Жума, 29.03.2024, 10:10:11

Вы вошли как Mehmon | Группа "Mehmon"Приветствую Вас Mehmon | RSS
Бош сахифа | 41. "Fussilat" - Форум | Мой профиль | Регистрация | Выход | Вход
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Форум » Islomiy Bo'lim / Исломий булим » Quroni Karim » 41. "Fussilat"
41. "Fussilat"
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:10:52 | Сообщение # 1
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
FUSSILAT SURASI
Bu sura ellik to‘rt oyatdan tashkil topgan bo‘lib, Makkada nozil qilingan. Sura Qur’oni Karim ta’rifi bilan boshlanib, xushxabar eltguvchi va ogohlantirguvchi bo‘lgan bu Kitobning oyatlari ongli – aqlli kishilar uchun mufassal bayon qilib berilganligini uqtiradi. Shuning uchun ham bu sura «Fussilat – Mufassal bayon qilingan sura» deb atalgandir. So‘ngra yeru osmonlarning Alloh taolo tomonidan yaratilib, intizomga solingani va O’sha zot tomonidan idora qilib turilishi batafsil bayon qilinadi. Bu surada Tangri taolo qiyomat Kunida har bir insonning ko‘z-qulog‘idan terisigacha tilzabon berib, dunyodan kufru-isyon bilan o‘tgan kimsalarning a’zoyi badanlari ham o‘zlariga qarshi guvohlik berishi haqida ogohlantiriladi va insonning «Qilayotgan amallarimni Alloh bilmaydi», degan gumonda bo‘lishi uning oxiratini kuydirishi aniq ekanligi ta’kidlanadi. Shuningdek, bu surada yolg‘iz Alloh taoloni Parvardigorim deb, so‘ngra U zot ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘lda ustivor bo‘lgan zotlar uchun oxirat diyorida tayyorlab qo‘yilgan mukofotziyofatlar haqida ham xabar beriladi. Sura butun borliqda ham, bir insonning vujudida ham Yaratganning qudrati va hikmatiga dalolat qiladigan oyat-alomatlar mavjud ekanligi va Tangri taolo bor mavjudotni O’z ilmu qudrati bilan ixota qilib olgan Zot ekanligi haqidagi oyatlar bilan nihoyasiga yetadi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Ho, Mim.

2. (Ushbu Qur’on) mehribon va rahmli (Alloh) tomonidan nozil qilingandir.

3-4. U biladigan qavm uchun (mo‘minlarga) xushxabar berguvchi va (kofirlarni azobdan) ogohlantirguvchi — arabiy Qur’on holida (nozil qilinib), oyatlari mufassal bayon qilingan Kitobdir. Bas (kofirlarning) ko‘plari (uning oyatlari haqida tafakkur qilishdan) yuz o‘girdilar, demak ular «eshitmaslar»,

5. Ular dedilar: «Dillarimiz sen bizlarni da’vat qilayotgan narsadan pardalangan, quloqlarimizda esa og‘irlik-karlik bordir va sen bilan bizlarning o‘rtamizda bir to‘siq bordir. Bas sen ham o‘z amalingni qilaver, bizlar ham albatta o‘z amallarimizni qilguvchidirmiz».

6-7. (Ey Muhammad, ularga) ayting: «Hech shak-shubha yo‘qki, men ham xuddi sizlar kabi bir odamdirman. Menga Tangringiz yolg‘iz Allohning O’zi ekani vahiy qilinmoqda. Bas sizlar Uning O’ziga to‘g‘ri (toat-ibodatda) bo‘lingiz va Undan mag‘firat so‘rangiz! Zakotni (haqdorlarga) ato etmaydigan, o‘zlari oxiratga kofir bo‘lgan mushriklarga esa halokat bo‘lgay!»

8. Albatta iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar uchun bitmastuganmas ajr-mukofot bordir.

9. Ayting: «Haqiqatan ham sizlar Yerni ikki kunda yaratgan Zotga kofir bo‘lurmisizlar va o‘zgalarni Unga tenglashtirurmisizlar?! Bu (Alloh) barcha olamlarning Parvardigori-ku?!

10. U zot (Yerning) ustida tog‘larni (paydo) qildi va uni barakotli qildi hamda o‘sha (er)da uning yemishlarini (ya’ni yer ahlining rizqu ro‘zlarini) to‘la to‘rt kunda belgilab — taqsimladi. (Bu tafsilot) so‘raguvchilar uchundir.

11. So‘ngra tutun holidagi osmonga yuzlanib, unga va yerga: «(Mening amrifarmonimga) ixtiyoran yoki majburan kelinglar!» degan edi, ular: «O’z ixtiyorimiz bilan keldik, (amringga bo‘yinsundir)», dedilar.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:11:05 | Сообщение # 2
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
12. Bas ikki kunda yetti osmonni barpo qildi va har bir osmonga (unga buyurilgan) ishi-vazifasini vahiy qildi (bildirdi). Biz quyi osmonni chiroqlaryulduzlar bilan bezadik va (uni ofat-balolardan) saqladik. Bu qudratli va bilguvchi zotning taqdiri – o‘lchovidir.

I z o h . Mazkur oyatlar Qur’onda bir necha o‘rinlarda kelgan Alloh taolo osmonlar va yerni olti kunda yaratgani haqidagi oyatlarning tafsilotidir. Ya’ni Tangri taolo yerni ikki kunda yaratib, to‘rt kun deganda uning rizqu ro‘zini ham taqsimlab-bo‘lib bergani va olti kun deganda esa yetti osmonni ham yaratib bo‘lgani bayon qilib berildi.

13. Bas agar ular (ya’ni Makka mushriklari mana shu tafsilotdan keyin ham yolg‘iz Allohga iymon keltirishdan) yuz o‘girsalar, u holda ayting: «Men sizlarni xuddi Od va Samud (qabilalarini urgan) chaqmoqqa o‘xshagan bir chaqmoqhalokatdan ogohlantirdim.

14. O’shanda payg‘ambarlari ularning oldilaridan ham, orqalaridan ham kelishib: «Yolg‘iz Allohgagina ibodat qilinglar», (deganlarida), ular: «Agar Parvardigorimiz (payg‘ambar yuborishni) xohlaganida, albatta farishtalarni nozil qilgan bo‘lur edi. Bas, (modomiki sizlar farishta emas, balki odamzot ekansizlar) bizlar sizlar elchi qilib yuborilgan dinga kofirdirmiz», dedilar.

15. Endi Od (qabilasiga)ga kelsak, ular yer yuzida nohaq kibr-havo qildilar va «Kuch-quvvatda bizlardan zo‘rroq kim bor?» dedilar. Axir ular o‘zlarini yaratgan zot – Alloh kuch-quvvatda ulardan zo‘rroq ekanini bilmadilarmi?! – Va ular Bizning oyatlarimizni inkor qilguvchi bo‘ldilar.

16. Bas, ularga mana shu hayoti dunyoda rasvo-xor qilguvchi azobni totdirib qo‘yish uchun naxsli-shum kunlarda ustilariga bir dahshatli bo‘ron yubordik. Oxirat azobi esa shak-shubhasiz yanada rasvoroq - xor qilguvchiroqdir va ularga (o‘zlari sig‘inib o‘tgan butlari tomonidan hech qanday) yordam berilmas.

17. Endi Samud (qabilasi)ga kelsak, bas Biz ularni (To‘g‘ri yo‘lga) hidoyat qilgan edik, ular hidoyatni qo‘yib, ko‘rlikni, zalolatni ixtiyor qildilar. Bas o‘zlari qilguvchi bo‘lgan narsalari (ya’ni kufrni ixtiyor etganlari) sababli ularni xor qilguvchi azob chaqmog‘i urdi.

18. Va Biz iymon keltirgan va taqvodor bo‘lgan zotlarga (ya’ni Samud qabilasini hidoyat yo‘liga da’vat qilgan Solih payg‘ambar va u kishiga iymon keltirgan zotlarga chaqmoq balosidan) najot berdik.

19. Allohning dushmanlari do‘zaxga (haydalish uchun) to‘planib, tizilib turadigan Kunni (eslang).

20. Endi qachonki ular (do‘zaxga) kelishgach, (hayoti, dunyoda qilib o‘tgan kufru isyonlari haqida so‘raladi, lekin ular o‘z qilmishlaridan tonishga urinadilar. Shunda) ularning quloqlari, ko‘zlari va terilari ular qilib o‘tgan narsalari haqida o‘zlariga qarshi guvohlik beradi.

21. Ular terilariga: «Nima uchun bizga qarshi guvohlik berdinglar?»— deyishganida, (terilari): «Bizlarni barcha narsani so‘zlatgan zot Alloh so‘zlatdi. Sizlarni dastlab U yaratgan va sizlar yana Uning O’zigagina qaytarilursizlar», dedilar.

22. Sizlar (hayoti dunyoda gunoh ishlarni qilganlaringda sharmanda bo‘lishdan qo‘rqib, odamlardan yashirinar edinglar-u, ammo) quloqlaringiz, ko‘zlaringiz va terilaringiz o‘zlaringizga qarshi guvohlik berishidan (saqlanish uchun ulardan) yashiringuvchi emas edinglar, (chunki sizlar qiyomat Kunida a’zoyi badanlaringizga ham zabon berilishini bilmasdinglar). Lekin sizlar Alloh qilayotgan amallaringizdan ko‘pini (ya’ni odamlardan yashirincha qilgan gunohlaringizni) bilmaydi, deb o‘yladinglar.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:11:24 | Сообщение # 3
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
23. Va Parvardigorlaringiz haqida o‘ylagan mana shu gumonlaringiz sizlarni halok qildi (ya’ni do‘zaxga tushishlaringizga sabab bo‘ldi). Bas sizlar ziyonkor kimsalarga aylanib qoldinglar.

24. Endi agar ular (azobga) chidasalar, ana o‘sha do‘zax joylaridir (ya’ni azob uqubatni tortaveradilar), agar ortga qaytishni talab qilsalar, endi ular qaytarilguvchi emaslar.

25. Biz ular uchun (ularni To‘g‘ri yo‘ldan ozdiradigan) «do‘stlar» tayyorlab qo‘ydik, bas o‘sha («do‘stlar») ularga oldilaridagi (gunohlarini) ham, orqalaridagi (gunohlarini) ham chiroyli ko‘rsatdilar va ularga ham o‘zlaridan avval o‘tgan – halok bo‘lgan insu-jindan iborat ummatlar qatorida So‘z – azob haq bo‘ldi. Darhaqiqat ular ziyonkor bo‘ldilar.

26. Kofir bo‘lgan kimsalar (bir-birlariga «Muhammad tilovat qilayotgan vaqtda) sizlar bu Qur’onga quloq solmanglar va (uni o‘zgalarga ham eshittirmaslik uchun og‘izlaringizga kelgan gapni) javrayveringlar, (shunda) shoyad g‘olib bo‘lsangizlar», dedilar.

27. Bas, albatta Biz ana o‘sha kofir bo‘lgan kimsalarga qattiq azobni totdirurmiz va ularni o‘zlari qilib o‘tgan kufru isyonlari (sababli) eng yomon jazo bilan jazolarmiz.

28. Bu (qattiq azob) Alloh dushmanlarining jazosi bo‘lgan do‘zaxdir. Ular uchun, Bizning oyatlarimizni inkor qiluvchi bo‘lganlari sababli o‘sha joyda mangu qolish (azoblanish) bordir.

29. Kofir bo‘lgan kimsalar (do‘zax o‘tida azoblanar ekanlar), dedilar: «Parvardigoro, bizlarni (sening To‘g‘ri yo‘lingdan) ozdirgan insu jindan bo‘lgan kimsalarni bizlarga ko‘rsatgin, ularni oyoqlarimiz ostiga olib (ezaylik), toki ular (do‘zaxning qa’ridagi) eng tuban — xor kimsalardan bo‘lsinlar».

30. Albatta: «Parvardigorimiz Allohdir», deb, so‘ngra (yolg‘iz Allohga toatibodat qilishda) to‘g‘ri — ustivor bo‘lgan zotlarning oldilariga (o‘lim paytida) farishtalar tushib, (derlar): «Qo‘rqmanglar va g‘amgin bo‘lmanglar. Sizlarga va’da qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar!

31. Bizlar hayoti dunyoda ham, oxiratda ham sizlarning do‘stlaringizdirmiz. Sizlar uchun (jannatda) ko‘ngillaringiz tilagan narsalaringiz bordir va sizlar uchun u joyda istagan narsalaringiz bordir.

32. (Bu) mag‘firatli va mehribon zot tomonidan bo‘lgan ziyofatdir».

33. (Odamlarni) Alloh(ning dini)ga da’vat qilgan va o‘zi ham yaxshi amal qilib, «Shak-shubhasiz men musulmonlardandirman», degan kishidan ham chiroyliroq so‘zlaguvchi kim bor?

34. Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo‘lmas. Siz (har qanday yomonlikni) eng go‘zal so‘zlar bilan daf’ qiling! (Shunda) banogoh siz bilan o‘rtalaringizda adovat bo‘lgan kimsa qaynoq-sodiq do‘st kabi bo‘lib qolur.

35. Unga (yomonlikni yaxshilik bilan daf’ qilish xislatiga) faqat sabr-toqatli zotlargina erishurlar, unga faqat ulug‘ nasiba egasigina erishur.

36. Agar sizni shayton tomonidan biron vasvasa yo‘ldan ozdirib (mazkur xislat egasi bo‘lishdan qaytarmoqchi bo‘lsa) u holda Allohdan panoh so‘rang. Zero U eshitguvchi, bilguvchi zotdir.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:11:40 | Сообщение # 4
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
I z o h. Mazkur oyatlarda Alloh taolo har bir mo‘min musulmon uchuch zarur bo‘lgan go‘zal fazilatlarni bayon qildi. Quyidagi oyatlarda endi O’zining qudrat va yetuk hikmatiga dalolat qiladigan oyat-alomatlarni keltirib, yolg‘iz O’zigina ma’budlikka loyiq zot ekanligini uqtiradi.

37. Kecha va kunduz, quyosh va oy Uning (tanholigi va qudratiga dalolat qiladigan) oyat-alomatlaridandir. Agar sizlar (Allohga) ibodat qilguvchi bo‘lsanglar, quyoshga ham, oyga ham sajda qilmanglar, (balki) ularni(ng barchasini) yaratgan zotga — Allohga sajda qilinglar!

I z o h. Ushbu oyat navbatdagi sajda oyatidir. Bunday oyat o‘qilganda, o‘kuvchiga ham, tinglovchiga ham bir marta Allohga sajda qilish vojib bo‘ladi.

38. Endi agar (kofirlar Allohga sajda qilishdan) kibr-havo qilsalar, bas (bilingki), Parvardigoringizning huzuridagi zotlar (farishtalar) kecha-yu kunduzi hech zerikmasdan-malollanmasdan U zotga tasbeh ayturlar — sajda qilurlar.

39. Uning (tanholigi va qudratiga dalolat qiladigan) oyat-alomatlaridan (biri) siz yerni qup-quruq holda ko‘rishingizdir. Bas qachon Biz uning ustiga suvyomg‘ ir yog‘dirsak, u harakatga kelar va unib-o‘sar. Albatta o‘sha yerni tiriltirgan zot o‘liklarni ham tiriltira olguvchidir. Zero U barcha ishga qodirdir.

40. Albatta Bizning oyatlarimizga egrilik qiladigan (ya’ni ularni buzmoqchi bo‘lgan) kimsalar Bizga maxfiy-noma’lum bo‘lib qolmaslar. Axir do‘zaxga tashlanadigan kimsa yaxshiroqmi, yoki Qiyomat Kuniga (Allohning azobidan) xotirjam holda keladigan kishimi?! O’zlaringiz xohlagan amalni qilaveringlar! Albatta U qilayotgan amallaringizni ko‘rib turguvchidir.

41. Albatta o‘zlariga Eslatma — Qur’on kelgan vaqtda unga kofir bo‘lgan kimsalar (qattiq azobga yo‘liqurlar). Shak-shubhasiz u aziz — qudratli Kitobdir.

42. Unga oldidan ham, ortidan ham (hech qanday) botil-nohaqlik kelmas (ya’ni Qur’oni Karimning hech qaysi tomonidan biron kitob yo hujjat kelib, uni botil qila olmas, chunki u) hikmat va hamdu-sano egasi tomonidan nozil qilingandir.

43. (Ey Muhammad), sizga ham (kofirlar tomonidan) faqat sizdan avvalgi payg‘ambarlarga (kofirlar tomonidan) aytilgan so‘zlargina aytilur (ya’ni agar mushriklar sizga ozor-aziyatlar yetkazayotgan bo‘lsalar, siz bunga sabr qiling, chunki avvalgi payg‘ambarlarga ham kofirlar tomonidan xuddi shunga o‘xshagan ozor-aziyatlar yetgandir). Shak-shubhasiz, Parvardigoringiz ham mag‘firat sohibidir, ham alamli azob sohibidir.

44. Agar Biz (Qur’onni) ajamiy (ya’ni arab tilida bo‘lmagan) Qur’on qilganimizda, albatta ular: «Uning oyatlari (bizlarning tilimizda) bayon qilinmabdi-da. (Muhammadning o‘zi) arab-ku, (nega unga) ajamiy (Qur’on tushibdi?)» degan bo‘lur edilar. Ayting: «(Ushbu Qur’on) iymon keltirgan zotlar uchun hidoyat va (dillaridagi shak-shubhani ketkazuvchi) shifodir. Iymon keltirmaydigan kimsalarni esa quloqlarida og‘irlik-karlik bordir va (Qur’on) ularga ko‘rlik (ya’ni qop-qorong‘i zulmat) bo‘lur. Ular (go‘yo) uzoq bir joydan chaqirilayotgan kishilar kabidirlar, ya’ni garchi Qur’on oyatlarini eshitsalar-da, uning ma’no-hikmatlarini anglay olmaslar).

I z o h . Ushbu oyati karima «Qur’on agar ajamlarning tilida bo‘lganida, bizlar ham unga iymon keltirgan bo‘lardik», deb bahona qilgan ayrim mushriklarga javoban nozil bo‘lgandir.

45. Darhaqiqat, Biz Musoga Kitob – Tavrot ato etganimizda, u (Tavrot) haqida ham (xuddi Qur’on haqida ixtilof qilinganidek) ixtilof qilingandir. Agar Parvardigoringiz tomonidan (barcha hisob-kitob qiyomat Kuni bo‘lishi xususidagi) So‘z o‘tmaganida, ularning o‘rtasida hukm qilingan bo‘lur edi (ya’ni ularga iymonsizliklari uchun darhol jazo berilgan bo‘lur edi). Haqiqatan ham ular (Qur’on) haqida shubha-gumondadirlar.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:11:55 | Сообщение # 5
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
46. Kim biron yaxshi amal qilsa, o‘zi uchundir. Kim yomonlik qilsa, o‘z ziyoniga qilur. Parvardigoringiz bandalariga zulm qilguvchi emasdir.

YIGIRMA BESHINCHI JUZ’

47. (Qiyomat) soati (qachon bo‘lishi) haqidagi bilim Uning O’zigagina qaytarilur (ya’ni qiyomat qachon bo‘lishi haqida so‘ralgan kishi «Uni yolg‘iz Alloh biladi», deyishi lozimdir). Barcha mevalarning o‘z gulkosalaridan chiqishi ham, har bir ayolning (urg‘ochi jinsning) homila olib, ko‘z yorishi ham albatta Uning ilmi bilan bo‘lur. U zot mushriklarga) «Mening «sheriklarim» qani?!»— deb nido qiladigan Kunda ular: «Bizlar Senga bildirurmizki, oramizda (Sening «sheriklaring» borligiga) bironta ham guvoh yo‘qdir», dedilar.

48. Va o‘zlari ilgari (hayoti dunyoda) duo-iltijo qilib o‘tgan butlari ulardan g‘oyib bo‘ldi. Ular o‘zlari uchun (Allohning azobidan) qochadigan biron joy yo‘q ekanligiga ishondilar.

49. Inson (o‘zi uchun) yaxshilik (mulku-davlat, baxt-saodat) tilashdan hech zerikmas. Agar unga yomonlik (kambag‘allik, baxtsizlik) yetib qolsa, noumidlikka, tushkunlikka tushguvchidir.

50. Qasamki, agar unga biron balo-kulfat yetganidan so‘ng Biz O’z tomonimizdan bo‘lgan biron marhamatni totdirsak, albatta u «Bu yolg‘iz o‘zimning (donoligim va sa’y-harakatim bilan bo‘ldi). Men (qiyomat) soati qoyim bo‘lishiga ishonmayman. Qasamki, agar (mabodo qiyomat qoyim bo‘lib), men Parvardigorimga qaytarilsam hech shak-shubhasiz Uning dargohida ham men uchun go‘zal (oqibat)— jannat bo‘lur», der. Bas (ana o‘sha o‘zlari iymon keltirmagan va yaxshi amal qilmagan hollarida jannatdan xomtama’ bo‘lib yurgan kimsalar bilsinlarki), albatta Biz kofir bo‘lgan kimsalarga o‘zlari qilgan amallarining xabarini berurmiz va albatta ularga qattiq azobni totdirurmiz.

51. Qachon Biz insonga (ne’mat-davlat) in’om qilsak, u (Bizga shukr qilishdan) yuz o‘girar va o‘z tomoniga ketar (ya’ni Bizni unutar). Qachon unga yomonlik (kambag‘allik-kulfat) yetib qolsa esa u uzundan-uzoq duo-iltijo egasidir

52. (Ey Muhammad, mushriklarga) ayting: «Xabar beringiz-chi agar (Qur’on) haqiqatan ham Alloh huzuridan (nozil qilingan bo‘lsa-yu, so‘ngra sizlar u (Qur’on)ga kofir bo‘lsangizlar, (u holda) kim (sizlar kabi) mangu ixtilofda bo‘lgan kimsalardan ham yo‘ldan ozganroq bo‘lur?!»

53. Toki ularga (ushbu Qur’on rostdan ham Alloh tomonidan nozil qilingan) Haq (Kitob) ekanliga aniq ma’lum bo‘lgunicha, albatta, Biz ularga atrof-ofoqdagi va o‘z vujudlaridagi (Bizning borligimiz va qudratimizga dalolat qiladigan) oyatalomatlarimizni ko‘rsatajakmiz. Axir (ularga) Parvardigoringizning barcha narsaga guvoh ekani (ya’ni Alloh taolo ushbu Qur’onda koinotdagi barcha narsani qamrab olib, O’z hukmini bayon qilayotgani sizning haq payg‘ambar ekanligingizni isbotlash uchun) yetarli emasmi?!

54. (Ey insonlar) ogoh bo‘lingizkim, albatta ular Parvardigorlariga ro‘baro‘ bo‘lishdan shak-shubhadadirlar. Ogoh bo‘lingizkim, albatta U zot barcha narsani ihota qilguvchidir.


Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
Форум » Islomiy Bo'lim / Исломий булим » Quroni Karim » 41. "Fussilat"
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Copyright MyCorp © 2024