ya’ni Makka kofirlaridan) ko‘ra kuchli-quvvatliroq bo‘lgan va (o‘z) yerlarini bular obod qilganidan ko‘ra ko‘proq haydab (ya’ni ekinzorlarga aylantirib), obod qilgan edilar-ku! Ularga ham o‘z payg‘ambarlari aniq-ravshan hujjatlar keltirganlarida, (u payg‘ambarlarni yolg‘onchi qilishgach, halok bo‘ldilar). Bas Alloh ularga zulm qilguvchi bo‘lmadi, lekin ular (Haq yo‘liga yurishdan bosh tortishlari bilan) o‘zlariga zulm qilguvchi bo‘ldilar.

10. So‘ngra (oxiratda esa) Allohning oyatlarini yolg‘on deyish va ularning ustidan kulish bilan (o‘zlariga) yomonlik qilgan kimsalarning oqibati yanada yomonroq bo‘ldi.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 11:45:09 | Сообщение # 2
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
11. Alloh avval boshda O’zi yaratib, so‘ngra (qiyomat kunida) O’zi yana qayta yaratur. So‘ngra (hisob-kitob qilinishi uchun) Unga qaytarilursizlar.

12. (Qiyomat) soati qoyim bo‘ladigan kunda jinoyatchi kimsalar butunlay nomurod bo‘lurlar.

13. (U kunda) ular uchun butlari tomonidan oqlovchilar bo‘lmas (ya’ni ular hayoti dunyoda Allohga sherik qilib olishgan kimsalar ulardan tonar) va ular ham butlaridan tonguvchi bo‘lurlar.

14. (Qiyomat) soati qoyim bo‘ladigan kunda – ana o‘sha kunda (mo‘minlar bilan kofirlar) bir-birlaridan ajralurlar.

15. Endi iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar (jannat) bog‘ida shodlanurlar.

16. Ammo kufr yo‘lini tutgan va Bizning oyatlarimizni hamda oxirat muloqotini yolg‘on degan kimsalar — ana o‘shalar (mangu) azobga duchor qilinurlar.

17-18. Bas tunga kirish paytlaringizda ham, tongga kirish paytlaringizda ham, oqshomda ham, peshin paytiga kirishingizda ham Allohni poklangiz (ya’ni U zotga hamdu sano aytingiz. Zero) osmonlar va yerdagi bor hamdu-sano Unikidir (ya’ni koinotdagi barcha mavjudot Unga hamdu-sano aytur).

19. Alloh o‘likdan tirikni chiqarur, tirikdan o‘likni chiqarur va yerni o‘lganidan keyin (bahorda qayta) tiriltirur. Sizlar ham (kiyomat kunida qabrlaringizdan) mana shunday chiqarilursizlar.

20 (Allohning kudrati ilohiyyasiga dalolat qiladigan) oyat-alomatlaridan (biri) — U zot sizlarni (ya’ni otangiz Odamni) tuproqdan yaratgani, so‘ngra sizlar basharga aylanib (er yuziga) taralishlaringizdir.

21. Uning oyatlaridan (yana biri) U zot sizlar hamdam bo‘lishlaringiz uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratishi va o‘rtalaringizda oshnolik va mehr-muhabbat paydo qilishidir. Albatta bunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 11:45:23 | Сообщение # 3
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
22. Uning oyatlaridan (yana biri) – U zot osmonlar va yerni yaratishi va sizlarning tillaringiz va ranglaringizni xilma-xil qilib qo‘ygandir. Albatta bunda barcha olamlar uchun oyat-ibratlar bordir.

23. Uning oyatlaridan (yana biri) – kechasi va kunduzi uxlashlaringiz hamda (kunduzlari) Uning fazlu marhamatidan (rizqu-ro‘z) istashlaringizdir. Albatta bunda anglaydigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir.

24. Uning oyatlaridan (yana biri) – U zot sizlarga (momaqaldiroqdan) qo‘rqqan va (yomg‘ir yog‘ishidan) umidvor bo‘lgan holingizda chaqmoqni ko‘rgizur va osmondan suv-yomg‘ir yog‘dirib, uning yordamida yerni, o‘lganidan so‘ng tiriltirur. Albatta bunda aql yurgizadigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir.

25. Uning oyatlaridan (yana biri) – osmon va yer U zotning amri bilan (fazoda muallaq) turishidir. So‘ngra (qiyomat qoyim bo‘lganida) U sizlarni (yotgan) yerlaringizdan bir bor chaqirishi bilan barchangiz birdan (hisob-kitob) uchun) chiqarsizlar.

26. Osmonlar va yerdagi bor jonzotlar, U zotga tegishlidirki, hammasi Unga bo‘yinsunur.

27. U avval boshda O’zi yaratib, so‘ngra (qiyomat kunida) O’zi yana qayta yaratadigan zotdir. (Qayta yaratish — tiriltirish) U zotga juda osondir. Osmonlar va yerdagi eng yuksak xislat (ya’ni Yakkayu-Yagonalik) Unikidir. U qudrat va hikmat egasidir.

28. (Alloh) sizlarga o‘zlaringizdan bir misol keltirur: sizlar uchun qo‘llaringizdagi qullaringizdan Biz sizlarga rizq qilib bergan molu-mulkka sherik bo‘lib olguvchilar bormi, bas sizlar (mol-mulkingizni tasarruf qilishda u qullaringiz bilan) barobar bo‘lib, ulardan ham o‘zlaringizdan qo‘rqqanday qo‘rqurmisizlar? Aql yurgizadigan qavm uchun oyatlarni mana shunday bayon qilurmiz.

I z o h. Bu oyatni quyidagicha tushunish kerak: agar qo‘l ostingizdagi qullaringiz sizlarning molu davlatlaringizga sheriklik da’vo qilsalar va sizlarga itoat qilishdan bosh tortishib, molu dunyolaringizni sizlar bilan bab-barobar tasarruf qila boshlasalar, sizlar esa xuddi o‘zlaringizga o‘xshagan ozod odamlardan qo‘rqqaningdizdek qo‘rqib tursangiz rozi bo‘larmidingiz? Albatta rozi bo‘lmas edinglar, bas shunday ekan, nega endi barcha olamlarning Parvardigori bo‘lmish Alloh taologa O’zining qullarini sherik qilib olursizlar?! Yo‘q, hech qachon Yaratganga yaralganlar teng bo‘la olmas!

29. Yo‘q, zolim kimsalar biron bilim-hujjatsiz havoi nafslariga egrashib (Allohga shirk keltirdilar). Bas, Alloh yo‘ldan ozdirgan kimsani kim hidoyat qila olur?! (Hech kim hidoyat qila olmas) va ular uchun (oxiratda) yordam berguvchilar ham bo‘lmas.

30. Bas (ey Muhammad), o‘zingizni doimo to‘g‘ri bo‘lgan dinda (Islomda) tuting! Alloh insonlarni yaratgan tabiiy xilqatni saqlangiz! Allohning yaratishi o‘zgartirilmas. Eng to‘g‘ri din mana shudir. Lekin ko‘p odamlar bilmaslar.

I z o h. Ushbu oyatda ta’kidlanishicha Islom tabiiy xilqat dinidir. Hadisi sharifda aytilishicha, «Har bir bola tabiiy xilqatda — Islomda dunyoga kelur. So‘ng uni ota-onasi yo yahudiy qilurlar, yo nasroniy qilurlar va yo majusiy qilurlar». Demak, inson har ikki dunyoda ham ruhan, ham jismonan baxtli-saodatli bo‘lishi uchun o‘zining yaralgan tabiiy xilqatidan — Islomidan ajralmasligi lozim ekan.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 11:45:40 | Сообщение # 4
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
31. (Allohga) qaytguvchi bo‘lgan hollaringizda (Uning dinini mahkam tutinglar) va U zotdan qo‘rqinglar hamda namozni to‘kis ado qilinglar! Mushriklardan bo‘lmanglar!

32. Ular (ya’ni mushriklar) dinlarini bo‘lib, firqa-firqa bo‘lib olgandirlar. Har bir firqa o‘z oldilaridagi narsa bilan xursanddirlar.

33. Qachon (dinsiz) odamlarga biron ziyon yetsa, Parvardigorlariga qaytib, Unga iltijo qilurlar, so‘ngra qachon (Alloh) ularga O’z tomonidan biron marhamat totdirib qo‘ysa, banogoh ulardan bir guruhi Parvardigorlariga shirk keltira boshlar.

34. Ular Biz ato etgan ne’matlarga noshukurlik qilaversinlar! Bas (ey mushriklar), foydalanib qolinglar! Hali yaqinda (bu qilmishlaringizning oqibatini) bilib olursizlar!

35. Yoki Biz ularga (osmondan) ularning (Allohga) shirk keltirishlarini (to‘g‘ri deb) so‘zlaydigan biron hujjat nozil qildikmi?! (Yo‘q, ular faqat nodonlik bilan o‘z havoi nafslariga ergashib, Allohga turli narsalarni sherik deb bilmoqdalar).

36. Qachon Biz odamlarga biron marhamat totdirsak, ular bundan quvonib keturlar. Agar ularga o‘zlari qilgan gunohlari sababli biron yomonlik yetsa, banogoh ular noumidlikka tushurlar.

37. Axir ular Alloh O’zi xohlagan kishining rizqini keng qilishini va (O’zi xohlagan kishining rizqini) tang qilishini bilmadilarmi?! Albatta bunda iymon keltiradigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir.

38. Bas qarindosh-urug‘ga, miskin va musofirga (xayru-ehson qilish bilan haqlarini ato eting! Alloh yuzini istaydigan kishilar uchun mana shu eng yaxshi (ishdir). Ana o‘shalar najot topguvchidirlar.

39. Sizlar odamlarning mollari ichida ziyoda bo‘lib (qaytishi) uchun bergan sudxo‘rlik-foydaxo‘rlikdan iborat bo‘lgan pul-mollaringiz (ya’ni sovg‘asalomlaringiz) Alloh nazdida ziyoda (savob) olishingizga sabab bo‘lmas. Allohning yuzini — roziligini istab ato etgan zakotdan iborat bo‘lgan narsalaringiz, bas ana o‘sha (zakot berguvchi kishilar ajru-savoblarini) bir necha barobar qilib olguvchilardir.

40. Alloh sizlarni yaratgan, so‘ngra rizqu-ro‘zingizni bergan, so‘ngra joningizni oladigan, so‘ngra sizlarga (qayta) hayot beradigan zotdir. Sizlar (sig‘inayotgan) butlaringiz orasida mana shularning birontasini qila oladigan kimsa bormi?! (Alloh) ularning shirklaridan pok va yuksakdir.

41. Odamlarning o‘zlari qilgan qilmishlari sababli quruqlikda ham, dengizda ham (turli) ofat-balolar yuz berdi. (Bu balo va ofatlar odamlar qilayotgan gunoh-ma’siyatlaridan) qaytishlari uchun, ularga qilgan ayrim gunoxlarining (jazosini) totdirib qo‘yish uchundir.

42. (Ey Muhammad, mushriklarga) ayting: «Yer yuzida sayru sayohat qilib, ilgari o‘tganlarning oqibatlari qanday bo‘lganini ko‘ringlar! Ularning ko‘plari mushrik edilar».

43. Bas, siz Alloh tomonidan, qaytarilmaydigan kun (ya’ni qiyomat) kelmay turib o‘zingizni doimo rost dinda tuting! O’sha kunda (mo‘minlar bilan kofirlar) bo‘linurlar.

44. Kimda-kim kofir bo‘lsa, kufri o‘zining bo‘ynidadir. Kim yaxshi amal qilsa, bas ular o‘zlari uchun (jannatdan) joy tayyorlarlar.

45. Zero (Alloh) iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni O’z fazlukaramidan mukofotlar. Darhaqiqat U zot kofirlarni suymas.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 11:45:52 | Сообщение # 5
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
46. (Allohning qudrati ilohiyyasiga dalolat qiladigan) oyatlaridan (biri) (yomg‘ir haqida) xushxabar eltguvchi bo‘lgan shamollarni yuborishidir. (Alloh) sizlarga O’z rahmati-yomg‘iridan totdirish uchun va (dengizdagi) kemalar Uning amri bilan joriy bo‘lishi hamda sizlar (u kemalarda) Uning fazlumarhamatidan (rizqu-ro‘z) istashlaringiz uchun va shukr qilishlaringiz uchun (shamollarni yuborur).

47. Aniqki, Biz sizdan ilgari ham payg‘ambarlarni o‘z qavmlariga yuborganmiz. Bas ular (qavmlariga) aniq-ravshan hujjatlar keltirganlar. So‘ng Biz jinoyat qilgan kimsalardan intiqom olganmiz va iymon keltirgan zotlarni g‘olib qilish Bizning zimmamizdagi haq bo‘lgan.

48. Alloh shunday zotdirki, shamollarni yuborur, bas ular bulutni haydar, so‘ng (Alloh bulutni) O’zi xoxlagandek yoyur va (agar xoxlasa) uni bo‘lak-bo‘lak qilur, bas siz ularning orasidan yomg‘ir chiqayotganini ko‘rursiz. Qachon (Alloh) uni O’zi xoxlagan bandalariga yetkazsa banogoh ular shod-xurram bo‘lurlar.

49. Holbuki ular ustlariga (yomg‘ir) yog‘dirilishidan oldin mutlaqo noumid edilar.

50. Bas, siz Allohning rahmati yomg‘irning izlariga qarang: U qanday qilib yerni o‘lganidan keyin tiriltirdi-ya! Hech shak-shubhasiz mana shu (Alloh) o‘liklarni ham tiriltirguvchidir. U barcha narsaga qodirdir.

51. Qasamki, agar Biz bir shamol yuborib, ular (ekinlarini) sarg‘ayib-quriganini ko‘rsalar, albatta ana undan keyin kufroni ne’mat qilishga tururlar.

52. Aniqki, siz «o‘liklar»ga (so‘zingizni) anglata olmassiz, orqa o‘girib ketayotgan «kar»larga ham uqtira olmassiz.

53. Yana siz «ko‘r»larni o‘z zalolatlaridan (qaytarib) hidoyat qilguvchi emassiz. Siz faqat Bizning oyatlarimizga iymon keltiradigan kishilargagina (o‘z so‘zlaringizni) uqtira olursiz. Ana o‘shalar musulmonlardir.

54. Alloh shunday zotdirki, sizlarni nochor narsadan (ya’ni bir tomchi suvdan) yaratdi, so‘ngra (sizlar uchun) nochorlikdan keyin kuch-quvvat (paydo) qildi, so‘ngra kuch-quvvatdan keyin yana nochorlik va qarilikni paydo qildi. U O’zi xoxlagan narsani yaratur. U bilimdon va qudratlidir.

55. (Qiyomat) soati qoyim bo‘ladigan kunda jinoyatchi kimsalar (dunyoda) bir soatdan ortiq turmaganlariga qasam ichurlar. Ular (hayoti dunyoda ham) mana shunday (rostdan yolg‘onga) burilguvchi edilar!



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 11:46:11 | Сообщение # 6
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
56. (Shunda) ilm va iymon ato etilgan zotlar aytadilar: «Aniqki, sizlar Alloh (Lavhul-Mahfuzda) yozib qo‘yganidek tirilish kunigacha turdinglar. Bas, mana shu tirilish kunidir. Lekin sizlar (bu kunning haq ekanini) bilmas edinglar».

57. Ana o‘sha kunda (kofir bo‘lish bilan o‘z jonlariga) jabr qilgan kimsalarga uzru bahonalari foyda bermas va ulardan (Alloh rozi bo‘ladigan amallarga) qaytish ham talab qilinmas.

58. Aniqki, Biz ushbu Qur’onda odamlar uchun har turli misollarni bayon qildik. Qasamki, agar siz (ey Muhammad), ularga (o‘zlari talab qilgan) oyat-mo‘‘jizani keltirsangiz ham, albatta kofir bo‘lgan kimsalar «Sizlar yolg‘onchining o‘zidirsizlar», derlar.

59. Alloh (haqiqatni) bilmaydigan kimsalarning dillarini ana shunday qoplabberkitib qo‘yur.

60. Bas (ey Muhammad), sabr-toqat qiling! Shak-shubhasiz Allohning (sizni va ummatlaringizni kofir qavm ustiga g‘olib qilish haqidagi) va’dasi haqdir. (Oxiratga) ishonmaydigan kimsalar sizni hargiz betoqat qilmasinlar.


Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Copyright MyCorp © 2024