Жума, 29.03.2024, 4:15:26

Вы вошли как Mehmon | Группа "Mehmon"Приветствую Вас Mehmon | RSS
Бош сахифа | Ota-onaga yaxshilik qilish - Форум | Мой профиль | Регистрация | Выход | Вход
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Форум » Islomiy Bo'lim / Исломий булим » Islom » Ota-onaga yaxshilik qilish
Ota-onaga yaxshilik qilish
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 1:39:40 | Сообщение # 1
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
Alloh taolo aytadi: «Biz insonni ota­onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. Onasi unga qiynalib homilador bo‘lib, qiynalib tuqqandir. Unga homilador bo‘lish va uni (sutdan) ajratish (muddati) o‘ttiz oydir. Endi qachon u voyaga yetib, qirq yoshga to‘lganida: «Parvardigorim, meni Sen menga va ota­onamga in'om etgan ne'matingga shukr qilishga va O'zing rozi bo‘ladigan yaxshi amallarni qilishga muvaffaq etgin va O'zing men uchun zurriyotimda ham yaxshilik qilgin (ya'ni farzandlarimni ham ahli sodiq bandalaringdan qilgin). Albatta, men Senga (qilgan barcha gunohlarimdan) tavba qildim va albatta, men musulmonlardandirman», dedi» (Ahqof surasi, 15-oyat).
Ulamolar: «Bu oyat Abu Bakr haqlarida nozil bo‘lgan», deyishadi. U kishining otalari Abu Quhofa, onalari Ummul Xayr, bolalari haqiga qilgan duolarini ijobat bo‘lganidan darak beradi bu oyat. O'zi bilan birga ota­onasi va o‘g‘il qizlari Islomga kirgan biror sahoba yo‘qki, bunga faqat bu Abu Bakrgina musharraf bo‘lganlar.

Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilinadiki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Men ota­onasining haqqini ado etgan kimsadan bariy­pokdirman»... Men: «Yo Rasululloh! Agar uning huzurida hech narsa bo‘lmasachi?» deb so‘radim. Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Agar ular bir ishga buyursa, «xo‘p bo‘ladi», desin, «uf», demasin. Ularga qattiq gapirmasin, faqat yaxshi gaplarni gapirsin».

Bir kishi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning oldilariga kelib: «Yo Rasululloh, menga bir yaxshilikni bildiringki, u bilan dunyoda ham, oxiratda ham manfaatdor bo‘layin», dedi. U kishi: «Ota­onang bormi?» deb so‘raganlarida, u: «Ha, deb javob berdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Unday bo‘lsa, ularning haqqini ado qilgin va ularni taomlantirgin. Ularga yedirgan har bir luqmang uchun jannatda qasr bino qilinadi», dedilar. Yana bir kishi Nabiy sollallohu alayhi va sallamning oldilariga kelib: «Yo Rasululloh, mening onam bor va men unga infoq qilib turaman. U esa menga tili bilan aziyat beradi. Nima qilayin?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Uning haqqini ado qilgin. Allohga qasamki, agar go‘shtingni kesib bersang ham, uning haqqining to‘rtdan birini ham ado qila olmaysan. Jannat onalarning oyog‘i ostida ekanini bilmaysanmi?» deb javob berdilar. «Endi onamga aslo yomon gapirmayman», dedi va onasining oldiga kelib, uning oyoqlaridan o‘pdi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uzun hadisning oxirida aytganlar: «Meni haqiqatan payg‘ambar qilib jo‘natgan Zotga qasamki, kimga Alloh taolo mol ato qilsa­yu, bu moli bilan u ota­onasiga ehson bersa, jannatda men bilan birga bo‘ladi». Bir kishi: «Yo Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, agar ota­onasi dunyodan o‘tib ketgan bo‘lsa-chi?» deb so‘radi. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam: «Ular nomidan sadaqa qiladi, Qur'on o‘qiydi va haqlariga duo qiladi. Agar bularni tark qilsa, ularga oq bo‘ladi. Kim ularga oq bo‘lsa, osiy bo‘libdi», deb javob berdilar.

Ba'zilar: «Bir banda farz namozini o‘qib, ketidan ota­onasining haqqiga mag‘firat so‘rab, duo qilsa, Alloh uning duosini ijobat qilib, garchi fosiq bo‘lsalar ham, Alloh ularni mag‘firat qiladi», deganlar.

Abu Zarr G'iforiydan rivoyat qilinadi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shunday deganlarini eshitganman: «Kim ota­onasini ziyorat qilish uchun yo‘l yursa, Alloh uni har bir bosgan qadamiga yuzta savob yozib, yuzta gunohini o‘chiradi va darajasini yuz baravar ko‘taradi. Agar ular oldiga yaxshi so‘zlarni so‘zlasa, qiyomat kunida uning uchun nur bo‘ladi va ota­onasi oldidan gunohlari kechirilgan holatda chiqadi».

Umar raziyallohu anhu davrlarida bir savdogar bo‘lib, kunlarning birida onasi uning oldiga kelib, o‘ziga zarur bo‘lgan narsani infoq qilishini so‘radi. Shunda savdogarning xotini: «Sening onang bizning faqirlardan bo‘lishimizni xohlayapti, agar har kuni shunday so‘rayversa, faqir bo‘lib qolamiz», dedi va savdogar unga hech narsa bermagach, onasi yig‘lab qaytib ketdi. Bir safar savdogar savdo ishi bilan yo‘lga chiqqan vaqtida, uni qaroqchilar to‘sdi. Uning mollarini tortib oldilar-da, qo‘lini kesib, bo‘yniga osib ketdilar. Shu yerdan o‘tayotgan qavm uni ko‘rib, uyiga olib borishdi. Ko‘rgani kelgan qarindoshlarga qarata: «Bu mening jazoimdir. Agar men onamga infoq-ehson qilganimda, qo‘lim ham, molim ham, o‘zimda qolardi», dedi.

Hikoya qilinishicha, fazilati bilan mashhur bo‘lgan bir shayx Makkaga safar qilishni maqsad qildi. Ammo uning onasi bunga norozi bo‘ldi. Onasi uning ortidan: «Parvardigoro, o‘g‘lim meni ayriliq o‘ti bilan kuydirdi. Uni bu qilmishi uchun jazolagin!» deb duo qildi. Shayx shaharlardan biriga yetgach, masjidga kirib ibodat qila boshladi. Shu kecha bir kishining uyiga o‘g‘ri kirdi. Uy egasi o‘g‘rining masjid tomonga qarab qochganini ko‘rdi. Odamlar uni quvlay ketishdi, lekin o‘g‘ri masjidning oldiga kelganda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Ular: «Masjidga kirgandir», degan gumon bilan kirdilar. Namoz o‘qiyotgan shayxni ushlab, shahar podshohining oldiga olib keldilar. Podshoh uning ko‘zini o‘yishga va qo‘l­oyoqlarini kesishga buyurdi. Jallodlar uning qo‘l-oyog‘ini kesib, ko‘zini o‘yishdi va: «Bu o‘g‘rining jazosi», deya bozorda nido qilishdi. Shunda shayx: «Bunday demanglar, balki bu onasining iznisiz Ka'bani tavof qilish uchun chiqqan kimsaning jazosidir», deb aytinglar», dedi. Ular uning shayxligini bilishgach, qilgan ishlaridan pushaymon bo‘lishdi. Shayxni onasining oldiga olib kelib, ostonaga qo‘yib ketishdi. Uy ichidan esa onasining nolasi eshitildi: «Parvardigoro, agar bolamning boshiga bir balo solsang, so‘ngra uni qaytarsang, o‘g‘limni bir bor ko‘rsam». Shunda shayx: «Men och musofirman, menga taom beringlar», dedi. Onasi: «Eshikning oldiga kelgin», dedi. U: «Mening oyoqlarim yo‘q», dedi. Onasi: «Bo‘lmasa, qo‘lingni cho‘zgin», dedi. «Cho‘zadigan qo‘llarim ham yo‘q», dedi u. Onasi dedi: «Men senga nomahram bo‘lsam, qanday qilib seni taomlantiraman». U: «Qo‘rqma, mening ko‘zlarim ham yo‘q», dedi. Shunda onasi bitta non bilan ko‘zachada suv olib, uning oldiga keldi. Shayx yuzini onasining oyog‘iga qo‘yib: «Men sizning osiy o‘g‘lingizman», dedi. Onasi uni tanib, yig‘lab yubordi va: «Parvardigoro, agar holat bunday bo‘ladigan bo‘lsa, ikkalamizning ham jonimizni olgin, toki odamlar yuzlarimizning qoraligini ko‘rmasinlar», deb nola qildi. Uni nolasi tugur-tugamas, Alloh har ikkalovining jonini oldi.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
MoniKaДата: Якшанба, 10.05.2009, 1:40:01 | Сообщение # 2
Eng tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 335
Статус: Offline
Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kimki ota­onasini norozi qilgan bo‘lsa, shahodat kalimasini aytolmay o‘ladi va qabridan peshonasiga «Bu ota­onasiga oq bo‘lgan kimsaning jazosidir», deb yozilgan holatda turadi», dedilar. Boshqa bir hadisda: «Kimga Alloh taolo mol ato qilsa-yu, u ota­onasining haqqini ado qilmasa, uning amali habata bo‘ladi va u qattiq azoblanadi», deganlar. Imom Termiziy Abdulloh ibn Umardan rivoyat qiladilar: Nabiy sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Allohning roziligi ota­onaning roziligida, g‘azabi ota­onaning g‘azabidadir», deganlar.

«Sahihul Buxoriy»da kelishicha, Abdulloh ibn Mas'ud raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan: «Qaysi amal Allohga ma'qulroq?» deb so‘radim. «Ota­onaga yaxshilik qilish», dedilar. Men: «Yana qaysi amal?» deb so‘radim. Rasululloh: «Alloh yo‘lida g‘azot qilish», dedilar. Shu asnoda bir kishi kelib, g‘azotga chiqish uchun Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan ruxsat so‘radi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Ota­onangning xizmatini qilsang, g‘azot qilgan bo‘lasan», dedilar.
Ansorlardan bir kishi kelib: «Yo Rasululloh! Ota­onam o‘lib ketgandan keyin ham ularga yaxshilik qilishim kerakmi?» deb so‘radi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: «Ha, to‘rt narsa bilan xizmat qilishing kerak: ularning haqqiga duo qilish va istig‘for aytish, ularning ahd va va'dalarini bajarish, ularning do‘stlarini hurmat qilish», dedilar.



Gul bo'lsayu, hid bo'lmasa chaman hayf
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf
Peshonasi sajda ko'rmay o'lib ketsa
U bandaga janozayu, kafan hayf.
 
Форум » Islomiy Bo'lim / Исломий булим » Islom » Ota-onaga yaxshilik qilish
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Copyright MyCorp © 2024