Пайшанба, 28.03.2024, 8:58:34

Вы вошли как Mehmon | Группа "Mehmon"Приветствую Вас Mehmon | RSS
Бош сахифа | 45. "Josiya" - Форум | Мой профиль | Регистрация | Выход | Вход
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Форум » Islomiy Bo'lim / Исломий булим » Quroni Karim » 45. "Josiya"
45. "Josiya"
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:19:09 | Сообщение # 1
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
JOSIYA SURASI
O’ttiz yetti oyatdan iborat bo‘lgan bu sura ham Makka suralaridandir. Dastlabki oyatlaridanoq osmonlar va yerdagi har bir narsa va voqea-hodisada yagona Yaratguvchining borligiga dalolat qiladigan alomatlar mavjud ekanligini uqtiradigan bu surada ham so‘z asosan iymon-e’tiqod ustida boradi. Bu surada yana Bani Isroil qavmiga Tangri taolo tomonidan ato etilgan noz-ne’matlar va imtiyoz fazilatlarga ular noshukurlik qilganliklari haqida va umuman havoyi nafslarini «xudo» qilib olgan kimsalar va ularning topajak oqibatlari xususida xabarlar beriladi. Sura nihoyasida Qiyomat kunida ro‘y beradigan ahvol tasvirlanadi va u Kunda har bir ummat tiz cho‘kkan holda Alloh Robbil-olamiyn tarafidan bo‘ladigan hukmga ko‘z tutib turish bayon etiladi. Suraning «Josiya – Tiz cho‘kuvchilar», deb atalishining sababi shudir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Ho, Mim.

2. (Bu Qur’on) qudratli va hikmatli Alloh tomonidan nozil qilingan Kitobdir.

3. Shak-shubhasiz, osmonlar va yerda mo‘minlar uchun (Allohning qudrat va hikmatiga dalolat qiladigan) oyat-alomatlar bordir.

4. Yana sizlarning (bir tomchi suv-nutfadan) yaralishingizda va (Alloh yer yuziga) tarqatib yuborgan jonivorlardan iborat narsalarda ham aniq ishonadigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir.

5. Yana kecha va kunduzning almashib turishida va Alloh osmondan yog‘dirib, uning yordamida «o‘lgan» yerni tiriltirgan rizq-yomg‘irda hamda shamollarning yo‘naltirilishida aql yurgizadigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir.

6. (Ey Muhammad), bular Allohning oyatlari bo‘lib, Biz ularni sizga haqqi-rost tilovat qilib bermoqdamiz. Bas, ular (Makka kofirlari) Alloh va Uning oyatlarini qo‘yib qaysi so‘zga iymon keltirurlar?!

7. Barcha bo‘htonchi-yolg‘onchi gunohkorga halokat bo‘lg‘ayki;

8. U o‘ziga tilovat qilinayotgan Alloh oyatlarini eshitar, so‘ngra go‘yo ularni eshitmagandek, kibru havo qilgan holda (o‘z kufrida) oyoq tirab turar! Bas (ey Muhammal), siz unga alamli azob xushxabarini bering!

9. Qachon Bizning oyatlarimizdan biron narsa bilib olsa, u (oyat)larni masxara qilur! Ana o‘shalar uchun xor qilguvchi azob bordir!

10. Ularning ortida jahannam bor! Kasb qilgan-topgan (mol-dunyo, bolachaqalari) ham, Allohni qo‘yib ushlagan «do‘stlari» ham ularga biron narsada asqotmas! Ular uchun ulug‘ – katta azob bordir!

11. Ushbu (Qur’on iymon keltirgan zotlar uchun) hidoyatdir. Parvardigorlarining oyatlariga kofir bo‘lgan kimsalar uchun esa ashaddiy azobdan alamli nasiba bordir!

12. Alloh (dengizdagi) kemalar O’zining amri bilan joriy bo‘lishi hamda sizlar (u kemalarda) Uning fazlu marhamatidan (rizqu-ro‘z) istashlaringiz uchun va shukr qilishlaringiz uchun sizlarga dengizni bo‘yinsundirib qo‘ygan zotdir.

13. U O’z tomonidan (ya’ni O’z xohish-irodasi bilan) sizlarga osmonlardagi va yerdagi barcha narsalarni bo‘yinsundirdi. Albatta bunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat ibratlar bordir.

14. (Ey Muhammad), iymon keltirgan zotlarga ayting, ular Alloh (va’da qilgan hisob-kitob) kunlaridan noumid bo‘lgan kimsalar yetkazayotgan ozoraziyatlar) ni kechirib yuboraversinlar. Toki (Alloh o‘sha ozorlarga sabr-toqat qilgan) qavmni kasb qilgan narsalari (ya’ni kechirib yuborganliklari) sababli mukofotlagay!

15. Kim biron yaxshilik qilsa, bas, o‘zi uchun (ya’ni o‘z foydasiga qilgan) bo‘lur, kim yomonlik qilsa, bas, o‘z ziyoniga (qilgan) bo‘lur. So‘ngra Parvardigoringizga qaytarilursizlar.

16. Darhaqiqat Biz Bani Isroil (qavmi)ga Kitob-Tavrot, hikmat va payg‘ambarlik ato etdik va ularni halol-pok narsalardan rizqlantirdik hamda ularni (o‘z zamonlaridagi) barcha olamdan ustun qildik.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:19:21 | Сообщение # 2
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
17. Yana Biz ularga (din) ishlari haqida aniq-ravshan hujjatlar ato etdik. Bas, ular ixtilof qilmadilar, magar ularga (Biz tomonimizdan din haqida) ilm-hujjat kelganidan so‘ng o‘zaro hasad-adovat qilishib (talashib-tortishdilar). Albatta Parvardigoringiz Qiyomat kunida ularning o‘rtalarida ixtilof qilib o‘tgan narsalari haqida hukm qilur.

I z o h. Mufassirlarning aytishlaricha, mazkur oyatlarda Bani Isroil qavmi va ularning o‘zlariga Alloh taolo tomonidan ato etilgan shunchalik aniq oyat-mo‘jizalar va nozne’matlardan keyin ham o‘zaro hasad-adovat qilishib, din haqida turli ixtiloflarga berilib ketganliklari to‘g‘risida hikoya qilinishidan maqsad Makka mushriklari tomonidan berilayotgan xilma-xil ozor-aziyatlardan iztirobga tushgan Muhammad alayhis-salomga taskin-tasalliy berish va u kishini ham xuddi Muso payg‘ambar Bani Isroilning zulmiga sabr qilganidek sabr toqat qilishga da’vat etishdir.

18. So‘ngra (Ey Muhammad), Biz sizni (din) ishidan bir shariat (aniq-ravshan yo‘l) ustida (barqaror) qildik. Bas, siz (faqat mana shu yo‘lga) ergashing va bilmaydigan kimsalarning havoyi nafslariga ergashmang!

19. Chunki, (agar siz ularning havoyi nafslari ko‘rsatgan zalolat yo‘liga yursangiz,) ular sizdan Alloh tomonidan bo‘lgan biron narsani (azobni) qaytara olmaslar. Albatta zolimlar bir-birlariga do‘stdirlar. Alloh esa taqvodor zotlarning do‘stidir.

20. Ushbu (Qur’on barcha) odamlar uchun (ravshan) ko‘rsatmalardir va aniq ishonadigan qavm uchun hidoyat va rahmatdir.

21. Balki yomonlik-gunohlar kasb etgan kimsalar Biz ularni ham iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar kabi qilishimizni va hayotlari ham, mamotlari ham (ya’ni dunyolari ham, oxiratlari ham mo‘minlar bilan) barobar bo‘lishini o‘ylagandirlar?! Naqadar yomon (noto‘g‘ri) hukm qilurlar-a?!

22. Alloh osmonlar va yerni (O’zining qudrati ilohiyasiga dalolat qilishi uchun) va har bir jon mazlum bo‘lmagan hollarida o‘zlari qilgan amallari sababli jazolanishi uchun haq (qonun va nizom) bilan yaratdi.

23. (Ey Muhammad), havoyi nafsini o‘ziga «iloh» qilib olgan va Alloh uni bilgan holida yo‘ldan ozdirib, quloq va ko‘nglini muhrlab, ko‘z oldiga parda tortib qo‘ygan kimsani ko‘rganmisiz? Bas, uni Alloh (yo‘ldan ozdirgani)dan so‘ng kim hidoyat qila olur?! Axir eslatma-ibrat olmaysizlarmi?!

24. Ular (ya’ni qiyomatni inkor qilguvchilar: «Hayot) faqat dunyodagi hayotimizdir. (Ba’zilarimiz) o‘lib, (boshqalarimiz) hayotga kelaveramiz va bizlarni (Alloh o‘ldirmaydi, balki) faqat zamon (o‘tishi)gina o‘ldiradi», dedilar. Ular faqat (shunday) gumon qilurlar, xolos.

25. Qachon ularga (qayta tirilish haqligi to‘g‘risidagi) Bizning aniq-ravshan bo‘lgan oyatlarimiz tilovat qilinsa, ularning (bu oyatlarga qarshi) «hujjatlari» faqat: «Agar rostgo‘y bo‘lsangizlar, ota-bobolarimizni (tiriltirib) keltiringlarchi », deyishlarigina bo‘lur.

26. Ayting: «Alloh sizlarga hayot berur, so‘ngra (ajallaringiz yetgach) o‘ldirur, so‘ngra sizlarni hech shak-shubhasiz (keladigan) Qiyomat kuniga to‘plar. Lekin odamlarning ko‘plari (buni) bilmaslar»!



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 0:19:35 | Сообщение # 3
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
27. Osmonlar va yerdagi bor mulk Allohnikidir. (Qiyomat) soati qoyim bo‘ladigan kunda — ana o‘sha kunda buzg‘unchi kimsalar ziyon torturlar!

28. (U Kunda) barcha ummatni (dahshat va iztirob-la) tiz cho‘kkan holda ko‘rarsiz. Har bir ummat o‘z nomai-a’moliga chaqirilur, (so‘ng ularga deyilur): «Bugun qilib o‘tgan amallaringiz bilan jazolanursizlar.

29. Mana bu kitobimiz (ya’ni Bizning amrimiz bilan yozilgan nomai-a’molingiz) sizlarga haqiqatni aytur. Darhaqiqat Biz sizlar qilguvchi bo‘lgan barcha amallaringizni (ushbu nomai-a’molga) ko‘chirib qo‘ygandirmiz».

30. Bas, iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga kelsak, ularni Parvardigor O’z rahmati-jannatiga doxil qilur. Bu ochiq baxtning o‘zidir!

31. Endi kofir bo‘lgan kimsalarga kelsak, (bas ularga aytilur): «Axir sizlarga Mening oyatlarim tilovat qilingan emasmidi?! Bas, sizlar (u oyatlarga iymon keltirmasdan) kibru-havo qildinglar va jinoyatchi qavm bo‘ldinglar!»

32. Qachon (sizlarga) «Darhaqiqat Allohning va’dasi rostdir, (Qiyomat) soati shak-shubhasiz (kelguvchidir)», deyilsa, sizlar «Biz u soat nima ekanini bilmaymiz, faqat gumon qilamiz, xolos. Biz (Qiyomat soati kelishiga) aniq ishonguvchi emasmiz», dedinglar.

YIGIRMA OLTINCHI JUZ’

33. (Mana endi) ularga qilib o‘tgan yomonliklar oshkor bo‘ldi va o‘zlari masxara qilib o‘tgan (azob) ularni o‘rab oldi!

34. Va (ularga) deyildi: «Xuddi sizlar mana shu bugungi kuningizdagi uchrashuvni unutganlaringizdek, Biz ham bugun sizlarni «unuturmiz». Sizlarning joyingiz do‘zaxdir va sizlar uchun do‘zax azobidan qutqaruvchi yordamchilar ham yo‘qdir!

35. Bunga sabab — sizlar Allohning oyatlarini masxara qilib olgan edinglar va sizlarni hayoti dunyo aldab qo‘ygan edi. Bas, bugun ular (do‘zaxdan) chiqarilmaslar va ulardan (Alloh rozi bo‘ladigan amallarga) qaytish ham talab qilinmas.

36. Bas, barcha hamdu sano osmonlar Parvardigori, yer Parvardigori, butun olamlar Parvardigori – Alloh uchundir.

37. Osmonlar va yerdagi barcha buyuklik yolg‘iz Unikidir! U qudrat va hikmat sohibidir!


Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
Форум » Islomiy Bo'lim / Исломий булим » Quroni Karim » 45. "Josiya"
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Copyright MyCorp © 2024