|
33. "Ahzob"
| |
MoniKa | Дата: Шанба, 09.05.2009, 11:51:04 | Сообщение # 1 |
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
| AHZOB SURASI Yetmish uch oyatdan iborat bu sura Madinada nozil qilingan. Ma’lumki, odatda Madina suralarida, Makkada nozil bo‘lgan suralardan farqli o‘laroq, so‘z asosan islomiy turmush tarzi va diniy urf-odatlar haqida boradi. Ya’ni mavzu islomiy aqidani anglatishdan islomiy shariatni bayon qilishga ko‘chadi. Ushbu sura ham bundan mustasno emasdir. U dastlab Muhammad alayhis-salomga Alloh taolodangina qo‘rqishda ustivorlik tilab, yolg‘iz Allohgagina suyanishga va faqat vahiy ilohiygagina ergashishga buyurish bilan boshlanadi, so‘ngra dini Islomdagi (ayrim hukmlarda) boqib olingan bola tuqqan farzand bilan barobar bo‘lmasligi bayon qilinadi va sura davomida bu mavzuga yana qaytiladi. Yana bu surada payg‘ambar alayhis-salomning ahli-ayollari to‘g‘risida hamda ularning zimmalaridagi ayricha vazifalari va alohida haq-huquklari borasida ham so‘z yuritiladi, shuningdek ular barcha mo‘min-musulmonlar uchun ona maqomida ekanliklari, binobarin mo‘minlar ularga ziyoda ehtirom va o‘ta ehtiyotkorlik bilan muomala qilishlari lozim ekani uqtiriladi. Sura nihoyasida inson o‘z zimmasiga olgan Alloh taoloning barcha amru farmonlariga itoat etish vazifasi, hatto osmonu zamin va tog‘u toshlar ham ko‘tara olmagan og‘ir va mas’ul vazifa ekanligi ta’kidlanadi, Bu suradan Madinada yangi barpo bo‘lgan Islom davlatini yo‘q qilib yuborish g‘arazida turli qabila-firqalar birlashib qilgan hujumlari va bu jang vositasida Tangri taolo mo‘minlarning iymon-e’tiqodlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazgani haqidagi oyatlar ham o‘rin olgani sababli u «Ahzob – Firqalar» deb nomlangandir. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 1. Ey Payg‘ambar, Allohdan qo‘rqing va kofir, munofiq kimsalarga bo‘yinsunmang! Albatta Alloh bilguvchi va hikmat egasi bo‘lgan zotdir. 2. Va (faqat) sizga Parvardigoringiz tomonidan vahiy qilinadigan oyatlarga ergashing! Albatta Alloh sizlar qilayotgan amallardan ogoh bo‘lgan zotdir. 3. Yolg‘iz Allohga tavakkul qiling! Allohning O’zi yetarli vakil – saqlaguvchidir. 4. Alloh biron kishining ichida ikki yurak qilgan emasdir, (shuningdek) sizlar zihor qiladigan xotinlaringizni ham sizlarga ona qilgan emas va asrandi bolalaringizni o‘z bolalaringiz qilgan emasdir. Bu (ya’ni xotinlaringizni «ona» deyishlaringiz, asrandilaringizni «bola» deyishlaringiz) sizlarning og‘izlaringizdagi so‘zingizdir. Yolg‘iz Alloh haqiqatni aytur va Uning O’zi (haq) hidoyat qilur. I z o h. Ushbu oyatda ikki masala xususidagi Tangrining hukmi bayon qilindi: Birinchisi «Zihor» masalasi bo‘lib, bu ibora arablarning istilohida kishi o‘z xotiniga «sen menga onamning badani kabi haromsan», deyishini anglatadi. Odatda, ular, bu so‘zlar aytilgan xotin onaga aylanib qoladi, demak, endi u bilan yashash mumkin emas, deb hisoblar edilar. Qur’on ularning bu gumonlari noto‘g‘ri ekanligini uqtiradi. Fikh – qonunshunoslik kitoblarida yuqoridagi so‘zlarni aytgan kishilar ushbu noloyiq so‘zlari uchun ma’lum tartibda kafforat – jarima to‘lab, nikohlaridagi xotinlari bilan yashayverishlari joiz ekanligi aytiladi. Ikkinchi masala: Asrandi bola Shariati Islomiyya hukmicha har taraflama pushti kamardan bo‘lgan bola kabi bo‘lmasligi haqidadir. Bu oyat payg‘ambar alayhis-salom o‘g‘il qilib olgan Zayd binni Xorisa haqida nozil qilingan bo‘lib, sura davomida bu mavzuga yana qaytiladi
Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa U bandaga janozayu, kafan hayf.
|
|
| |
MoniKa | Дата: Шанба, 09.05.2009, 11:51:17 | Сообщение # 2 |
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
| 5. Ularni o‘z otalari (ismi) bilan chaqiringlar. Shu Alloh nazdida to‘g‘riroqdir. Endi agar ularning otalarini bilmasangizlar, u holda (ular) sizlarning diniy birodarlaringiz va do‘stlaringizdir (ya’ni u holda ularni birodarim Falonchi, yoki do‘stim Falonchi, deb chaqiringlar, lekin boqib olgan otasining nomi bilan chaqirmanglar). Qilgan xatolaringiz sababli sizlar uchun gunoh yo‘qdir, lekin ko‘ngillaringiz (bilan) qasd qilgan narsadagina (gunohkor bo‘lursizlar). Alloh mag‘firatli, mehribon bo‘lgan zotdir. 6. Payg‘ambar mo‘minlarga o‘zlaridan xam haqdorroqdir, uning ayollari esa ularning onalaridirlar. Allohning kitobida qarindosh-urug‘lar (merosxo‘rlikda) bir-birlariga (qon-qarindosh bo‘lmagan) mo‘minlardan va muhojirlardan ko‘ra haqdorroqdirlar. Magar sizlar (diniy) do‘stlaringizga (ularni o‘zingiz uchun voris qilishlik bilan) yaxshilik qilmog‘ingiz (joizdir). Bu — Kitobda (ya’ni Lavhul-Mahfuzda) bitib qo‘yilgan (hukmdir). 7-8. Eslang, Biz (barcha) payg‘ambarlardan va (xususan sizdan) Nuhdan, Ibrohim, Muso va Iyso binni Maryamdan ahdu paymonlarini olgandik. U rostgo‘ylardan (qiyomat kunida) rostgo‘yliklari xaqida so‘rash uchun ulardan puxta axdu paymon qildik - Alloh kofirlar uchun alamli azob tayyorlab qo‘ygandir. 9. Ey mo‘minlar, sizlarga (qarshi turli firqalardan iborat) qo‘shinlar kelgan paytida, Biz ularning ustiga shamol va sizlar ko‘rmagan qo‘shinlarni (ya’ni farishtalarni) yuborganimizni — Allohning sizlarga bergan ne’matini eslanglar! Alloh qilayotgan amallaringizni ko‘rib turguvchi bo‘lgan zotdir. 10. O’shanda ular sizlarning yuqori tomoningizdan xam, sizlardan quyiroq tomondan ham (bostirib) kelgan edilar. O’shanda ko‘zlar tinib, yuraklar bo‘g‘izlarga tiqilib qolgan va sizlar Alloh haqida (turli) gumonlar qila boshlagan edinglar.
Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa U bandaga janozayu, kafan hayf.
|
|
| |
MoniKa | Дата: Шанба, 09.05.2009, 11:51:45 | Сообщение # 3 |
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
| 11. Ana o‘sha joyda mo‘minlar (yana bir bor) imtihon qilindilar va (bu dahshatdan) qattiq larzaga tushdilar. 12. O’shanda munofiqlar va dillarida maraz bo‘lgan (ya’ni e’tiqodlari zaif bo‘lgan) kimsalar: «Alloh va Uning payg‘ambari bizlarga faqat yolg‘on va’da qilgan ekanlar», deya boshladilar. 13. O’shanda ulardan bir toifa odam dedi: «Ey Yasrib (ya’ni Madina) ahli, sizlar uchun (bu qadar ko‘p sonli yovga qarshi) turish imkoni yo‘qdir, bas (o‘z uylaringizga) qaytib ketinglar». Ulardan yana bir guruh esa «Uylarimiz ochiqsochiq (qolgan edi),» deb payg‘ambardan izn so‘rardilar. Holbuki (uylari) ochiq-sochiq emas edi. Ular faqat (jang maydonidan) qochishnigina istardilar. 14. Agar ularning (munofiqlarning) ustiga (Madinaning turli) tomonlaridan (bostirib) kirilsa-da, so‘ngra ulardan fitna (ya’ni musulmonlarga xiyonat qilish) talab qilinsa, shak-shubhasiz ular ko‘p (ikkilanib) turmasdan (xiyonatga rozilik) bergan bo‘lur edilar. 15. Holbuki, ular ilgari ortga chekinmasliklari haqida Allohga axdu paymon bergan, Allohga berilgan ahdu paymon esa (qiyomat kunida) so‘ralguvchi edi. 16. (Ey Muhammad), ayting: «Agar sizlar o‘lishdan yo o‘ldirilishdan qochsangizlar, bu qochish sizlarga biron foyda bermas, demak sizlar juda oz (ya’ni ajallaringiz yetguncha) foydalanursizlar, xolos. 17. Ayting: «Agar Alloh sizlarga yomonlikni iroda qilsa, qay bir kimsa sizlarni undan asray olur, yoki U zot sizlarga marhamatni iroda qilsa (kim uni to‘sa olur)?!» Ular o‘zlari uchun Allohdan o‘zga biron do‘st, biron yordamchi topa olmaslar. 18-19. Alloh sizlarning orangizdagi (jihodga) to‘sqinlik qiladigan va o‘z do‘stlariga «Biz tomonga o‘tinglar» deydigan kimsalarni aniq bilur. Ular jangga kamdan-kam, sizlarga (ya’ni sizlarning g‘alaba qozonib, o‘ljalarga ega bo‘lishingizga) baxilliklari kelgan holdagina kelurlar. Bas, qachon (yov tomonidan) xavf kelsa, siz ularni o‘lim o‘rab (shaytonlab) qolgan kimsa kabi ko‘zlari o‘ynab, siz tomonga qarayotganlarini ko‘rursiz. Endi qachon xavf ketsa, ular yaxshilik (ya’ni o‘ljalar) ustida ochko‘zlik qilib sizlarni o‘tkir tillar bilan ranjiturlar. Ular (sidqidildan) iymon keltirmaganlar, bas (shu sababli) Alloh ularning amallarini behuda ketkazdi. Bu Allohga oson bo‘lgan ishdir. 20. Ular (ya’ni munofiqlar qo‘rqoqliklari sababli kofir firqalar Madina atrofidan tarqab ketganlaridan keyin ham) u firqalarni ketmagan deb o‘ylaydilar, va agar u firqalar (yana qaytib) qolsalar (munofiqlar shaharda — sizlarning ichingizda emas, balki sahroda) ko‘chmanchi badaviylar orasida bo‘lib, sizlarning holixabarlaringiz haqida so‘rab-bilib turishni do‘st tutadilar. Agar ular sizlarning orangizda bo‘lganlarida ham kamdan-kam jang qilgan bo‘lur edilar. I z o h. Yuqoridagi (9-20) oyatlarda hijratning beshinchi sanasida bo‘lib o‘tgan va Islom tarixida «Xandaq jangi» degan nom bilan qolgan bir jang tafsiloti bayon qilindi. Mufassirlarning yozishlaricha, voqea bunday bo‘lgan ekan: Makka va Madina atroflaridagi bir necha qabila-firqalar musulmonlarni yo‘q qilib yuborish uchun til biriktirishib, o‘n ikki mingdan ortiq qo‘shin to‘playdilar va Madinaga yurish qiladilar. Bu shum xabardan voqif bo‘lgach, payg‘ambar alayhis-salom uch ming chog‘li askarlari bilan Madinaning chetiga chiqib, sahobalardan Salmoni Forsiyning maslahatlariga ko‘ra zudlik bilan shaharning chor-atrofiga xandaq kavlaydilar va o‘zlari himoyaga hozir bo‘lib turadilar. Shu orada har tarafdan yetib kelgan turli firqalarning yo‘lini shu paytgacha arab urushlarida qo‘llanilmagan usul — xandaq to‘sadi va ular Madinani to‘rt tomonidan qurshab qamal qiladilar, ammo shahar ichiga kirish chorasini topa olmaydilar. Shahar aholisi esa qamal qilib turgan yovning vahshatidan dahshatga tushadi va shunda mo‘min kim-u, munofiq kimligi ajralib qoladi: Mo‘minlar Alloh taoloning nusratiga ko‘z tikib, payg‘ambar alayhis-salom tevaragiga yanada jipslashadilar, munofiqlar esa butunlay noumidlikka tushib, o‘zgalarni ham vasvasaga sola boshlaydilar. Mana shu zaylda bir oyga yaqin muddat kechganidan so‘ng, bir kuni to‘satdan havo sovub, qattiq bo‘ron turadi va qamal qilib turganlar yoqqan o‘t-olovlarni o‘chirib, tikkan chodir-o‘tovlarini o‘chirib ketadi va ular Madinaga kirishdan umidlari uzilib, ortlariga qaytib ketishdan o‘zga chora topa olmay qoladilar. Shunday qilib, Tangri taolo ushbu og‘ir damlarda mo‘minlarning iymonlarini yana bir bor imtihon qiladi va til uchida iymon keltirsalar-da, dillarida maraz-nifoq bo‘lgan kimsalarning kirdikorlarini fosh etadi.
Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa U bandaga janozayu, kafan hayf.
|
|
| |
MoniKa | Дата: Шанба, 09.05.2009, 11:52:04 | Сообщение # 4 |
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
| 21. (Ey mo‘minlar), sizlar uchun — Alloh va oxirat kunidan umidvor bo‘lgan hamda Allohni ko‘p yod qilgan kishilar uchun Allohning payg‘ambari (iymone’tiqodi va xulqi atvori)da go‘zal ibrat bordir. 22. Mo‘minlar u firqalarni ko‘rgan vaqtlarida: “Bu Alloh va payg‘ambari bizlarga va’da qilgan narsadir (ya’ni imtihondir). Alloh va payg‘ambarining so‘zi rostdir”, dedilar va (ustilariga bostirib kelayotgan firqalarning sonsanoqsizligi) ularning (Allohga bo‘lgan) iymon va itoatlarini yanada ziyoda qildi, xolos. 23. Mo‘minlar orasida o‘zlari Allohga bergan (U zotning yo‘lida jihod qilib, shahid bo‘lish haqidagi) ahdu paymonlariga sodiq bo‘lgan kishilar bordir. Bas ulardan (ayrim) kishilar o‘z ahdiga vafo qildi, (ya’ni shahid bo‘ldi), ulardan (ayrim) kishilar esa (shahid bo‘lishga) intizordir. Ular (munofiqlarga o‘xshab Allohga bergan ahdu paymonlarini) o‘zgartirganlari yo‘q. 24. Alloh (o‘z ahdu paymonlariga) sodiq bo‘lgan kishilarni rostgo‘yliklari sababli mukofotlash uchun, munofiqlarni esa agar O’zi xoxlasa (munofiq hollarida o‘ldirib) azobga giriftor etish, yoki tavbalarini qabul qilib (gunohlarini mag‘firat etish) uchun (mazkur sinovga duchor qildi). Alloh mag‘firatli va mehribon bo‘lgan zotdir. 25. Alloh kofirlarni (ya’ni firqalarni) xafa hollarida qaytardi. Ular biron yaxshilik foydaga erishmadilar. Alloh mo‘minlarga jang to‘g‘risida kifoya qildi (ya’ni osmondan shamol va farishtalar yuborib, mo‘minlarni jangsiz g‘olib qildi). Alloh kuchli, qudratli bo‘lgan zotdir. 26. U (firqalarga) yordam bergan, ahli kitobdan iborat bo‘lgan kimsalarni (Alloh) o‘z qal’alaridan tushirdi va dillariga qo‘rqinch soldi. (Endi) sizlar (ulardan) bir guruhni o‘ldirursizlar, bir guruhni asir olursizlar. 27. Va sizlarni ularning yerlariga, hovli-joylariga, molu mulklariga va (hali) sizlarning oyoqlaringiz yetmagan yerlarga voris qildi. Alloh har narsaga qodir bo‘lgan zotdir. I z o h. Bu ikki oyat Banu Qurayza nomli yahudiy qabilasi haqida nozil qilingandir. Bu qabila ilgari payg‘ambar alayhis-salom bilan bir-birlariga qarshi urushmaslik haqida bitim tuzgan edi. Kofir firqalar mo‘minlarga qarshi yurish qilganlarida esa ular o‘rtadagi bitimni xiyonatkorona buzib, firqalarga qo‘shilib oldilar. Shuning uchun u firqalar qaytib ketganlaridan keyin musulmonlar Banu Qurayza qabilasini qurshovga oladilar va ular yashirinib olgan qal’alaridan chiqib taslim bo‘lishga majbur bo‘ladilar. Shunda ulardan bir qanchasi qatl qilinib, qolganlari musulmonlar tomonidan asir olinadi va yer-mulklari musodara qilinadi. 28. Ey payg‘ambar, juftlaringizga ayting: «Agar sizlar hayoti dunyoni va uning zebu-ziynatlarini istaydigan bo‘lsangizlar, u holda kelinglar, men sizlarni (o‘sha narsalardan) bahramand etay va chiroyli kuzatish bilan kuzatay. 29. Agar Allohni, Uning payg‘ambarini va oxirat diyorini istaydigan bo‘lsangizlar, holda shak-shubhasiz, Alloh sizlarning orangizdagi chiroyli amal qilguvchilar uchun ulug‘ mukofot — jannatni tayyorlab qo‘ygandir». 30. Ey payg‘ambar ayollari, sizlardan kim aniq gunohni qilar ekan, uning uchun azob ikki barobar qilinur. Bu Allohga oson bo‘lgan ishdir. YIGIRMA IKKINCHI JUZ’ 31. Sizlardan kim Alloh va Uning payg‘ambariga itoat etsa va yaxshi amal qilsa, Biz uning ajru mukofotini ikki hissa qilib berurmiz va uning uchun ulug‘ rizq (ya’ni jannat)ni tayyorlab qo‘ygandirmiz. 32. Ey payg‘ambar ayollari, sizlar agar taqvodor bo‘lsangizlar, ayollardan birontasi kabi emasdirsizlar (ya’ni biron ayol fazlu martabada sizlar kabi bo‘la olmas). Bas, sizlar (parda ortidan biron nomahram erkakka javob qilgan paytlaringizda) mayin-nazokatli so‘z qilmanglarki, u holda ko‘nglida maraznifoq bo‘lgan kimsa tama’ qilib qolur. Yaxshi - to‘g‘ri so‘zni so‘zlanglar!
Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa U bandaga janozayu, kafan hayf.
|
|
| |
MoniKa | Дата: Шанба, 09.05.2009, 11:52:18 | Сообщение # 5 |
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
| 33. O’z uylaringizda barqaror bo‘linglar (ya’ni besabab uylaringizdan tashqariga chiqmanglar, magar biron hojat uchun chiqqanlaringizda esa ilgarigi dinsizlik (davri)dagi yasan-tusan kabi yasan-tusan qilmanglar! Namozni to‘kis ado qilinglar, zakotni (haqdorlarga) ato etinglar hamda (barcha ishlarda) Alloh va Uning payg‘ambariga itoat etinglar! (Ey payg‘ambar) xonadonining ahli, Alloh sizlardan gunohni ketkazishni va sizlarni butunlay poklashni istaydi xolos. 34. Uylaringizda Allohning oyatlari va hikmat (ya’ni payg‘ambar hadislari)dan iborat tilovat qilinadigan narsalarni zikr-tilovat qilinglar! Albatta Alloh mehribon va ogoh bo‘lgan zotdir. 35. Albatta muslim va muslimalar, mo‘min va mo‘minalar, itoatgo‘y erkaklar va itoatgo‘y ayollar, rostgo‘y erkaklar va rostgo‘y ayollar, sabr-qanoat qilguvchi erkaklar va sabr-qanoat qilguvchi ayollar, tavozu’li erkaklar va tavozu’li ayollar, xayru-sadaqa qilguvchi erkaklar va xayru-sadaqa qilguvchi ayollar, ro‘za tutguvchi erkaklar va ro‘za tutguvchi ayollar, avratlarini (haromdan) saqlaguvchi erkaklar va (avratlarini haromdan) saqlaguvchi ayollar, Allohni ko‘p zikr qilguvchi erkaklar va (Allohni ko‘p) zikr qilguvchi ayollar – ular uchun Alloh mag‘firat va ulug‘ mukofot (ya’ni jannat) tayyorlab qo‘ygandir. 36. Alloh va Uning payg‘ambari bir ishni hukm qilgan — buyurgan vaqtida biron mo‘min va mo‘mina uchun (Allohni hukmini qo‘shib) o‘z ishlaridan ixtiyor qilish joiz emasdir. Kim Alloh va Uning payg‘ambariga osiy bo‘lsa, bas u ochiq yo‘ldan ozish bilan yo‘ldan ozibdi. I z o h. Ushbu oyat payg‘ambar alayhis-salomning ammalari Ummu Aymanning qizi Zaynab binti Jahsh haqida nozil bo‘lgandir. Payg‘ambarimiz Zaynabni o‘zlarining asrab olgan o‘g‘illari Zayd bin Xorisaga xotinlikka so‘rab sovchi bo‘lib borganlarida, u unamasdan: «Yo Rasululloh, axir men Qurayshning eng oliy nasabli ayollaridan bo‘lsam, Zayd esa kuni kecha ozod bo‘lgan qul bo‘lsa, qanday qilib u menga munosib bo‘lsin», deydi. Shunda payg‘ambar alayhis-salomga yuqoridagi oyat nozil bo‘lgach, noiloj qolib, o‘z roziligini beradi va Zaydga nikohlab beriladi. Lekin Zayd bilan Zaynabning turmushlari yaxshi bo‘lmaydi. Chunki Zaynab eriga nopisandlik bilan muomalada bo‘lar va mudom unga o‘zining oliynasab ekanini pesh qilaverar edi. Oxir oqibat Zayd payg‘ambarning oldilariga Zaynab haqida shikoyat qilib kelib, u bilan birga ortiq yashay olmasligini aytadi. Darvoqe, bu orada Alloh taolo tomonidan payg‘ambar alayhissalomga vahiy kelgan bo‘lib, unda Zayd Zaynab bilan ajrashib ketishlari va payg‘ambar Zaynabga uylanishlari haqida xabar berilgan edi. Lekin payg‘ambar alayhis-salom odamlarning «Muhammad o‘zi asrab olgan o‘g‘lining xotiniga uylandi», deb ta’na qilishlaridan cho‘chib bu vahiyni oshkor qilmay kelar edilar. Shuning uchun ham Zayd kelib xotini bilan ajrashmoqchi ekanini bildirganida, unga sabr qilishni maslahat beradilar. Quyidagi oyatda Alloh taolo O’z payg‘ambariga mana shu ishi uchun tanbeh beradi. 37. (Ey Muhammad), eslang, siz Alloh (Islomga hidoyat qilish bilan) in’ommarhamat qilgan va siz (qullikdan ozod qilib, o‘zingizga o‘g‘il qilib olish bilan) in’om qilgan kishiga (ya’ni Zayd binni Xorisaga): «Juftingni o‘z huzuringda ushlagin (ya’ni taloq qilishga shoshmagin), Allohdan qo‘rqgin», deb Alloh oshkor qilguvchi bo‘lgan narsani ichingizga yashirgan edingiz va Allohdan qo‘rqishingiz haqroq bo‘lgani holda, siz odamlardan (ya’ni ularning ta’na qilishlaridan) qo‘rqqan edingiz. Bas, qachonki Zayd undan (ya’ni Zaynabdan) hojatini ado qilgach (ya’ni uni taloq qilgach), Biz sizni unga uylantirdik. Toki mo‘minlarga asrandi bolalari o‘z xotinlaridan hojatlarini ado qilishgach (ya’ni ularni taloq qilishgach) ularning (xotinlariga uylanishlarida tanglik bo‘lmasligi uchun (shunday) qildik). Va Allohning amri irodasi qilinguvchi bo‘ldi. 38. Alloh payg‘ambarga farz qilgan (ya’ni halol qilgan) narsada unga biron tanglik bo‘lmas. (Bu) ilgari o‘tgan (payg‘ambarlar) haqidagi Allohning yo‘li – qonunidir (ya’ni ular uchun ham Alloh halol qilgan narsalarda hech qanday tanglik bo‘lmagan). Allohning amri irodasi taqdiri azaliy bo‘ldi. 39. Ular (ya’ni o‘tgan payg‘ambarlar) Allohning amru-farmonlarini (bandalarga) yetkazadigan, U zotdan qo‘rqadigan va Allohdan o‘zga birovdan qo‘rqmaydigan zotlardir. Allohning O’zi yetarli hisob qilguvchidir. 40. Muhammad sizlardan biron kishining otasi emasdir, balki u Allohning payg‘ambari va payg‘ambarlarning so‘nggisidir. Alloh barcha narsani bilguvchi bo‘lgan zotdir. 41. Ey mo‘minlar, Allohni ko‘p zikr qilinglar. 42. Va ertayu kech U zotni poklab tasbeh aytinglar!
Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa U bandaga janozayu, kafan hayf.
|
|
| |
MoniKa | Дата: Шанба, 09.05.2009, 11:52:30 | Сообщение # 6 |
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
| 43. U sizlarni (kufr) zulmatlaridan (iymon) nuriga chiqarish uchun sizlarga marhamat ko‘rsatadigan zotdir. Uning farishtalari ham (haqlaringizga duo qilurlar). U mo‘minlarga mehribon bo‘lgan zotdir. 44. (Mo‘minlar Allohga) ro‘baro‘ bo‘ladigan kunda ularga (Alloh tomonidan yo‘llanadigan) salom tinchlik-omonlik tilash bo‘lur. (Alloh) ular uchun ulug‘ mukofot (ya’ni jannat) tayyorlab qo‘ygandir. 45-46. Ey payg‘ambar, darhaqiqat Biz sizni (qiyomat kunida barcha ummatlar ustida) guvohlik berguvchi, (mo‘minlarga jannat haqida) xushxabar eltguvchi va (kofirlarni do‘zax azobidan) ogohlantirguvchi hamda Allohning izni-irodasi bilan U zotga (ya’ni Uning diniga) da’vat qilguvchi va (Haq yo‘lini ko‘rsatguvchi) nurli chiroq qilib yuborgandirmiz. 47. Mo‘minlarga xushxabar beringki, shak-shubhasiz, ular uchun Alloh tomonidan katta fazlu marhamat (ya’ni jannat) bordir. 48. Siz kofirlar va munofiqlarga bo‘yinsunmang va ularning ozor-aziyatlariga parvo qilmang hamda Allohga tavakkul qiling! Allohning O’zi yetarli vakilhomiydir. 49. Ey mo‘minlar, qachon sizlar mo‘minalarni nikohlaringizga olsangizlar-u, so‘ngra ularga qo‘l tegizishdan (yaqinlashishdan) ilgari ularni taloq qilsangizlar, u holda sizlar uchun ularning zimmasida sanaydigan idda bo‘lmas. Bas sizlar ularni (ozmi-ko‘pmi hadya bilan) bahramand qilib, chiroyli kuzatish bilan kuzatinglar! I z o h. Ma’lumki, shariati Islomiyya qonuniga ko‘ra er-xotin ajralishganida, xotin boshqa turmush qurish huquqiga faqat uch hayz muddatida idda saqlaganidan keyingina ega bo‘lar edi. Endi agar er-xotin qovushmasdan turib ajraladigan bo‘lsalar, u holda xotinning idda saqlashiga hojat yo‘qdir, chunki idda xotin kishining homilador bo‘lganbo‘ lmaganini aniqlash uchun saqlanar edi. Yana bunday holatda er-xotinning haqmaxrini to‘lashi ham lozim emas, balki o‘zi ko‘nglidan chiqqan biron sovg‘a bilan o‘sha xotinni foydalantirishi kifoya ekan. 50. Ey payg‘ambar, albatta Biz siz uchun haqqi-mahrlarini bergan juftlaringizni, Alloh sizga (jangu jadallarda) o‘lja qilib bergan qo‘l ostingizdagi cho‘rilaringizni, siz bilan birga hijrat qilgan amakingizning qizlarini va ammalaringizning qizlarini, tog‘angizning qizlarini va xolalaringizning qizlarini yana (har qanday) mo‘mina ayolni — agar u o‘zini payg‘ambarga hadya etsayu, payg‘ambar uni (haqqi mahr bermay) o‘z nikohiga olishni istasa (mazkur ayollarning barchasini Biz siz uchun) halol qildik. (O’zini hadya etgan ayolga haqqi mahrini bermasdan uylanish ijozati) mo‘minlar uchun emas, xolis siz uchundir. Biz (mo‘minlarga) juftlari va qo‘l ostilaridagi cho‘rilari xaqida farz qilgan hukmlarimiz esa aniq ma’lumdir. Toki sizga tanglik bo‘lmasligi uchun (Biz sizga mazkur imtiyozlarni berdik). Alloh mag‘firatli va mehribon bo‘lgan zotdir.
Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa U bandaga janozayu, kafan hayf.
|
|
| |
MoniKa | Дата: Шанба, 09.05.2009, 11:52:47 | Сообщение # 7 |
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
| 51. Siz (ayollaringizdan) o‘zingiz xoxlagan ayolni koldirib, o‘zingiz xohlagan ayolni o‘zingizga hamxona qilursiz. O’zingiz chetlatgan ayollaringizdan biron ayolni (o‘zingizga yana hamxona qilishni) istasangiz sizga hech qanday gunoh bo‘lmas. Bu (ya’ni ayollaringizga qiladigan muomalangizda sizga ixtiyor berib qo‘yishimiz), ularning ko‘zlari quvonishiga, g‘amgin bo‘lmasliklariga va siz ularga ato etgan narsaga barchalari rozi bo‘lishlariga yaqinroq (yo‘ldir). Alloh sizlarning dillaringizdagi sirlaringizni (ham) bilur. Alloh bilguvchi va halim bo‘lgan zotdir. 52. (Ey Muhammad), siz uchun bundan so‘ng ayollar (ya’ni mana shu ayollaringiz ustiga yana uylanishingiz) halol bo‘lmas va garchi (boshqa) xotinlarning husni jamollari sizni qiziqtirsa ham ularni (o‘z ayollaringizga) almashtirish ham (ya’ni ayollaringizni taloq qilib, ularni nikohingizga olish ham siz uchun halol bo‘lmas). Magar siz ega bo‘lgan cho‘rilar (haloldir). Alloh barcha narsa ustida kuzatib turguvchi bo‘lgan zotdir. 53. Ey mo‘minlar, payg‘ambarning uylariga faqat sizlarni biron taomga chaqirilsagina kiringlar. (O’shanda ham) uning pishishiga ko‘z tutib turguvchi bo‘lmanglar, balki chaqirilgan paytingizda kirib, taomlangach tarqalinglar va biron gapga berilgan holingizda (u yerda qolib ketmanglar)! Chunki bu (ishlaringiz) payg‘ambarga ozor berur, u esa sizlardan (ya’ni sizlarni chiqarib yuborishdan) tortinar. Alloh haqni (aytishdan) tortinmas. Qachon sizlar (payg‘ambar ayollaridan biron narsa so‘rasangizlar) parda ortida turib so‘ranglar! Mana shu sizlarning dillaringizni ham, ularning dillarini ham toza tutguvchiroqdir. Sizlar uchun Allohning payg‘ambariga ozor berish va uning ortidan ayollariga uylanishingiz hech qachon durust emasdir. Chunki bu (ishlaringiz) Alloh nazdida ulug‘ (gunoh) bo‘lgan ishdir. 54. Agar sizlar biron narsani oshkor qilsangizlar yo yashirsangizlar, albatta (Alloh bilur). Zero Alloh barcha narsani bilguvchi bo‘lgan zotdir. 55. (Payg‘ambar ayollari) o‘zlarining otalariga, o‘g‘illariga, og‘a-inilariga, og‘ainilarining o‘g‘illariga, opa-singillarining o‘g‘illariga, (mo‘mina) ayollarga va qo‘l ostilaridagi cho‘rilarga (ochiq holda ko‘rinishlarida) ularga biron gunoh bo‘lmas. (Ey payg‘ambar ayollari), Allohdan qo‘rqinglar! Albatta Alloh barcha narsa ustida guvoh bo‘lgan zotdir. 56. Albatta Alloh ham, Uning farishtalari ham payg‘ambarga duoyu salavot ayturlar. Ey mo‘minlar, sizlar ham u zotga salovot va salomlar aytinglar! 57. Albatta Allohga va Uning payg‘ambariga ozor beradigan kimsalarni Alloh dunyoda ham, oxiratda ham la’natlagandir va ular uchun xor qilguvchi azobni tayyorlab qo‘ygandir. 58. Mo‘min va mo‘minalarga biron gunoh qilmasliklaridan ozor beradigan kimsalar ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar. 59. Ey payg‘ambar, juftlaringizga, qizlaringizga va mo‘minlarning ayollariga ayting, ustlariga yopinchiqlarini o‘rasinlar! Mana shu ularning (cho‘ri emas, balki ozod ayollar ekanliklari) tanilib, ozorlanmasliklari uchun eng yaqin (vositadir). Alloh mag‘firatli va mehribon bo‘lgan zotdir. 60-61. Qasamki, agar munofiqlar, dillarida maraz bo‘lgan kimsalar va Madinada mish-mish tarqatib yuruvchilar (o‘z qilmishlaridan) to‘xtamasalar, albatta Biz sizni ularga qarshi oyoqlantirurmiz, so‘ngra ular (Madinada) siz bilan birga tura olmay qolurlar, magar la’natga duchor bo‘lgan hollarida ozgina (vaqt tura olurlar xolos), (U paytda) ular qaerda topilsalar ushlanurlar va o‘ldirib tashlanurlar
Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa U bandaga janozayu, kafan hayf.
|
|
| |
MoniKa | Дата: Шанба, 09.05.2009, 11:53:05 | Сообщение # 8 |
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
| 62. (Bu) ilgari o‘tgan zotlar haqidagi Allohning yo‘li-qonunidir. Allohning yo‘lini esa hargiz o‘zgartira olmassiz. 63. Odamlar sizdan (qiyomat) soati (qachon bo‘lishi) haqida so‘raydilar. «U (soatni) bilish yolg‘iz Allohning huzuridadir», deb ayting. Qaerdan bilursiz, ehtimol u soat yaqin kelib qolgandir. 64. Albatta Alloh kofirlarni la’natladi va ular uchun o‘tni tayyorlab qo‘ydi. 65. Ular na biron do‘st va na biron yordamchi topmagan hollarida u joyda mangu qolurlar. 66. Yuzlari olovda aylantiriladigan – kuydiriladigan kunda, ular: «Koshki edi bizlar ham Allohga itoat etganimizda, payg‘ambarga itoat etganimizda», derlar. 67-68. Yana ular: «Parvardigoro, darhaqiqat bizlar boshliqlarimizga va kattalarimizga bo‘yinsundik, bas ular bizlarni (to‘g‘ri) yo‘ldan ozdirdilar. Parvardigoro, Sen ularga azobni ikki hissa qilib bergin va ularni katta la’nat bilan la’natlagin», dedilar. 69. Ey mo‘minlar, sizlar (o‘z payg‘ambarlaringiz Muhammadga nisbatan Bani Isroil qavmidan bo‘lgan) Muso) ozor bergan kimsalar kabi bo‘lmangizlar! Bas Alloh (Musoni) ular aytgan ayblardan pokladi. U Alloh nazdida obro‘li kishi edi. (Xuddi shuningdek Muhammad ham Alloh nazdida obro‘li kishidir). 70. Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqinglar, to‘g‘ri so‘zni so‘zlanglar! 71. (Shunda Alloh) ishlaringizni o‘nglar va gunohlaringizni mag‘firat qilur. Kim Allohga va Uning payg‘ambariga itoat etsa, bas u ulug‘ baxtga erishibdi. 72. Albatta Biz bu omonatni (ya’ni shariati Islomiyyadagi toat-ibodatlarni) osmonlarga, yerga va tog‘u toshlarga ko‘ndalang qilgan edik, ular uni ko‘tarishdan bosh tortdilar va undan qo‘rqdilar. Inson esa uni o‘z zimmasiga oldi. Darhaqiqat u (o‘ziga) zulm qilguvchi va nodon edi (ya’ni bu omonatning naqadar vazmin yuk ekanligini butun koinot bildi va uni ko‘tarishga qurbi yetmasligini sezdi, ammo inson o‘zi bilmagan holda o‘ta mushkul vazifani o‘z zimmasiga oldi). 73. Alloh munofiq va munofiqalarni, mushrik va mushrikalarni azoblash uchun xamda mo‘min va mo‘minalarning tavba-tazarrularini qabul kilib, (gunohlarini mag‘firat qilish uchun Odam bolalariga bu omonatni yukladi). Alloh mag‘firat qilguvchi va mehribon bo‘lgan zotdir.
Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa U bandaga janozayu, kafan hayf.
|
|
| |
Copyright MyCorp © 2024 |
|
| |
|