Чоршанба, 18.12.2024, 1:41:37

Вы вошли как Mehmon | Группа "Mehmon"Приветствую Вас Mehmon | RSS
Бош сахифа | 34. "Saba' " - Форум | Мой профиль | Регистрация | Выход | Вход
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
34. "Saba' "
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 11:53:42 | Сообщение # 1
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
SABA' SURASI
Bu sura ellik to‘rt oyatdan iborat bo‘lib, Makkada nozil qilingan. Sura osmonlar va yerni yaratgan, dunyo va oxiratning yolg‘iz podshohi bo‘lgan Tangri taologa hamdu-sano aytish bilan boshlanib, so‘ngra U zotning yeru-osmondagi barcha sirru-asrordan ogoh ekani, binobarin qiyomat kunida bu dunyoda qilib o‘tilgan har bir zarra yaxshilik va yomonlikning mukofot - jazosini berishi haqida xabar beriladi va bu dunyoda odamlarni Haq yo‘lidan ozdirib botil yo‘llarga boshlagan kimsalar u dunyodagi dahshatli azob oldida ularga ergashgan kishilarning gunohlarini bo‘yinlariga olmasliklari ta’kidlanadi. Bu surada Alloh taolo ato etgan ne’matlarga shukr qilib, U zotga sidqidildan bandalik qilgan Dovud va Sulaymon payg‘ambarlarning qissalari ham yana zikr qilinadi. Shuningdek, Tangri ato etgan noz-ne’matlarga noshukurlik qilganlari oqibatida ulardan mahrum bo‘lgan «Saba’» qabilasi haqida ham hikoya qilinadiki, bu suraning «Saba’» deb atalishining boisi shudir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Barcha) hamdu sano Alloh uchundir. U shunday zotki, osmonlardagi va yerdagi bor narsa Unikidir. Oxiratdagi hamdu sano ham yolg‘iz Uning uchundir. U hikmat egasi va (barcha narsadan) xabardordir.

2. U yerga kiradigan (yomg‘ir-qor suvi, xazinayu-dafina va jasadlar kabi) narsalarni ham, undan chiqadigan (ut-o‘lan, nabotot va buloq suvlari kabi) narsalarni ham, samodan tushadigan (rizqu ro‘z, xayru baraka kabi) narsalarni ham, unga ko‘tariladigan (yaxshi amal va duo-iltijo kabi) narsalarni ham bilur. U mehribon va mag‘firatlidir.

3. Kofir bo‘lgan kimsalar «Bizlarga (qiyomat) soati kelmas», dedilar. (Ey Muhammad, ulvrga) ayting: «Yo‘q! G’aybni bilguvchi Parvardigorimga qasamki, shak-shubhasiz u (ya’ni qiyomat) sizlarga kelur. Osmonlar va yerdagi bir zarra misolichalik, undan ham kichik (yoki) katta biron narsa (Alloh)dan mahfiy bo‘lmas — albatta ochiq Kitobda (ya’ni, Allohning azaliy yozmishi — Lavhulmahfuzda u) mavjud bo‘lur».

4. Toki (Alloh) iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni mukofotlashi uchun (shak-shubhasiz qiyomat soati kelur). Ana o‘sha zotlar uchun mag‘firat va ulug‘ rizq (ya’ni jannat) bordir.

5. Bizning oyatlarimizga (qarshi) kurashish harakatida yurgan kimsalar uchun esa alamli jazodan iborat azob bordir.

6. (Ey Muhammad), ilm ato etilgan zotlar sizga Parvardigoringiz tomonidan nozil qilingan (Qur’onning) haq (Kitob) ekanini va u qudratli, hamdu sanoga loyiq zotning yo‘liga hidoyat qilishini bilurlar.

7-8. Kofir bo‘lgan kimsalar esa: «Sizlarga (qabrlaringizda chirib) titilib bo‘lakbo‘ lak bo‘lib ketgan vaqtingizda shak-shabhasiz yana yangitdan yaratilursizlar, deb xabar beradigan bir kishini ko‘rsataylikmi? U Alloh sha’niga yolg‘on to‘qib oldimi yoki jinni bo‘lib qoldimi?» — dedilar. Yo‘q, (Muhammad alayhis-salom yolg‘on to‘qib olgani ham, jinni bo‘lib qolgani ham yo‘q, (balki) oxiratga ishonmaydigan kimsalarning o‘zlari azobda va (haq yo‘ldan yiroq) zalolatdadirlar.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 11:53:55 | Сообщение # 2
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
9. Axir ular oldilaridagi va ortlaridagi (ya’ni chor-atroflaridagi) narsalarga – osmonu zaminga boqmaydilarmi?! Agar Biz xoxlasak, ularni yerga yuttirib yuborurmiz yoki osmonni ustlariga parcha-parcha qilib tushirurmiz. Albatta bunda har bir (Allohga) qaytguvchi banda uchun oyat-ibrat bordir.

I z o h . Ya’ni har bir insof-diyonatli banda bundan ibrat olib, yeru-osmondek buyuk mavjudotni yaratgan va ularni O’z qudrati ilohiyyasiga bo‘yinsundirgan Tangri taolo albatta qabrlardagi jasadlarga ham qayta jon ato etishga qodir ekanini bilib olishi mumkindir.

10. Aniqki Biz Dovudga (ulug‘) bir fazl-martaba ato etdik «Ey tog‘lar va qushlar (Dovud) bilan birga tasbeh aytinglar!» Va uning uchun temirni (xamirdek) yumshoq qilib qo‘ydik.

11. (Va unga dedik): «Sovutlar yasagin va (ularni) to‘qishda aniq-puxta ish qilgin! (Ey Dovud xonadoni), yaxshi amal qilinglar! Zero Men qilayotgan amallaringizni ko‘rib turguvchidirman».

12. Sulaymonga ertalab bir oylik, kechki payt bir oylik (masofani bosib o‘tadigan) shamolni (bo‘ysundirdik) va uning uchun mis bulog‘ini oqizib qo‘ydik. Yana jinlardan ham Parvardigorining izni-irodasi bilan uning qo‘l ostida ishlaydigan kimsalarni (bo‘ysundirib qo‘ygandirmiz). Ulardan kim Bizning amrimizdan toyilsa, Biz unga o‘t-olov azobidan totdirib qo‘yurmiz.

13. Ular (Sulaymonga misdan) u xohlagan narsalarni — ibodatxonalarni, haykallarni, hovuzlar kabi (katta)laganlarni va (o‘choqlarga) o‘rnashgan (vazmin) qozonlarni qilib berurlar. «(Ey) Dovud xonadoni, (Alloh sizlarga ato etgan bu ne’matlarning shukronasi uchun amal-ibodat qilinglar! Bandalarim orasida shukr qilguvchi (zotlar juda) ozdir».

14. Endi qachonki Biz (Sulaymonga) o‘limni hukm qilgach, uning o‘limiga faqat asoini yeyayotgan (yog‘och) kemiruvchi qurtgina dadolat qildi. Bas qachonki u qulab tushgach, jinlarga aniq bo‘ldiki, agar ular g‘aybni bilguvchi bo‘lganlarida bu xor qilguvchi azobda-mehnatda qolmagan bo‘lur edilar.

I z o h . Mazkur oyatlarda ota-o‘g‘il — Dovud va Sulaymon payg‘ambarlarga Alloh taolo ato etgan ne’matlar sanab o‘tildi. Darhaqiqat Tangri taolo Dovud alayhis-salomga shunday xush ovoz bergan ekanki, u kishi Zaburni tilovat qilganlarida osmonda uchib ketayotgan qushlar tek qotar va chor atrofdagi tog‘u-toshlar bilan birga u zotga jo‘rovoz bo‘lib tilovat qilishar ekan. O’sha zamonda temirchilik hunari nihoyat darajada ravnaq topgan bo‘lib, temirchilar o‘zlarining asbob-anjomlari vositasida istagan narsalarini yasay olar ekanlar. Asli kasbi sovutsozlik bo‘lgan Dovud payg‘ambar esa shunday fazilatga ega ekanlarki, qo‘llari tekkan temir xamirdek muloyim bo‘lib qolar va u zot biron asbobanjomsiz uni o‘zlari xohlagan shaklga kiritar edilar. Bu mo‘‘jizaning guvohi bo‘lgan kishilar Dovudning haq payg‘ambar ekaniga iymon keltirishar edi. Endi Sulaymon alayhis-salomga esa Alloh taolo insu-jin podshohligini ato etgan edi. Uchar shamollar ham u zotning inon-ixtiyorida bo‘lib, istagan joylariga bir zumda eltib qo‘yar edi. Sulaymon payg‘ambarga berilgan mo‘‘jizalardan yana biri mis bulog‘i bo‘lib, rivoyat qilinishicha undan suv o‘rniga muzdek mis oqib yotar, payg‘ambar izmidagi jinlar esa o‘sha misdan u zotning xohlagan narsalarini yasab berishar ekan. Ushbu so‘nggi oyat ayrim kishilarning jinlar g‘aybni — ya’ni kelajakda ro‘y beradigan voqea-hodisalarni biladilar, degan gumonlarini rad etadi. Chunki ular to o‘tirgan hollarida jon taslim qilgan Sulaymon alayhis-salomning suyanib o‘tirgan asolarini bir yil davomida yog‘och qurti yeb yerga qulab tushmagunlaricha u zotning vafot qilganlarini bilmaganlar va tinim bilmasdan payg‘ambar ularga buyurgan og‘ir mehnatda — baland qasr bino qilishda davom etganlar. Ushbu oyatlarda Alloh taolo ato etgan fazlu-marhamatiga shukr qilib o‘tgan solih payg‘ambarlar haqida hikoya qilingan bo‘lsa, quyidagi oyatlarda Tangri bergan ne’matlarga noshukurlik qilganlari oqibatida ulardan mahrum qilinib, halokatga giriftor bo‘lgan qavm to‘g‘risida so‘z yuritiladi.

15. Aniqki Saba’ (qabilasi) uchun o‘z maskanlarida Allohning fazlumarhamatiga dalolat qiladigan) bir alomat bor edi — o‘ng tomon ham, so‘l tomon ham bog‘-rog‘ bo‘lib, (Biz ularga) «Parvardigoringiz (bergan) rizquro‘ zidan bahramand bo‘linglar va U zotga shukr qilinglar! (Shahringiz) pokiza shahardir, (Parvardigoringiz) mag‘firat kilguvchi Parvardigordir», (degan edik).



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 11:54:10 | Сообщение # 3
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
16. Bas ular (Bizga shukr qilishdan) yuz o‘girishgach, Biz ularning ustiga to‘g‘on bilan (to‘qib qo‘yilgan) selni (ochib) yubordik va ularning bog‘larini achchiq-taxir mevali, yulg‘unzor va yakkam-dukkam butazor «bog‘lar»ga almashtirib qo‘ydik.

17. Kofir bo‘lganlari sababli ularni mana shu (jazo bilan) jazoladik. Biz faqat kofir bo‘lgan kimsagagina (mana shunday) jazo berurmiz.

18. Biz ular bilan O’zimiz barakotli qilgan (Shom) qishloq-shaharlarining orasida ko‘rinib turadigan (ya’ni bir-biriga yaqin) qishloqlarni barpo qilib (qo‘ygan) va, ular orasida yurish (masofasi)ni ham o‘lchab-belgilab (ularga): «Bu (qishloqlarda) kechalari ham, kunduzlari ham tinch-omon yuraveringlar», (degan edik).

19. Ular esa (bu ne’matlarga noshukurlik qilib): «Parvardigoro, safarlarimiz orasidagi (masofani) yiroq qilgin», deyishib, o‘zlariga zulm qildilar, bas Biz ularni (odamlar gapirib yuradigan) cho‘pchak-hikoyaga aylantirib qo‘ydik va bo‘lak-bo‘lak qilib (har tomonga tirqiratib yubordik). Albatta bunda har bir (balolarga sabr-qanoat qilguvchi, ne’matlarga) shukr qilguvchi uchun oyatibratlar bordir.

20. Darhaqiqat Iblis ularning ustidagi («Men ularni yo‘ldan ozdira olurman», degan) gumonini ro‘yobga chiqardi, bas (Saba’ qabilasi Iblisga ergashdilar), faqat bir guruh mo‘minlargina (unga bo‘yinsunmadilar).

21. (Iblisning) ular ustidagi hukmronligi – faqat Biz oxiratga iymon keltiradigan kishilarni, undan (ya’ni oxiratdan) shak-shubhada turgan kimsalardan bilib-ajratib olishimiz uchun bo‘lgandir. (Ya’ni oxirat haqida shubha qilguvchi kimsalar Iblisning ig‘vosiga uchib, unga ergashurlar va Allohning ne’matlariga noshukurlik qilurlar. Oxiratga iymon keltirgan zotlarga esa uning vasvasasi kor qilmas.) Parvardigoringiz barcha narsaning ustida kuzatib turguvchidir.

22. (Ey Muhammad, mushriklarga) ayting: «Sizlar Allohdan o‘zga (ilohlar) deb gumon qilgan butlaringizga duo-iltijo qilaveringlar-chi, (ular sizlarga ijobat qila olarmikanlar)! Ular na osmonlarda va na yerda bir zarra vaznicha (narsa)ga ega emasdirlar va ular uchun (osmonlar va yerda Allohga) sheriklik ham yo‘qdir hamda (Alloh) uchun ulardan biron yordamchi ham yo‘qdir.

23. (Alloh) huzurida faqat Uning O’zi izn bergan kishilargagina shafoat-oqlov foyda berur (ya’ni ana o‘sha zotlargina shafoatga erishurlar, yo o‘zgalarni shafoat qila olurlar). To qachon (Parvardigor ular uchun shafoatga izn berishi bilan) dillaridan qo‘rquv ketkazilgach ular (bir-birlariga): «Parvardigoringiz nima dedi (ya’ni shafoatga haqiqatan izn berdimi?)», deb (savol qilishib), «Haqni (aytdi, ya’ni haqiqatan shafoatga izn berdi), U yuksak va buyuk zotdir», deyishib (javob qilurlar).

24. (Ey Muhammad, mushriklarga) ayting: «Kim sizlarga osmonlar va yerdan rizqu ro‘z berur?» Ayting: «Alloh (rizq berur). Shak shubhasiz yo bizlar yoki sizlar (ya’ni ikki toifadan biri) anik hidoyat ustida yoki ochiq zalolatdadir».

25. Ayting: «Sizlar bizlar qilgan gunoh to‘g‘risida mas’ul bo‘lmassizlar va bizlar sizlar qilayotgan amallar to‘g‘risida mas’ul bo‘lmasmiz».

26. Ayting: «Parvardigorimiz (qiyomat kunida) o‘rtamizni jamlar, so‘ngra o‘rtamizda haqiqat — adolat bilan hukm qilur. Uning O’zigina (adolat bilan) hukm qilguvchi va (kim haq, kim nohaq ekanini) bilguvchidir».



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 11:54:26 | Сообщение # 4
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
27. Ayting: «(Ey mushriklar), sizlar menga (o‘zlaringizcha Allohga) qo‘shib olgan butlaringizni (haqiqatan U zotga) sheriklar ekanini ko‘rsatingiz-chi?! Yo‘q, (bu gumonlaringiz xatodir). Balki (yolg‘iz) Allohning O’zigina qudrat va hikmat egasidir.

28. (Ey Muhammad), Biz sizni shak-shubhasiz, barcha odamlarga: (mo‘minlarga jannat haqida) xushxabar eltguvchi, (kofirlarni esa do‘zax azobidan) ogoxlantirguvchi bo‘lgan holingizda, payg‘ambar qilib yubordik. Lekin ko‘p odamlar bilmaslar.

29. Ular: «Agar rostgo‘y bo‘lsangizlar (aytinglar-chi), mana shu va’da (qilingan qiyomat) qachon bo‘ladi? derlar.

30. Ayting: «Sizlar uchun shunday bir kunning va’dasi bordirki, sizlar undan biron soat ketga ham, ilgariga ham sura olmassizlar».

31. Kofir bo‘lgan kimsalar: «Bizlar bu Qur’onga ham, undan oldingi (kitoblarga) ham hargiz iymon keltirmaymiz», dedilar. (Ey Muhammad), agar siz o‘sha zolim kimsalarni (qiyomat kunida) Parvardigor huzurida turg‘izub qo‘yilib, birbirlariga gap qaytarayotganlarini ko‘rsangiz edi. (O’shanda) bechora sanalgan (ya’ni ergashuvchi bo‘lgan) kimsalar, mutakabbir kimsalarga (ya’ni o‘z peshvolariga): «Agar sizlar bo‘lmaganingizda, bizlar shak-shubhasiz, mo‘minlar bo‘lur edik», desalar,

32. Mutakabbir kimsalar bechora sanalgan kimsalarga: «Sizlarga hidoyat kelganidan so‘ng sizlarni (undan) biz to‘sdikmi? Yo‘q, o‘zlaringiz jinoyat qilguvchi bo‘ldingizlar», derlar.

33. Bechora sanalgan kimsalar esa mutakabbir kimsalarga: «Yo‘q, kechayu kunduz qilgan makr-hiyla(laringiz bizlarni mo‘min bo‘lishdan to‘sgan edi). O’shanda sizlar (o‘z makr-hiylalaringiz bilan) bizlarni Allohga kofir bo‘lishga va U zotga (o‘zgalarni) teng sherik qilishga zo‘rlar edingizlar», dedilar. Azobni (o‘z ko‘zlari bilan) ko‘rgan vaqtlarida ular (ya’ni peshvolar ham, ergashganlar ham) ichlarida nadomat qildilar va Biz kofir bo‘lgan kimsalarning bo‘yinlariga kishanlar soldik. Ularga faqat o‘zlari (hayoti dunyoda) qilib o‘tgan qilmishlarining jazosi berilur.

34. Biz qaysi bir qishloq-shaharga biron ogoxlantirguvchi (payg‘ambar) yubormaylik, albatta u joyning boyonlari «Aniqki biz sizlar elchi qilib yuborilgan narsaga kofirdirmiz», dedilar.

35. Yana ular: «(Bizlarning mol-dunyo va bolalarimiz — iymon keltirganlardan ko‘ra) ko‘proq, (binobarin bizlar) azoblanguvchi emasdirmiz», dedilar.

36. (Ey Muhammad, ularga) ayting: «Albatta Parvardigorim O’zi xohlagan kishilarning rizqini keng qilur va (O’zi xohlagan kishilarning rizqini) tang qilur. Lekin ko‘p odamlar (buni) bilmaslar».

37. Na molu dunyolaringiz va na bolalaringiz sizlarni Bizning dargohimizga yaqin qilguvchi emasdir. Faqat iymon keltirgan va yaxshi amal qilgan zotlar — ana o‘shalar uchungina qilgan amallari sababli necha barobar mukofot bo‘lur va ular (jannatdagi) yuksak manzillarda tinch-omon bo‘lurlar.

38. Bizning oyatlarimizga (qarshi) kurashish harakatida yuradigan kimsalar - ular azobga duchor qilinguvchidirlar.

39. Ayting: «Albatta Parvardigorim bandalaridan O’zi xoxlagan kishilarning rizqini keng qilur va (O’zi xohlagan kishilarning rizqini) tang qilur. Ne bir narsani infoq-ehson qilsangizlar, bas (Alloh) uning o‘rnini to‘ldirur. U rizq berguvchilarning yaxshirog‘idir.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 11:54:40 | Сообщение # 5
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
40. (Eslang, Alloh) ularning (ya’ni mushriklarning) barchalarini to‘plab, so‘ngra farishtalarga «Ana u (mushriklar) sizlarga ibodat qilguvchi bo‘lganmidilar?» deyilgan kunda.

41. (Farishtalar): «Pok Parvardigor, Sen O’zing bizlarning do‘stimizdirsan, ular emas. Yo‘q, ular jinlarga ibodat-itoat qilar edilar. Ularning ko‘plari (jinlarga) iymon keltirguvchidirlar», derlar.

42. Endi Bu kunda biringiz biringizga na foyda va na ziyon yetkazishga qodir bo‘lmas va Biz, zolim bo‘lgan kimsalarga: «O’zlaringiz yolg‘on degan do‘zax azobini totib ko‘ringiz», dermiz.

43. Qachon ularga Bizning aniq-ravshan bo‘lgan oyatlarimiz tilovat qilinsa: ular: «Bu (ya’ni Muhammad alayhis-salom) faqat sizlarni ota-bobolaringiz ibodat qilib o‘tgan butlardan to‘smoqchi bo‘lgan kimsadir», derlar va «Bu (ya’ni Qur’on) faqat to‘qilgan bir bo‘htondir», derlar. Kofir bo‘lgan kimsalar ularga Haqiqat – Qur’on kelgan vaqtida u haqda «Bu faqat ochiq sehrdir», dedilar.

44. Holbuki (ilgari) Biz ularga o‘qib-o‘rganadigan kitoblar ato etgan emasmiz va ularga sizdan avval biron ogoxlantirguvchi (payg‘ambar) ham yuborgan emasmiz.

45. Ulardan ilgari (o‘tgan) kimsalar ham (o‘z payg‘ambarlarini) yolg‘onchi qilgan edilar — Holbuki (Makka mushriklari) Biz ularga ato etgan ne’matlarning o‘ndan biriga ham yetganlari yo‘q. Bas o‘shalar Mening payg‘ambarlarimni yolg‘onchi qilishgach, Mening inkorim qanday bo‘lgan edi?!

46. (Ey Muhammad, mushriklarga) ayting: «Men sizlarga faqat birgina narsani – Alloh uchun juft-juft, yolg‘iz-yolg‘iz holingizda turib, so‘ngra (Muhammad va U keltirgan Kitob haqida) tafakkur qilishingizni tavsiya qilurman. Sohibingizda (ya’ni Muhammadda) hech qanday jinnilik yo‘qdir. U faqat qattiq azob oldidan sizlarga (yuborilgan) bir ogohlantirguvchi (payg‘ambardir) xolos».

47. Ayting: «Men sizlardan so‘ragan bor ajru-mukofot o‘zlaringizga bo‘lsin (ya’ni men sizlardan biron ajr-mukofot so‘ramasman). Mening ajr-mukofotim yolg‘iz Allohning zimmasidadir. U barcha narsaga guvohdir».

48. Ayting: «Albatta Parvardigorim Haq – Qur’onni (botil-jaholat ustiga) otur. U g‘ayblarni aniq bilguvchidir».

49. Ayting: «Haq – Qur’on keldi (va botil-dinsizlik yo‘q bo‘ldi. Endi (botil) yangi dinsizlikni) boshlay ham olmas, (eski dinsizlikni) qaytara ham olmas.

50. Ayting: «Agar men (Haq yo‘lidan) ozsam, bas faqat o‘z ziyonimga ozurman va agar (Uning yo‘liga) hidoyat topsam, u holda Parvardigorim menga vahiy qilayotgan (Qur’on) sababligina (hidoyat topurman). Shak-shubhasiz U eshitguvchidir, yaqindir».

51. (Ey Muhammad), agar siz (mushrik-kofirlarni) dahshatga tushib, qochgani joy topa olmay qolgan va yaqin bir makondan (do‘zaxga tashlash uchun) tutib ketilgan paytlarida ko‘rsangiz edi!



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Шанба, 09.05.2009, 11:54:52 | Сообщение # 6
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
52. (O’sha kunda) ular: «(Muhammad alayhis-salomga) iymon keltirdik», dedilar. (Ular agar hayoti dunyoda iymon keltirganlarida qabul qilingan bo‘lur edi, ammo endi) yiroq bir makondan (ohirat diyoridan turib iymon va tavbatazarru’ga) qo‘llari qandoq yetsin?!

53. Holbuki ular ilgari (hayoti dunyoda) unga kofir bo‘lgan edilar! Holbuki ular yiroq bir makondan g‘aybga (oxiratga tosh) otar edilar!

54. (Mana endi) xuddi ulardan ilgari o‘tgan hammaslaklariga qilingani kabi, ular bilan o‘zlari istaydigan narsaning (ya’ni iymon keltirib, do‘zax azobidan qutulib qolishning) o‘rtasi to‘sib qo‘yildi, Zero ular (hayoti dunyodalik paytlarida) shak-shubha ostida edilar.


Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Copyright MyCorp © 2024