|
39. "Zumar"
| |
MoniKa | Дата: Якшанба, 10.05.2009, 0:06:16 | Сообщение # 1 |
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
| ZUMAR SURASI Makka suralaridan bo‘lgan bu sura yetmish besh oyatdir. Sura Qur’oni Karimning Alloh taolo tomonidan nozil qilingan Kitob ekanini ta’kidlash bilan boshlanib, so‘ngra payg‘ambar alayhis-salomni va barcha insonlarni yolg‘iz Alloh uchun xolisanlilloh ibodat qilishga buyuriladi. Bu surada yeru osmon va ularning o‘rtasidagi barcha mavjudotni yo‘qdan bor qilgan Tangri taolo har bir narsaga o‘ziga xos surat va siyrat ato etgani hamda ularning har biriga alohida vazifa yuklab qo‘ygani, demak bu olam korxonasidagi har bir narsa faqat Yaratgan buyurgan va imkon bergan ish-amalni qilib o‘tishi aniq ekanligi uqtirib o‘tiladi. So‘ngra insoniyat uchun Alloh taolodan o‘zga biron kimsa yo narsaga sig‘inish – ibodat qilish durust emasligi xususida so‘zlanib, birgina Xojaga bo‘ysunib, faqat uninggina buyruq-farmonini bajarishga va faqat unigina rozi qilishga harakat qiladigan xizmatkor bilan bir necha xo‘jayin o‘rtasida qolib, ularning qaysilarini ko‘nglini olishni bilmay, balki ularning birortalarini to‘la rozi qilish imkonini topa olmay arosatda qolgan xizmatkor barobar emasligi haqida ibratli misol keltiriladi. Sura nihoyasida mahshar Kunidagi hisob-kitob tasvirlanib, u Kunda hech kimga zulm qilinmasligi, bil’aks iymon va yaxshi amallar qilish bilan yashab o‘tgan mo‘minlar to‘pto‘ p bo‘lgan holda jannatga, kufru isyon bilan o‘tgan kofirlar esa to‘da-to‘da qilinib, jahannamga haydalishi haqida xabar beriladi. Suraning «Zumar — Guruhlar» deb nomlanishining boisi ham shudir. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 1. (Ushbu Qur’on) qudratli va hikmatli Alloh tomonidan nozil qilingan Kitobdir. 2. (Ey Muhammad), albatta Biz sizga bu Kitobni haqqirost nozil qildik, bas siz Allohga — U zot uchun diningizni xolis kilgan holda ibodat qiling! 3. (Ey insonlar), ogoh bo‘lingizkim, xolis din yolg‘iz Allohnikidir (ya’ni yolg‘iz Allohgina chin ixlos bilan ibodat qilinishga loyiq zotdir). U zotdan o‘zga «do‘stlar»ni («xudo») qilib olgan kimsalar: «Biz (o‘sha «xudo»larimizga) faqat ular bizni Allohga yaqin qilishlari uchungina ibodat qilurmiz», (derlar). Shak-shubha yo‘qki, Alloh (qiyomat kunida) ular ixtilof qilayotgan narsalar xususida ularning o‘rtasida hukm qilur. Shak-shubha yo‘qki, Alloh yolg‘onchi va ko‘rnamak kimsalarni hidoyat qilmas. 4. Agar Alloh bola-chaqa tutishni istasa, so‘zsiz O’zi yaratgan narsalaridan xoxlaganini tanlab olgan bo‘lur edi. U zot (bunday aybdan) pokdir. U yakkayu yagona va g‘olib Allohdir. 5. U osmonlar va yerni haq (qonun) bilan yaratgandir. U kechani kunduzning ustiga o‘rar, kunduzni kechaning ustiga o‘rar. U quyoshni ham, oyni ham (O’z amriga) bo‘ysundirib qo‘ygandir. (Ularning) har biri ma’lum muddatgacha joriy bo‘lur. Ogoh bo‘lingizkim, U qudratli va benihoya mag‘firatli zotdir. 6. U sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratdi, so‘ngra undan juftini (ya’ni Havvoni paydo) qildi va sizlar uchun chorva hayvonlaridan sakkizta juftni tushirdi (ya’ni dunyoga keltirdi). U sizlarni onalaringizning qornida uch (qavat) zulmat ichida asta-sekin yaratur. Mana shu Alloh Parvardigorlaringizdir. Barcha podshohlik yolg‘iz Unikidir. Hech qanday iloh yo‘q, magar Uning O’zigina bordir. Bas (ana o‘sha zotga ibodat qilmay) qayoqqa burilib ketmoqdasizlar-a?!
Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa U bandaga janozayu, kafan hayf.
|
|
| |
MoniKa | Дата: Якшанба, 10.05.2009, 0:06:34 | Сообщение # 2 |
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
| I z o h. Ushbu oyati karimadagi sakkizta juft chorva hayvonidan murod tuya, mol, qo‘y va echkining erkak va urg‘ochi jinslaridir. Chunki ulardan har bir jins vakili o‘z muqobilidagi jins vakiliga nisbatan juft hisoblanadi. Binobarin mazkur to‘rt tur hayvon erkak va urg‘ochi bo‘lib sakkizta juftdir. Endi ona qornidagi uch qavat zulmat — ona qorni, bachadon va bolaning yo‘ldoshidir, bolaning asta-sekin yaratilishi esa uning ona qornida avval nutfa, so‘ngra bir parcha laxta qon, so‘ngra bir parcha go‘shtga aylanib borishidir. 7. Agar sizlar kofir bo‘lsangizlar, bas albatta Alloh sizlardan behojatdir. (Ammo) U O’z bandalarining kofir bo‘lishiga rozi bo‘lmas. Agar shukr qilsangizlar (va iymon keltirsangizlar), U zot sizlar uchun (faqat shukr qilib, iymon keltirishlaringizgagina) rozi bo‘lur. Hech bir ko‘targuvchi (ya’ni, gunohkor) o‘zga jonning yukini (ya’ni, gunohini) ko‘tarmas. So‘ngra yolg‘iz Parvardigorlaringizga qaytishlaringiz bordir. Bas, U zot sizlarga qilib o‘tgan amallaringizning xabarini berur. Albatta U dillardagi sirlarni bilguvchidir. 8. Qachon insonni biron ziyon ushlasa, u Parvardigoriga tavba-tazarru’ qilgan holida duo-iltijo qilur. So‘ngra qachon (Alloh) O’z tomonidan unga biron ne’mat ato etsa, (inson) ilgari (Allohga) qilgan duo-iltijolarini unutib qo‘yur va (o‘zgalarni ham) Allohning yo‘lidan ozdirish uchun U zotga «teng»larni (o‘ylab) topur. (Ey Muhammad), ayting: «Sen o‘z kufring bilan (bu o‘tkinchi dunyoda) ozgina foydalanib qol! Shak-shubhasiz sen do‘zax egalaridandirsan». 9. Yoki kechalari sajda qilgan va qiyomat-tik turgan xolda toat-ibodat qilguvchi, oxiratdan qo‘rqadigan va Parvardigorining rahmat-marhamatidan umid qiladigan kishi (bilan kufru isyonga g‘arq bo‘lgan kimsa barobar bo‘lurmi)?!» Ayting: «Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo‘lurmi?!» Darhaqiqat faqat aql egalarigina pand-nasihat olurlar. 10. (Ey Muhammad), Mening iymon keltirgan bandalarimga ayting: «Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Bu dunyoda chiroyli amal qilgan zotlar uchun (oxiratda) chiroyli (oqibat-jannat) bordir. Allohning yeri kengdir. Hech shakshubha yo‘qki, sabr-toqat qilguvchilarga ajr-mukofotlari hisob-kitobsiz to‘lato‘ kis qilib berilur. I z o h. Ushbu oyatda so‘z hijrat haqidadir. Parvardigordan qo‘rqib, taqvodorlik bilan yaxish amal qilgan zotlarning amallari zoe bo‘lmasligi uqtirilib, endi agar kishi o‘z vatanida zolim hokim, yoki nosoz tuzum sababli Alloh taologa ibodat qilishdan mahrum etilsa, u holda o‘zga yurtlarga – Alloh taologa bexalal toat-ibodat qilish mumkin bo‘lgan joylarga hijrat qilishi vojib bo‘lishi, zotan Allohning yeri keng ekanligi uqtiriladi va dinuiymon yo‘lida o‘z diyorlaridan hijrat qilgach, Vatan hijroni va musofirlik mehnatmashaqqatlariga sabr-toqat qilgan kishilar uchun behisob ajr-mukofotlar bo‘lishi haqida xabar beriladi. 11. Ayting: «Darhaqiqat men Allohga U zot uchun dinimni xolis qilgan holda ibodat qilishga buyurilganman. 12. Va men musulmonlarning – bo‘yinsunguvchilarning avvali – peshqadami bo‘lishga buyurilganman». 13. Ayting: «Albatta men agar Parvardigorimga osiy bo‘lsam, ulug‘ Kunning azobidan qo‘rqurman». 14. Ayting: «Men yolg‘iz Allohga U zot uchun dinimni xolis qilgan holda ibodat qilurman».
Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa U bandaga janozayu, kafan hayf.
|
|
| |
MoniKa | Дата: Якшанба, 10.05.2009, 0:06:51 | Сообщение # 3 |
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
| 15. Endi sizlar esa (ey mushriklar), U zotni qo‘yib, o‘zlaringiz xoxlagan butlaringizga ibodat qilaveringlar, (yaqinda bu shirklaringizning oqibati qanday bo‘lishini juda yaxshi bilib olursizlar!»). («Ey Muhammad, agar otabobolaringning dinidan chiqsang, ziyonkor bo‘lursan», deydigan mushriklarga) ayting: «Albatta ziyonkorlar qiyomat kuni o‘zlariga ham, ahli oilalariga ham ziyon qilguvchi (ya’ni, o‘zi ham mushrik bo‘lib, axli-oilasini ham To‘g‘ri yo‘ldan ozdirgani sababli qiyomat kunida o‘zi va axli oilasi do‘zax azobiga giriftor bo‘lguvchi) kimsalardir. Ogoh bo‘lingizkim, ana shugina ochiq ziyonkorlikdir». 16. Ular uchun ustlaridan ham olovdan bo‘lgan “soyabonlar”, ostlaridan xam (olovdan bo‘lgan) «soyabonlar» bo‘lur. Bu (bo‘lajak azob-uqubat) bilan Alloh O’z bandalarini qo‘rqitur. Ey bandalarim, Mendan qo‘rqingiz! 17-18. Shaytondan — unga ibodat qilishdan yiroq bo‘lgan va Allohga (ya’ni, yolg‘iz Allohga ibodat qilishga) qaytgan zotlar uchun (jannat) xushxabari bo‘lsin! Bas (ey Muhammad), Mening bandalarimga — so‘zga quloq tutib, uning eng go‘zaliga (ya’ni najotga eltguvchi rost So‘zga) ergashadigan zotlarga xushxabar bering! Ana o‘shalar Alloh hidoyat qilgan zotlardir. Va ana o‘shalargina aql egalaridir. 19. Axir bir kimsaga azob So‘zi (ya’ni azobga duchor bo‘lish) haq bo‘lsa (siz uni hidoyat qilishga qodir bo‘lurmisiz)?! Axir siz do‘zaxdagi kimsani qutqara olurmisiz?! 20. Lekin Parvardigorlaridan qo‘rqqan zotlar uchun (jannatda) ustma-ust qurilgan xonalar bo‘lib, ularning ostidan daryolar oqib turar. (Bu) Allohning va’dasidir! Alloh va’dasiga xilof qilmas. 21. Alloh osmondan suv (yomg‘ir-qor) yog‘dirib, uni yerdagi buloqlarchashmalar qilib oqizib qo‘yganini ko‘rmadingizmi? So‘ngra u (suv)ning yordamida rango-rang ekin-tikin chiqarur, so‘ngra u qurir, bas siz uni sarg‘aygan holda ko‘rursiz, so‘ngra (Alloh) uni xas-xashakka aylantirur. Albatta bunda aql egalari uchun eslatma-ibrat bordir. 22. Axir Alloh ko‘ksini Islom uchun keng qilib qo‘ygan, bas o‘zi Parvardigori tomonidan bir nur — hidoyat ustida bo‘lgan kishi (kufr zulmatlarida adashibuloqib yurgan kimsa bilan barobar bo‘lurmi)?! Bas dillari Allohni eslashdan qotib qolgan (ya’ni Allohni eslashni tark qilgan) kimsalarga halokat bo‘lgay! Ular ochiq zalolatdadirlar! 23. Alloh eng go‘zal So‘zni (oyatlari fasohat va balog‘atda) bir-biriga o‘xshagan, (ichidagi hukmlari) takror-takror kelguvchi bir Kitob-Qur’on qilib nozil qildiki, (undagi Allohning azobi haqidagi oyatlarni tilovat qilganlarida) Parvardigorlaridan qo‘rqadigan zotlarning terilari titrab ketar, so‘ngra terilari – badanlari ham, dillari ham Allohning zikriga yumshar – moyil bo‘lur. Mana shu (Kitob) Allohning hidoyatidirki, unga O’zi xoxlagan kishilarni hidoyat qilur. Va kimni Alloh yo‘ldan ozdirsa, bas, uning uchun biron hidoyat qilguvchi bo‘lmas. 24. Axir qiyomat Kunida yomon azobdan o‘z yuzi bilan saqlanadigan kimsa (u Kundagi har qanday azobdan tinch-xotirjam kishi bilan barobar bo‘lurmi)?! (U kunda) zolim-kofirlarga «O’zlaringiz kasb qilib o‘tgan narsani (ya’ni dinsizlik mevasini) totib ko‘ringlar!» deyildi. I z o h. «Qiyomat kunidagi yomon azobdan o‘z yuzi bilan saqlanadigan kimsa» deyilganida qo‘llari kishanband bo‘lgani sababli qo‘llar bilan yuzlarini do‘zax o‘tidan to‘sishga qodir bo‘lmaydigan va oqibat-natijada u olovda avval yuzlari kuyadiga kimsalar tushuniladi. 25. Ulardan avvalgilar ham (o‘z payg‘ambarlarini) yolg‘onchi qilganlarida, ularga azob o‘zlari sezmaydigan tomondan kelgan edi. 26. Bas Alloh ularga mana shu hayoti dunyoda rasvolikni tortdirdi. Shakshubhasiz, oxirat azobi yanada kattaroqdir. Agar ular (Allohning azobini) bilsalar edi (o‘z Payg‘ambarlarini yolg‘onchi qilmagan bo‘lur edilar).
Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa U bandaga janozayu, kafan hayf.
|
|
| |
MoniKa | Дата: Якшанба, 10.05.2009, 0:07:04 | Сообщение # 4 |
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
| 27. Aniqki, Biz ushbu Qur’onda odamlar uchun turli misollar keltirdik. Shoyad eslatma-ibrat olsalar. 28. (Biz uni) biron egrilik egasi bo‘lmagan arabiy Qur’on holida (nozil qildik). Shoyad (Allohdan) qo‘rqsalar. 29. Alloh (shunday) bir misol keltirdi: bir kishi – qul borki, uning ustida talashguvchi sheriklar (ya’ni xojalar) bor. Yana bir kishi – qul borki, u busbutun holida bir kishi – xojanikidir. Ikkisining misoli barobar bo‘lurmi?! (Yo‘q, barobar bo‘lmas. Xuddi shuningdek, bir necha «xudo»larga sig‘inadigan mushrik bilan yolg‘iz Allohgagina bandalik qiladigan mo‘min ham barobar bo‘lmas). Hamdu-sano (yolg‘iz) Alloh uchundir. Yo‘q, ularning ko‘plari bilmaslar, (bas, ana shu sababdan turli «xudo»larga sig‘inurlar). 30. (Ey Muhammad), hech shak-shubhasiz, siz ham o‘lguvchidirsiz, ular xam o‘lguvchidirlar. 31. So‘ngra albatta, sizlar qiyomat Kunida Parvardigorlaringiz huzurida (birbirlaringiz bilan) talashib-tortishursizlar (va siz o‘z zimmangizdagi payg‘ambarlikni to‘la-to‘kis yetkazganingizga hujjat keltirursiz, ular esa sizni yolg‘onchi qilib, kufru zalolatda o‘tganlariga turli bahonalarni ro‘kach qilurlar, ammo Allohning adolatli hukmidan qochib qutula olmaslar)!
Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa U bandaga janozayu, kafan hayf.
|
|
| |
MoniKa | Дата: Якшанба, 10.05.2009, 0:07:19 | Сообщение # 5 |
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
| YIGIRMA TO’RTINCHI JUZ’ 32. Axir Alloh sha’niga (Uning sherigi va bola-chaqasi bor», deb yolg‘on so‘zlagan va Rost-Qur’onni o‘ziga kelib-etgan paytidayoq (o‘ylamay-netmay) yolg‘on degan kimsadan ham zolimroq biron kimsa bormi?! Yo jahannamda kofirlar uchun joy yo‘qmi?! 33. Rost Qur’onni keltirgan zot (ya’ni, Muhammad alayhis-salom) va uni tasdiq etgan (mo‘minlar) – ana o‘shalar taqvodor zotlardir. 34. Ular uchun Parvardigorlari huzurida (ya’ni jannatda) o‘zlari xohlagan narsalari bordir. Bu chiroyli amal qilguvchi kishilarning mukofotidir. 35. Zero Alloh ularning qilgan yomon amallarini o‘chirib, qilib o‘tgan eng chiroyli amallarining ajri bilan mukofotlar. 36. Alloh O’z bandasiga (ya’ni Muhammad alayhis-salomga, u kishini barcha balo-qazodan asrash uchun) yetarli emasmi?! (Ey Muhammad), ular sizni (Allohdan) o‘zga butlari bilan qo‘rqiturlar. I z o h. Quraysh kofirlari payg‘ambar alayxis-salomni «Sen bizning xudolarimizni ayblayotganing sababli ular seni halok qilmasalar edi», deb qo‘rqitmoqchi bo‘lganlarida ushbu oyat nozil bo‘lib, Alloh O’z bandasini har qanday yomonlikdan asrashga qodir ekanini uqtiradi va jonsiz but-sanamlarga sig‘inadiganlarni yo‘ldan ozgan kimsalar deb ataydi. Kimni Alloh yo‘ldan ozdirsa, bas, uning uchun biron hidoyat qilguvchi bo‘lmas. 37. Kimni Alloh hidoyat qilsa, bas uning uchun biron yo‘ldan ozdirguvchi bo‘lmas. Alloh qudratli va (O’z dushmanlaridan) intiqom olguvchi emasmi?! 38. Qasamki, agar siz ulardan «Osmonlar va yerni kim yaratgan», deb so‘rasangiz, ular albatta «Alloh» derlar. Ayting: «Endi xabar beringlar-chi, sizlar Allohni qo‘yib duo-iltijo qilayotgan butlaringiz – agar Alloh menga biron ziyon yetkazishni istasa, o‘sha (butlar) U zotning ziyonini arita olguvchimilar? Yoki (Alloh) menga biron marhamat qilishni iroda qilsa, o‘sha (butlar) U zotning marhamatini ushlab qolguvchimilar?!» Ayting: «Menga Allohning O’zi yetarlidir. Tavakkul qilguvchi – suyanguvchi zotlar yolg‘iz Unga tavakkul qilurlar». 39-40. Ayting: «Ey qavmim, joyingizdan jilmay (ya’ni kufringizdan qaytmay) amalingizni qilavering. Men ham (Parvardigorim buyurgan) amalni qilguvchiman. Bas yaqinda kimga rasvo qiladigan azob kelishini va mangu azob tushishini bilajaksizlar!» 41. Albatta, Biz sizga bu Kitobni barcha odamlar (bilib, amal qilishlari) uchun haqqi-rost nozil qildik. Bas kim hidoyat yo‘liga yursa, o‘z foydasiga yurgan bo‘lur. Kim (bu hidoyat yo‘lidan) ozsa, faqat o‘zining ziyoniga adashgan bo‘lur. Siz ularning ustida vakil – qo‘riqchi emassiz. 42. Jonlarni o‘lim vaqtlarida, (hali-hanuz) o‘lmaganlarini esa uxlayotgan paytlarida Alloh olur. Bas O’zi o‘limga hukm qilgan jonlarni (badanlarga qaytarmasdan) ushlab qolur, boshqalarini esa belgilangan bir muddatgacha (ya’ni ajallari yetgunicha) qo‘yib yuborur. Albatta bunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir. 43. (Yo‘q, mushriklar tafakkur qilmadilar), balki ular Allohdan o‘zga «oqlovchilar»ni (ya’ni o‘zlarining gumonlaricha ularni Alloh huzurida shafoat qiladigan «oqlovchilar»ni — butlarni) ushladilar. (Ey Muhammad), ayting: «(O’sha jonsiz butlar sizlarni oqlaydimi?!) Agar ular biron narsaga ega bo‘la olmaydigan va (biron narsani) anglamaydigan bo‘lsalar ham-a!». 44. Ayting: «Barcha shafoat-oqlov yolg‘iz Allohnikidir. Osmonlar va yerning podshohligi ham Unikidir. So‘ngra (barchalaringiz) yolg‘iz Ungagina qaytarilursizlar».
Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa U bandaga janozayu, kafan hayf.
|
|
| |
MoniKa | Дата: Якшанба, 10.05.2009, 0:07:38 | Сообщение # 6 |
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
| 45. Qachon yolg‘iz Alloh zikr qilinsa, oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalarning dillari siqilib ketar. Qachon U zotdan o‘zga butlar zikr qilinganida esa banogoh ular shodlanib keturlar. 46. Ayting: «Allohim,—(ey) osmonlar va yerni ilk yaratguvchi zot (ey) g‘aybu shahodatni (ya’ni yashirin va oshkor narsalarni) bilguvchi zot, yolg‘iz O’zinggina bandalaring o‘rtasida ular ixtilof qilib o‘tgan narsalar haqida hukm qilursan». 47. Agar zolim-kofir kimsalar uchun yerdagi bor narsa va u bilan birga yana o‘shaning mislicha narsa bo‘lsa, albatta ular qiyomat Kunidagi azobning yomonligidan, o‘sha (qo‘llaridagi bor narsalarini) to‘lov qilib berib yuborgan bo‘lur edilar. (Chunki u Kunda) ularga Alloh tomonidan ular o‘ylab ham ko‘rmagan narsalar — azoblar ko‘rindi. 48. Ularga o‘zlari kasb qilgan yomonliklari oshkor bo‘ldi va ularni o‘zlari (dunyodalik chog‘larida) masxara qilib o‘tgan azob o‘rab oldi. 49. Bas qachon insonni biron ziyon ushlasa, U bizga duo-iltijo qilur. So‘ngra qachon Biz O’z tomonimizdan unga biron ne’mat ato etsak, u «Hech shakshubhasiz bu (ne’mat) menga o‘zimning bilimdonligim sababli berildi», der. (Yo‘q, u ne’mat o‘sha insonning sa’y-harakati va donoligi uchun berilgan emas), balki u (o‘sha bandaning shukr yo ko‘rnamaklik qilishini bilish uchun) bir sinov – imtihondir. Lekin ularning ko‘plari bilmaslar. 50. U (so‘z)ni ulardan avvalgilar ham aytgan edilar. Bas, ularga o‘zlari kasb qilib topgan narsalari asqotgani yo‘q. 51. Bas, ularga qilgan yomonliklari yetdi. Ana ulardan (Makka mushriklaridan) bo‘lgan zolim kimsalarga ham yaqinda qilgan yomonliklari yetar. Ular ham qochib qutulguvchi emasdirlar. 52. Axir ular Alloh O’zi xoxlagan kishining rizqini keng qilishini va (O’zi xohlagan kishining rizqini) tang qilishini bilmadilarmi?! Albatta bunda iymon keltiradigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir. 53. (Ey Muhammad), Mening o‘z jonlariga jinoyat qilgan (turli gunohma’siyatlar qilish bilan) bandalarimga ayting: «Allohning rahmatmarhamatidan noumid bo‘lmangiz! Albatta Alloh (O’zi xohlagan bandalarining) barcha gunoxlarini mag‘firat qilur. Albatta Uning O’zigina mag‘firatli, mehribondir. 54. Sizlarga azob kelib, so‘ngra yordam berilmay qolishidan ilgari (ya’ni Allohning biron balo-qazosiga duchor bo‘lmay turib), Parvardigorlaringizga qaytinglar – Unga bo‘yinsuninglar! 55. Sizlarga, o‘zlaringiz sezmagan holingizda to‘satdan azob kelib qolishidan ilgari Parvardigorlaringiz tomonidan sizlarga nozil qilingan eng go‘zal narsa — Qur’onga ergashinglar! 56-57. Biron jon: «Alloh haqqida (ya’ni U zotga toat-ibodat qilishda) sustkashlik qilganimga nadomat bo‘lgay! Rostdan ham men (Uning dinini va Qur’onini masxara qilguvchilardan bo‘lgan edim», deb qolmasligi uchun; «Agar Alloh meni hidoyat qilganida, albatta taqvodorlardan bo‘lur edim», deb qolmasligi uchun; 58. Yoki azobni ko‘rgan chog‘ida: «Qani endi men uchun yana bir karra (yashashning imkoni) bo‘lsa-yu, men ham chiroyli amal qilguvchilardan bo‘lsam», deb qolmasligi uchun (Qur’onsa ergashinglar!)
Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa U bandaga janozayu, kafan hayf.
|
|
| |
MoniKa | Дата: Якшанба, 10.05.2009, 0:07:50 | Сообщение # 7 |
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
| 59. (Aks holda unga Alloh tomonidan aytilur): «Yo‘q, (Men senga hidoyat yo‘lini ko‘rsatgan edim, aniqki senga Mening oyatlarim kelganida, sen ularni yolg‘on degan eding va kibr-havo qilib, kofirlardan bo‘lgan eding». 60. Qiyomat Kunida Alloh sha’niga yolg‘on so‘zlagan kimsalarni yuzlari qora holda ko‘rursiz. Yo jahannamda mutakabbir kimsalar uchun joy yo‘qmi?! 61. Alloh, taqvo qilgan zotlarni (jannatga) erishganlari sababli (jahannam azobidan) qutqarur va ularga biron yomonlik ham yetmas va ular g‘amgin ham bo‘lmaslar. 62. Alloh barcha narsaning Yaratguvchisidir. U barcha narsaning ustida vakilhomiydir. 63. Osmonlar va yerning ochqichlari Uning (qo‘l ostidadir). Alloh oyatlariga kofir bo‘lgan kimsalar – ana o‘shalargina – ziyon ko‘rguvchilardir. 64. (Ey Muhammad, u mushriklarga) ayting: «Hali sizlar meni Allohdan o‘zgaga ibodat qilishga buyururmisizlar, ey nodonlar!». 65. Darhaqiqat sizga ham, sizdan avvalgi (payg‘ambarlarga ham shunday) vahiy qilingandir: «Qasamki: agar mushrik bo‘lsang, albatta qilgan amaling behuda ketur va albatta ziyon ko‘rguvchilardan bo‘lib kolursan! 66. Yo‘q, sen yolg‘iz Allohgagina ibodat qilgin va shukr qilguvchilardan bo‘lgin!» 67. Ular Allohni to‘g‘ri taniy olmadilar! Butun yer qiyomat kunida Uning qabzasi – changali(dadir). Osmonlar esa Uning qudrat qo‘liga yig‘ilgandir U zot ularning shirklaridan pok va yuksakdir. 68. Sur chalindi-yu, osmonlar va yerdagi bor jonzot o‘ldi, magar Alloh xohlagan zotlargina (tirik qoldilar). So‘ngra u ikkinchi bor chalindi-da, banogoh ular (ya’ni barcha xaloyiq qayta tirildi, qabrlaridan) turib, (Allohning amriga) ko‘z tutarlar. 69. Yer (ya’ni mahshargoh) Parvardigorining nuri bilan yorishdi; kitob – nomai a’mol (hisob-kitob qilish uchun hozirlab) qo‘yildi; payg‘ambarlar va guvohlar keltirildi va ularning (ya’ni barcha bandalarning) o‘rtalarida (birontalariga) zulm qilinmagan holda haq (hukm) bilan hukm qilindi. 70. Va har bir jonga qilgan amali(ning mukofot yoki jazosi) komil qilib berildi, (Alloh) ularning qilar ishlarini juda yaxshi bilur; 71. Va kofir bulgan kimsa to‘da-to‘da qilinib jahannamga haydaldi. To qachon ular (jahannamga) kelib yetganlarida, uning darvozalari ochildi va uning qo‘riqchilari (kofirlariga): «Sizlarga o‘zlaringizdan bo‘lgan payg‘ambarlar – Parvardigorlaringizning oyatlarini sizlarga tilovat qilgan hollarida va sizlarni mana shu Kuningizdagi muloqotdan ogohlantirgan hollarida kelmaganmidilar», deganlarida ular: «Ha, (kelganlar), lekin azob So‘zi kofirlar ustiga haq bo‘lgandir, (bas, bizlar ham ularni yolg‘onchi qilganimiz sababli mana shu azobga giriftor bo‘ldik)», dedilar. 72. (Shunda ularga) aytildi: «Jahannam darvozalaridan kiringlar! Sizlar o‘sha joyda mangu qolursizlar!» Bas kibr-havo qilguvchi kimsalarning joylari naqadar yomondir! 73. Parvardigorlaridan qo‘rqqan zotlar esa to‘p-to‘p holda jannatga «haydaladilar». To qachon ular darvozalari ochilgan holdagi (jannatga) kelib yetganlarida va uning qo‘riqchilari; «Sizlarga tinchlik-omonlik bo‘lsin! Xush keldingiz! Bas unga mangu qolguvchi bo‘lgan hollaringizda kiringiz», deganlarida (ular behad shodlanurlar). 74. Va «Bizlarga va’dasini rost qilgan va bizlarni bu (jannat) yeriga voris qilgan hamda jannatdan o‘zimiz xohlagan tarafda o‘rin olishimizga (muvaffaq qilgan) Allohga hamdu sano bo‘lsin», derlar. Bas (chiroyli) amal qilguvchi zotlarning ajr-mukofoti naqadar yaxshidir!
Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa U bandaga janozayu, kafan hayf.
|
|
| |
MoniKa | Дата: Якшанба, 10.05.2009, 0:08:01 | Сообщение # 8 |
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
| 75. (Ey Muhammad), siz (o‘sha Kunda) farishtalar arsh atrofini o‘rab olgan hollarida Parvardigorlariga hamdu sano aytish bilan (U zotni) poklab-tasbeh aytayotganlarini ko‘rursiz. (Zero) ularning (ya’ni barcha bandalarning) o‘rtalaridan haq (hukm) bilan hukm qilindi. Va «Hamdu sano barcha olamlarning Parvardigori bo‘lmish Alloh uchundir», deyildi.
Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa U bandaga janozayu, kafan hayf.
|
|
| |
Copyright MyCorp © 2024 |
|
| |
|