Kino yoki boshqa fayllar haqida savollar bo'lsa yoki kino ishlamayotganligi haqida SHU ERGA habar bering Filmlar, Kliplar va boshqa Fayllarni Ko'chirib/Download qilib olmoqchi bo'lsangiz: Real playerni sizga Tavsiya etamiz!
Bugun millatchilik, mahalliychilik, Balosi dunyoni qurshablar olmish. O'zini Muhammad s.a.v. ahliman degan, Insonlar qalbida do'stlik yo'qolmish. Biri men faloniy mazxabiman der, Boshqasin ra'ini butkul sanar yot: "Qur'onda bo'lsa ham sening so'zlaring, Bizga undoq ishni aytmagin mustod". Turli jamoalar, turli firqalar, Ochiq ko'rolmaslik porlar zuxrida. Aniqki, do'st tutib kufr ahlini, Musulmon qavmni ayblar kufrda. Tag'in tinmay o'qir sahobiylarni, Hazrati Bilolga tasannolar deb. Aka uka bo'lgan musulmonlarning, Aybini ertadan to kech ahtarib. Salmoni forsiyga shogirdmiz debon, Xayqirganlar holin ko'ring halafda. Masjidlar begona, so'zlashuvlar yo'q, Namoz o'qimaslar turib bir safda. Mutaasib qalbi har kun jo'sh urib, Iymon halovatin tepkilab kular. Imomga namozin topshirib turib, Uning orqasidan g'iybatlar qilar. Hayhot bu ummatning har kun darsida, Tahminan shundayin rivoyat yangrar: Ali shamollasa, Usmon ham kasal, Abu Ubaydaga yig'lagan Umar. Ammo hikoyatlar qolar o'tmishda, Darslar tugab bitgan zamona g'iybat: "Eshitdingmi do'stim falon odamni? Barmoq ko'tarishni demoqda sunnat. Ilmi ham yo'q edi o'zi tuzukroq, O'zicha nimani qilmoqda da'vo, Undan ko'ra namoz o'qimasaydi, Qalbi pok bo'lardi, ko'ngli musaffo". Ana shunday gaplar bugungilarda, Har kimning o'zicha haq kalomi bor. Falon qori agar bunday demagan, Demak, boshqalarning ahvoli abgor. Ko'nglim bir seskanib ketdi bu holdan, Ko'rib g'aflat ichra zor qotganlarni. Eshitganmidingiz biron millatda, Aka ukaman deb tosh otganlarni. Bu qanday g'arazgo'y ummat bo'ldiki, Husnizon qilishdan har dam tonarlar, Hatto biron inson din yetkazsa ham, Unga turli nomni qo'yib olarlar. Shu zayl o'tmoqda kunimiz do'stlar, Ihtiloflar ila zavqlanib ko'ngil. Fahsh amal egasi da'vatsiz qolib, Musulmonni g'iybat qilish kasbi til. Men bunga sira ham chiday olmasman, Kechmagum hattoki tilning zahridan, Tanishib qo'yaylik she'rni yozgan men Oddiy bir muslimman Islom ahlidan.
Hayrulla Hamidov
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]