|
38. "Sod"
| |
MoniKa | Дата: Якшанба, 10.05.2009, 0:02:50 | Сообщение # 1 |
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
| SOD SURASI Sakson sakkiz oyatdan tashkil topgan bu sura ham Makkada nozil bo‘lgan. Sura avvalida Qur’oni Karim sha’niga — uning Haq Kitob ekaniga qasam ichiladi. So‘ngra mushriklarning Muhammad alayhis-salom da’vatlariga nisbatan ko‘rsatgan inodqaysarliklari to‘g‘risida xabar beriladi va u zotga taksin-tasalli bo‘lsin uchun o‘z salaflari — o‘tgan ayrim payg‘ambarlarning hayotlaridan va ularning kofirlar tomonidan ko‘rgan ozor-aziyatlaridan lavhalar keltiriladi. Bu surada ham Alloh taolo mo‘minlar uchun hozirlab qo‘ygan go‘zal oqibat-jannat va hayoti dunyodan dinsizlik bilan o‘tadigan kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan do‘zax haqidagi bir necha oyatlar mavjuddir. Shuningdek, bu surada ahli iymonni kibru-havo illatidan yiroq bo‘lishga da’vat etilib, Iblisning jannatdan quvilishiga sabab bo‘lgan narsa – Tangri taoloning amriga itoat etishdan bosh tortib mutakabbirlik qilgani ekanligi ayricha ta’kidlab o‘tiladi. Sura vaqtzamon o‘tishi bilan Qur’on xabarlarining haqiqat ekanligi ma’lum bo‘lib boraverishini uqtirish bilan nihoyalanadi. Bu sura o‘zi boshlangan «Sod» harfi bilan nomlangandir. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 1. Sod. Sha’nu-sharaf sohibi bo‘lgan Qur’onga qasamki, (albatta Qur’on ilohiy mo‘‘jizadir va albatta siz, ey Muhammad, Allohning haq payg‘ambaridirsiz). 2. Balki kofir bo‘lgan kimsalar (bu haqiqatni qabul qilishdan) kibru-havoda va (Alloh va payg‘ambarga) muxoliflikda sobitdirlar. 3. Biz ulardan ilgari ham qancha asr avlodni (iymonsizliklari sababli) halok qilganimizda, ular (boshlariga azob tushganida yordam so‘rab) nido-iltijo qilganlar, (ammo bu vaqt azobdan) qochib qutulish vaqti emas edi. 4. (Makka mushriklari) ularga o‘zlaridan (ya’ni bashar avlodidan bo‘lgan bir ogoxlantirguvchi – payg‘ambar kelganidan ajablandilar va u kofirlar dedilar: «Bu bir yolg‘onchi sehrgardir. 5. (Shuncha) xudolarni bitta xudo qilib olibdimi?! Haqiqatan bu juda qiziq narsa!» I z o h. Makka mushriklari payg‘ambar alayhis-salomning amakilari Abu Tolibning oldiga kelib «Muhammadga aytgin, bizlarning dinimizni ayblashni va xudolarimizni haqorat qilishni bas qilsin», deyishganida, ularning talablaridan xabardor bo‘lgan hazrat: «U holda mening birgina so‘zimni qabul qilinglarki, sizlar u so‘z sharofatidan arabu ajamga podshoh bo‘lursizlar», deydilar. Shunda mushriklar shodlanishib: «U qanday so‘z ekan-a? Agar aytganlaring rost bo‘lsa, bir emas o‘n so‘zingni ham qabul qilamiz», deyishganida payg‘ambar alayhis-salom aytadilar: «U so‘z — la iloha illallohdir - ya’ni Hech qanday iloh yo‘q, magar yolg‘iz Allohgina bordir», Ular bu so‘zni eshitishgach, dahshatga tushadilar va yuqoridagi oyati karimada mazkur bo‘lgan so‘zlarni aytadilar va payg‘ambar alayhis-salomning oldilaridan chiqib ketisharkan: 6. Ulardan kattalari (bir-birlariga shunday deya tarqalib) ketdilar: «Yuringlar va o‘z xudolaringizga (sig‘inishda) qanoat qilinglar (ya’ni ustivor bo‘linglar)! Albatta bu (ya’ni «La ilaha illalloh» deyish bizlardan) istaladigan (talab qilinadigan juda katta) narsadir. 7. Bizlar bu haqda (ya’ni Allohning yakkayu yagona ekanligi haqida) so‘nggi millat — dinda(gi odamlardan ham, ya’ni Islomdan avvalgi so‘nggi din bo‘lmish Nasroniy dinidagi odamlardan ham) eshitgan emasmiz. Bu faqat bir uydirmadir xolos. 8. Bizlarning oramizda (shuncha boy-zodagonlar turib) o‘sha (Muhammad)ga eslatma-Qur’on nozil qilingan emishmi?!» (Ularning bu so‘zlarni aytishlariga sabab o‘ta bilimdonliklari emas), balki ular Mening eslatmam Qur’ondan shakshubhadadirlar, balki ular hali Mening azobimni totib ko‘rganlari yo‘q (bas shuning uchun Qur’on va payg‘ambar sha’niga mana shunday noloyiq so‘zlarni aytmoqdalar). 9. Yoki qudratli va saxovatli Parvardigoringizning rahmat xazinalari ularning oldilaridamikin-a?! 10. Yoki osmonlar va yerning hamda ularning o‘rtasidagi bor narsalarning podshohligi ularnikimikin-a?! U holda (ularni osmonlarga eltadigan) narvonlariga chiqaversinlar (va o‘sha joydan o‘zlari istagan odamlariga vahiy nozil qilaversinlar).
Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa U bandaga janozayu, kafan hayf.
|
|
| |
MoniKa | Дата: Якшанба, 10.05.2009, 0:03:08 | Сообщение # 2 |
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
| 11. (Ey Muhammad), Makka mushriklari o‘sha yerning O’zida yengilib-bitguvchi firqalardan bir to‘dadir xolos, (bas siz ular aytayotgan behuda so‘zlarga parvo ham qilmang!) 12. Ulardan ilgari ham Nuh qavmi (Nuhni), Od (qabilasi Hudni) va qoziqlar (ya’ni yerga qoziqdek qoqilgan baland ehromlar va qasrlar) egasi bo‘lgan Fir’avn (va uning odamlari Musoni yolg‘onchi qilgandirlar. 13. Shuningdek Samud (qabilasi Solihni), Lut qavmi (Lutni) va daraxtzor egalari (Shu’aybni yolg‘onchi qilgandirlar). Ana o‘shalar (ham o‘zlariga yuborilgan payg‘ambarlarga qarshi chiqqan) firqalardir. 14. Barchalariga faqat payg‘ambarlarni yolg‘onchi qilganlari sababli Mening azobim haq bo‘lgandir. (Bas Makka mushriklariga ham Muhammad alayhissalomni yolg‘onchi qilganlari uchun shak-shubhasiz azob-uqubat bo‘lur). 15. Ana o‘shalar(ning barchalari) faqat hech to‘xtamasdan keladigan birgina dahshatli qichqiriqni kutmoqdalar xolos. (Bas o‘sha qichqiriq bo‘lishi bilan barcha jonzot qayta tirilur va kufr yo‘lini tutgan kimsalar do‘zax azobiga duchor bo‘lurlar). 16. Ular (ya’ni Makka mushriklari masxara qilishib) «Parvardigoro, bizlarga (va’da qilingan azobdan iborat) nasibamizni hisob-kitob Kunidan ilgariyoq (ya’ni shu hayoti dunyodayoq) tezroq keltira qolgin», dedilar. 17. (Ey Muhammad), siz ular aytayotgan so‘zlarga sabr qiling va Bizning bandamiz (toat-ibodatda) quvvat sohibi bo‘lgan Dovudni eslang! Darhaqiqat u (Alloh rozi bo‘ladigan yo‘lga) butunlay qaytguvchidir. 18. Albatta Biz tog‘larni kechki payt va ertalab (ya’ni mudom) u bilan birga tasbeh aytadigan qilib bo‘yinsundirib qo‘ydik. 19. Va (har tarafdan) to‘planguvchi bo‘lgan qushlarni ham. (Dovud bilan birga tasbeh aytadigan qilib bo‘ynsundirib qo‘ydik. Tog‘lar va qushlarning) barchalari Dovudga itoat etishga butunlay qaytguvchidir. 20. Yana Biz uning mulku-davlatini kuchli-quvvatli qildik va unga hikmat hamda aniq-ravshan xitob (ya’ni zaboni go‘yo) ato etdik. 21-22. (Ey Muhammad), sizga (bir-birlari bilan) da’volashguvchi (ikki jamoat) xabari keldimi? O’shanda ular (Dovud payg‘ambar ibodat qilayotgan) mehrobga chiqishib, Dovudning oldiga kirishgan edi, u ulardan qo‘rqib ketdi. Ular dedilar: «Qo‘rqmagin. (Bizlar) birimiz birimizga zulm qilgan ikki da’volashguvchi (jamoat)dirmiz. Bas sen bizlarning o‘rtamizda haq (hukm) bilan hukm qilgin va (bizlardan biron tarafga) jabr qilmagin hamda bizlarni tekis-to‘g‘ri yo‘lga boshlagin». 23. (Da’vogarlarning biri dedi): «Darvoqe’ mana bu mening birodarim bo‘lib, uning to‘qson to‘qqiz sovliq qo‘yi bor, mening esa birgana sovlig‘im bordir. Bas u (shu birgina sovliqqa ham ko‘z olaytirib): «O’shani menga topshirgin», dedi va meni bu so‘zda — janjalda yengib qo‘ydi». 24. (Dovud ikkinchi da’vogarning so‘zini tinglamasdanoq) dedi: «Darhaqiqat u sening sovlig‘ingni so‘rab (va) o‘z sovliqlariga (qo‘shib olish) bilan senga zulm qilibdi. Darvoqe’ ko‘p oshna-og‘aynilar bir-birlari zulm qilurlar. Faqat iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan kishilargina (zulm qilmaslar. Ammo) ular juda ozdirlar». Dovud (bu hodisa vositasida) Biz uni imtihon qilganimizni bildida, Parvardigoridan (shoshib hukm chiqargani uchun) mag‘firat qilishini so‘radi va (sajdaga) egilgan holida yiqilib, tavba-tazarru’ qildi. I z o h. Ushbu oyat sajda oyatidir. 25. Bas, Biz uning o‘sha (xatosi)ni mag‘firat qildik. Shak-shubhasiz uning uchun Bizning huzurimizda yaqinlik va go‘zal oqibat (ya’ni jannat) bordir. 26. Ey Dovud, darhaqiqat Biz seni yerda xalifa qildik. Bas sen (nafs) xohishiga ergashib ketmagin! Aks holda u seni Allohning yo‘lidan ozdirur. Albatta Alloh yo‘lidan ozadigan kimsalar uchun hisob-kitob kunini (ya’ni Qiyomatni) unutib qo‘yganlari sababli qattiq azob bordir.
Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa U bandaga janozayu, kafan hayf.
|
|
| |
MoniKa | Дата: Якшанба, 10.05.2009, 0:03:26 | Сообщение # 3 |
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
| 27. Biz osmon va yerni hamda ularning o‘rtasidagi bor narsalarni behuda yaratgan emasmiz. Bu (ya’ni ular behuda-bemaqsad yaratilgan degan gumon) kofir bo‘lgan kimsalarning gumonidir. Bas kofir bo‘lgan kimsalar uchun do‘zaxdan iborat halokat bo‘lgay! 28. Balki Biz iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni yerda buzg‘unchilik qilib yurgan kimsalar kabi qilib qo‘yurmiz?! Balki Biz taqvodor zotlarni fisqu-fujur qilib yurgan kimsalar kabi qilib qo‘yurmiz?! (Yo‘q! Aslo undoq bo‘lmas!) I z o h . Yuqoridagi ikki oyatni shunday tushunmoq lozim: Alloh taolo osmonu zamin va ular o‘rtasidagi biron narsani behuda yaratgan emasdir. Balki U zot koinotdagi har bir mavjudotni yetuk hikmat bilan yaratib, ularni O’zining yerdagi xalifasi bo‘lmish inson manfaati uchun bo‘ysundirib qo‘ydi. Shuningdek, U zot borliqdagi har bir narsaga alohida surat va siyrat ato etib, to qiyomat amal qilib o‘tadigan hayot qonunini belgilab qo‘ydi. Bas eng kichik zarradan tortib eng yirik sayyoragacha har bir mavjudot Yaratgan belgilab qo‘ygan ana o‘sha qonunga so‘zsiz amal qilishi lozim. Aks holda ham ilohiy qonunni buzuvchi halokatga yuz tutadi, ham olam intizomiga futur yetadi. Endi ushbu olamning azizu mukarram bir bo‘lagi va yer yuzining xalifasi bo‘lmish Inson uchun Tangri taolo tomonidan nozil qilingan ilohiy qonun Shariati Islomiyyadirki, Allohga iymon keltirgan va shariat ko‘rsatmalariga amal qilgan Inson ham o‘zi ikki dunyo saodatiga erishadi, ham uning atrofidagi olam undan biron ozor ko‘rmaydi. Aks holda esa ilohiy qonunni inkor etib, unga bo‘yinsunmagan kimsalar ham o‘zlari yashab turgan olamga jabr-zulm qiladilar, ham mana shu jinoyatlariga yarasha jazo oladilar. To‘g‘ri, ko‘p hollarda ushbu imtihon olami bo‘lmish dunyoda yaxshi bilan yomon, zolim bilan mazlum, mo‘min kofir yonma-yon – yaxshi bahosini, yomon jazosini olmasdan o‘taverishi mumkin. Ammo imtihon o‘tib, hayoti dunyo nihoyasiga yetib, oxirat diyoriga borilgach, albatta yer yuzidagi xalifalikni o‘rniga qo‘yib iymon va yaxshi amallar bilan o‘tgan taqvodor zotlar o‘zlari uchun tayyorlab qo‘yilgan mukofotlarni, Yaratganni unutib yerda buzg‘unchilik qilib o‘tgan fosiqlar esa haqiqiy jazolarini olishlari aniqdir. 29. (Ey Muhammad, ushbu Qur’on barcha odamlar) oyatlarini tafakkur qilishlari va aql egalari eslatma-ibrat olishlari uchun Biz sizga nozil qilgan bir muborak Kitobdir. 30. Biz Dovudga Sulaymonni hadya etdik. (Sulaymon) naqadar yaxshi bandadir. Darhaqiqat u (Alloh rozi bo‘ladigan yo‘lga) butunlay qaytguvchidir. 31. Eslang, unga (bir kuni) kechki payt gijinglab turguvchi uchqur otlar ro‘baro‘ qilingan edi. 32. Bas u (o‘sha otlarga maxliyo bo‘lib, kun botish oldida o‘qiydigan namozi qazo bo‘lgach,) dedi: «Darhaqiqat men Parvardigorimni eslashdan (ya’ni o‘qiydigan namozimdan qolib) bu suyukli otlarni suyub-erkalashga berilib ketibman! Hatto (quyosh ham) parda ortiga berkinibdi (ya’ni botib ketibdi)! 33. U (ot)larni menga qaytaringlar-chi! Bas u (qilich bilan otlarning) oyoq va bo‘yinlarini «silash»ga kirishdi (va ularni Alloh yo‘lida qurbonlik qilib yubordi).
Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa U bandaga janozayu, kafan hayf.
|
|
| |
MoniKa | Дата: Якшанба, 10.05.2009, 0:03:42 | Сообщение # 4 |
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
| 34. Darhaqiqat Biz Sulaymonni imtihon qildik va uning taxti ustiga bir jonsiz jasadni tashladik. So‘ngra u tavba-tazarru’ qilib; 35. Dedi: «Parvardigorim, O’zing meni mag‘firat qilgin va menga o‘zimdan keyin birontasi uchun muyassar bo‘lmaydigan bir mulku-davlat hadya etgin. Zero yolg‘iz Sening O’zinggina (barcha yaxshiliklarni) hadya etguvchisan». 36. Bas Biz unga uning amri bilan u istagan tomonga mayin esaveradigan shamolni bo‘yinsundirdik. 37. Yana barcha (baland qasrlarni) bino qilguvchi va (dengizlarning qa’ridan durru gavharlarni topib chiquvchi) g‘avvos shaytonlarni (ya’ni jinlarni) ham Sulaymonga bo‘yinsundirib qo‘ydik). 38. Boshqa (bo‘yinsunmaydigan jin)larni esa kishanlar bilan bog‘langan holda soldik. 39. (Va Sulaymonga dedik): «Mana shu Biznin (senga) ato etgan narsamizdir. Bas sen (ushbu ne’matlardan o‘zing xohlagan kishilarga) ehson qil, yoki qilma (seni bu to‘g‘ri hisob-kitob qilinmas». 40. Shak-shubhasiz (Sulaymon) uchun Bizning huzurimizda yaqinlik va go‘zal oqibat (ya’ni jannat)dir. 41. (Ey Muhammad), bandamiz Ayyubning Parvardigori nido qilib «Darhaqiqat meni shayton balo va azob bilan ushladi», degan paytini eslang! 42. (Shunda unga aytildi): «Oyog‘ing bilan (ostingdagi yerni) tepgin!» (U Allohning amrini bajargan edi, o‘sha yerdan bir chashma otilib chiqdi. So‘ng unga aytildi): Mana shu muzdek cho‘miladigan va ichimlik suvdir». (Qachonki Ayyub u suvda cho‘milib, so‘ng undan ichgach uning barcha zohiriy va botiniy dardlari darhol davo topdi). 43. Va Biz O’z tomonimizdan mehribonlik ko‘rsatib hamda aql egalari uchun eslatma-ibrat bo‘lsin deb, (Ayyubga) ahli oilasini va ular bilan ko‘shib, yana o‘shalarning mislicha (bola-chaqa) hadya etdik. I z o h. Ayyub payg‘ambar va u zotning ahli oilalari haqida «Anbiyo» surasining 84-oyati ostida izoh berilgan edi. 44. (Yana Biz Ayyubga aytdik): «Qo‘lingga bir bog‘ (novdani) olib, u bilan (xotiningni) urgin – qasamingni buzmagin». I z o h. Ayyub alayhis-salom kasallik chog‘larida boqib parvarish qilgan xotinlari bir kuni u kishiga beparvolik ko‘rsatganida, Ayyub payg‘ambar dillari og‘rib «Tuzalganimda, albatta seni yuz qamchi uraman», deb qasam ichgan ekanlar. Shu boisdan shifo topganlaridan so‘ng, Alloh taolo u kishiga ichgan qasamlarining ustidan chiqishlari uchun yuzta novdani bir bog‘lam qilib bog‘lab, u bilan xotinlarini bir marta urishga amr qildi. Darhaqiqat Biz (Ayyubni) sabr qilguvchi holda topdik. U naqadar yaxshi bandadir. Haqiqatan u (Alloh rozi bo‘ladigan yo‘lga) butunlay qaytguvchidir, 45. (Ey Muhammad), siz Bizning kuch-quvvat va fahm-farosat egalari bo‘lgan bandalarimiz – Ibrohim, Ishoq va Ya’qublarni eslang! 46. Darhaqiqat Biz ularni bir toza (xislat — mudom oxirat) diyorini eslash (xislati) bilan xolis qildik — pokladik. 47. Haqiqatan ular Bizning huzurimizda tanlangan, yaxshi kishilardandir. 48. Yana Ismoil, al-Yasa’ (Yusha’ payg‘ambar) va Zul-Kiflni eslang! Barchalari yaxshi kishilardandir. 49. Bu (Biz sizga so‘ylagan qissalar) bir eslatmadir. Shak-shubhasiz, taqvodor zotlar uchun go‘zal oqibat — 50. Ular uchun barcha darvozalari lang ochiq mangu jannatlar bordir.
Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa U bandaga janozayu, kafan hayf.
|
|
| |
MoniKa | Дата: Якшанба, 10.05.2009, 0:03:56 | Сообщение # 5 |
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
| sharob chaqirurlar. 52. Va ularning oldilarida ko‘zlarini (nomahramga boqishdan) saqlagan (yosh va husnda) tengdosh (qiz)lar bo‘lur. 53. U (zikr qilingan narsalar) sizlarga hisob-kitob (ya’ni Qiyomat) kuni uchun va’da qilinadigan narsalardir. 54. Shak-shubhasiz bu Bizning (jannat axliga ato etadigan) rizqu-ro‘zimizdirki, uning uchun tugab qolish bo‘lmas. 55. (Haqiqat) shudir. (Endi) hech shak-shubhasiz haddan oshguvchi-tug‘yonga tushguvchi kimsalar uchun eng yomon oqibat — 56. Ular kiradigan jahannam bordir. Bas naqadar yomon joy u. 57. Mana bu qaynoq va yiringdir! Bas ular o‘shani totib ko‘rsinlar! 58. Boshqa (azob-uqubatlar) ham o‘sha tur, o‘sha shaklda bo‘lur! 59. (Do‘zaxga kirgan paytlarida kofirlarning peshvolariga hayoti dunyoda ularga ergashgan kimsalarni ko‘rsatilib) «Mana bu (odamlar sizlar bilan birga (ya’ni sizlar sababli jahannamga tashlanguvchi jamoatdir», (deyilganida, peshvolar aytdilar): «Xush kelmadilar! Haqiqatan ularning o‘zlari do‘zaxga kirguvchi kimsalardir». 60. Ular (ya’ni ergashuvchilar peshvolarga) dedilar: «Yo‘q, sizlar xush kelmadingiz! (Chunki) sizlar o‘sha (azobni) bizlarga keltirdingiz! Bas naqadar yomon joy (bu do‘zax)!» 61. Ular (yana) dedilar: «Parvardigoro, kim bizlarga mana shu (azob)ni keltirgan bo‘lsa, bas O’zing unga do‘zaxda azobni bir necha barobar ziyoda qilgin». 62. (Jahannam egalari bir-birlariga) aytdilar: «Nega bizlar (dunyodalik paytimizda) yomonlardan deb hisoblab o‘tgan kishilarni (ya’ni mo‘minlarni do‘zaxda) ko‘rmayapmiz-a?! 63. Bizlar o‘shalarni masxara qilib olgan edikmi?! Yoki (ular ham bizlar bilan mana shu jahannamda birga-yu, ammo) ko‘zlarimiz og‘ib (ularni ilg‘amay qoldimi)?!» 64. Albatta do‘zax ahlining ana shunday talashib tortishishlari haqdir – aniqdir. 65. (Ey Muhammad, Makka mushriklariga) ayting: «Men faqat bir ogohlantirguvchidirman xolos. Hech qanday iloh yo‘q, magar yakkayu yolg‘iz g‘olib Allohgina bordir... 66. U osmonlar va yerning hamda ularning o‘rtasidagi bor narsaning qudratli va mag‘firatli Parvardigoridir». 67. Ayting: «O’sha (ya’ni men sizlarga yetkazgan mana shu so‘zlar) ulug‘ bir xabardir. 68. Sizlar esa undan yuz o‘girmoqdasizlar! 69. Men uchun (Odamning yer yuziga xalifa qilinishi to‘g‘risida Alloh taolo bilan) tortishayotgan farishtalar haqida hech qanday bilim yo‘q edi.
Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa U bandaga janozayu, kafan hayf.
|
|
| |
MoniKa | Дата: Якшанба, 10.05.2009, 0:04:12 | Сообщение # 6 |
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
| 70. Menga faqat o‘zimning ochiq-ravshan ogohlantirguvchi ekanligim vahiy qilinmoqda xolos». 71. Eslang, Parvardigoringiz farishtalarga degan edi: «Albatta men loydan bir odam yaratguvchidirman. 72. Bas qachon uni rostlab, unga O’z ruhimdan puflab kirgizganimdan so‘ng unga sajda qilgan hollaringizda yiqilinglar!» 73. Bas farishtalarning barcha-barchalari (Odamga) sajda qildilar. 74. Magar Iblisgina kibru havo qilib, kofirlardan bo‘ldi. 75. (Shunda Alloh) dedi: «Ey Iblis, Men O’z qudrat qo‘lim bilan yaratgan narsaga — Odamga sajda qilishdan nima seni man’ qildi?! Kibru havo qildingmi, yoki sen (Odamga nisbatan) yuksak martabali zotlardan edingmi?!» 76. U aytdi: «Men undan yaxshiroqdirman. Sen meni olovdan yaratgansan, uni esa loydan yaratding». 77. (Alloh) dedi: «Bas undan (ya’ni, jannatdan) chiq! Endi sen, shak-shubhasiz, (Mening dargohimdan) quvilgan – mal’unsan. 78. Va albatta to jazo (qiyomat) kunigacha senga Menin la’natim bo‘lur». 79. (Iblis iltijo qilib) dedi: «Parvardigorim, u holda menga ular tiriladigan kungacha (o‘lmasdan yashash uchun) muhlat bergin». 80-81. (Alloh) dedi: «Bas, sen ma’lum vaqtda yetib keladigan Kungacha (qiyomatgacha) muhlat berilganlardansan». 82. (Iblis) aytdi: «Endi, Sening qudratingga qasamki, albatta ularning hammasini yo‘ldan ozdirurman. 83. Magar ularning orasidagi (ayrim) pokiza bandalaringgina (haq yo‘ldan ozmay qolurlar)». 84-85. (Alloh) dedi: «Haqqa (qasam). Faqat Xaqni ayturmanki, albatta Men jahannamni sen va (odamlar) orasidagi barcha senga ergashgan kimsalar bilan to‘ldirurman!» 86. (Ey Muhammad, ularga) ayting: «Men (Qur’onni yetkazganim uchun) sizlardan biron ajr-haq so‘ramayman va men soxtakorlardan (ya’ni yolg‘ondan payg‘ambarlikni da’vo qilguvchi kimsalardan) ham emasman. 87. (Ushbu Qur’on) faqat barcha olamlar uchun (Alloh taolo tomonidan nozil qilingan) bir eslatmadir, xolos. 88. Albatta sizlar uning (ilohiy vahiy ekanligi haqidagi) xabarni (ozgina) vaqtdan so‘ng (Qiyomat kuni) bilib olursizlar».
Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa U bandaga janozayu, kafan hayf.
|
|
| |
Copyright MyCorp © 2024 |
|
| |
|